Ўзбекистон Математиклари
4.21K subscribers
4.38K photos
424 videos
785 files
2.75K links
Matematika ilm-fanini rivojlantirish bo'yicha takliflaringizni @gbotirov ga jo'natishlaringiz mumkin

mathnet.uz - Milliy matematika platformasi

Hamkorlik uchun: +998901226611
Download Telegram
Forwarded from Dilshodbek Egamov
#Seminar

Ilmiy seminarlar davom etmoqda!


2026-yil 12-may kuni soat 14:00 da Matematika instituti Namangan bo'linmasi ilmiy seminarida Isakov Begzod Muhtorjonovich (Andijon davlat universiteti o'qituvchisi) "Меры Гиббса для модели Изинг-Поттс" mavzusida ma'ruza qiladi.

Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/8199326102?pwd=n6nU9OVRnr0PJ7u9LDYaE8ebChHbJn.1&omn=86315752023
ID: 819 932 6102

Parol: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
🔥2
Bugun dunyo ilm-fanidagi eng qo‘rqinchli so‘zlardan biri — “Retracted”.

Bir paytlar ilmiy maqola qaytarib olinishi juda kam uchraydigan holat edi. Hozir esa yirik nashriyotlar har hafta o‘nlab maqolalarni bekor qilmoqda. Sabablar esa dahshatli: sun’iy peer review, sotilgan hammualliflik, AI yordamida yozilgan “ilm”, bir-biriga o‘xshash formulalar, hatto mavjud bo‘lmagan ma’lumotlar…

“Retracted” degani — ilmiy maqola rasmiy ravishda ishonchsiz deb topilib, ilmiy bazalardan qaytarib olinishi demakdir. Odatda bu plagiarism, soxta ma’lumot, peer review manipulyatsiyasi, authorship savdosi, citation o‘yinlari yoki etik qoidalar buzilganda sodir bo‘ladi. Eng og‘iri, retract qilingan maqola olimning nafaqat reytingiga, balki ilmiy obro‘siga ham katta zarba beradi.

Dunyo bugun olimni maqolalari soni bilan emas, ilm oldidagi halolligi va mas’uliyati bilan baholay boshladi.

🚀 Ilm, Fikr, Harakat
👉 @botirov_golibjon
🎉5🔥4
Forwarded from Jasurbek Karimov
#seminar

🔝 Ilmiy seminarlar davom etmoqda!

📚 2026-yil 14-may kuni soat 12:00 da “Kompleks analizning zamonaviy muammolari (Akademik A.Sadullayev seminari)” ilmiy seminarda "Anosov endomorphisms, Bowen measure, and entropy" mavzusida Shohruh Xursanov (O‘zbekiston Milliy universiteti) ma’ruza qiladi.

👉 Zoom havolasi:
https://us02web.zoom.us/j/8022228888?pwd=b3M4cFJxUHFnZnpuU3kyWW8vNzg0QT09
ID: 80 2222 8888
Password: 1

mathnet.uz - Milliy matematika onlayn platformasi

💻 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥2👏2
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️

Yetuk olim tomonidan “Zamonaviy algebra va uning tatbiqlari” mavzusida ilmiy ma’ruza tinglandi

Bugun, 14-may kuni Andijon davlat universitetida “Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida professor-o‘qituvchilar hamda yoshlar ishtirokida algebra fanining eng muhim yo‘nalishlari va ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish, shuningdek ushbu sohadagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish maqsadida Matematika instituti direktor o‘rinbosari Abror Xudoyberdiyev tomonidan “Zamonaviy algebraning dolzarb masalalari va ularning tatbiqlari” mavzusida ilmiy ma’ruza o‘tkazildi.

Mashg‘ulot avvalida matematika sohasining yetuk olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abror Xakimovich tomonidan algebra fanining bugungi kundagi rivojlanish yo‘nalishlari, dolzarb ilmiy muammolari hamda ularning amaliyot va innovatsion sohalardagi qo‘llanilish imkoniyatlari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida professor tomonidan zamonaviy algebraik strukturalar, ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi hamda matematik modellashtirishdagi ahamiyati xalqaro tajribalar asosida orttirilgan ilg‘or ilmiy yondashuvlar bilan interfaol va amaliy tushuntirish metodlari orqali atroflicha yoritib berildi.

#Andijon_yoshlar_day

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️
Veb−sayt ⭐️ Telegram
⭐️
Facebook ⭐️ Instagram
👍14🔥2
👥👥👥👥👥👥

Yetuk matematik olim bilan uchrashuv: ilmiy hamkorlik va tajriba almashuviga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Ayni kunlarda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktor o‘rinbosari, matematika sohasining yetuk olimi Abror Xudoyberdiyev ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish hamda matematika ta’limi va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish maqsadida xizmat safari bilan Andijon davlat universitetida bo‘lib turibdi.

Bugun, 15-may kuni olim universitetning iqtidorli talabalari, magistrantlari va doktorantlari bilan uchrashib, matematika sohasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlar, xalqaro tajribalar hamda ilm-fan va ta’lim integratsiyasiga oid masalalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida olim mamlakatimizda matematika sohasi rivojlanib borayotgani, ilm-fan taraqqiyotida yosh olimlarning o‘rni tobora ortib borayotganini alohida ta’kidlab, o‘zining ilmiy faoliyati va erishgan yutuqlari ortida tinimsiz mehnat, izlanish hamda sabr-toqat mujassam ekanini qayd etdi. Shuningdek, u talabalarga ilm olishdan to‘xtamaslik, doimiy izlanish va bilim ustida ishlash borasida muhim tavsiyalarni berdi.

⭐️ Bizning rasmiy sahifalarimiz
⭐️
Veb−sayt ⭐️ Telegram
Facebook ⭐️ Instagram
👍7🥰1
#international_conference

🎓 International Scientific Conference on Mathematical Analysis and Dynamical Systems

An international scientific conference bringing together leading scholars and researchers
is organized jointly by the V.I. Romanovsky Institute of Mathematics, the University of Exact and Social Sciences, and OXUS University.

The conference is dedicated to the discussion of modern directions in mathematical analysis and dynamical systems, their development, and practical applications.

⚡️ Members of the scientific community are encouraged to participate and present their research, with selected presentations to be published in the conference proceedings.

🔖 To read the information letter click on the link.

🌐 Online participation: Zoom
Meeting ID: 513 532 2193
Passcode: 1


Contact information:

📧 conf@aifu.uz | t.me/okhakimov86

📆 May 20–21, 2026
📍 University of Exact and Social Sciences, Tashkent (
Location)

TelegramInstagramYoutube  |  Facebook | Linkedln | Website
👍1
AIFU-Conf-2026.pdf
344 KB
Program of the International Scientific Conference on Mathematical Analysis and Dynamical Systems

📆 May 20–21, 2026
📍 University of Exact and Social Sciences, Tashkent (
Location)

TelegramInstagramYoutube  |  Facebook | Linkedln | Website
1👍1
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universitetida atoqli matematik olimlar — akademik S.H. Sirojiddinov tavalludining 106 yilligi, akademik Sh.Q. Formanov tavalludining 85 yilligi hamda Bernulli jamiyatining Jahon kongressi tashkil etilganining 40 yilligi munosabati bilan “Stoxastik tahlilning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bo'lib o'tdi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Matematikaning yashirin go‘zalligi
Ba’zan bitta formula odamni uzoq o‘ylantirib qo‘yadi. Qaraysiz — oddiy sonlar, oddiy amal, lekin ichida qandaydir mukammal uyg‘unlik yashiringan bo‘ladi. Nikomax teoremasini ko‘rib yana bir narsani his qildim: matematika faqat hisob-kitob emas, u tafakkurning estetikasi ham ekan.
Shunaqa formulalarni ko‘rsam, nega rivojlangan davlatlar matematikaga bunchalik e’tibor berishini tushunaman. Chunki matematika insonni faqat yechim topishga emas, tartibli va chuqur fikrlashga o‘rgatadi. Aniq fikrlaydigan jamiyat esa hissiyot bilan emas, qonuniyat bilan harakat qiladi

🚀 Ilm, Fikr, Harakat
👉 @botirov_golibjon
👍7🔥21