#qonunchilikdagi_yangiliklar
Yoqilg‘i-energiya resurslariga bo‘lgan talab har yili uch yillik davr uchun prognoz qilinadi
Farmon bilan, respublika iste’molchilarini yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlashni rivojlantirish rejasi har yili yangilab boriladi.
Unga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi va Regulyator bilan birgalikda har yili avgust oyiga qadar tarmoqlar va hududlar kesimida yoqilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan talabning keyingi uch yillik prognozini ishlab chiqadi.
Ushbu prognoz asosida Vazirlik va Regulyator tomonidan har yili sentyabr oyiga qadar iste’molchilarni yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha uch yillik rivojlantirish rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Talab prognozlari va mazkur strategik reja har yili oktyabr oyiga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
“Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasida modernizatsiya ishlari boshlandi
Prezidentimizning 2026-yil 12-sentyabrdagi PQ-326-son qarori ijrosi doirasida “Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasini modernizatsiya qilish ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida shoxobchaning suyultirilgan gazni saqlash va quyish quvvatlarini sezilarli darajada oshirish, qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish hamda aholiga gaz yetkazib berish muddatlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsiya loyihalari tanlovi yangi tartibda amalga oshiriladi
Prezident farmoniga asosan, yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi istiqbolli investitsiya loyihalari rejasi ishlab chiqiladi va ular bo‘yicha tanlov hujjatlari tayyorlanadi.
Yangi tartibga ko‘ra, tasdiqlangan Strategik reja asosida Regulyator va Vazirlik tomonidan har yili noyabr oyiga qadar keyingi uch yilga mo‘ljallangan istiqbolli investitsiya loyihalari rejasi — Investitsiya rejasi ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Unda har bir loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari, amalga oshirish tamoyillari, moliyalashtirish manbalari, talab etiladigan yer maydoni va infratuzilmaga oid ma’lumotlar aks ettiriladi. Investitsiya rejasi har yili yakuniga qadar tasdiqlanadi va e’lon qilinadi.
Rejaga kiritilgan loyihalar bo‘yicha tanlov hujjatlari buyurtmachi yoki davlat sherigi tomonidan, zarur hollarda mahalliy va xalqaro loyiha institutlari jalb etilgan holda tayyorlanadi hamda ochiq e’lon qilinadi. Loyiha tashabbuskori tanlov asosida aniqlanadi, zarur yer maydonlari esa qonunchilikka muvofiq ajratiladi.
Bunda buyurtmachi yoki davlat sherigi investitsiyalarni o‘zlashtirish, loyihalarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish va ishga tushirish uchun mas’ul hisoblanadi.
Shuningdek, investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish, loyihalar uchun individual imtiyoz va preferensiyalar berish hamda Investitsiya rejasiga kiritilmagan loyihalarni boshlash taqiqlanadi.
Bundan tashqari, loyiha-smeta hujjatlarini parallel ishlab chiqish hamda moliyalashtirish bilan bir vaqtda qurilish yoki rekonstruksiya ishlarini boshlashga (xususiy investitsiyalar hisobidan quriladigan obyektlar bundan mustasno) yo‘l qo‘yilmaydi.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kadrlar salohiyati tubdan oshiriladi
Prezidentimiz farmoni bilan, Boshqaruv samaradorligi agentligi 2026-yil yakuniga qadar yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kadrlar salohiyatini tubdan oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Xususan, Vazirlik, Regulyator va Inspeksiya bilan birgalikda markaziy apparat, tizimdagi korxona va tashkilotlar xodimlari uchun yoqilg‘i-energetika, muqobil energiya manbalari, energetik rejalashtirish, dispetcherlik, ma’lumotlar tahlili (data analiz) va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy davlatlarda stajirovkalar tashkil etiladi. Bunda stajirovka dasturining aniq maqsad va natijalarga yo‘naltirilganligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, Vazirlik yoqilg‘i-energetika tarmog‘i korxonalari bilan birgalikda nomzodlarni yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimiga tayinlashdan oldin, shuningdek, yiliga bir marta yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlarini shaxsiy-professional diagnostikadan o‘tkazish mexanizmini yo‘lga qo‘yadi.

Yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish dasturlari kengaytiriladi
Farmonga asosan, Energetika vazirligi 2030-yilga qadar sohada kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha uzoq muddatli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Xususan, Energetika vazirligi Regulyator, Energiya samaradorligi milliy agentligi, Atom energiyasi agentligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan birgalikda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida nufuzli xorijiy universitetlarda ta’lim oladigan talabalar sonini bosqichma-bosqich yillik 50 nafarga yetkazish choralarini ko‘radi.
Shuningdek, Energetika vazirligi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha jami 50 million dollarga teng grant mablag‘larini jalb qiladi.

Yirik iste’molchilar uchun kunduzi elektr energiyasi arzonlashadi
Prezidentimiz farmoniga asosan, I tarif guruhi iste’molchilari uchun elektr energiyasi tariflarini sutka davri bo‘yicha hisoblash tartibi o‘zgartiriladi.
Yangi tartibga ko‘ra, soat 09:00 dan 17:00 gacha bo‘lgan yarim tig‘iz davrda elektr energiyasi uchun to‘lovda bazaviy tarifga nisbatan 1,5 baravar kamayuvchi koeffitsient qo‘llaniladi. Bu amaldagi tarif bo‘yicha 1 kVt⋅soat uchun 1100 so‘mdan emas, 733 so‘mdan.
Tungi davrda — soat 22:00 dan 06:00 gacha bazaviy tarif amal qiladi.
Bu o‘zgarishlar yurtimiz energetika tizimidagi bugungi sharoitdan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Kunduzgi soatlarda quyosh va shamol elektr stansiyalarida elektr energiyasi ko‘proq ishlab chiqariladi. Shu vaqtda yirik iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishini rag‘batlantirish orqali mavjud “yashil” energiyadan samaraliroq foydalanish imkoni yaratiladi.
Kechki va tungi soatlarda esa quyosh generatsiyasi kamayishi sababli elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni qoplashda issiqlik elektr stansiyalarining ahamiyati ortadi. Bu esa ko‘proq tabiiy gaz sarflanishini talab qiladi. Kunduzgi soatlarda elektr energiyasidan foydalanishni ko‘paytirish esa gazga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish, tejaladigan tabiiy gazni esa aholi va boshqa iste’molchilar ehtiyojlari uchun yo‘naltirish imkonini beradi.
Yangi tartib, avvalo, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga kunduzgi vaqtda elektr energiyasidan yanada qulay shartlarda foydalanib, ishlab chiqarish hajmlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi. Bu esa korxonalarning faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlarning daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Shu tariqa, yangi tartib bir tomondan tadbirkorlar uchun kunduzgi vaqtda elektr energiyasidan yanada qulay shartlarda foydalanish imkonini yaratsa, ikkinchi tomondan mavjud energetika resurslaridan samarali va tejamkor foydalanishga xizmat qiladi.
Eslatma: I tarif guruhiga asosiy va zaxira elektr ta’minoti uchun ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan yirik iste’molchilar kiradi.

#Ta’lim / #Energetika
🎓Toshkent shahridagi “MEI” davlat oliy ta’lim muassasasi filiali 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishga taklif etadi
Hujjat qabuliga 1 kun qoldi.
👉 Ta’lim yo‘nalishlari va Davlat granti haqida ma’lumot
📎 Hujjat topshirish
💬Onlayn murojaat
Qabuli muddati: 27-sentyabrgacha
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
🎓Toshkent shahridagi “MEI” davlat oliy ta’lim muassasasi filiali 2026/2027 o‘quv yili uchun o‘qishga taklif etadi
Hujjat qabuliga 1 kun qoldi.
👉 Ta’lim yo‘nalishlari va Davlat granti haqida ma’lumot
💬Onlayn murojaat
Qabuli muddati: 27-sentyabrgacha
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Namunali iste’molchilar uchun elektr energiyasi va gazga oldindan to‘lov endi 100 foiz emas, 15 foiz
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning aylanma mablag‘laridan samarali foydalanishi uchun yana bir qulaylik yaratildi.
Prezidentimiz farmoniga asosan, elektr energiyasi va tabiiy gazdan intizomli foydalanib kelayotgan korxonalar (tadbirkorlar) uchun “namunali iste’molchi” maqomi joriy etildi.
Endilikda tegishli hisoblash tizimlariga — elektr energiyasi bo‘yicha EHNAT (ASKUE), tabiiy gaz bo‘yicha TGNHAT (ASKUG)ga ulangan, masofadan boshqarish imkoniyatiga ega hisobga olish uskunasi mavjud, muddati o‘tgan qarzdorligi va qoidabuzarliklari bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun 100 foiz emas, balki hisobot oyi qiymatining 15 foizini oldindan to‘laydi.
Qolgan to‘lovlar esa oy davomida iste’molchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda, qismlarga bo‘lib amalga oshirilishi mumkin. Bu esa, avvalo, tadbirkorlarning aylanma mablag‘larini bir vaqtning o‘zida katta miqdorda to‘lovga yo‘naltirib qo‘ymaslik, mablag‘lardan ishlab chiqarish va boshqa zarur xarajatlar uchun samarali foydalanish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida bildirilgan takliflar asosida joriy etildi.
Yangi tartib — to‘lov intizomiga rioya qilayotgan tadbirkorlar uchun qulaylik va ishlab chiqarish hamda biznes faoliyatini barqaror yuritish uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 44,5 mlrd kVt·soati issiqlik elektr stansiyalari (IES), 9,1 mlrd kVt·soati katta quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari, 6,2 mlrd kVt·soati gidroelektr stansiyalar, 2,3 mlrd kVt·soati kichik quvvatli quyosh panellari (Rooftop) va 689,3 mln kVt·soati blok-stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eksport: yanvar-avgust oylarida 3,1 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi eksport qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 753 mln kVt⋅soat yoki 31,7 foiz ko‘p.
Import: yanvar-avgust oylarida 1,7 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi import qilindi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 669,8 mln kVt⋅soat yoki 28 foiz kam.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Из общего объема произведенной электроэнергии 44,5 млрд кВт·ч пришлось на тепловые электростанции (ТЭС), 9,1 млрд кВт·ч — на крупные солнечные и ветровые электростанции, 6,2 млрд кВт·ч — на гидроэлектростанции, 2,3 млрд кВт·ч — на маломощные солнечные панели (Rooftop) и 689,3 млн кВт·ч — на блок-станции.
Экспорт: в январе–августе экспортировано 3,1 млрд кВт·ч электроэнергии. Это на 753 млн кВт·ч, или на 31,7%, больше, чем за аналогичный период прошлого года.
Импорт: в январе–августе импортировано 1,7 млрд кВт·ч электроэнергии. Это на 669,8 млн кВт·ч, или на 28%, меньше, чем за аналогичный период прошлого года.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Buxoro davlat texnika universitetining elektr va energetika muhandisligi kafedrasi o‘qituvchisi Atoyev Abubakir Izzatillo o‘g‘lini “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotladi.
Energetika vazirligi jamoasi davlatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlangan ustozni samimiy tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
—————
Президент Республики Узбекистан в связи с Днём учителей и наставников наградил преподавателя кафедры «Электроэнергетическая инженерия» Бухарского государственного технического университета Атоева Абубакира Иззатилло угли медалью «Келажак бунёдкори».
Коллектив Министерства энергетики искренне поздравляет преподавателя с высокой государственной наградой и желает ему успехов в дальнейшей профессиональной деятельности.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon
Quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolarga joriy yilning avgust oyi uchun subsidiya summalari tasdiqlandi
Joriy yilning avgust oyida 61 548 nafar jismoniy shaxs “Quyoshli xonadon” dasturidan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 105 mlrd 400 mln so‘m (105 million 400 ming 899 kVt·soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
📍Buxoro viloyati - 18,9 mlrd so‘m;
📍Xorazm viloyati - 18,3 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 12,4 mlrd so‘m.
—————
#солнечный_дом
Утверждены суммы субсидий за август текущего года для граждан, установивших солнечные панели
За август 2026 года 61 548 тысячи физических лиц, которые воспользовались программой «Солнечный дом», получило субсидии из Государственного бюджета в размере 105 млрд 400 млн сумов за солнечную энергию, переданную в электрические сети (105 млн 400 тысяч 899 кВт·ч).
Наибольшая часть субсидий приходится на следующие регионы:
📍Бухарская область – 18,9 млрд сумов;
📍Хорезмская область – 18,3 млрд сумов;
📍Республика Каракалпакстан – 12,4 млрд сумов.

#rasmiy_xabar
Iste’molchini xususiy xizmatdan foydalanishga majburlash va gazdan uzish — noqonuniy
So‘nggi vaqtlarda ayrim hududlarda xususiy tashkilotlar vakillari xonadonlarga borib, gaz plitasi va qozonlariga texnik xizmat ko‘rsatishni taklif qilayotgani, ayrim holatlarda esa ushbu xizmatdan foydalanish majburiyligi va rad etilgan taqdirda xonadon gaz ta’minotidan uzilishi mumkinligi haqida xabarlar kelib tushmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, gazdan foydalanish uskunalari va gaz tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish bilan tegishli ruxsat etuvchi hujjatlarga ega bo‘lgan yuridik shaxslar ham shug‘ullanishi mumkin. Bunda xizmatlar iste’molchining yozma, og‘zaki yoki elektron buyurtmasi asosida, belgilangan tariflar va shartlar asosida ko‘rsatiladi.
♻️ VM-319-son, 12-band.
Energetika vazirligi xususiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning xizmatidan foydalanishni iste’molchiga majburlash yoki ushbu xizmatdan foydalanmagani uchun uni gaz ta’minotidan uzish vakolati mavjud emasligini va bu talab noqonuniyligini ma’lum qiladi.
Qoidalarga ko‘ra, tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik sababli iste’molchini gaz tarmog‘idan uzish choralarini gaz ta’minoti tashkiloti ko‘rishi belgilangan.
Xonadondagi gaz jihozlarining texnik holati va xavfsizligini tekshirish yoki ularga texnik xizmat ko‘rsatish zarurati yuzaga kelganda, iste’molchilar ixtiyoriy ravishda “Hududgazta’minot” AJning hududiy gaz ta’minoti tashkilotlariga
ham murojaat qilishlari mumkin.
Xususiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan bog‘liq shubhali holatlar, xizmatdan foydalanishga majburlash yoki gazni uzib qo‘yish bilan tahdid qilish holatlari bo‘yicha quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilish mumkin.
Energetika vazirligi:
🛩 @anticorenergetikauz_bot,
📞 Ishonch telefoni: +998712318118
“Hududgaztaʼminot” AJ:
📞 Ishonch telefoni: +998712021104 yoki 1104,
🛩 https://t.me/hgt_antikor_bot
Shuningdek, iste’molchilardan o‘z hayoti va yaqinlari xavfsizligini, shuningdek, xonadonlaridagi mol-mulkni asrash maqsadida kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz.
Xususan, gaz jihozlarining sozligi va texnik holatiga, xonadonlardagi mo‘rilarning tozaligi hamda sozligiga jiddiy e’tibor qaratish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazi bilan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishlari zarur.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi.
—————
В преддверии Дня учителей и наставников Президент Шавкат Мирзиёев посетил Университет «Новый Узбекистан» и ознакомился с выставкой, посвященной реформам и дальнейшим планам в сфере образования.