MINENERGY.UZ
14.7K subscribers
8.36K photos
2.33K videos
90 files
6.61K links
Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali

Официальный Телеграм канал Министерства энергетики

gov.uz/oz/minenergy
facebook.com/minenergyuz
instagram.com/energetika_vazirligi

71-231-81-18
press@minenergy.uz
Manzil: Toshkent sh., Istiqbol, 21
Download Telegram
#Live

Siz behuda yonayotgan bitta lampochkani o‘chirish orqali bir xonadonda chiroq yonishini ta’minlashingiz mumkin

Ayni vaqtda Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan isteʼmolchilarning elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanishlarini taʼminlash maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bu, eng avvalo, iste’molchilarning ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlariga, shuningdek, tarmoqlarda yuklamalarning ortib ketishini oldini olishga hamda barcha iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Hurmatli tadbirkorlik subyektlari, elektr energiyasidan imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanishingizni, zarur bo‘lmagan hollarda esa, elektr qurilmalarini tarmoqdan ajratib qo‘yishingizni so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Toshkent shahridagi “Ruboiy” podstansiyasida yuzaga kelgan ushbu nosozlik soat 21:50 da to‘liq bartaraf etilib, Beshqo‘rg‘on va Choshtepa mahallalaridagi barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil energiya”: Xorazm viloyatida quyosh panellariga texnik xizmat ko‘rsatish servis markazi ishga tushirildi.

—————

«Зеленая энергия»: в Хорезмской области запущен сервисный центр по техническому обслуживанию солнечных панелей.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

—————

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сферах жилья, строительства, коммунального хозяйства, транспорта и экологии на 2024 год.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 28-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Президентимиз коммунал соҳадаги ишлар аҳволини таҳлил қилди.

Кўп қаватли уйларни бошқариш, иссиқлик ва сув таъминоти соҳаларида кескин ўзгариш бўлмаётгани танқид қилинди.

Жумладан, аксарият кўп қаватли уйларда энергия сарфи хорижга нисбатан 3-4 баробар юқори, иссиқлик таъминоти тизимида энергия йўқотишлари кўп, тизимда бугунги кунга қадар бирор марта энергия аудити ўтказилмаган, дебитор қарздорлиги оқибатида иссиқлик корхоналари тизимни яхшилашга инвестиция киритмаяпти.

Уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ва Энергетика вазирлигига кўп қаватли уйларда энергия тежаш бўйича алоҳида дастур амалга оширишни бошлаш топширилди.

Халқаро экспертлар жалб қилиниб, қаерда марказлашган, қаерда локал ёки индивидуал иситиш тизимини қўллаш, қайси қозонхоналарни когенерация технологиясига ўтказиш бўйича ҳар бир ҳудуднинг иссиқлик таъминоти схемаси ишлаб чиқилади.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Пойтахтда оғир юк машиналари, 10 йилдан ошган автомобиллар ҳамда “Евро-4”дан паст ёнилғидан фойдаланишнинг экологияга таъсирини камайтириш бўйича аниқ механизмлар ишлаб чиқилади.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Бош вазир А.Ариповга 2025 йилдан Аи-80 маркали бензиндан воз кечиш масаласини узил-кесил ҳал қилиш бўйича топшириқ берилди.

Facebook|Instagram|X
“Яшил энергетика”ни қўллаб-қувватлаш, экологик муаммоларнинг олдини олиш ва зарарли оқибатларни камайтириш мақсадида аҳолини электромобилларга ўтишини рағбатлантириш тизими жорий қилинади.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Diqqat, tanlov!

Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasidagi quyidagi vakant lavozimlar uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:


Elektr va issiqlik energiyasi sohasida nazorat tadbirlarini muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);

Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi bosh mutaxassisi (neft-gaz bo‘yicha);

Toshkent shahar hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (neft-gaz bo‘yicha);

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi bo‘yicha — АСУ);

Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha);

Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (neft-gaz bo‘yicha);

Namangan viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (neft-gaz bo‘yicha);

Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi yetakchi mutaхassisi (elektr energiyasi bo‘yicha).

▪️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

❗️Arizalar 2024-yil 2-fevral kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz'dan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.

▪️Murojaat uchun
bot — @vacancy_argos_bot

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Respublika hududlarida kuchli shamol va yomg‘ir (qor) yog‘ishi natijasida ayrim elektr tarmoqlarida kichik nosozlik yuzaga kelgan.

Buning natijasida:

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala, Gʻuzor, Shahrisabz, Yakkabog‘, Kitob va Qarshi tumanlari qisman (jami 5 430 ta iste’molchi);

Samarqand viloyatining Nurobod, Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlari qisman (jami 3 500 ta iste’molchi);

Jizzax viloyatining Forish va Sh.Rashidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste’molchi) elektr ta’minotidan uzilgan.

Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanadi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DXX: Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida gaz “zapravka”ning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatiga chek qo‘yildi.

Mazkur “zapravka” tomonidan davlat manfaatlariga 62 mlrd 488 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorij_xabarlari

Fakt 24
: AQShda dunyodagi eng yirik quyosh akkumlyator tizimi to‘liq quvvatda ishga tushdi.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AOKAda o‘tkazilgan brifingda 29-yanvar kuni iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

👉
Batafsil

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
Sheroboddagi quyosh fotoelektr stansiyasi davlat kafolatisiz yuz foiz xorijiy investitsiya evaziga qurilmoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sherobod tumanida barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasida kuchli shamol tufayli quyosh panellariga zarar yetganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat 28-yanvar kuni yuz bergan boʻlib, fotoelektr stansiyasi hududida sodir boʻlgan kuchli shamol tufayli hali toʻliq oʻrnatilmagan quyosh panellarining 91 donasi yerga tushib ketgan.

Hozirgi vaqtda ularning texnik holati oʻrganilmoqda va yaroqli panellarni oʻrnatish ishlari ketmoqda.

Shuni taʼkidlash lozimki, loyiha doirasida 1 milliontaga yaqin quyosh panellarining oʻrnatilishi koʻzda tutilgan. Qurilish jarayoniga ikki mingdan ortiq mahalliy aholi jalb qilingan.

Qurilish jarayonida quyosh panellarining yaroqsiz holatga kelishi mumkinligi eʼtiborga olingan boʻlib, qoʻshimcha quyosh panellari zaxira sifatida olib kelingan.

Aytish kerakki, mazkur loyiha Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan 100 foiz xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda va unga Oʻzbekiston tomonidan hech qanday mablagʻ ajratilmagan.

Mahalliy jamoatchilik faollaridan ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini iltimos qilamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv tarzda amalga oshiriladi

🔰 Qonunchilikka ko‘ra, elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda ko‘rsatilishi belgilangan.

⚠️ Bunda, proaktiv tarzda davlat xizmatini ko‘rsatish fuqarolarning murojaatini kutmasdan, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning o‘z tashabbusi bilan amalga oshirilishi tushuniladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Знаете_ли_вы_что

Проведение проверки приборов учета осуществляется в проактивной форме

🔰 Законодательством предусмотрено оказание государственных услуг по проведению поверки приборов учета расхода электричества, газа и воды в проактивной форме.

⚠️ При этом, подразумевается, что оказание государственной услуги осуществляется по собственной инициативе обслуживающей организации, не дожидаясь обращения граждан.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bu_muhim

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganini eʼlon qiladi.

Davlat dasturi loyihasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 5 ta yoʻnalishi boʻyicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va ishlab chiqilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxatlari belgilanmoqda.

Hujjat loyihasida yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yoʻnalishlarida 2024-yilga moʻljallangan islohotlar nazarda tutilmoqda.

2024-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolar oʻz takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlari mumkin.

Muhokamalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Ўзэнергоинжиниринг” АЖ хитойлик шериклар билан қўшма корхона ташкил этиш ҳамда халқаро таълим муассасасини таъсис этиш тўғрисида келишиб олди

👉Батафсил

—————

АО «Узэнергоинжиниринг» договорился с Китайскими партнерами о создании совместного предприятия и организации международного образовательного учреждения

👉Подробнее

—————

JSC “Uzenergoengineering” agreed with Chinese partners to create a joint venture and establish an international educational institution

👉Read more

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube