Press-tur: OAV vakillari Chendu shahrida “Dongfang” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi
Bugun, 3-fevral kuni O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar va blogerlar Xitoyning Chendu shahrida joylashgan “Dongfang Electric Corporation” kompaniyasi (Dongfang) faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Press-turda ularga ushbu yirik elektr energetika kompaniyasi issiqlik elektr stansiyalari, shamol elektr stansiyalari, quyosh fotoelektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalari, atom elektr stansiyalari uchun eng zamonaviy energoqurilmalar ishlab chiqarish va ularni o‘rnatish bilan shug‘ullanishi haqidagi ma’lumotlarni multimedia mahsulotlari yordamida qiziqarli qilib yetkazishdi.
1958-yilda dastlab “Dongfang Electric Machinery Plant” (Dongfang elektr mashinasozlik zavodi) tashkil etilgan.
“Dongfang Electric Corporation” esa 1984-yilda tashkil qilingan bo‘lib, u hozirgi kunda dunyoning 20 dan ziyod davlatlariga energoqurilmalarini eksport qilishi hamda o‘zining megaloyihalari bilan ishtirok etishi aytib o‘tildi.
Kompaniya O‘zbekistonda ham “yashil” energetika loyihalarida qatnashib kelayotganligi alohida ta’kidlandi.
Xususan, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on va Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanlarida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan barpo etilayotgan, har birining quvvati 220 MVtdan bo‘lgan ikkita quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishida bosh pudratchi sifatida qatnashyapti.
Ahamiyatlisi, 2023-yilning 27-dekabr kuni ushbu ikkita fotoelektr stansiyasining dastlabki quvvatlari O‘zbekistonning umumiy energetika tarmog‘iga ulangan edi.
Mazkur ikkita fotoelektr stansiyasining qurilishi davrida 1 ming 600 nafargacha va ishga tushgandan so‘ng yana 100 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Forwarded from Energetika vaziri matbuot kotibi | Hasan Toshxoʻjayev
#таҳлил
Хитойга пресс-тур доирасида «STATE GRID CORPORATION OF CHINA» корпорациясига келдик.
Бу ерда бизни қизиқтирган йўналишларнинг яна бири хитойликларнинг энергия тежамкорлигига интилиши ҳамда аҳоли учун нархлар масаласи бўлди.
Корпорациядагиларнинг айтишича, нархлар табақалаштирилган тарифга биноан шакллантирилган. Масалан, Пекинда бир кВт•соат электр энергияси ярим юань туради. Бу бугунги курс билан ҳисоблаганда, 867 сўм деганидир. Бир ойда ҳар бир истеъмолчи учун 240 кВт•соат электр энергияси шу нархда етказиб берилади.
Кейинги босқич 241 кВт•соатдан 400 кВт•соатгача. Бунда бир кВт•соат учун 0,64 юань - 1110 сўмдан тўланади.
Учинчи босқичда эса ҳар бир кВт•соат электр энергияси истеъмоли учун 0,89 юань, яъни 1543 сўмдан ҳисоб-китоб қилинади.
Айтайлик, бир ойда ўртача 300 АҚШ доллари даромад қиладиган оила 500 кВт•соат электр энергияси истеъмоли учун топганининг 16 фоизини тўлашига тўғри келади.
Бошқача айтганда, бизда 500 кВт•соат учун 147 минг 500 сўм тўланса, Хитойда бу «ҳашамат» бизнинг пулга 771 минг 630 сўмга тушади.
Бир ойда ўртача даромади бизникига тенг оила биздан кўра 5,23 баравар кўп пул тўлайди-ю, тежамкорлик қилмасинми?!
📱 @press_secretary_minenergy

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, tanlov!
Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:
➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti;
➖Namangan viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti;
➖Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti;
➖Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);
➖Jizzaх viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (ASU);
➖Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi yuriskonsulti;
➖Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);
➖Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha).
▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.
❗️Arizalar 2024-yil 9-fevral kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.
▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
▪️Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Kuchli shamol natijasida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan
Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan.
Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta iste’molchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta iste’molchi) quvvat bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

MINENERGY.UZ
Kuchli shamol natijasida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelgan Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol ba’zi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab bo‘lgan. Buning natijasida…
Samarqand va Jizzax viloyatlarida 61 ming 500 ta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi
Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Xususan, soat 12:00 holatiga:
Samarqand viloyati bo‘yicha 152 ta fiderdan 55 tasi tarmoqqa ulandi. Natijada 57 ming 250 ta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Jizzax viloyati bo‘yicha esa 96 ta fiderdan 33 tasi tarmoqqa ulandi. Natijada 4 ming 250 ta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Hozirgi vaqtda tezkor brigadalar tomonidan qolgan fiderlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.
Xususan, soat 12:00 holatiga:
Samarqand viloyati bo‘yicha 152 ta fiderdan 55 tasi tarmoqqa ulandi. Natijada 57 ming 250 ta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Jizzax viloyati bo‘yicha esa 96 ta fiderdan 33 tasi tarmoqqa ulandi. Natijada 4 ming 250 ta iste’molchining elektr ta’minoti qayta tiklandi.
Hozirgi vaqtda tezkor brigadalar tomonidan qolgan fiderlarda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24: Sirdaryo viloyatida quyosh energiyasida ishlaydigan issiqxona.
Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan mazkur issiqxona hech qanday yoqilg‘i resurslarisiz, oftob nurida isitilyapti.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan mazkur issiqxona hech qanday yoqilg‘i resurslarisiz, oftob nurida isitilyapti.
Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan reportajda batafsil tanishishingiz mumkin.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
Tog‘li hududlardan o‘tgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari nazorat ko‘rigidan o‘tkazilmoqda
“O‘zbekiston MET” AJ tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida tashkil etilgan va tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘rigi o‘tkazilmoqda.
Xususan, Kitob tumanining Taxtaqoracha dovoni hududidan o‘tuvchi 500 kV kuchlanishli L-520 elektr uzatish tarmog‘i nazorat ko‘rigidan o‘tkazildi.
Aniqlangan kamchiliklar, sovuq ob-havo sharoiti oqibatlari bartaraf etildi.