MINENERGY.UZ
13.9K subscribers
7.12K photos
1.93K videos
90 files
5.61K links
- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali
- Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: press@minenergy.uz
Download Telegram
Soat 20:10 da Farg‘ona viloyatidagi 110 kV “L-Ya-Uz” elektr uzatish tarmog‘ida kuchli shamol tufayli nosozlik yuzaga kelgan

Nosozlik oqibatida O‘zbekiston, Beshariq va Furqat tumanlari iste’molchilari qisman (17 ming 520 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Qisqa vaqt ichida mazkur hududlar iste’molchilarining elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Noqulay ob-havo tufayli yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda

Avval xabar berganimizdek, kecha yurtimizga kirib kelgan sovuq ob-havo, xususan kuchli shamol ta’sirida elektr tarmoqlarida sodir bo‘lgan nosozliklar maxsus brigadalar tarafidan 24 soatlik navbatchilik asosida bartaraf etib borilmoqda.

Misol uchun, 220 kV kuchlanishga ega “Fayziobod” (Toshkent shahrida joylashgan) va “Adolat” (Toshkent viloyatida joylashgan) podstansiyalari oralig‘idagi elektr uzatish tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik magistral elektr tarmoqlari navbatchi brigadalari tomonidan ta’mirlanmoqda.

E’tiboringizga tungi ta’mirlash-tiklash ishlari aks etgan jarayonlarni taqdim etamiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu nosozlik iste’molchilar elektr ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘lmagan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil energiya”: Farg‘ona viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.

—————

«Зеленая энергия»: в Ферганской области запущен сервисный центр по техническому обслуживанию солнечных панелей.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Buxoro viloyatida kuchli shamol natijasida 2 ta yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilmoqda

Bugun soat 18:03 da kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 110 kV kuchlanishli “L-Gazli-1”, “L-Gazli-2” elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida “Gazli” magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli bir nechta gaz haydash agregatlari faoliyatida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda.

Mazkur tarmoqlardagi nosozlik tezkor brigada tomonidan 2-3 soat ichida bartaraf etiladi va gaz haydash agregatlari faoliyati to‘liq tiklanadi.

Shu vaqt oralig‘ida respublikaning janubiy qismiga yo‘naltiriladigan tabiiy gaz hajmi bir oz qisqarishi, shuningdek, magistral gaz quvurlarida bosimning nisbatan pasayishi holati yuzaga kelyapti.

Gaz bosimining kamayishini inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida ayrim avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.

Shuningdek, bir qator issiqlik elektr stansiyalarida gaz bosimining pasayishi holati kuzatilishi tufayli respublikamizning ba’zi bir hududlarida elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar o‘rnatiladi.

Gaz haydash agregatlari ishga tushgach, tegishli hududlarda kiritilayotgan cheklovlar bo‘yicha hududiy tashkilotlar tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilib, reja-grafiklar e’lon qilinadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatilmoqda

Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida kuchli shamol natijasida ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida:

Samarqand viloyatining Samarqand, Pasdarg‘om, Bulung‘ur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlari iste’molchilari qisman (35 000 ta),

Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlari iste’molchilari qisman (15 000 ta);

Jizzax viloyatining Baxmal tumani iste’molchilari qisman (700 ta) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda

Respublika hududlarida havo haroratining pasayishi natijasida magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi holatlari kuzatilyapti.

Shuni inobatga olgan holda, birinchi navbatda, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida respublikadagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyatiga qisqa muddatli cheklovlar kiritilmoqda.

AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan cheklovlarni hisobga olgan holda respublikadagi barcha benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlarini qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar imkon qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz.

AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Kuchli shamol natijasida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda

Soat 12:30 holatiga Samarqand viloyatidagi 35 mingta o‘chiq turgan iste’molchidan 21 ming 500 tasining elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Ayni paytda viloyatda 13 ming 500 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi o‘chiq turgan isteʼmolchilarning elektr taʼminoti toʻliq qayta tiklandi

Hududiy elektr taʼminoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan olib borilgan tezkor taʼmirlash-tiklash ishlari tufayli ayni paytgacha Samarqand va Jizzax viloyatlarida elektr taʼminotidan uzilgan isteʼmolchilar tarmoqqa toʻliq qayta ulandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 17-fevral hamda bugun, 18-fevral kunlari iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish borasida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Soat 17:00 holatiga kuchli shamol natijasida Buxoro viloyatidagi 15 mingta o‘chiq turgan iste’molchidan 8 ming 400 tasining elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Ayni paytda viloyatda 6 ming 600 ta iste’molchining elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda elektr ta’minoti korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube