Xalqaro tadqiqotlar markazi
4.62K subscribers
840 photos
102 videos
212 files
949 links
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining xalqaro tadqiqotlarga oid kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)

Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot

www.avloniy.uz
E-mail: info@avloniy.uz
Download Telegram
Forwarded from Ta'lim nazorati
PISA va PIRLS boʻyicha tajriba-sinovlar oʻtkaziladigan maktablar uchun videoseminar tashkil etildi

https://www.tdi.uz/news/255/

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining rasmiy sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
Forwarded from TDPU_TTJ faoliyati (TDPU Yoshlar ittifoqi)
2020-yil 13-mart kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tadbirlar zalida "PIRLS xalqaro baholash dasturi: nazariya va tatbiq etish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etildi.
Ushbu konferensiyani quyidagi silka orqali online kuzatib borishingiz mumkin:
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://youtu.be/0R8TDbFhLiM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️PIRLS dasturi 2001-yilda Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.

Tadqiqot har besh yilda bir marotaba o‘tkazilib, dastlabki sinov 2001 yilda amalga oshirilgan. Mazkur dastur dunyoning turli mamlakatlaridagi ta’lim tizimida o‘qish savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va uning natijasini qiyoslashga yo‘naltirilgan.

2016 yildagi tadqiqotda 50 ta mamlakatdan 319 mingdan ziyod boshlang’ich sinf o‘quvchilari qatnashgan bo’lib, baholash jarayoni axborot matnlari yuzasidan 175 ta va badiiy matnlar yuzasidan 183 ta test savollarini o‘z ichiga olgan.

Xalqaro darajada baholash natijasiga ko’ra,
Rossiya va Singapurlik boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘z tengdoshlariga nisbatan yaxshi natijaga erishdi.

Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazining saxifalari
👇👇👇
Telegram | Website | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
PISA дастурига оид “Компакт дисклар” топшириғини ечишни ўрганамиз

Ўқувчиларнинг таътил пайтида билим олишлари ҳамда PISA дастурига тайёргарлик кўришлари учун видеодарслар суратга олинмоқда.

Жумладан, ўқувчиларнинг математик саводхонлигини баҳолаш бўйича
PISA топшириқларидан намуна сифатида, “Компакт дисклар” мавзусидаги топшириқни ечиш ҳақидаги видеодарс ҳавола этилади.

Ушбу
топшириқ ўқувчиларнинг мантиқий фикрлаши, таҳлилий маълумотлар, диаграммалар билан ишлаш компетенцияларини баҳолаш ва ривожлантиришга бағишланади.

PISA топшириқлари ўқув дастуридаги мавзуларга тўғридан-тўғри мос келмасада, ушбу топшириқни алгебра фанидаги “Комбинаториканинг асосий қоидаси ва уни масалалар ечишда қўллаш” ҳамда “Маълумотлар таҳлили. Маълумотларни тасвирлаш” мавзуларида фойдаланиш тавсия этилади.

Халқаро тадқиқотларга тайёргарлик кўришга мўлжалланган материалларни
t.me/milliymarkaz орқали кузатиб боринг.

Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий маркази
Telegram | Website | Youtube
PISAга тайёргарлик масаласи Австралиялик ҳамкорлар билан муҳокама қилинди.

Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий марказида 2020 йил 1 апрель куни Автралиянинг ACER ташкилоти эксперти Н.Табата ҳоним билан видеомулоқот бўлиб ўтди.

Унда, пандемиянинг хавфи бартараф этилиб, бошқа мамлакатлар ва Ўзбекистонда ҳам карантин муваффақиятли якунлангандан кейин тажриба-синов ўтказилиши масаласи муҳокама қилинди.

Хозирги тайёргарлик, тажриба-синов учун танланган 83 та мактабдаги ўқувчилар рўйхати тайёрлангани, ҳар бир мактабдан масъул ходим белгиланиб, видеосеминар ўтказилгани, тест ўтказиш дастурий воситаси ҳамда зарурий ҳужжатлар ишлаб чиқилганлиги эксперт томонидан юксак эътироф этилди.

Тажриба-синовни муваффақиятли ўтказиш ва асосий тадқиқотга тайёргарлик кўришда Миллий марказ ходимларининг малакасини ошириб боришда ACER ташкилоти яқиндан ёрдам кўрсатишига келишиб олинди
(батафсил).

Telegram | Website | Youtube
Forwarded from Ta'lim nazorati (publictdiuz)
​​Ўқувчиларда ижодий ва мантиқий фикрлашни ривожлантиришга бағишланган видеодарслар тасвирга олинмоқда

Умумтаълим муассасалари ва академик лицейлар ўқувчиларининг таътил вақтида, асосий онлайн дарслардан бўш вақтларини унумли ўтказиш, халқаро баҳолаш дастурларига тайёргарлик кўриш мақсадида, Таълим инспекцияси ҳузуридаги Таълим сифатини баҳолаш бўйича халқаро тадқиқотларни амалга ошириш миллий марказида ўқувчиларнинг мантиқий ва ижодий фикрлаш кўникмаларини ривожлантиришга бағишланган видеодарслар тасвирга олинмоқда.

Видеодарслар 3 та йўналиш, яъни, математик ва табиий-илмий саводхонлик ҳамда креатив фикрлашни ривожлантириш ва баҳолаш йўналишлари бўйича мавзуларни ўз ичига олади.

Ўзбекистоннинг 2021 йилда халқаро баҳолаш дастурларида иштирок этишини инобатга олиб, ушбу видеодарсларда, PISA халқаро дастурининг устувор йўналишлари бўйича қисқача маълумот билан бирга ўқувчиларнинг асосий дарс машғулотларида олган билимларини реал вазиятларда синаб кўришларига бағишланган қизиқарли савол ва топшириқлар ҳамда уларни бажариш бўйича тавсиялар берилган.

Шунингдек, ҳар бир видеодарсда берилган топшириқларни ўқув режаларидаги баъзи мавзуларга боғлаган ҳолда ўрганиш бўйича ҳам тавсиялар ўрин олган.

Мазкур видеодарслар Таълим инспекцияси (@uztdi) ва унинг ҳузуридаги Миллий марказнинг (@milliymarkaz) ижтимоий тармоқлардаги саҳифалари орқали эълон қилиб борилади.

Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекциясининг расмий саҳифалари👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Energiya tejovchi uy” nomli topshiriq

Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik deganda, shaxsning tabiiy fanlarga oid g‘oyalarni bilishi, faol fuqaro sifatida tabiiy fanlar bilan bog‘liq muammolarni hal qila olishi tushuniladi.

Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxon bo‘lgan shaxsda quyidagi kompetensiyalar shakllangan bo‘ladi:

hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish;
ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash;
maʼlumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish.

PISA topshirig'i bir yoki bir nechta savollardan iborat bo‘lib, ular orqali o‘quvchining kompetensiyasi baholanadi.

Interfaol topshiriqlarda tadqiq etilayotgan muammoli vaziyatni hal qilish uchun kompyuter simulyatsiyasidan foydalaniladi.

Ushbu havola orqali “Energiya tejovchi uy” nomli interfaol topshirig‘i namunasi va uni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tiladi.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA Energiya tejovchi uy.pdf
1.8 MB
Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA 2021 namunalari: Smartfondan foydalanish

Ko‘p sonli aholisi bo‘lgan mamlakatlarda smartfondan foydalanuvchilar kamroqmi? Yoki aksincha, kam sonli aholiga ega mamlakatlarda smartfon foydalanuvchilari ko‘proqmi?


Mulohaza yuritish uchun, ushbu faylda berilgan PISA topshirig‘ini ishlab, o‘zingizni sinab ko‘ring va qiziqarli ma’lumotga ega bo‘ling.

PISA xalqaro tadqiqoti 2021 yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, kompyuterga asoslangan dasturiy vosita yordamida tashkil etiladi. Smartfondan foydalanish topshirig‘ini yechish orqali o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va mulohaza yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish va interfaol topshiriqning tuzilishi haqidagi tasavvurlarini boyitish mumkin.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA 2021 Smartfondan foydalanish.pdf
996.7 KB
PISA 2021 namunalari: Smartfondan foydalanish (pdf)

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Qiyaliklarni tadqiq etish” topshirig‘i

PISA xalqaro tadqiqotining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik yo‘nalishida baholanadigan kompetensiyalardan biri “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash” bo‘lib, tahlil natijalariga ko‘ra, ko'pgina o‘quvchilarda ushbu kompetensiya boshqalariga nisbatan kamroq shakllangan.
Havola qilinayotgan “Qiyaliklarni tadqiq etish” deb nomlangan topshiriq “Kirish” va ikkita savoldan iborat bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilarning “Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash”, “Ma’lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish” kompetensiyalari baholanadi.

Shu va shunga o‘xshash topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarda tadqiqotchilik ko‘nikmalari va kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Ushbu
havola orqali topshiriq va uni yechish usullari bilan tanishish mumkin.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
PISA Qiyaliklarni tadqiq etish.pdf
1.7 MB
PISA tadqiqotiga tayyorlanamiz: “Qiyaliklarni tadqiq etish” topshirig‘i

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
📌TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o’quvchilarning matematika va tabiiy fanlardan bilimini baholashga mo'ljallangan topshiriqlar namunalari bilan tanishish hamda shu kabi topshiriqlarni ishlash bo’yicha ko’nikmalarni rivojlantirish maqsadida mashq daftari ishlab chiqildi.

Mazkur mashq daftari TIMSS dasturining tabiiy fanlardan 8-sinf o’quvchilarini baholashga qaratilgan savollari asosida tuzilgan bo’lib, undan 7-8 sinf o’quvchilari, biologiya va kimyo fanlaridan olgan bilimlarini sinab ko’rish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, mashq daftari o’quvchilar tomonidan xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanishda foydali manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.


Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
TIMSS Science G8 mashq daftari.pdf
1.7 MB
📌TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida o’quvchilarning tabiiy fanlardan bilimini baholashga mo'ljallangan mashq daftari.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
📌В рамках международного исследования TIMSS в целях ознакомления с примерами заданий, направленных на оценку знаний учащихся по математике и естественным наукам, а также развития навыков по выполнению подобных заданий, была разработана тетрадь для упражнений.

Данная тетрадь составлена на основе вопросов программы TIMSS, направленных на оценку учащихся 8 классов по естественным наукам, где учащиеся 7-8 классов могут воспользоваться для проверки знаний по биологии и химии.

Также данная тетрадь поможет укрепить знания и навыки для подготовки учащихся к международным исследованиям.

Национальный центр по осуществлению международных исследований по оценке качества образования при Государственной инспекции образования
Telegram | Website | Youtube
TIMSS Science G8rus.pdf
1.8 MB
📌 Тетрадь для упражнений для подготовки к международным исследованиям TIMSS.

Национальный центр по осуществлению международных исследований по оценке качества образования при Государственной инспекции образования
Telegram | Website | Youtube
TIMSS xalqaro tadqiqotiga tayyorlanamiz

O‘quvchilar o‘zlarining bilim doirasidan tashqarida matematik kompetensiyalarini namoyon etganlarida bilish, qo‘llash va mulohaza yuritishni turli darajalarda amalga oshiradi.

"Bilish" sohasi o‘quvchilar bilishi kerak bo‘lgan dalillar, tushunchalar va protseduralarni qamrab oladi.

Quyida 4-sinflarda matematika fanidan o‘quvchilarning bilimini baholashga yo‘naltirilgan TIMSS test topshiriqlaridan namunalar, ya’ni “Natural sonlar”, “Oddiy kasrlar”, “Sonli ifodalar va tenglamalar” mavzulariga doir misollar, “Shakllarni tekislikda tasvirlash”, “Nuqtalar, kesmalar va burchaklar”, “O‘qish va ma’lumotlarni talqin qilish” mavzulariga doir masalalardan namunalar keltirilgan.

Ushbu mashq daftaridan 4-sinf matematika fanidan mavzularni takrorlash, darsdan tashqari va to'garak mashg'ulotlarida foydalanish tavsiya etiladi.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
TIMSS 4-sinf matematika 1-daftar.pdf
2.2 MB
TIMSS xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida matematika fanidan 4-sinflar uchun 1-mashq daftari

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube
Xalqaro tadqiqotlarga tayyorlanamiz
(TIMSS 2-mashq daftari).

TIMSS tadqiqotida "Qo‘llash" sohasi o'quvchilar olgan bilimlarini matematikaning turli bo‘limlarida qo‘llashini o‘z ichiga oladi.

Bunda isbotlash, tushunchalar, protseduralar va muammolar o‘quvchilarga tanish bo‘lishi kerak.

Bu sohaga tegishli ba’zi mavzularda o‘quvchilar berilgan ma’lumotlar, ko‘nikmalar va protseduralar haqidagi matematik bilimlar yoki tushunchalardan foydalanadi.

Quyida 4-sinflarda matematika fanidan o‘quvchilarning olgan bilimini qo‘llashga doir TIMSS test topshiriqlaridan namunalar, ya’ni, “Natural sonlar”, “Oddiy kasrlar”, “Sonli ifodalar va tenglamalar” mavzulariga oid misollar, “Shakllarni tekislikda tasvirlash”, “Nuqtalar, kesmalar va burchaklar”, “O‘qish va ma’lumotlarni talqin qilish” mavzulariga doir masalalardan namunalar keltiririlgan.

Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi
Telegram | Website | Youtube