MINENERGY.UZ
✔
27K subscribers
14.4K photos
4.02K videos
90 files
10.4K links
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil: Yangi Toshkent markazi, Energetika vazirligi köçasi, 22-bino
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

—————

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией о ходе работ по строительству интегрированной атомной электростанции и современного городка-спутника в Джизакской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿#35_yil_35_natija

35 yil — 35 natija: O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yagona, dunyoda esa 5-o‘rinda turadigan GTL zavodi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Atom elektr stansiyasi qurilishi va atomchilar shaharchasi loyihasi koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi hamda unga yondosh zamonaviy shaharcha barpo etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

Atom energetikasini rivojlantirish mamlakatimiz energetik xavfsizligini mustahkamlash, barqaror bazaviy elektr generatsiyasini yaratish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilishda strategik ahamiyatga ega.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Рассмотрены ход строительства АЭС и проект города атомщиков

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о ходе работ по строительству интегрированной атомной электростанции и возведению современного городка-спутника в Джизакской области.

Развитие атомной энергетики имеет стратегическое значение для укрепления энергетической безопасности страны, создания устойчивых базовых генерирующих мощностей и диверсификации источников энергии.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#35_yil_35_mutaxassis

🇺🇿⚡️Mustaqillik bilan tengdosh energetik Ismoiljon Umurzaqov:

Kasbim orqali bir narsani chuqurroq anglayman — farovon hayotimizni elektr energiyasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bugungi bunyodkorlik va taraqqiyot, yurtimiz farovonligida men va men kabi minglab energetiklarning fidokorona mehnati mujassam.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#noqonuniy_holat

Samarqand shahridagi ko‘p qavatli uyda 3,3 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi


“Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali, shahar gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida Samarqand shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Shaharning “Qorasuv” MFYda joylashgan “A. B.” MCHJga qarashli ko‘p qavatli turar-joy binosi xatlovdan o‘tkazilganda, taʼminot korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan va loyiha hujjatlari rasmiylashtirmasdan tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ʻra 3 milliard 357 million so‘m zarar aniqlandi.

Barcha materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿#35_yil_35_natija

🤩35 yil — 35 natija: O‘zbekiston energetika tizimida yangi sahifa ochib bergan birinchi energiya saqlash tizimlaridan biri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energetika tizimining ish faoliyati bir soniya ham to‘xtamaydi

Odamlar xotirjam uyquda bo‘lgan paytda ham, energetika tizimi xodimlari xonadonlarda chiroqlar yonib turishi, elektr ta’minoti uzluksiz davom etishi uchun tun bo‘yi xizmatda bo‘ladi.

Ular oilasi bag‘ridan chiqib, sovuq-yomg‘ir, tun va charchoqqa qaramay, xonadonlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash uchun mehnat qiladi.

Chunki elektr energetika tizimida ish bir soniya ham to‘xtamaydi. Energetiklarning xizmati esa xonadonlardagi har bir yorug‘ chiroqda ko‘rinadi.

Ushbu rolik elektr tarmog’idagi bitta kichik avariya misolida hikoya qiladi.

Video muallifi Sharqiy mintaqaviy dipetcherlik boshqarmasi dispetcheri Bobur Xamdamov.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Yangiyo‘l tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda

Yangiyo‘l tumanida kuz-qish mavsumida aholi va iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish va avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bu borada maxsus shtab tashkil etilib, 51 ta mahallaning barchasida elektr va gaz ta’minoti holati o‘rganildi. Aholi, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarida o‘tkazilgan xatlovlar davomida 273 ta muammo aniqlanib, ularning 269 tasi bartaraf etildi.

Elektr tarmoqlarini mavsumga tayyorlash doirasida 346 km.dan ortiq tarmoq joriy va kapital ta’mirdan chiqarilib, 13 ta yangi transformator punkti va 332 ta tayanch ustuni o‘rnatildi. Elektr tarmoqlariga tegib turgan daraxt shoxlari kesilib, jami 447,9 km tarmoq tozalandi. Yuklamasi yuqori bo‘lgan 213,7 km tarmoqda fazalararo yuklamalar qayta taqsimlandi.

Tabiiy gaz ta’minoti yo‘nalishida 43 ta gaz taqsimlash punkti modernizatsiya qilinib, 62 tasi optimallashtirildi, 3,6 km gaz tarmog‘i rekonstruksiya qilinib, 27,4 km tarmoq tartibga keltirildi. Shuningdek, 283,8 km yer osti gaz tarmog‘i xatlovdan o‘tkazildi. Ko‘p qavatli uylarning elektr, gaz va isitish tizimlari diagnostika qilinib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilmoqda.

Energiya ta’minotida qiyinchilikka duch kelayotgan ehtiyojmand oilalarga ham amaliy yordam ko‘rsatilib, 5 ta oila xonadonida 309 mln so‘m mablag‘ hisobidan “yashil ta’mirlash” ishlari amalga oshirildi.

Energiya resurslaridan samarali foydalanish va iste’mol intizomini kuchaytirish doirasida elektr energiyasi bo‘yicha 7,63 mlrd so‘m, tabiiy gaz bo‘yicha 2,176 mlrd so‘m qarzdorlik undirildi, 1,885 mlrd so‘mlik noreal elektr qarzdorligi qisqartirildi.

Energiya iste’moli yuqori bo‘lgan korxonalarda energiya auditlari o‘tkazilib, ijtimoiy soha obyektlarini energiya samarador uskunalar bilan ta’minlash ishlari davom ettirilmoqda. Yuklamasi yuqori va murakkab uchastkalarda ishlarni jadallashtirish uchun qo‘shimcha brigadalar jalb etilmoqda.

Energetika vaziri Sherzod Xodjayev Yangiyo‘l tumanida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Vazir tomonidan tarmoqlardagi tayyorgarlik holati, muammoli uchastkalar va aholi murojaatlari ijrosi ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, mavsum davomida elektr va gaz ta’minotida uzilishlarning oldini olish, aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barqaror energiya bilan ta’minlash bo‘yicha zarur topshiriqlar berildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#yashil_energiya

🤩Zangiota tumanida 175 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi tarmoqqa ulandi

Bugun, 4-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumanida barpo etilgan quvvati 175 MVt (350 MVt·soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi tarmoqqa ulandi. Ushbu loyiha 85 mln dollarlik xorijiy investitsiya hisobiga amalga oshirilgan.

Energetika vaziri Sherzod Xodjayev bugun mazkur obyektda bo‘lib, energiya saqlash tizimining ishga tushirilishi va tarmoqqa ulanish jarayoni bilan tanishdi.

Ayni paytda tizim tarmoqqa ulangan bo‘lib, sentyabr oyi yakuniga qadar to‘liq quvvatda ishlashi rejalashtirilgan.

Yangi energiya saqlash tizimi tig‘iz vaqtlarda elektr tarmog‘ini barqarorlashtirish imkonini beradi. Mazkur tizimdan bir sutkada ikki marta, har safar 2 soatdan 175 MVt (350 MVt·soat) quvvatdagi elektr energiyasi zaxirasidan foydalanish imkoni yaratiladi.

—————
#зеленая_энергия

🤩В Зангиатинском районе к сети подключена система хранения энергии мощностью 175 МВт

Сегодня, 4 сентября, к сети подключена система хранения электроэнергии мощностью 175 МВт (350 МВт·ч), построенная в Зангиатинском районе Ташкентской области. Проект реализован за счет 85 млн долларов иностранных инвестиций.

Сегодня министр энергетики Шерзод Ходжаев посетил данный объект и ознакомился с процессом запуска системы хранения энергии и ее подключения к сети.

В настоящее время система подключена к сети, а выход на полную мощность запланирован до конца сентября.

Новая система хранения энергии позволит стабилизировать работу электросети в часы пиковой нагрузки. Электроэнергия, накопленная в системе мощностью 175 МВт (350 МВт·ч), может использоваться два раза в сутки — по 2 часа каждый раз.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM