MINENERGY.UZ
29.3K subscribers
13.2K photos
3.73K videos
90 files
9.62K links
Energetika vazirligining rasmiy kanali

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/energetikavazirligi
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
https://t.me/minenergychat
Manzil:Yangi Toshkent markazi, Energetiklar koʻchasi, 22-bino
Download Telegram
#А_знаете_ли_вы

Экономия тепловой энергии

А знаете ли Вы, что установка теплоотражающего экрана (или алюминиевой фольги) на стену за радиатор отопления, позволит повысить температуру в помещении на 1-2 градуса в зимний период.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurib, sanoat tarmoqlari uchun muhandislarni tayyorlash maktabi hamda “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish ishlari bilan tanishadi, mis boyitish bo‘yicha yangi quvvatlar qurilishiga start beradi.

Shuningdek, Prezident raisligida Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

—————

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Алмалыкский горно-металлургический комбинат, где ознакомится с деятельностью школы по подготовке инженерных кадров для отраслей промышленности и ходом освоения месторождени «Ёшлик-1», а также даст старт строительству новых мощностей по обогащению меди.

Также предусматривается проведение под председательством Президента совещания по задачам социально-экономического развития Ташкентской области.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Axborot 24: Yangiyo‘l tumanida 14-oktabr kuni Toshkent viloyatidagi muhim loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati energetika sohasida ham katta salohiyatga ega bo‘lib, bu yerda 5,7 gigavattli quvvatlar mavjud. Bu miqdorni oshirish maqsadida 1,5 milliard dollarlik 800 megavattdan ortiq 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

“Yashil” energetikani rivojlantirish bilan birga, yurtimizda energetika tizimi barqarorligini saqlash bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilinmoqda. Shuning uchun 2030-yilgacha umumiy quvvati 4 ming 100 megavattli elektr energiyasini saqlash tizimlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Ахборот 24: 14 октября в Янгиюльском районе состоялась церемония запуска и начала строительства важных проектов в Ташкентской области.

Ташкентская область также обладает большим потенциалом в энергетическом секторе, где имеются мощности в 5,7 гигаватт. В целях увеличения этого объема реализуются 6 проектов мощностью более 800 мегаватт на сумму 1,5 миллиарда долларов.

Наряду с развитием зеленой энергетики в нашей стране проводится большая работа по поддержанию стабильности энергетической системы. Поэтому к 2030 году планируется построить системы хранения электроэнергии общей мощностью 4 тысячи 100 мегаватт.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «Узбекистан 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Infografika / #energiya_samaradorlik

2024-yilning 9 oyi davomida Respublika boʻyicha 720 mingga yaqin nostandart gaz jihozlari energotejamkor uskunalarga
almashtirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xorij_xabarlari / #yashil_energiya

Fakt 24: Xitoyda jahondagi eng yirik shamol generatori qad rostladi.

Quruqlikda joylashgan va quvvati 15 megavattlik bo‘lgan ushbu shamol turbina parraklarining diametri 270 metrni tashkil etib, u 160 mingta uy xo‘jaligining energiyaga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Bilasizmi

Issiqlik energiyasini tejash

Cho‘yan radiatorlarini alyuminiylariga almashtiring. Ushbu radiatorlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi 40-50 foizga yuqori. Radiatorlar qulay yechib olishni hisobga olgan holda o‘rnatilgan bo‘lsa, ularni muntazam yuvib turish kerak, bu ham issiqlik o‘tkazuvchanligini oshirishga yordam beradi.

Balkon yoki lodjiyani oynalash qo‘shimcha deraza o‘rnatilganiga teng. Bu kuz-qish oraliq harorat muhitida tashqaridan 10 daraja yuqori bo‘lgan issiqlik tamponini hosil qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#А_знаете_ли_вы

Экономия тепловой энергии

Заменив чугунные радиаторы на алюминиевые, вы получите теплоотдачу этих радиаторов на 40-50% больше. Если они установлены с учетом удобного съема, имеется возможность регулярно их промывать, что также способствует повышению теплоотдачи.

Остекление балкона или лоджии эквивалентно установке дополнительного окна. Это в осенне-зимний период создает тепловой буфер с промежуточной температурой на 10 градусов выше, чем на улице.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing:

🔹qo‘lbola va nosoz gaz isitish moslamalaridan foydalanmang;

🔹tungi vaqt aholi turar joylarida o‘rnatilgan isitish tizimini nazoratsiz qoldirmang;

🔹oshxonada o‘rnatilgan tabiiy gazda ishlovchi gaz plitalardan xonalarni isitish maqsadida foydalanmang;

🔹isitish pechlari va ularning mo‘rilarining sozligiga, ularni turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligiga hamda maxsus tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida tozalanishiga alohida e’tibor bering;

🔹isitish moslamalari yaqinida yonuvchan buyumlarni saqlamang;

🔹isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning tavsiya va yo‘riqnomasi talablariga rioya qiling;

🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang;

🔹agarda xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan aslo foydalanmang, darhol xonani shamollating hamda gaz xizmatiga zudlik bilan xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz o‘zingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni ko‘ngilsiz hodisalardan saqlagan bo‘lasiz.

—————

Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!

🔹не пользуйтесь неисправными, самодельными и нестандартными газовыми и другими отопительными приборами;

🔹в жилых домах не оставляйте без надзора газовые отопительные приборы в ночное время суток;

🔹не пользуйтесь газовыми плитами, имеющимися на кухне в целях отопления помещений;

🔹с привлечением специализированных организаций своевременно производите очистку дымоходов, а также следите за исправностью отопительных печей и их дымоходов, не допускайте их перекрывание различными предметами и заслонками;

🔹не храните сгораемые предметы вблизи отопительных печей и обогревательных приборов;

🔹используйте отопительные приборы в условиях, соответствующих инструкциям предприятий-изготовителей;

🔹запрещается подсоединение к газовым приборам и оборудованию нестандартных резиновых шлангов;

🔹при обнаружении запаха и утечки газа не пользуйтесь электрическим оборудованием, приборами и открытым пламенем. Немедленно проветрите помещение и сообщите об этом в газо-аварийную службу.

Соблюдая данные правила, Вы защитите себя и своих близких, а также своё жильё от последствий несчастных случаев.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Energetika vazirligida soha xodimlari uchun “Energetika sohasiga gender yondashuvini joriy etish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Ushbu seminarda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari, shuningdek barcha aksiyadorlik jamiyatlarining gender siyosatini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vakillari ishtirok etdilar.

Seminar Energetika vazirligining O‘zbekiston energetika sohasini isloh qilish dasturi doirasida, Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar gender tengligi, energetika siyosatiga gender istiqbolini joriy etish uchun qulay muhitni baholash va boshqa bir qator tushunchalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, seminar davomida energetika tashkilotlarida gender yondashuvini joriy etish va gender sezgirligining global tendensiyalari mavzularida ham fikr almashildi.

Tadbir so‘ngida tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va boshqa ko‘plab masalalar haqida fikr almashishdi.

—————

В Министерстве энергетики был проведен семинар на тему «Внедрение гендерного подхода в энергетический сектор»


В семинаре приняли участие представители Министерства энергетики и представители подведомственных организаций, ответственных за реализацию гендерной политики.

Семинар был проведен в рамках Программы реформирования энергетического сектора Министерства энергетики совместно с Азиатским банком развития.

Участники получили знания и навыки в области гендерного равенства, оценки благоприятной среды для внедрения гендерного подхода в энерго-политику и нескольких других концепций.

В рамках семинара также состоялся обмен мнениями о внедрении гендерного подхода в организациях энергетического сектора и глобальных тенденциях в области гендерной чувствительности в энергетическом секторе.

В конце мероприятия стороны получили ответы на свои вопросы и обменялись мнениями по многим интересующим их вопросам.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Koson, Samarqand va Boyovut tumanlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Chorbog‘” MFY hududida faoliyat yurituvchi “T.B.” fermer xo‘jaligi rahbari J.T. elektr suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 106,9 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.   

Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT F.A. ga tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish sexida jami 123,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Boyovut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT E.H. ga tegishli binoda 108,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan yashirin ravishda foydalanib kelinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt