Xalqaro tadqiqotlar markazi
4.76K subscribers
840 photos
102 videos
212 files
949 links
A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutining xalqaro tadqiqotlarga oid kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)

Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot

www.avloniy.uz
E-mail: info@avloniy.uz
Download Telegram
#Seminar #Matematiksavodxonlik #PIRLS #TIMSS

Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent viloyati, Olmaliq shahar 19-IDU maktabida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar va mahorat darslari tashkil etildi.

Seminar-treningda tayanch maktablar hamda ularga biriktirilgan maktablarning matematik savodxonlik bo'yicha trener-o‘qituvchilari ishtirok etib, xalqaro tadqiqot dasturlari PIRLS, TIMSS, PISA haqidagi tasavvurlarini boyitish, o‘quvchilarning amaliy, fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda ushbu tadqiqotlar roli haqida ma’lumotlarga ega bo'ldilar.

Shuningdek 5-, 7-, 9-sinf o'quvchilari ishtirokida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, o'quvchilar tomonidan berilgan javoblar tahlil qilinib, ularga xalqaro tadqiqotlarga doir topshiriqlar bilan ishlash bo'yicha amaliy harakterdagi tavsiyalar berildi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, tabiiy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarga taklif etamiz!

👩🏻‍💻 Amaliy mashg'ulot:
“Fransuz qo'ziqorini", “Oldindan tormoz berish”, "Energiya muammosi, muqobil energiya”

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 7-dekabr

O'tkazish vaqti: 14:00

☝️Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning tabiiy savodxonlik bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

♻️Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkinhttps://bit.ly/3h24RSO

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🇺🇿🤝 🇪🇪 Joriy yilning 6-dekabr kuni Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Estoniya ekspertlari bilan tajriba almashishga qaratilgan onlayn vebinar bo'lib o'tdi.

Vebinarda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi (ACER), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari qatnashdi.

Estoniya PISA tadqiqotida 2006-yildan beri ishtirok etib keladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan olib boriladigan Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturiga (PISA) ko‘ra, Estoniya ta’lim tizimi turli ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan chiqqan o‘quvchilar bir xil yuqori natijalarga erishadigan yuqori samarali tizim sifatida ajralib turadi.

Batafsil: https://bit.ly/3ut7yzX

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 2022-yilning 6-7-dekabr kunlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorligida onlayn vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda o‘quvchilarning o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan mavzularda taqdimotlar qilindi. O‘tkazilgan topshiriqlar zamirida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining ehtiyojlari, o‘quvchilarning yosh xususiyati topshiriqlarning o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.

O‘tkazilgan vebinar o‘qish hamda Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘shnalishida faoliyat olib borayotgan trener-o‘qituvchilari uchun metodik yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Batafsil: https://bit.ly/3Fzj57c

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🖥 Navbatdagi onlayn vebinar!

📖 Hurmatli ustozlar! Sizlarni, boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'tkaziladigan navbatdagi onlayn vebinarning 6-mashg'ulotiga taklif etamiz!

👩🏻‍💻 Amaliy mashg'ulot:
“Kobra”, “TIMSS topshiriqlari (geometrik shakllar va o'lchashlar)", TIMSS topshiriqlari" (Yer haqidagi fan)
.

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 10-dekabr

O'tkazish vaqti: 11:00

☝️Tashkilotchilar:
Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi
Milliy markaz hamda Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi

👉Ishtirokchilar: Tayanch maktablarning boshlang'ich ta'lim bo'yicha trener-o'qituvchilari, fan metodistlari hamda ta'lim sifati monitoring bo'limi xodimlari.

♻️Vebinarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tinishingiz mumkinhttps://bit.ly/3EXIfLm

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Seminar #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar.

Mazkur vebinarda “O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish holati va istiqboldagi rejalar”, “Timss dasturi o`quvchilarning tabiiy fanlar bo`yicha savodxonligini rivojlantirish omilidir”, “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzulari bo‘yicha taqdimotlar qilindi.

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
🗓Hurmatli ustozlar! Sizlarni matematika yo'nalishi bo'yicha bo'lib o'tadigan seminar-treningga taklif etamiz!

❇️
Mazkur seminar-trening “TIIMSS xalqaro tadqiqotida matematika yo'nalishi bo'yicha topshiriqlardan namunalar” mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, unda matematika fani bo'yicha o‘qituvchilarining kasbiy mahorati va uni rivojlantirishning zamonaviy usullariga qaratilgan.

🔂 O'tkazish shakli: offlayn va onlayn

🗓 O'tkazish kuni: 2022-yil, 12-dekabr

O'tkazish vaqti: 10:00

👨‍🏫 O'tkazish joyi: Ta'lim Inspeksiyasi huzuridagi Milliy
markaz binosi, 2-qavat, seminar-treninglar xonasida

Onlayn vebinarga quyidagi havola orqali ulanishingiz mumkin
- https://bit.ly/3uDfA9A

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram