MINENERGY.UZ
16.3K subscribers
9.4K photos
2.71K videos
90 files
7.42K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Energetika vazirligida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar “Xonatlas – 2024” festivalida ishtirok etmoqda.

—————

Женщины, работающие в Министерстве энергетики участвуют в фестивале «Хонатлас – 2024».


Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Reportaj: Farg‘ona viloyatida energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda “yashil” energiya manbalarining imkoniyatlari borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida lavha efirga uzatildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ta’lim / #Energetika

Ахborot 24: Toshkent davlat texnika universitetining “Energetika” fakultetida professor-o‘qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar hamda talabalar uchun “mahorat darsi” o‘tkazildi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Soliq qoʻmitasi: iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 nafar fuqaroga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berildi

Joriy yilning yanvar — iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar jismoniy shaxs oʻz xonadonida oʻrnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarib, isteʼmoldan ortgan 4 mln 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.

Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 soʻmdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd 815 mln 922 ming soʻmni tashkil qilgan va tegishli summa Davlat soliq qoʻmitasining “Soliq” mobil ilovasi orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib berilgan.

Birgina iyul oyida quyosh panel oʻrnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining isteʼmoldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd 399 mln 564 ming soʻm toʻlab berilgan.

Eslatib oʻtamiz, mazkur subsidiya mablagʻlari soliq organlari tomonidan har oyda “Soliq” mobil ilovasi orqali hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar (iyul oyining subsidiyasi 25-avgustgacha) fuqarolarning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#quyoshli_xonadon

Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar subsidiya olish uchun nima qilishi kerak?

📲 SubsidiyaniSoliqmobil ilovasining ”Keshbek bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #quyoshli_xonadon

Quyoshli xonadon” subsidiyasi bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?

Batafsil videoqo‘llanmada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Infografika

Pulingizni tejang
: bir dona cho‘g‘lanma lampani bir dona energiya samarador LED lampaga almashtirish orqali bir kunda, bir oyda va bir yilda qancha mablag‘ni tajab qolishni bilasizmi?

Batafsil ushbu infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Инфографика

Пулингизни тежанг: бир дона чўғланма лампани бир дона энергия самарадор ЛЕД лампага алмаштириш орқали бир кунда, бир ойда ва бир йилда қанча маблағни тажаб қолишни биласизми?

Батафсил ушбу инфографикада👆


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Infografika

Pulingizni tejang: bir dona qo‘lbola va nostandart gaz jihozini bir dona zamonaviy, energiya tejamkor gaz jihoziga almashtirish orqali bir soatda, bir kunda
hamda bir oyda qancha mablag‘ni tajab qolishni bilasizmi?

Batafsil ushbu infografikada👆

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
#Инфографика

Пулингизни тежанг: бир дона қўлбола ва ностандарт газ жиҳозини бир дона замонавий, энергия тежамкор газ жиҳозига алмаштириш орқали бир соатда, бир кунда ҳамда бир ойда қанча маблағни тажаб қолишни биласизми?

Батафсил ушбу инфографикада👆


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
No comment: Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
“M-25” konining 604-sonli qudug‘ida so‘ndirish jarayoni to‘liq tugatildi

Sentyabr oyi boshida tarkibida vodorod sulfid yuqori bo‘lgan tabiiy gaz sizib chiqqan “Mustaqillik-25” konidagi 604-sonli quduqni so‘ndirish jarayoni o‘z nihoyasiga yetdi.

Shu maqsadda tabiiy gazning sizib chiqishini oldini oluvchi uskunaning qo‘shimcha blogi qurilib, o‘rnatildi.

So‘ndirish uchun quduq og‘zini tayyorlash hamda bog‘lash jarayoni o‘tkazildi.

Quduq germetiklandi va bugun, 15-sentyabr kuni soat 16:50 da tabiiy gazning sizib chiqishi holati to‘liq so‘ndirildi.

Hodisa oqibatlarini rejali bartaraf qilish jarayoni maxsus tashkil etilgan shtab nazorati ostida tegishli vazirlik va qo‘mitalar, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tartibini saqlashga mas’ul tashkilotlar, shuningdek, konchilar va burg‘ulovchi mutaxassislar hamkorligida amalga oshirildi. Vaziyatni professional baholash maqsadida voqea joyiga o‘zbekistonlik, shuningdek, Rossiya hamda AQSHlik ekspertlarning tashrifi uyushtirildi.

Ta’kidlash joizki, hodisa oqibatlarini bartaraf qilish davomida aholi uchun hech qanday xavf yuzaga kelmagan.

Ishlar barcha zarur texnika va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan holda olib borildi.

Hodisa boshidan hamma zarur choralar ko‘rilgan. Xususan, atrofda joylashgan aholi punktlarida havo muhitini o‘lchash hamda monitoring qilish uchun maxsus postlar o‘rnatildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, atmosferada zararli moddalarning ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyasidan oshib ketish holatlari kuzatilmayapti.

Shuningdek, burg‘ulash qurilmasining ishchi maydonini tozalash ishlari amalga oshirildi. Tayanch maydon maxsus texnika va uskunalarni to‘liq o‘rnatish hamda foydalanish uchun tayyorlandi.

Aytish joizki, “Mustaqillik-25” koni o‘zlashtirishning murakkabligi bilan alohida ajralib turadi. Bu yerda ishlarni bajarishda doimo xalqaro tajribadan keng foydalaniladi va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari ko‘riladi. Shu jumladan, xodimlarga doimiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib boriladi. Konda uglevodorodni qazib olish tobora murakkablashib bormoqda. Bu esa doimiy ravishda yangi tajriba hamda ko‘nikmalarni talab qiladi.

Hodisani bartaraf etish jarayoniga xalal qilmaslik uchun konda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilmadi. Ammo bu yerda barcha daxldor vazirlik va qo‘mitalar, viloyat hamda tuman hokimliklarining ishchi-xizmatchilari, huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tartibini saqlashga mas’ul tashkilotlar vakillari, qolaversa, konchilar hamda ekspertlar bir yoqadan bosh chiqarib, faol mehnat qilishdi. Fursatdan foydalanib, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa-da, texnogen hodisa oqibatlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha yurtdoshlarimizga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Kansleri Olaf Shols Qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar. Tashrif doirasida 8 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

—————

По итогам переговоров Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Федеральный Канцлер Федеративной Республики Германия Олаф Шольц приняли Совместную декларацию. В рамках визита были
подписаны 8 двусторонних документов.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt