Innovatsiyalar Milliy ofisi
1.87K subscribers
4.19K photos
458 videos
2 files
1.38K links
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi

🌐www.milliyofis.uz

📷instagram.com/innovatsiyalar_milliy_ofisi

Murojaat uchun https://t.me/innovatsiyalar_milliy_ofisi_bot
📞 +998 (71) 203-32-0
Download Telegram
Innovatsiyalar Milliy ofisi va Shveysariyaning Swiss Newater Holding Sarl kompaniyasi o’rtasida anglashuv memorandum imzolandi

📍Ushbu Memorandumning maqsadi suvning ifloslanishi, suv tanqisligi va shunga oʻxshash sogʻliq uchun halokatli oqibatlarga yechim topish boʻyicha ikkala tomon oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda Swiss Newater Holding Sarlning ilmiy-tadqiqot ishlaridan foydalangan holda Oʻzbekistonning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy tomonlama rivojlanishiga ijobiy ta’sirini koʻrsatishdan iborat.

Memorandumga asosan, Shveysariyaning kimyogarlar, mikrobiologlar, agronomlar, mexatronik olimlari va ilmiy-tadqiqot xodimlaridan iborat jamoa yuqorida keltirilgan muammolarni yechish uchun Inno texnoparkda faoliyat olib boradilar va ular uchun barcha zaruriy sharoitlar yaratib beriladi.

Shuningdek, ushbu qo’shma loyihani amalga oshirish uchun O’zbekistonlik 5 nafar iqtidorli talabalar uchun ham ish o’rni yaratiladi va xalqaro jamoada ishlash va tajriba almashish imkoniyati beriladi.
🎥«InnoWeek.uz-2022» xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida ilk bor 360 gradus tasvirli onlayn kameralar ishga tushirildi.

Ushbu kameralar hozirda innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi pavilonida 4 ta nuqtaga qo‘yilgan va ushbu kameralar olayotgan tasvirni You Tube kanaldagi translyatsiya orqali 360 gradus aylanmada onlayn tomosha qilish mumkin. 360 gradusli kameralar tadbirni masofadan to‘liq holda kuzatish va real tashrif buyurganday tomosha qilish imkoniyatini beradi.

🎞 Shunisi eʼtiborga loyiqki, ushbu turdagi kameralar oldin xam ishlatilgan bo‘lsada, bunday formatdagi tasvir birinchi marta onlayn tarzda jonli efirga uzatilmoqda.

Jonli efirni tomosha qilish :

1️⃣https://youtu.be/G-viCXHNXm4
2️⃣https://youtu.be/RnZZqJYFRdU
3️⃣https://youtu.be/R5YbwmWZEQA
4️⃣https://youtu.be/uN0KDfp3g-U
#OAV_biz_haqimizda


«Глобал инновацион индекс-2022: Ўзбекистон тажрибаси» халқаро форуми бўлиб ўтди

Батафсил 👇👇👇
https://qalampir.uz/n/70606
Forwarded from INNO Technopark
#INNOTechnopark
#RoboticsChallange

🔥"Robotics challange"da ikkinchi kun!

🦾Yosh robototexniklar "Arqon tortish" musobaqasida ishtirok etishmoqda.

P.s.: Ochiqlik va tenglik tamoyili birinchi o'rinda😉 tanlov zalidagi monitorda ishtirokchilarning to'plagan ballari onlayn namoyish etilgan.

⚡️Jarayonlar qizg'in!
😉Bizni kuzatib boring!


@innotechnopark — innovatsion o'quv va ishlab chiqarish texnoparki
Тошкентда ёш олимларнинг «Фан ва инновациялар» халқаро конференцияси бўлиб ўтди

Конференция Халқаро инновацион ғоялар ҳафталиги доирасида ўтказилган

Батафсил — bugun.uz/168955

Bugun.uz расмий канали
Innovatsiyalar Milliy ofisi va Ozarbayjon Respublikasining To'rtinchi sanoat inqilobini muvofiqlashtirish va tahlil qilish markazi o’rtasida memorandum imzolandi.

O’zaro anglashuv memorandumini imzolashdan asosiy maqsad:

- Turli sohalarda raqamli yechimlar topish;

- 4IR texnologiyalari va innovatsiyalarni qo’llash bo'yicha pilot loyihalarni o'z ichiga olgan qo'shma loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish;

-Xodimlarni tayyorlash, salohiyatni oshirish va raqamli savodxonlikni oshirish

yo’nalishlarida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.