MINENERGY.UZ
29.3K subscribers
13.2K photos
3.73K videos
90 files
9.62K links
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/energetikavazirligi
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
Download Telegram
#elektr_energiyasi

Elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlanmoqda

👨‍👩‍👧‍👦 Mamlakatimizda kuzatilayotgan yog‘ingarchilik va noqulay ob-havo sharoitiga qaramay, barcha issiqlik elektr stansiyalar, xususan, “Sirdaryo” va “To‘raqo‘rg‘on” IESlarda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish barqarorligi ta’minlanmoqda.

Stansiyalardagi energiya uskunalari, transfarmatorlar va gidrotexnik inshootlarning ishonchli faoliyati kuchaytirilgan nazorat rejimiga o‘tkazilgan.

⚡️Energetiklar tomonidan barcha elektr qurilmalarning holati muntazam monitoring qilinmoqda.

Bu chora-tadbirlar noqulay havo sharoitida ham iste’molchilarga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish va tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💙💙💙

Havo harorati pasayishi sababli 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritiladi

Respublikamiz hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi natijasida tabiiy gazga bo‘lgan talab oshdi. Shu bois magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi kuzatilmoqda.

Shunday hollarda birinchi navbatda aholi xonadonlari, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun, 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha Respublikamizdagi “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etiladi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish doirasida joriy yilda 349 kilometr elektr tarmoqlari qurish, 99 ta transformator oʻrnatish, shuningdek, suv tarmoqlarini kengaytirish hisobiga aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasini 89,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
—————

Президент Шавкат Мирзиёев провел
совещание по результативности проводимых реформ и дальнейшим приоритетам в Сырдарьинской области.

В рамках развития инженерной инфраструктуры в этом году планируется построить 349 километров электросетей, установить 99 трансформаторов и за счет расширения водопроводных сетей довести уровень обеспечения населения питьевой водой до 89,5 процента.


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#yoshlar_uchrashuv

🎓
Ayni daqiqalarda Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

Unda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq yosh xodimlar ishtirok etmoqda.

Uchrashuv Davlatimiz rahbarining Yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilangani munosabati bilan tashkil etilyapti.

—————

🎓 В настоящее время министр энергетики проводит очередной открытый диалог с молодёжью.

В нём принимают участие более 100 молодых сотрудников предприятий и организаций системы министерства.

Встреча организована в связи с тем, что в ходе диалога главы нашего государства с молодёжью было определено: каждый четверг недели объявляется «Днём молодёжи» в министерствах, ведомствах и хокимиятах.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
💙💙💙

Bugun, 5-mart kuni “metan zapravkalar”
soat 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi

Farg‘ona vodiysida “metan zapravka”larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.

Buning asosiy sababi — gaz bosimi pasaygan vaqtlarda birinchi navbatda aholi, jamoat transportlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz (yoqilg‘i) bilan uzluksiz ta’minlash. Ya’ni, jamoat transportining barqaror ishlashi, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar hamda aholi ehtiyojlarini qondirish ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu bois, gaz ta’minotidagi umumiy holat, bosim darajasi va iste’mol hajmidan kelib chiqqan holda “metan zapravkalar”ning ish rejimi mahalliy hokimliklar bilan kelishiladi. Bu chora gaz resurslaridan oqilona foydalanish va barqaror ta’minotni ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_uchrashuv

🎓
Energetika vazirining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Unda vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq yosh xodimlar ishtirok etdi.

Mazkur uchrashuv Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida haftaning har payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, sohadagi islohotlar, kasbiy rivojlanish, innovatsiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Energetika vaziri yoshlarning savollariga batafsil javob berib, ular bilan erkin va samimiy suhbatlashdi. Shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni atroflicha ko‘rib chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning tashabbuskorligi va bilim salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratish vazirlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi alohida ta’kidlandi.


—————

🎓 Министр энергетики провел очередной открытый диалог с молодежью


В нем приняли участие более 100 молодых сотрудников, работающих на предприятиях и в организациях системы министерства.

Данная встреча состоялась в рамках исполнения задач, определенных в ходе диалога главы государства с молодежью по организации «Дня молодежи», который проводится каждый четверг в министерствах, ведомствах и хокимиятах.

В ходе открытого и искреннего диалога молодежь высказала свои мнения и предложения по интересующим их вопросам, проводимым реформам в отрасли, профессиональному развитию, внедрению инноваций и дальнейшему совершенствованию производственных процессов.

Министр энергетики подробно ответил на вопросы молодежи и провел с ними свободную и искреннюю беседу. Также ответственным лицам были даны соответствующие поручения по всестороннему рассмотрению выдвинутых предложений и инициатив, а также по их практической реализации.

Было подчеркнуто, что одним из важных направлений деятельности министерства является поддержка инициативности и интеллектуального потенциала молодых специалистов, работающих в системе, а также создание необходимых условий для их профессионального роста.


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
💙💙💙

Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi

Avval xabar berganimizdek, magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash, bir me’yorga keltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Gaz bosimi pastligi bois, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transport vositalari uchun faoliyat yuritadi.

Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

—————

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню

Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
#8mart

Energetika vazirligida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni e’tirof etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


Unda vazirlik tizimida mehnat qilayotgan ayollarning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati hamda mamlakatimiz energetika tizimini rivojlantirishga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida ta’kidlandi.

Qayd etilganidek, energetika sohasi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim va mas’uliyatli tarmoqlardan biri bo‘lib, unda kechayu kunduz mehnat qilish – yuksak bilim va katta mas’uliyatni talab etiladi. Ana shunday murakkab va mashaqqatli sohada xotin-qizlar ham erkaklar bilan bir qatorda sidqidildan mehnat qilib kelmoqdalar.

Tadbir davomida sohada samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning kasbiy salohiyati, tashabbuskorligi va fidoyiligi yuksak baholanib, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va nufuzi tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi. Shuningdek, ularning mehnatini qadrlash, faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangi yutuqlarga ilhomlantirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Bayram tadbirida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga samimiy tilaklar bildirilib, ularga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat hamda kelgusi ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilandi.


Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz