MILLIY GVARDIYA UZ ǀ Rasmiy kanal
11.6K subscribers
11.5K photos
2.13K videos
6.71K links
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси БУРЧ, САДОҚАТ, ЖАСОРАТ!

👉https://milliygvardiya.uz
👉https://t.me/MG_OAVnigohida
👉facebook.me/milliygvardiyauzofficial
👉http://instagram.com/milliygvardiyauz_of
👉https://mehribonlik.uz/uz
Download Telegram
5 TASHABBUS AMALDA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Yoshlar ittifoqi Bektemir tuman mahalliy Kengashi bilan hamkorlikda “Sport yo‘lida birlashamiz” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Ayni damda Yoshlar ijod saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bo’linmalarining boshlangʻich tashkilot yetakchilari oʻrtasida “Eng ilgʻor boshlangʻich tashkilot yetakchisi” tanlovi boʻlib oʻtmoqda.
Eng ilgʻor yetakchi kim ekanini bilmoqchimisiz? Unda bizni kuzatishda davom eting!
Gʻoliblar ertaga, 5-iyul kuni eʼlon qilinadi!
————————
В данное время во Дворце творчества молодежи проходит конкурс "Самый активный лидер первичной организации" среди лидеров первичных организаций подразделений Национальной гвардии Республики Узбекистан.
Хотите узнать кто является самым активным лидером? Тогда, следите за нами!
Победители будут объявлены завтра, 5-июля.

https://telegra.ph/Eng-ilg%CA%BBor-boshlang%CA%BBich-tashkilot-yetakchisi-tanlovi-07-04
MILLIY GVARDIYA QOʻRIQLASH XIZMATI NIZOMI TASDIQLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-yanvardagi qaroriga asosan Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Ichki ishlar vazirligi tarkibidan Milliy gvardiya tarkibiga oʻtkazildi.
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Milliy gvardiyaga oʻtkazilganligi munosabati bilan ularning xizmat olib borish faoliyatiga doir vazifalari, shuningdek, huquq va majburiyatlarini belgilovchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 555-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmatining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash xizmati haqida nizom tasdiqlandi.

https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
“Eng ilgʻor boshlangʻich tashkilot yetakchisi” tanlovining g‘oliblari aniqlandi!
III-oʻrin: R.Muzarov – Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi boshlangʻich tashkilot yetakchisi;
II-oʻrin: Sh.Mirzayev – Milliy gvardiya Toshkent viloyati Qibray tumani boʻlinmasi boshlangʻich tashkilot yetakchisi;
I-oʻrin: M.Maʼmurov – Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri boʻlinmasi boshlangʻich tashkilot yetakchisi.
Tanlov gʻoliblari Milliy gvardiya qoʻmondonining faxriy yorligʻi, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Gʻoliblik muborak boʻlsin!
----------------
Определены победители конкурса «Самый активный лидер первичной организации»!
III место: Р.Музаров – лидер первичной организации Управления охраны Национальной гвардии;
II место: Ш.Мирзаев – лидер первичной организации подразделения Национальной гвардии Кибрайского района Ташкентской области;
I место: М.Мамуров – лидер первичной организации подразделения Национальной гвардии города Карши Кашкадарьинской области.
Все победители конкурса были награждены почетными грамотами командующего Национальной гвардией, дипломами и памятными подарками.
Поздравляем с победой!

https://telegra.ph/Eng-ilg%CA%BBor-boshlang%CA%BBich-tashkilot-yetakchisi-tanlovining-goliblari-aniqlandi--Opredeleny-pobediteli-konkursa-Samyj-aktivnyj-lide-07-05
Bugun, 5-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʼlim muassasalari qatorida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutiga ham kirish imtihonlari boʻlib oʻtdi.
Test sinovlari shaffof va haqqoniy oʻtishini taʼminlash, abituriyentlarning imtihon jarayonini erkin kuzatish imkonini yaratish, kutish vaqtida ota-onalarga yengilliklar tugʻdirish maqsadida mutasaddi tashkilotlar rahbariyati va Davlat test markazi tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Eslatib oʻtish joizki, abituriyent oliy harbiy taʼlim muasasasasiga oʻqishga kirolmagan taqdirda, boshqa oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish, imtihonlarga tayyorgarlik koʻrish imkoniga ega.
Barcha abituriyentlarga OMAD tilab qolamiz!

https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
Olimpiya kuni munosabati bilan respublikamiz boʻylab bayramona sport haftaligi keng nishonlanmoqda. Shahar koʻchalari, bogʻlar-u markaziy xiyobonlarda “Olimpiya kuni” ishtirokchilari hamda xalqimiz uchun tayyorlangan bayramona dastur barchani birdamlikka chorlamoqda.
Poytaxtimizning markaziy Amir Temur xiyobonida Milliy gvardiya, Sport federatsiyasi va boshqa vazirliklarga tegishli otliq eskadronlar ishtirokida parad oʻtkazildi. Parad davomida otlarning saf tortib, ravon, chiroyli yurishini yurtimiz aholisi va mehmonlari olqishlar bilan kuzatdilar.
Ayniqsa, jahon va olimpiya chempionlari bilan uchrashuvlar yoshlarimiz qalbida va ular bilan tushilgan fotosuratlarda muhrlanib qoldi.

————————
В честь Олимпийского дня по всей стране проходит массовое празднование недели спорта. Праздничная программа, подготовленная для участников Олимпийского дня и жителей Узбекистана, объединяя всех, проходит во всех улицах городов, парках и центральных скверах.
В центральном сквере имени Амира Темура нашей столицы прошел парад с участием конного эскадрона, принадлежащих Национальной гвардии, Федерации спорта и другим министерствам. Зрители, жители и гости страны, с удовольствием под громкие аплодисменты наблюдали за великолепным ходом лошадей в конном строю.
Особенно впечатлили молодежь встречи с мировыми и олимпийскими чемпионами, которые запечатлились на фотографиях и в сердцах нашей молодежи.


https://telegra.ph/OLIMPIC-DAY-07-06
​​HAFTA QAHRAMONLARI

Xizmat burchini bajarish vaqtida fidoyilik koʻrsatgan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashdek masʼuliyatli vazifalarni vijdonan bajargan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Buxoro viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi xodimi Xoʻjayev Dadaxon Ilhomovich, Harbiy-texnik instituti kursantlari Xasanov Javohir Baxtiyor oʻgʻli va Elmurodov Suxrobjon Quvondiqovichlar haftamiz qahramonlaridir.
D.I.Xoʻjayev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Bibi Orifa” masjidi hovlisida joylashgan hovuzga oyogʻi sirpanib tushib ketib choʻkayotgan bolani qutqarib qolgan.
J.B.Xasanov va S.Q.Elmurodov oʻz xizmat vaqtida Toshkent shahar, Olmazor tumani hududida joylashgan “Shabboda” kafesida kelib chiqqan yongʻin oqibatida olov ichida qolib ketib, xushini yoʻqotgan homilador ayol va 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qolgan.
Xizmatdoshlariga namuna koʻrsatgan qahramonlarimiz Milliy gvardiya qoʻmondonligi tomonidan munosib ragʻbatlantirildilar.
----------------

ГЕРОИ НЕДЕЛИ

Сотрудник Управления охраны Бухарской области Национальной гвардии Республики Узбекистан Ходжаев Дадахон Илхомович, курсанты Военно-технического института Национальной гвардии Хасанов Жавохир Бахтиёр угли и Элмуродов Сухробжон Кувондиковичстали героями прошедшей недели, благодаря своей самоотверженной и преданной службе, добросовестно выполнив свои служебные обязанности по обеспечению общественного порядка и безопасности граждан.
Д.И.Ходжаев – спас ребенка, соскользнувшись тонущего в пруд, расположенном во дворе мечети “Биби Орифа” в Каганском районе Бухарской области.
Ж.Б.Хасанов и С.К.Элмуродов во время службы спасли жизнь беременной женщине и трем гражданам, потерявшим сознание оставшись в огненной ловушке при возникшем пожаре в кафе «Шаббода», расположенном в Алмазарском районе города Ташкента.
Герои, показавшие пример своим сослуживцам, были достойно поощрены командованием Национальной гвардии.

https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!”
Bu yilgi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami tantanalari aynan shu bosh gʻoyani oʻzida mujassam etadi.

“Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targʻibot-tashviqot ishlari dasturi 2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” davlat dasturi, “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Besh ijobiy tashabbus” kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning maʼno-mazmuni va ruhini oʻzida mujassam etishi koʻzda tutilgan.
​​Milliy gvardiya harbiy xizmatchilariga navbatdagi yangi uylar Jizzax shahrida topshirildi
Batafsil o'qish uchun ⬇️uzb
————————
В Джизаке сданы новые дома военнослужащим Национальной гвардии
Читать подробнее ⬇️рус

https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​«Temur tuzuklari»

«Temur tuzuklari» atoqli adib Pirimqul Qodirov ta’biri bilan aytganda, turkiy tilda yozilgan qahramonlik dostonidek o‘qiladi. Hajman kichik bu asarning ma’no mazmuni ba’zi ko‘p jildlik asarlarga ham sig’maydi. Tuzuklarda bitilgan har bir so‘z nihoyatda chuqur mazmunga egaligi bilan kitobxonni hayratlantiradi. Xususan, asardagi «Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz loqayd kishidan yaxshidir», jumlasi mohiyatiga ko‘ra, asrlar osha avloddan avlodga o‘tib kelayotgan ibratli va hikmatli so‘zlar bilan bemalol bo‘ylasha oladi.

#Temur_tuzuklari #kerakli_malumotlar

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Главное управление охраны Национальной гвардии Республики Узбекистан

https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​YANA BIR KOʻNGILSIZLIKNING OLDI OLINDI
2019-yil 9-iyul kuni soat 21:40 atrofida “Qoʻyliq” dehqon bozori yonidagi koʻprik ustidan oʻzini tashlab joniga qasd qilmoqchi boʻlgan ayolni koʻrib befarq boʻlmagan aholining saʼy-harakatlari natijasida IIB xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi oʻz vaqtida yetib kelgan. Yordamga oshiqqan ayrim fuqarolarning toʻxtab turishga majbur qilgan qaltis vaziyatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining tezkor va ishonchli harakati ayolning hayotini saqlab qoldi.
Shundan soʻng fuqaro hudud IIB boʻlinmasiga olib borilgan va u bilan profilaktik suhbat oʻtkazilgan.
Suhbat natijasida fuqaro 1992-yil 15-iyunda Toshkent viloyati Nurafshon shahrida tugʻilgan A.B.ekanligi, turmush oʻrtogʻi B.E. bilan oilaviy janjallar sababli oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlganligi maʼlum boʻldi. Hozirda fuqaro A.B. ga tibbiy va ruhiy yordam berish maqsadida mutaxassilar jalb qilingan.
———————
ПРЕДОТВРАТИЛИ ЕЩЕ ОДНО НЕСЧАСТЬЕ
9 июля 2019 года, примерно в 21:40 часов, в результате усилий неравнодушного к несчастьям населения, увидевшего на мосту возле Куйлюкского дехканского базара молодую женщину, которая пыталась покончить жизнь самоубийством, на место происшествия вовремя прибыли сотрудник ОВД и военнослужащий Национальной гвардии. В сложной ситуации, в которой люди, прибывшие на помощь, вынуждены были придерживаться тех или иных действий, решительные и оперативные действия военнослужащего Национальной гвардии, проявившего профессиональные навыки, спасли жизнь женщине.
После этого гражданка была доставлена в РУВД, где с ней провели профилактическое собеседование.
В результате беседы, было выявлено, что данная гражданка является А.Б., родившаяся 15 июня 1992 года и проживающая в городе Нурафшане Ташкентской области, хотела покончить жизнь самоубийством из-за семейных ссор со своим супругом Б.Э. В настоящее время гражданке А.Б. оказываются медицинская и психологическая помощь соответствующими специалистами.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY GVARDIYASIGA SURISHTIRUV VA TERGOVGA QADAR TEKSHIRUV VAKOLATI BERILDI

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw