MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.13K photos
2.26K videos
90 files
6.44K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning iyun oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
To‘rtta hududda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “V.B.” MCHJ rahbari B.R. xo‘jalikning yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini tarmoqqa elektr hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, jami 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi va hududiy ETK xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U.B.” fermer xo‘jaligi rahbari U.R. xo‘jalik suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari yashirincha ulab, 223,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.U.” va “Q.D.” fermer xo‘jaligi rahbarlari yer maydonlarini sug‘orish uchun suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, jami 215,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Farg‘ona tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “V.J.” fermer xo‘jaligida hamda YATT A.A.ning avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘rnatilgan elektr uskunalari hisoblagichdan tashqari elektr tarmoqlariga ulanib, jami 146,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в резиденции «Куксарой» провел встречу с Генеральным секретарем Организации Объединенных Наций Антониу Гутерришем, пребывающем в нашей стране с официальным визитом.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasida bo‘ldi

Bugun, 1-iyul kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan, jami quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi.

👉Batafsil / Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube