MINENERGY.UZ
14.3K subscribers
7.62K photos
2.08K videos
90 files
6.02K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
​​Hozirda Afg‘oniston xavfsiz va tinch ekanini barcha bilishi kerak. Istalgan mamlakat sarmoyadorlari “Surxon-Puli Xumri” yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini barpo etishga sarmoya kiritishlari mumkin.

Afg‘oniston Islom Respublikasining “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Iso Soniy O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 25-26-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro konferensiyasi doirasida shunday bayonot berdi.

Uning fikricha, ushbu xalqaro anjuman Afg‘onistondagi muammolarni hal etishda muhim qadam hisoblanadi.

Muhammad Iso Soniyning qayd etishicha, forum uning kompaniyasi uchun ham loyihalar bobida qarashlarini bildirish uchun maydon vazifasini o‘tab bergan.

O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasida barpo etilishi loyihalashtirilgan hamda O‘zbekiston tomonidagi 45 kilometrlik elektr uzatish tarmog‘ining qurib bitkazilgan “Surxon-Puli Xumri” tarmog‘i Afg‘onistonni Markaziy Osiyo elektr energiyasi ta’minotining bir qismiga aylantirish imkonini beradi. 500 kVli ushbu tarmoq Kobulgacha tortilib, undan Arg‘andi-Vardak-Gʻazni-Jalolobod yo‘nalishida davom etadi.

Muhammad Iso Soniy ushbu loyihaga sarmoya kiritishni istaganlarga murojaat qilar ekan, xavfsizlik masalasiga alohida urg‘u berdi. Uning aytishicha, sarmoyadorlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlashda mamlakat Mudofaa vazirligi mas’uliyatni zimmasiga oladi va kafolatlaydi. U, shuningdek, Osiyo taraqqiyot bankini ham mazkur xalqaro loyihaning Afg‘oniston hududidagi qismini barpo qilishga ham investisiya kiritishga chaqirdi.

“Barcha Afg‘oniston, hozirda, xavfsiz ekanini bilishi kerak. Mudofaa vazirligi bu mas’uliyatni zimmasiga oladi va kafolatlaydi. Osiyo taraqqiyot banki ham sarmoya kiritsa yaxshi bo‘lardi. Shuningdek, dunyoning istalgan burchagidan har qanday sarmoyadorni ushbu loyihaga sarmoya kiritishga chorlab qolaman”, - dedi “Da Afghanistan Breshna Sherkat” energetika kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Iso Soniy.

Eslatib o‘tamiz, “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” xalqaro anjumanida AQSH, YeI, Italiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, XXR, Eron, Pokiston, RF, Qatar va Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 21 mamlakatning Afg‘oniston masalalari bo‘yicha maxsus vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari, anjumanda BMT, YeI, Jahon banki, OTB, YeTTB, FAO, IHT, SHHT singari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shuningdek, dunyodagi obro‘li tahliliy markazlarining rahbarlari hamda vakillari va Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegasiyasi ishtirok etdi.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
​​Ташкентская конференция является важным шагом в решении проблем в Афганистане.

Об этом заявил Генеральный директор энергетической компании «Da Afghanistan Breshna Sherkat» Мухаммад Исо Сони в ходе международной конференции «Афганистан: безопасность и экономическое развитие», проходившей в Ташкенте 25-26 июля т. г. по инициативе Президента Республики Узбекистан Ш.М. Мирзиёева.

По его словам, мероприятие является важной площадкой для обсуждения инфраструктурных проектов, имеющих огромное значение для развития Исламской Республики Афганистан, где своё мнение о проектах смогла выразить, в том числе, и компания «Da Afghanistan Breshna Sherkat».

Мухаммад Исо Сони подчеркнул: «Все должны знать, что в Афганистане сейчас безопасно и мирно. Инвесторы из любой страны могут инвестировать в строительство высоковольтной сети электропередачи «Сурхан-Пули-Хумри».

Он также пригласил к скорейшему развитию сотрудничества Азиатский банк развития, который в настоящее время рассматривает вопрос финансирования афганской части проекта по строительству ЛЭП 500 кВ «Сурхан-Пули-Хумри».

Гендиректор афганской компании отметил, что к настоящему времени завершено строительство 45-километровой сети электропередачи на узбекской стороне.

«Реализация проекта позволит сделать Афганистан частью электроснабжения Центральной Азии. ЛЭП 500 кВ будет протянута до Кабула, а оттуда продолжится в направлении Арганди – Вардак – Газни – Джелалабад», - сказал глава «Da Afghanistan Breshna Sherkat».

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Joriy yil mart oyida Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida ishga tushirilgan quvvati 174 MVt bo‘lgan yangi elektr stansiya haqida репортаж efirga uzatildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan besh oyida umumiy quvvati 1154 MVt bo‘lgan 5 ta issiqlik va quvvati 100 MVt bo‘lgan 1 ta quyosh fotoelektr stansiyasi ишга туширилди.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uzbekistan GTL” — biz sof energiya yaratamiz

———

«Uzbekistan GTL» — создаем
чистую энергию

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi sintetik “GTL” naftasining ilk partiyasini qabul qildi

—————

Бухарский нефтеперерабатывающий завод принял первую партию синтетической GTL нафты


▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy
“EDF“ guruhining xalqaro rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Beatris Buffon:

“Men O‘zbekiston tomoniga “EDF“ni ochiq yuz bilan, uning loyihalariga xayrixoh sifatida qarshi olgani, o‘zaro do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga bo‘lgan intilishi uchun minnatdorlik bildiraman.

Bizning kompaniyamiz buni qadrlaydi va birgalikdagi faoliyatdan mamlakatning energetika sektoriga sarmoya kiritishdan mamnun ekanini ta’kidlashni istardim.

Biz mahalliy sheriklarimiz bilan birga O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish jarayonlariga o‘z hissamizni qo‘shish, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida “EDF“ning yuqori samaradorlikka ega loyihalarini tatbiq etishni maqsad qilganmiz.

Kelgusida yana gidro va quyosh elektr stansiyalari bo‘yicha mamlakatga yangi loyihalarni olib kirish niyatidamiz. Zero, “EDF“ uzoq muddatli hamkorlikni ko‘zda tutgan“.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Energetika vazirligi: “Saudi Aramco” bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

O‘zbekiston energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Ahmedxadjayev va “Saudi Aramco” kompaniyasi rahbariyati aʼzolari o‘rtasidagi uchrashuvda kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

—————

Минэнерго: Обсуждено сотрудничество по подготовке кадров с «Saudi Aramco»

Сотрудничество в сфере подготовки кадров обсуждено в ходе встречи первого заместителя министра энергетики Узбекистана Азима Ахмедхаджаева и членов руководства компании «Saudi Aramco».

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy
Muqobil energiya mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi

Joriy yilning 28-iyul soat 10:00dan 29-iyul 17:00ga qadar Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tuman hokimliklari, vazirlik va idoralar rahbarlari, iqtisodiyot va ijtimoiy soha ob’yektlarining mas’ul rahbarlari, muqobil energiya mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etadi.

Ko‘rgazma “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Shayxontoxur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi 10-uy.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
В Ташкенте стартовала выставка возобновляемой энергетики

С 10.00 28 июля до 17.00 29 июля этого года проходит выставка, цель которой — популяризация развития возобновляемых источников энергии и доведения до широкой публики продукции местных производственных предприятий.

На выставке принимают участие Хокимияты Республики Каракалпакстан, областные и районные хокимияты, руководители министерств и ведомств, а также ответственные лица экономической и социальной сфер и предприятий, производящих продукцию возобновляемой энергетики.

Выставка проходит в здании Ассоциации «Ўзэлтехсаноат». Адрес: Шайхонтахурский район, улица Кукча Дарвоза, 10.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
“Mitsubishi Corporation“ kompaniyasining Toshkentdagi vakolatxonasi bosh menejeri Xiroyeshi Kainuma:

“So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyaga oid loyihalar soni keskin oshdi. Misol uchun quyosh energiyasi, shamol energiyasi loyihalariga ko‘plab xorijiy kompaniyalar qiziqish bildirmoqda.

Energetika sohasini rivojiga qaratilgan O‘zbekiston Prezidenti siyosatini yuqori baholayman. Fikrimcha bu to‘g‘ri tanlangan yo‘l va xalqingiz hayotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekiston bozorini yuqori salohiyatga ega, deb baholaydi. Ayniqsa, energetika sohasidagi loyihalarning jozibadorligi yuqori.

Joriy yil O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanyapti. Aprel oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini O‘zbekiston Prezidenti va Tashqi ishlar vaziri qabul qilgandi. Ko‘p qirrali hamkorligimiz yanada kengaytirilishiga ishonaman“.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
“EDF“ va “Mitsubishi Corporation“ kompaniyalari vakillari o‘z intervyularida O‘zbekistondagi energetik islohotlar, yangilanishlar va istiqboldagi rejalar bilan bo‘lishdilar.

Bu haqda batafsil
ushbu reportajda

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Чилонзор туманининг 5-мавзесидаги электр таъминотида юзага келган носозлик бартараф этилмоқда

Кеча, 27 июль куни соат 18:00ларда Чилонзор тумани, 5-мавзесидаги ер остидан ўтган кабель тармоғининг куйиши оқибатида электр таъминотида узилиш бўлган ва 28 июль куни тунги соат 01:51да барча носозликлар бартараф этилиб, электр таъминоти қайта тикланган.

Шунингдек, бугун, 28 июль куни соат 09:00 да ушбу ҳудудни электр энергияси билан таъминловчи юқори кучланишли кабель тармоғида (ер остидан ўтган кабель тармоғи) носозлик бўлиб, электр таъминотида узилиш кузатилмоқда.

Ҳозирги пайтда Энергетика вазирлиги мутахассислари ва Чилонзор туман электр таъминоти корхонасининг махсус бригадаси томонидан носозликни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Носозлик қисқа фурсатларда бартараф этилади ва электр таъминоти қайта тикланади.

Келтирилган ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз.

▶️@minenergy_uz
▶️
@prminenergy