Milliy sertifikat ona tili (🕊Olimjonovna🕊)
7.29K subscribers
3.09K photos
241 videos
1.43K files
1.33K links
📒ona tili Grammatikasi
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar(tahlili bilan)
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn va ular boʻyicha testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Gulzoda_Olimjonovna
Download Telegram
Forwarded from Jizzaxliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#birdamjamiyat

"O'tkan kunlar" romanining ingliz tiliga tarjimoni Mark Riz

🌐 Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan, shu sababli juma kuni hamma dam oladi, qolgan kunlari odatiy rejim qo’llanadi.

9-may, juma — barcha uchun dam olish kuni;

10-may, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
📚 SHE'RIY SAN'ATLAR ga KALIT SO'ZLAR:

🔎 Alliteratsiya - t,t,t, (tez aytish) bir hil harf bilan boshlangan so'zlarning ishtiroki
🔎 Anafora - a aliboni boshi ( misralarni aynan boshida takrorlanib keluvchi bir so'z)
🔎 Epifora - e a dan keyin (misralarning aynan oxirda takrorlanib keluvchi bir so'z)
🔎 Takrir - misralarning turli o'rinlarida keluvchi muayyan so'z
🔎 Mukarrar - karra-karra (aynan chiziqcha bilan yoziladigan takror so'z)
🔎 Tarse - ters etib tushish (1 misra bilan 2 misra boshidan oxirgacha qofiyadosh so'zlarning qo'llanilishi)
🔎 Tasdir - dir oxiri (baytni boshlagan so'z, baytni oxirida ham kelishi)
🔎 Tasbe - be oldi (1-misrani tugatgan so'z, 2-misrani boshlashi)
🔎 Tardi aks - almashtirish (birinchi misradagi so'zni, ikkinchi misrada o'rnini almashtirib qo'llash 1-misra: balo qaro; 2-misra : qaro balo)
🔎 Ishtiqoq -asosdosh so'zlar.
🔎 Tajohil ul-orif - orif kishining johilligi. (Bilib bilmaslikka olish)
🔎 Tashxis -shxs (shaxslantirish)
🔎 Intoq -ntq (nutqlantirish, gapirtirish)
🔎 Irsoli masal - maqol keltirish
🔎 Tamsil - msl (misol keltirish - 1-misradagi so'zlarda, 2-misrada hayotiy dalil keltirish)
🔎 Husni ta'til - shoirona dalillash (bir-birdan yiroq narsalarga sabab keltirish)
🔎 Tajnis - omonim, shakldosh so'zlar (misralarda qo'llanilib birdan ortiq bo'ladi va hammasi o'z ma'nosiga ega bo'ladi)
🔎 Iyhom - shubha (baytning 1 o'rnida keladi va ikki hil ma'no beradi)

#P.s: biz bilan birga oson o'rganing.
Buncha shoshasizlar hali hammasi oldinda-ku.
Sardor Rajabov Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) da ishlagan paytlari jamoatchilik bilan munosabatlarda juda iliq taassurot qoldirgan edi. Sababi ochiq muloqotlar orqali ko'p savollarga javob olardik.

Hozirgi kunda bu inson Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida faoliyat olib bormoqda. Shu post ularga yetib borishiga ishonaman va bunda sizlarning ham hissangiz katta bo'ladi.

Sardor aka Rajabov, vaziyatni haypga yo'ymang. Quyida ba'zi asoslarni keltiraman:
1) Testlar bilimni o'lchash talabiga javob bermayapti deb hisoblayapmiz, agar xato fikr bo'lsa, ochiq muloqot qilaylik, bir-birimizni tinglaylik;
2) Kompyuter dasturlari negadir shubhali. Aniq ishlangan savollar oxirida xato chiqaryapti. Kompyuterlarning qotib qolishi esa vaziyatni yanada murakkablashtiryapti.
3) Savollar ekspertizadan o'tkazilganiga, uni statistik va ilmiy tahlil qilinganiga shubhamiz bor. Agar tahlil qilingan bo'lsa, ko'rsatishsin, biz ham kuzataylik;
4) Test yakunlanganidan keyin chiqqan ball ko'pchilikning e'tiroziga sabab bo'lyapti. Oxiridagi natijalarni ko'rishda savollarga to'g'ri yoki xato qilingani haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. Yashil-qizil belgisi esa hech narsani anglatmaydi.
5) Vaqt taqsimlashda muammolar bor. Savol shunchalik aralash va mujmal qilib tuzilganki, berilgan vaqtda ulgurish nihoyatda qiyin;
6) X variantni sotganlarni, olganlarni eshityapmiz. Guruhlarda tarqalishga ham ulgurdi. Bu jiddiy tekshirilishi lozim. Har qalay, shuncha inson ahmoq emas, ongli tushunib turibmiz bu borada.
7) 70 foizlik ustamani oliy toifaga aralashtirmaslik kerak. Oliyga o'tadiganlar bu borada juda qiyinchilikka duch kelyapti.

***
Sardor aka, bir-birimizni aldamaylik. Vaziyatga real baho beraylik. Sizning va bizning maqsadimiz bir. Siz qo'l ostingizdagi pedagoglarga yordam bering, bosh bo'ling, tizimni yanada yuksaltiring. Biz buni qo'llab-quvvatlaymiz.

@Renessansstudy
Bugun — yuraklarga Vatan degan so‘zni mehr bilan yozgan, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning tavallud topgan kunidir.
U tug‘ilganiga 71 yil bo‘ldi, lekin she’rlari bugun ham biz bilan birga yashamoqda.
Uning ovozi — xalqning ovozi, dardi — xalqning dardi edi. Har bir satri qalbimizda ohang topgan, ruhimizda yangragan.

U bizga unutilmas meros qoldirdi — bu meros muhabbat, sadoqat va vafodorlikka to‘la she’riyatdir.

Muhammad Yusuf 1954-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Uning bolalikdan boshlangan adabiyotga mehri uni mashhur shoirlar qatoriga olib chiqdi. Shoirning “Ulug‘imsan, Vatanim”, “O‘zbekiston”, “Iqror” kabi she’rlari xalqimiz orasida juda mashhur. Ayniqsa, “Ulug‘imsan, Vatanim” she’ri davlat madhiyasi kabi jo‘shqinlik bilan kuylanadi. Uning har bir misrasida Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur va or-nomus seziladi.
Bugun biiiir esse tekshirish darsi qilib beraymii? Ne deysilar?
#badiiy_san'atlar

📌 ISTIORA

🔷Istiora - arabcha "omonatga olish" ma'nosini bildiradi.

🔷Istiora ikki narsa o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri o'xshashlikka asoslanadi.

🔷Tashbihning bir ko'rinishi deyish ham mumkin. Bunda o'xshatish etalonigina qo'llanadi.

✔️Masalan,quyidagi paytda za'faron - "sarig' yuz", lolalar - "qonli ko'z yoshlar"ga ishora qilgan.

Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.

* * * * *
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi anda.

#"La'l" tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh. Mumtoz she'riyatda yor labi yoki so'ziga qiyos etiladi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo'lgani uchun ham la'lga o'xshatiladi.

* * * * *

Tilar el mansabi oliy va lekin
Atoyi sarvi ozodingg'a banda.

"Sarvi ozod" - yor qaddini, qomatini bildirgan.

Biz bilan oson o'rganing 👇
https://t.me/milliy_sertifikatOlimjonovna
5️⃣ yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma berish qachondan boshlanadi?

Qonunchilikka koʻra, mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Bunda oʻqishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

🌎 Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/47927

#5yil #Tavsiyanoma #OTM
💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
——
ISHTIXON TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
Ishtixon.uz |Telegram |Instagram |Facebook
Ajratib yoki qoʻshib yozilish

birog'iz 
bir og'izdan 
birpas
bir payt 
bir pog'onali 
bir poyali 
birqadar 
bir qancha
bir qator 
birso'zli
birtalay 
birtalaygina 
bir taraflik 
birtaraflama 
bir tarkibli 
bir tekis 
bir tomonli 
birtomonlama 
bir-u bir
bir umr 
bir umrlik 
bir uyli 
birvarakay 
bir xilda 
birxillik 
bir xonali
harnav
harqalay 
har safar
har tarafda 
hartaraflama 
har tomon 
hartomonlama 
hartugul 
har turli 
har vaqt 
harvona 
har yerda 
har yon 
haryona 
har yoq 
haryoqlama 
haryoqlamalik 
harchand 
hamishagiday
har chog'
birmuncha 
bir nafas {rvsh.) 
bir nafaslik 
birnavi 
bir navli 
birato'lasi 
bir boshdan 
bir daf’a 
bir daf’alik 
birda-ikkida 
birhad 
birmuncha 
bir nafaslik 
bug'doyrang
bir rangli
alvonrang
binafsharang
bronzarang
bo’zrang
dorifarang
gulrang
hafrang va haftrang
hamrang
jigarrang
lolarang
nimrang (bot.)
novvotrang
ochrang
pushtirang
qooʻng'irrang
qoʻrg'oshinrang
rangbaranglik
sabzarang
safsarrang 
safsar rangli
xijilrang
xokrang
xushrang
yoqutrang
zumradrang
ozmuncha
toabad



KANALGA QOʻSHILISH👇👇👇
https://t.me/milliy_sertifikatOlimjonovna