Milliy sertifikat ona tili (🕊Olimjonovna🕊)
7.29K subscribers
3.09K photos
241 videos
1.43K files
1.33K links
📒ona tili Grammatikasi
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar(tahlili bilan)
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn va ular boʻyicha testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Gulzoda_Olimjonovna
Download Telegram
Attestatsiya testlarining validlik (xulosa chiqarishga yaroqlilik) dalillari bor yoki yoʻqligiga har doim qiziqqanman.

Bor boʻlsa, qayerda u? Nega ochiqlanmaydi?

Yoʻq boʻlsa, unda nega bu testlardan foydalanishyapti? Baholash ilmida bunday qilish yaramaydi-ku. Chunki bu testlar yuqori taʼsir kuchiga ega hisoblanadi.

Shokir Tursun.
#tonggi_motivatsiya

Aslida maqsad sari yo‘lni boshlash uchun eng qulay kun - BUGUN!❤️
Bugun - Yaratganning mukofoti ekanligini unutmaylik.
Iyul oyidagi OTMlarga qabul imtihonlarida foydalaniladigan badiiy asarlar ro'yxati bilan tanishing.
Forwarded from Jizzaxliklar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#birdamjamiyat

"O'tkan kunlar" romanining ingliz tiliga tarjimoni Mark Riz

🌐 Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan, shu sababli juma kuni hamma dam oladi, qolgan kunlari odatiy rejim qo’llanadi.

9-may, juma — barcha uchun dam olish kuni;

10-may, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
📚 SHE'RIY SAN'ATLAR ga KALIT SO'ZLAR:

🔎 Alliteratsiya - t,t,t, (tez aytish) bir hil harf bilan boshlangan so'zlarning ishtiroki
🔎 Anafora - a aliboni boshi ( misralarni aynan boshida takrorlanib keluvchi bir so'z)
🔎 Epifora - e a dan keyin (misralarning aynan oxirda takrorlanib keluvchi bir so'z)
🔎 Takrir - misralarning turli o'rinlarida keluvchi muayyan so'z
🔎 Mukarrar - karra-karra (aynan chiziqcha bilan yoziladigan takror so'z)
🔎 Tarse - ters etib tushish (1 misra bilan 2 misra boshidan oxirgacha qofiyadosh so'zlarning qo'llanilishi)
🔎 Tasdir - dir oxiri (baytni boshlagan so'z, baytni oxirida ham kelishi)
🔎 Tasbe - be oldi (1-misrani tugatgan so'z, 2-misrani boshlashi)
🔎 Tardi aks - almashtirish (birinchi misradagi so'zni, ikkinchi misrada o'rnini almashtirib qo'llash 1-misra: balo qaro; 2-misra : qaro balo)
🔎 Ishtiqoq -asosdosh so'zlar.
🔎 Tajohil ul-orif - orif kishining johilligi. (Bilib bilmaslikka olish)
🔎 Tashxis -shxs (shaxslantirish)
🔎 Intoq -ntq (nutqlantirish, gapirtirish)
🔎 Irsoli masal - maqol keltirish
🔎 Tamsil - msl (misol keltirish - 1-misradagi so'zlarda, 2-misrada hayotiy dalil keltirish)
🔎 Husni ta'til - shoirona dalillash (bir-birdan yiroq narsalarga sabab keltirish)
🔎 Tajnis - omonim, shakldosh so'zlar (misralarda qo'llanilib birdan ortiq bo'ladi va hammasi o'z ma'nosiga ega bo'ladi)
🔎 Iyhom - shubha (baytning 1 o'rnida keladi va ikki hil ma'no beradi)

#P.s: biz bilan birga oson o'rganing.
Buncha shoshasizlar hali hammasi oldinda-ku.
Sardor Rajabov Bilimni baholash agentligi (sobiq DTM) da ishlagan paytlari jamoatchilik bilan munosabatlarda juda iliq taassurot qoldirgan edi. Sababi ochiq muloqotlar orqali ko'p savollarga javob olardik.

Hozirgi kunda bu inson Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida faoliyat olib bormoqda. Shu post ularga yetib borishiga ishonaman va bunda sizlarning ham hissangiz katta bo'ladi.

Sardor aka Rajabov, vaziyatni haypga yo'ymang. Quyida ba'zi asoslarni keltiraman:
1) Testlar bilimni o'lchash talabiga javob bermayapti deb hisoblayapmiz, agar xato fikr bo'lsa, ochiq muloqot qilaylik, bir-birimizni tinglaylik;
2) Kompyuter dasturlari negadir shubhali. Aniq ishlangan savollar oxirida xato chiqaryapti. Kompyuterlarning qotib qolishi esa vaziyatni yanada murakkablashtiryapti.
3) Savollar ekspertizadan o'tkazilganiga, uni statistik va ilmiy tahlil qilinganiga shubhamiz bor. Agar tahlil qilingan bo'lsa, ko'rsatishsin, biz ham kuzataylik;
4) Test yakunlanganidan keyin chiqqan ball ko'pchilikning e'tiroziga sabab bo'lyapti. Oxiridagi natijalarni ko'rishda savollarga to'g'ri yoki xato qilingani haqida hech qanday ma'lumot mavjud emas. Yashil-qizil belgisi esa hech narsani anglatmaydi.
5) Vaqt taqsimlashda muammolar bor. Savol shunchalik aralash va mujmal qilib tuzilganki, berilgan vaqtda ulgurish nihoyatda qiyin;
6) X variantni sotganlarni, olganlarni eshityapmiz. Guruhlarda tarqalishga ham ulgurdi. Bu jiddiy tekshirilishi lozim. Har qalay, shuncha inson ahmoq emas, ongli tushunib turibmiz bu borada.
7) 70 foizlik ustamani oliy toifaga aralashtirmaslik kerak. Oliyga o'tadiganlar bu borada juda qiyinchilikka duch kelyapti.

***
Sardor aka, bir-birimizni aldamaylik. Vaziyatga real baho beraylik. Sizning va bizning maqsadimiz bir. Siz qo'l ostingizdagi pedagoglarga yordam bering, bosh bo'ling, tizimni yanada yuksaltiring. Biz buni qo'llab-quvvatlaymiz.

@Renessansstudy
Bugun — yuraklarga Vatan degan so‘zni mehr bilan yozgan, xalqimizning ardoqli shoiri Muhammad Yusufning tavallud topgan kunidir.
U tug‘ilganiga 71 yil bo‘ldi, lekin she’rlari bugun ham biz bilan birga yashamoqda.
Uning ovozi — xalqning ovozi, dardi — xalqning dardi edi. Har bir satri qalbimizda ohang topgan, ruhimizda yangragan.

U bizga unutilmas meros qoldirdi — bu meros muhabbat, sadoqat va vafodorlikka to‘la she’riyatdir.

Muhammad Yusuf 1954-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Uning bolalikdan boshlangan adabiyotga mehri uni mashhur shoirlar qatoriga olib chiqdi. Shoirning “Ulug‘imsan, Vatanim”, “O‘zbekiston”, “Iqror” kabi she’rlari xalqimiz orasida juda mashhur. Ayniqsa, “Ulug‘imsan, Vatanim” she’ri davlat madhiyasi kabi jo‘shqinlik bilan kuylanadi. Uning har bir misrasida Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur va or-nomus seziladi.
Bugun biiiir esse tekshirish darsi qilib beraymii? Ne deysilar?