MILLIY GVARDIYA UZ
2.61K members
83 photos
22 videos
121 links
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining rasmiy veb-sayti: www.milliygvardiya.uz

Rasmiy kanal: @milliygvardiyauz_official

Aloqa qilish uchun: @MilliygvardiyaUz_Admin_bot

Elektron manzil: info@milliygvardiya.uz
Download Telegram
to view and join the conversation
​​SAMARQAND VILOYATIDA OʻQUV MASHGʻULOTLAR BOSHLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlik rejasi asosida bugun 17-iyul kuni Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida bir necha bosqichdan iborat boʻlgan oʻquv-taktik mashgʻulotlar boshlandi.
Mashgʻulotlar 20-iyulga qadar davom etib, ularda Markaziy harbiy okrug boʻlinmalari ham ishtirok etadilar.
————————

НАЧАЛИСЬ УЧЕНИЯ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ

В соответствии с планом сотрудничества Национальной гвардии с Министерством внутренних дел Республики Узбекистан, сегодня, 17 июля, в городе Каттакургане Самаркандской области начались учебно-тактические учения, состоящие из нескольких этапов. В них также примут участие подразделения Центрального военного округа.
Данные учения будут продолжаться до 20 июля.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
MAMLAKAT YOSHLARINING HAR BIR VAKILI E’TIBOR MARKAZIDADIR

Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-polkovnik B.Tashmatov va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.Mirzayevlar oʻquv muassasaning faoliyati hamda tarbiyalanuvchilar bilan yaqindan tanishish maqsadida uchrashuv oʻtkazdilar.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHI VA XODIMLARINING IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLANISHI

“Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Milliy gvardiya safida kontrakt boʻyicha xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va maxsus unvonga ega xodimlarning jamoat tartibini saqlash va qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini taʼminlashdagi faoliyatining tezkorligi va samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida mamlakatda ishlab chiqarilgan yengil avtotransport vositalarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Milliy gvardiya tomonidan beriladigan taqdimnomalarga muvofiq Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlariga yiliga 300 tagacha avtotransport sotib olish uchun imtiyozli krediti quyidagi shartlarda beriladi:
– kredit muddati – 5 yilgacha;
– dastlabki badal – avtotransport qiymatining 20 foizi miqdorida;
– kredit foiz stavkasi – Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining plyus 2 foiz miqdorida*;
– kredit boʻyicha taʼminot – sotib olinadigan avtotransport garovga qoʻyiladi.

*Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining bugungi kundagi miqdori 16%ga teng.
————————

СОЦИАЛЬНАЯ ПОДДЕРЖКА ВОЕННОСЛУЖАЩИХ И СОТРУДНИКОВ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ

Принято постановление Кабинета Министров о дополнительных мерах по социальной поддержке военнослужащих и сотрудников Национальной гвардии Узбекистана, согласно которому военнослужащие и сотрудники Национальной гвардии могут приобретать отечественные автомобили на условиях льготного кредитования.
В соответствии с документом, военнослужащим и сотрудникам Национальной гвардии, имеющим специальные звания, предоставляются льготные кредиты на приобретение легковых автомобилей отечественного производства.
Согласно этому, льготный кредит предоставляется на приобретение до 300 единиц автотранспорта в год на следующих условиях:
– срок предоставления кредита – до 5 лет;
– первоначальный взнос – в размере 20 процентов от стоимости автотранспортного средства;
– процентная ставка по кредиту – в размере ставки рефинансирования Центрального банка плюс 2 процента*;
– обеспечение по кредиту – в залог ставится приобретаемый автомобиль.

* Текущая ставка рефинансирования Центрального банка на сегодняшний день составляет 16%.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​YOZGI TAʼTIL MAZMUNLI OʻTMOQDA

Yozgi taʼtil mavsumida oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, hokimliklar, Yoshlar ittifoqi hududiy Kengashlari hamkorligida Andijon viloyati, Toshkent viloyati va Toshkent shahri Olmazor tumanidagi umumtaʼlim maktablari qoshida, bogʻlar va saylgohlarda “Sogʻlomlashtirish maydonchalari” sport toʻgaraklari tashkil etildi.
Sportning karate, futbol, gimnastika, stol tennisi, shashka, shaxmat yoʻnalishi hamda badiiy havaskorlarning rassomchilik, mohir qoʻllar kabi toʻgaraklari yurtimiz kelajak avlodi uchun faoliyat yuritmoqda.
“Mazkur toʻgaraklar besh tashabbusning ikkinchi yoʻnalishi sifatida bolalar va oʻsmirlarning yozgi taʼtil chogʻida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishida katta hissa qoʻshmoqda, – deydi 172-maktab direktori oʻrinbosari Nilufar Yunusova. – Bu, albatta, taʼtil davomida oʻquvchilarning mazmunli dam olishlari bilan birga ularni “ommaviy madaniyat”ning turli salbiy taʼsirlaridan ishonchli himoya qilish, oʻquvchi yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini, sogʻlom turmush tarzini, kitobxonlikni keng targʻib qilish uchun xizmat qiladi”.
Ham maroqli, ham mazmunli yozgi taʼtil oʻquvchilarimizga kelgusi oʻquv yilida yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishda kuch-gʻayrat bagʻishlashiga ishonamiz.
————————

СОДЕРЖАТЕЛЬНЫЙ ДОСУГ НА ЛЕТНИХ КАНИКУЛАХ

В целях организации содержательного досуга молодёжи в дни школьных летних каникул Национальной гвардией Республики Узбекистан, хокимиятами на местах, местными Советами Союза молодёжи совместно организованы спортивные кружки “Оздоровительные площадки” при общеобразовательных школах Андижанской области, Ташкентской области Алмазарского района города Ташкента, парках и скверах.
Спортивные кружки по карате, футболу, гимнастике, настольному теннису, шашкам и шахматам, а также любительские художественные кружки по изобразительному искусству и «Умелые ручки» работают во благо будущего поколения нашей страны.
– Эти кружки, созданные в рамках реализации второй из пяти важнейших инициатив, вносят посильный вклад в досуг детей и подростков во время их школьных летних каникул. Конечно, это помогает школьникам провести содержательный досуг во время каникул и обеспечить им надежную защиту от негативных последствий «массовой культуры», а также пропагандирует патриотические чувства, здоровый образ жизни и читательскую культуру среди молодёжи, – отметила заместитель директора общеобразовательной школы №172 Нилуфар Юнусова.
Мы верим, что увлекательные и содержательные летние каникулы дадут нашим учащимся возможность приобрести новые знания и навыки в наступающем учебном году.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
​​TUNGI MASHG‘ULOTLAR HAVFSIZLIGIMIZ GAROVI

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tezkor harakatlanuvchi boʻlinmalarining yuqori jangovar shaylik holatini mustahkamlash va takomillashtirish maqsadida turli vaziyatlardagi xatar va tahdidlarni bartaraf etishni mashq qilish yoʻlidagi oʻquv taktik mashgʻulotlar oʻtkazib kelinmoqda.
Ayniqsa, tungi vaqtda olib borilayotgan maxsus-taktik mashgʻulotlarda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari oʻzlarining yuksak professional mahoratini, yuqori jangovar shayligini, turli xil vaziyatlarda bir tan-u bir jon boʻlib, innovatsion yondashuvlar asosidagi yangi usul va uslublardan foydalangan holda hamkorlikdagi kuchlar bilan birgalikdagi harakatlarni bajara olishini namoyon qilmoqdalar.
————————

НОЧНЫЕ УЧЕНИЯ ЗАЛОГ НАШЕЙ БЕЗОПАСНОСТИ

Проводятся учебно-тактические учения по обучению устранения угроз и вызовов в различных ситуациях с целью укрепления и повышения высокой боеготовности подразделений быстрого реагирования Национальной гвардии Республики Узбекистан.
В частности, в специальных тактических учениях, проводимых в ночное время, военнослужащие Национальной гвардии демонстрируют высокий профессионализм, боеготовность и умение вместе действовать с совместными силовыми структурами в различных ситуациях, пользуясь новыми методами и принципами, основанными на инновационных подходах.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
“BARCHASI OʻZ QOʻLINGDA!” TARGʻIBOT DEKADASI OʻTKAZILMOQDA
————————
ПРОВОДИТСЯ ДЕКАДА «ВСЁ В ТВОИХ РУКАХ!»

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw
YOZ OʻTMOQDA SOZ

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti Olmazor tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda kuni kecha tumandagi 224-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yoz oʻtmoqda soz” shiori ostida maʼnaviy-madaniy tadbir oʻtkazdi.

@milliygvardiyauz_official
https://t.me/joinchat/AAAAAE7wenBERsQn4gH5Iw