Iqtisodiyot va moliya vazirligi
21.6K subscribers
7.32K photos
704 videos
81 files
4.76K links
Download Telegram
O'zbekiston Respublikasi kapital bozorining 2022-yil 21-dekabr holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
#kapitalbozori #capitalmarkets
Қонун лойихаси.pdf
146.7 KB
Hurmatli obunachilar!
E’tiboringizga “2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga sharhlar havola etiladi
Қонун иловалари.pdf
435.2 KB
“2023-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ilovalari bilan batafsil quyidagi hujjat orqali tanishishingiz mumkin.
🔰Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (1-qism)

Qonun loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 83-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, unda:

✔️2023-yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi;
✔️2023-yil uchun konsolidatsiyalashgan Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari prognozi hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2023-yilda ajratilayotgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari;
✔️Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar;
✔️Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining
✔️2023-yilgi tushumlari va xarajatlari prognozlari hamda 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari;
✔️Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari belgilangan.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (2-qism)

🔰Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat.

2023-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2024–2025-yillar uchun budjet moʻljallari asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.

Xususan,

✔️ 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,3 foiz oʻsishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning koʻzlangan oʻsish surʼatlari sanoatda ishlab chiqarishni 5,1 foizdan yuqori boʻlishi, xizmatlar sohasida 6,7 foizga, qishloq xoʻjaligida 3,5 foizga oʻsishi hisobiga taʼminlanishi prognoz qilinmoqda.

✔️Inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi davom etib, 2023-yilda 9,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.

2023-yil uchun Davlat budjeti daromadlari (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda)
232,1 trln. soʻm, xarajatlari esa (Davlat maqsadli jamgʻarmalariga transfertlarni inobatga olmagan holda) 227,9 trln. soʻm miqdorida (Qonun loyihasining
1-ilovasi);
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 41,3 trln. soʻm miqdorida, xarajatlari esa 70,2 trln. soʻm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda Davlat maqsadli jamgʻarmalariga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 29,9 trln. soʻm transfertlar ajratish belgilangan (Qonun loyihasining 3-ilovasi).

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (3-qism)

🔰 Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 37,8 trln. soʻm, xarajatlari 53,5 trln. soʻmni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 15 trln. soʻm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda (Qonun loyihasining 3-ilovasi 3-pozitsiyasi).

Davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga muvofiq, 2021-yildan boshlab tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2023-yilda ushbu xarajatlar 7,8 trln. soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda (Qonun loyihasining
1-ilovasi).

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining (Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar bilan birga) yuqori chegarasi 32,5 trln. soʻm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foiz miqdorida belgilanmoqda.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (4-qism)

🔰 Moliya yili yakuniy sanasi holatiga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzi qoldigʻining miqdori joriy yil yalpi ichki mahsulotiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilab qoʻyilmoqda (Qonun loyihasining 10-moddasi).

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati) nomidan va Oʻzbekiston Respublikasining kafolati ostida tashqi qarzni jalb qilish boʻyicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 4,5 mlrd. AQSh dollari, shundan
✔️ Davlat budjetini qoʻllab-quvvatlash uchun – 2,0 mlrd. AQSh dollari,
✔️ investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun – 2,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qogʻozlarining cheklangan sof hajmini – 17 trln. soʻm miqdorida belgilash, bunda moliya yili davomida chiqariladigan hamda joriy yilda soʻndiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlarini cheklangan sof hajmga kiritmaslik taklif etilmoqda.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasiga SHARHLAR (5-qism)

🔰 Qonunning 12-moddasida oʻtgan yilgi kabi mahalliy budjetlarning daromad manbalari koʻrsatilgan. Jumladan:

✔️tuman va shaharlar budjetlariga quyidagi soliq turlari toʻliq hajmda oʻtkaziladi:
✔️jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
✔️jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
✔️jismoniy shaxslarga tegishli mol-mulkni ijaraga berishdan oladigan yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlanadigan soliq, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
✔️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;

Bunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlariga:

✔️tegishli darajadagi mahalliy budjetlarga ajratiladigan soliqlarni va boshqa turdagi daromadlarni hamda budjetlararo transfertlarni taqsimlash;
✔️yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi tushumlarini tumanlar va shaharlar budjetlariga yoʻnaltirish;
✔️daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olingan mablagʻlarning bir qismini tumanlar va shaharlar budjetlariga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun berish huquqi berilgan.

#davlatbudjeti #statebudget #shaffoflik #insonqadriuchun

Batafsil
Davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

A round table was held on topical issues of combating corruption in the field of public procurement

РУ I ҚҚ
O'zbekiston Respublikasi kapital bozorining 2022-yil 22-dekabr holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
#kapitalbozori #capitalmarkets
O'zbekiston Respublikasi kapital bozorining 2022-yil 23-dekabr holati bo'yicha tahliliy ma'lumotlar
#kapitalbozori #capitalmarkets