MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.23K photos
2.29K videos
90 files
6.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Kimyo va gaz-kimyo sanoatida O‘zbekiston-Xitoy strategik hamkorligini rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Energetika vaziri J.Mirzamahmudov va Xitoy Xalq Respublikasining kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi prezidenti Ven Gan boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

—————

Подписано соглашение о развитии узбекско-китайского стратегического сотрудничества по развитию химической и газохимической промышленности

Состоялась встреча делегаций во главе с Заместителем Премьер-министра Республики Узбекистан – Министром энергетики Ж.Мирзамахмудовым и Президентом Китайской национальной химико-инженерной корпорации Китайской Народной Республики - Вэнь Ганем.

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni yanada rivojlantirish borasida mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по задействованию имеющихся возможностей и новых резервов для дальнейшего развития местной промышленности.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Bugun, 7-noyabr kuni soat 18:30 da “Oʻzbekiston” telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladigan “Munosabat” koʻrsatuvini tomosha qilishga taklif etamiz.

Unda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari hamda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan aholi va sanoat korxonalarini 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumida energiya resurslari bilan taʼminlash va ushbu resurslardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahliliy muhokama qilinadi.

Koʻrsatuvni onlayn tarzda soat 18:30 dan boshlab ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti o‘tkaziladi.

Sammitda Yevroosiyoning muhim strategik hududlarida joylashgan turkiy dunyo mamlakatlari rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston tashkilotning muhim a’zolaridan biri hisoblanadi. Shu paytga qadar davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 30 dan ortiq tashabbusning aksariyati amaliyotga joriy etilgan.

TDT Samarqand sammiti a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘taradi.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Chilonzor va Uchtepa tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida kuzatilgan qisqa muddatli uzilish bartaraf etilmoqda

Bugun, soat 18:10da Uchtepa va Chilonzor tumanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Yurtim” podstansiyasida nosozik yuzaga keldi.

Buning natijasida, Chilonzor va Uchtepa tumanlarining 9,10,11,12,19,20,22,23,24-dahalarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.

Hozirgi vaqtda mazkur nosozlik Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasining tezkor brigadalari tomonidan bartaraf etilmoqda va iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.

Hozirda iste’molchilarning 95 foizida elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Energetika vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoatida strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan
reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Namangan shahrida quvvati 240 kVtga teng bo‘lgan kichik gidroelektr stansiyasi ishga tushirildi

Smart boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan ushbu stansiya yiliga o‘rtacha 1,7 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bu haqda batafsil “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda tanishishingiz mumkin.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
В городе Наманган введена в эксплуатацию малая ГЭС мощностью 240 кВт

Эта станция с умной системой управления производит в среднем 1,7 млн кВтч электроэнергии в год.

Подробнее об этом можно узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energiya resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish — bolalikdan boshlanadi. Shu bois, Namangan shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishning 8 ta usulni aytib berishdi.

Bu haqda batafsil ushbu
videoda tanishishingiz mumkin.

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
​​“Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik va kelajakda hamkorligimiz yanada rivojlanishiga juda ishonch hosil qildik” – Ven Gan

Xitoyning kimyo-muhandislik milliy korporatsiyasi prezidenti Ven Gan ikki mamlakat o‘rtasida kimyo va gaz-kimyo sanoatida strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida imzolangan bitim va O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida intervyu berdi:

“Men so‘nggi o‘n yil ichida birinchi marta mamlakatingizga tashrif buyurdim va O‘zbekiston barcha sohalarda sezilarli darajada taraqqiy etganiga guvoh bo‘ldim.

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda juda muhim ahamiyatga ega davlat. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatingiz jadal rivojlanib, yuksak samaralarga erishmoqda.

Mamlakatingiz juda boy tabiiy resurslarga ega va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga harakat qilmoqda.

Korporatsiyamiz O‘zbekiston bilan birgalikda neft va gaz, energiya resurslari, infratuzilma, yo‘llar qurilishi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish niyatida.

Taʼkidlash kerakki, O‘zbekiston va korporatsiyamiz o‘zaro manfaatli hamkorlik hamda umumiy rivojlanish yo‘lida dadil qadam tashlamoqda.

Biz har doim sifat, xavfsizlik va loyiha taraqqiyotiga jiddiy eʼtibor beramiz hamda bu uchta omilni muhim talab deb hisoblaymiz.

Bizning korporatsiya boy tajribaga ega bo‘lib, ilg‘or texnologiyalarimizni sizning resurslaringiz va Xitoy bozori bilan uyg‘unlashtirib, O‘zbekistondagi barcha potensial loyihalarni amalga oshirishni istaymiz.

SHHTning Samarqand sammiti doirasida biz O‘zbekiston tomoni bilan Polivinilxlorid 2, “Ammiak va karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Metanolni polipropilenga qayta ishlash majmuasi qurilishi”, “Metanolni olefinlarga qayta ishlash majmuasini qurish”, “Polibutilenadipattereftalat ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi yirik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator shartnomalarni imzolagandik va bu loyihalar bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan.

Bu korporatsiyamiz va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning boshlanishi hisoblanadi va neft, kimyo, infratuzilma, temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, tog‘-kon sanoati va atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalari kabi barcha sohalarda hamkorligimizni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilayotgan barcha yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Biz O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik va kelajakda hamkorligimiz yanada rivojlanishiga juda ishonch hosil qildik. Keyingi qadamimiz – qo‘shma korxona tashkil etish.

Shuni alohi taʼkidlaymanki, korporatsiyamiz O‘zbekiston taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor. Salohiyatli loyihalarni amalga oshirish va investitsiya olib kirishda ko‘proq ishtirok etishga, mamlakatingiz iqtisodiyotini rivojlantirishda amaliy yordam berishdan mamnunmiz”,
dedi korporatsiya prezidenti Ven Gan.

▶️
@minenergy_uz
▶️@prminenergy
Is gazi – rangsiz, hidsiz, tamsiz zaharli gazdir

Is gazidan zaharlanishni oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qiling:

qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

isitish jihozlarini nazoratsiz qoldirmang;

oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

isitish pechlari va ularning mo‘rilarini sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;

gaz uskunalarni ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlangalar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

xonani isitish maqsadida ochiq olovdan aslo foydalanmang.

Oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda salomatligini asrash oʻz qoʻlingizda!

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Urganchtransgaz binosining tom qismida 60 kVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Ushbu quyosh elektr stansiyasi orqali yiliga 144 ming kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bundan tashqari Urganchtransgaz binosining ichki qismidagi yoritish chiroqlariga jami 50 ta xarakat sezuvchi datchiklar o‘rnatildi. Natijada yiliga 1,03 ming kVt*soat elektr energiyasi tejaladi.

Yil yakuniga qadar tarkibiy bo‘linmalarida ham jami 440 kVt quvvatli 18 ta quyosh elektr stansiyalari ishga tushiriladi.

Shuningdek, 363 dona xarakat sezuvchi datchiklar o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida yiliga 7,5 ming kVt*soat elektr energiyasi iqtisod qilinishiga erishiladi.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Elektr energiyasidan oqilona foydalanish nafaqat oilalar byudjetini tejash, balki elektr quvvatini barcha iste’molchilarga bir me’yorda yetkazib berish va nosozliklarni oldini olish bilan birga yuklamalarni kamaytirish imkonini beradi.

Bu borada
ushbu videorolikda bir qator tavsiyalar berilgan.


▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев
прибыл в город Самарканд для участия в мероприятиях саммита Организации тюркских государств 10-11 ноября.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenerg