MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.22K photos
2.29K videos
90 files
6.52K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
Prokuratura departamenti: Hududlarda benzin yoqilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda

Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Surxondaryo va Andijon viloyati boshqarmalari hududiy bo‘limlari tomonidan IIB hamda soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 23 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 076 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Sirdaryo va Samarqand viloyati boshqarmalari hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 12 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda qimmat narxlarda “Ai-80” va “Ai-92” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 695 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Shu bilan birga, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari tomonidan IIB va soliq idoralari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 26 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 5 626 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 29-fevral kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bosh prokuratura: Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda

Xususan, fuqaro N.I. Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, Yangi bog‘ mahallasidagi yashash xonadonida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga mayning qurilmalarini tijorat maqsadlarida noqonuniy ulab, 1 mlrd so‘mlik 226,5 ming kVt⋅soat elektr energiyasini o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro N.I. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar!

Faoliyatingiz davomida energiya resurslaridan qonuniy tartibda va oqilona foydalaning.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.

Shuni unutmangki, energiya resurslardan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlari fosh etiladi va jazo muqarrarligi ta’minlanadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24: Germaniyada vodorodda harakatlanadigan tramvaylar yo‘lga qo‘yildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nukus shahridagi xonadondan 4 140 litr “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi, IIV va FVB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. Nukus shahri Moychilar ko‘chasidagi o‘z xonadonida “yama” tashkil etib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, jami 4 140 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Qozog‘istonning Turkiston shahrida Markaziy Osiyo davlatlari energetiklarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Respublikalari va Rossiya Federatsiyasi energetika tizimlari rahbarlari ishtirok etishdi. Muhokamalarning bosh mavzusi — Markaziy Osiyo davlatlari elektr tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘ldi.

👉Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Vaziyat 24: Hududlarda benzin yoqilg’isini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olinmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida qimmat narxlarda “Ai-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bekobod shahrida 2 000 litr “AI-91” markali benzin yoqilg‘isini noqonuniy muomalaga kiritilishining, Buxoro viloyatida esa 1 270 litr “AI-80” markali benzin yoqilg‘isini qo‘lda qimmat narxda sotilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.R (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttirish maqsadida fuqaro M.X. ga 2 000 litr “AI-91” markali benzin yoqilg‘isini 22 mln so‘m va 100 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, R.R. ushbu benzin yoqilg‘isini Bekobod shahridagi “G‘.G‘.” MChJga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchasidan “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasida 200 litr hajmli idishlarga quydirib olib chiqqanligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda 14 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida yashash xonadonlarida “AI-80” markali benzin yoqilg‘isini chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlanib, ulardan jami 1 270 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Tahlilnoma: Joriy yilda 14 ta “yashil” elektr stansiya ishga tushiriladi.

Bular - Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida 2 gigavattli 11 ta quyosh, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 600 megavattli 3 ta shamol stansiyasi.

Ushbu stansiyalarni barpo etish doirasida 500 kilometr yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari quriladi. Yangi yirik stansiyalarni tarmoqqa ulash uchun 5 ta podstansiya kengaytiriladi.

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Тахлилнома: в текущем году будут запущены 14 «зеленых» станций.

В частности, 11 солнечных электростанций мощностью 2 гигаватта в Андижанской, Бухарской, Джизакской, Кашкадарьинской, Навоийской, Наманганской, Самаркандской, Ташкентской, Ферганской областях и 3 ветряные электростанции мощностью 600 мегаватт в Бухарской и Навоийской областях.

В рамках строительства данных станций будут построены 500 километров высоковольтных линий электропередач. Кроме того, 5 подстанций будут расширены для подключения к сети новых крупных «зеленых» станций.

Подробнее об этом вы можете узнать в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 3-mart kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Energetika: Navoiy issiqlik elektr stansiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 14:43 da Toshkent shahridagi 110 kV “L-Navoiy-1,2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida “Sag‘bon” podstansiyasi kuchlanishsiz qolgan.

Oqibatda Toshkent shahrining Olmazor va Toshkent viloyatining Toshkent tumani iste’molchilari qisman elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.

Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf qilinadi va iste’molchilarga elektr energiyasi barqaror yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Nosozlik bartaraf etildi: soat 17:45 da Toshkent viloyatining Toshkent tumani, soat 00:20 da Toshkent shahar Olmazor tumani iste’molchilarining elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube