Milliy sertifikat ona tili (🕊Olimjonovna🕊)
7.34K subscribers
3.08K photos
241 videos
1.43K files
1.32K links
📒ona tili Grammatikasi
📊Namunaviy esselar
📝Gʻazal,qit'a,fardlar(tahlili bilan)
📝Diagnostik testlar
📝Ilmiy hamda badiiy matn va ular boʻyicha testlar
📝badiiy asarlar tahlili
📝Kerakli qoʻllanmalar
Murojaat uchun: @Gulzoda_Olimjonovna
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🌤️ Tongingiz muborak bo'lsin !!!

O'zing uchun bir choy damla-yu, kitobingni och.
Baxt dengiziga g'arq bo'l.

📚 Hech narsadan kitoblardan topgan foydangni topolmaysan.
Agar to'g'ri yashashni istasang, tingla, o'qi, ko'r va sukut qil.

📖 Hoziroq mutolaa qilishga kirish... va hayotingni sokinlashtir.

🔗 Kanalimiz manzili:
https://t.me/milliy_sertifikatOlimjonovna
Esse tekshirilmaydigan va avtomatik ball qo‘yiladigan holatlar❗️

Ba’zi hollarda esse umuman tekshirilmaydi – mazmuni baholanmasdan, avtomatik tarzda belgilangan ball beriladi. Mezon bo‘yicha quyidagi uchta holatda Davlat test markazi essega faqat 2 ball qo‘yadi, batafsil tekshiruv o‘tkazilmaydi:
Mavzudan chetga chiqqan holda yozilsa. Talabgor umuman boshqa mavzuda yoki berilgan vaziyatdan mutlaqo farqli mazmunda esse yozib topshirgan bo‘lsa, bunday ish mavzuga mos emas deb topiladi va mazmuni tekshirilmaydi. Natijada avtomatik tarzda minimal bal – faqat 2 ball beriladi.
Hajmi 100 so‘zdan kam bo‘lsa. Essening umumiy hajmi belgilangan minimal miqdordan (100 ta so‘zdan) kichik bo‘lsa, bu ish talab qilingan hajmni bajarmagan hisoblanadi. Bunday holatda ham esse ko‘rib chiqilmaydi va 2 ball bilan baholanadi.
Ko‘chirma (plagiat) bo‘lsa. Agar yozilgan esse matni boshqa manbadan (kitob, internet, oldingi namunalar) ko‘chirilgani aniqlansa, ya’ni muallifning o‘ziga tegishli emasligi ma’lum bo‘lsa, unday ish müstakil ish deb topilmaydi. Natijada tekshiruvchi bu esseni baholamaydi va unga 2 ball qo‘yadi.

Eslatma: Agar esse umuman yozilmagan bo‘lsa, ya’ni talabgor bo‘sh qoldirgan bo‘lsa, bu ish uchun 0 ball beriladi. Shuning uchun, hattoki kam so‘z yozilgan taqdirda ham, hech narsa yozmaslikdan ko‘ra minimal talablarga javob berishga intilish lozim.
Bugun Attestatsiya imtihonlariga qatnashadigan ustozlaimizga omad yor bo'lsin! 💐💐💐
Hamkasblaringiz, shogirdlaringiz oldida yuzingiz yorug' bo'lsin!

Muvaffaqiyatingizni shu yerda biz bilan baham ko'ring!
Tushundingizmi?!
Atoyi. Devon.pdf
5.6 MB
📚 Kuzda milliy sertifikat topshiradiganlar, hozirdan Atoyi g'azallarini tahlil qilishni boshlang.

Devonda g'azallar ko'p emas, 260 ta atrofida. Kuniga atigi 1 tasini tahlil qilsangiz ham anchasiga ulgurasiz. 🖋
22-aprel savollari

Maktabda hamma aralash oʻqiydi
J: "Ot egasi"

Emgak ekinda qolmaydi - mehnat
Tulki oʻz iziga qarab ulisa - vatan
Koʻr .... koʻdaz

Qashqir deb boshlanuvchi she‘r
Matnazar Abdulhakim
Ot haqida so'ralgan

"Tanho qayiq"
Hovli tasvirlangan
Yaydoq - ekin ekilmaydi

Shubxa-shirinzabon
Shukasheni-zulfizar
Shuxashini-xushtabassum
Tushgan test🔥8-adabiyot

Grammatik bogʻlanish:
Ergash gap bosh gapga bogʻlansin, nimadandir ranjisin

Meni olib keting oʻz diyorimga
J: Abdulla Oripov

Uslubiy xato:
Hozir boʻling, bolta oyoqqa tushmasin

Ibora:
Hazir boʻling

Mahabharata asarida ikki sulola oʻrtasidagi nifoq buyuk "Kurukshetra" jangiga olib keladi🔥🔥🔥🔥qarab qoʻyamiz

Qoʻzivoyning laqabi?
Qoʻzililiput
Ustozlar uchun ma'lumot

Attestatsiya imtihonlarida ona tilidan 15 ta savol, adabiyotdan esa 20 ta savol tushyapti .

Yaqinlarga ulashib qo'ying.
#Rasman O'zbek tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti fanidan 19-20-aprelda o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etgan talabgorlar natijalari 27-may kuni e'lon qilinadi.


12-13-aprelda o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida qatnashgan talabgorlar natijalari esa 20-mayda e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu bo'yicha rasmiy ma'lumot Agentlik rasmiy sahifasida e'lon qilinadi.

Kanalimiz:
https://t.me/milliy_sertifikatOlimjonovna
#ilmiymalumot

-gacha qoʻshimchasi ravish yasamaydi. Bu qoʻshimcha ilmiy manbalarda otga xos vazifaviy shakl sifatida qaraladi. Shu bois bu qoʻshimcha bilan birikib kelgan soʻzlarni payt yoki oʻrin ravishi sifatida qarash mumkin emas. Masalan: Uygacha birga boraman. Tonggacha uxlay olmadi. Bu gaplardagi uygacha va tonggacha soʻzlari ravish emas. -gacha qoʻshimchasini olgan soʻzlarning turkumi bu qoʻshimchadan oldingi qismga qarab belgilanadi. Masalan, yuqoridagi uygacha soʻzida -gacha shaklidan oldingi qism uy ot turkumiga mansub boʻlgani uchun butun uygacha soʻzi ham ot deb qaraladi.

Manba: S.Qurbonov. Hozirgi o
zbek tili. - T.: 2024.
Mazkur qollanmamiz yaqin kunlarda toldirilgan holda 5-bor nashr etiladi.

samgin_qurbonov
#Ustozlarijodidan😊

"Mayliga kimgadir yoqsa, yoqmasa, Ularga qo'shilib yig'lasharmidik".
Biz toifa olamiz , Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa shu kunga yetarmidik.


Toifa,testlaring xotiramga zeb,
Har kech kitob o'qiyman, tundan tong qadar.
Ranjimagin nega ololmaysan deb , Chunki testologlar testing murakkab tuzgan.


Menga bir iltifot hadya et ,ey test , Pul tomsin satrlaring satrlaridan O'zing ayt , senday qiyin yana qayda bor?
Variantlari uzun satrlaridan...


Kuyinib charcham yiqitish ilinjida, Yechil- ochil ,testjon, o'rtama g'amda.
Gap-so'zlarga chida, Tuhmatga chida,
Sen axir bittasan O'zbekistonda!


Men esa talabgoring sening eng g'arib, Kun-tun uxlamasdan testlar yodlovchi.
Variantlarning ichidan javob axtarib, Kompyuter oldida seni kutguvchi. Ista, voz kechaman shu ustamangdan, Yechgan testlarimdan uyalmoq nechun,


Boshqa fan savollari sening oldingda,
Bir kopeykka qimmat, ishon men uchun.
Biz toifa olamiz Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, Termiz ketarmidik.😊

Ojiz qalam sohibasi. Y.S.A.
🩷🩷🩷

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Quyidagi so'zlarning ma'nolarini eslab qoling:

✔️Qo'g'irmoch - qozonda qovurilgan bug'doy
✔️Suqsur - o'rdak
✔️Pol - ekin maydoni qismi
✔️Qo'ton - qo'yxona
✔️Suyri - tashqi shakli baliq sirtiga o'xshash narsa
✔️Zog'ora - makkajo'xori unidan yopilgan non

📨
Milliy sertifikat tizimidagi testlardan nechta hamda yozma savodxonlik bo'limidan necha ball olishingiz sizning darajangizni belgilab beradi:
A va A+ daraja
38ta+ esse 65+
B+ daraja
35ta+ - esse 65+
B daraja
30-33ta esse 62+
C+ daraja
28-33 esse 55-60+
C daraja
25-30 esse 60+


Yuqorida nisbiy javoblar berilgan
"Rash modeli" asosida tekshirilgan vaqtda ballar o'zaro tafovut qilishi mumkin
Nima bo'lganda ham, o'z darajangizni aniqlab olishingiz mumkin bo'lgan prognoz
Yaqinlaringizga ham ulashib qo'ying
https://t.me/milliy_sertifikatOlimjonovna
Attestatsiya nadir?!

Bugun biroz oʻzimga keldim. Yigʻlab-yigʻlab xumoridan chiqdim. Uch oylik qiyinchiliklarning ham zahrini chiqardim. Qaynonamning koʻzlarini "loʻq" qilib, "oʻqigan kelin ..." deganlari, erimning "shu ustozingning ovozi jonimga tegdi,oʻchir telefonni" deb zarda qilishlariga chidab uch oy attestatsiyaga tayyorlandim. Qaysi telegram kanaliga qaramay "ehtimoliy test, tushadigan test, bizda oson, bizda arzon" degan reklamalar. Telegramim yuzlab bunaqa kanallarga toʻlib ketdi. Dunyoda ona tili adabiyot deganlarida maʼlumot ham koʻp ekan, savol ham koʻp ekan. Buni oʻrgansang, bunisi chiqadi, buni oʻrgansang bunisi.
Bitta qoʻshimchaning 10 xil nomi bor. Nomini yodlasang, sinonimi, sinonimining antonimi, antonimining paronimining omonimi. Eh-heee...
Xullas, buni ham epladim.
Maktab?! Maktabni soʻramang. Kun boʻyi dars oʻtasan, darsdan keyin BSB ,ChSB... Falonchining onasining telefonini koʻtarmasang onasi janjal qiladi. Falonchaning sochidan yigiti tortgan, boshqasi uyiga bormagan. Bunga ham chidadim.
Imtihondan bir kun oldin hamma kitobni oʻqib boʻlib tasbeh oʻgirishga tushdim. "Astagʻfirulloh"...
"Imtihon biz uchun bayram" ,deganday attestatsiya kuni ertalab qaynonani tinchit, bolani maktabga, erni ishga joʻnat, tushlikka ovqat qil qilib choyni chala ichib yoʻlga chiqdim. Yoʻl boʻyi tasbeh oʻgirdim. Axir attestatsiyadan 86 ball olsam, 70 foiz ustama. Yomon pul emas. Harna roʻzgʻorga madad. Prezidentimizdan aylanay. Oʻqituvchiga eʼtibor boʻlsa,shunchalik boʻlar-da. Shu joyiga kelganida, tasbehni qattiqroq oʻgirib "astagʻfirulloh" duoga ham aylandi. "Umringiz uzoq boʻlsin".
Attestatsiyaga kirdim. Gerdayib komputerga oʻtirdim. (Eng kuchli ustozda oʻqiganman axir). Testni ochdim. Peshonamni sovuq ter bosdi. Paygʻambarimiz "xor boʻlsin, xor boʻlsin, xor boʻlsin ", deb uch marotaba aytdilar. Sahobalar kimni aytyapsiz deganlarida, "ota-onasining xizmatini qilmaganlar", deb javob berdilar. Ishoning, shakkoklik emas, paygʻambarimiz tirik boʻlganlarida "oʻqituvchiga qiyin test tuzganlar xor boʻlsin" ,deb ming marta aytgan boʻlar edilar.
20 minut ekranga qarab turdim. Zal oʻrtasida turgan suvdan olsam maylimi dedim kuzatuvchiga. Suv olishga ketgan vaqt ham hisoblanar ekan. Suvni olib bir qultum ichdim. Xayolimdan qilgan gunohlarim, savoblarim ,xatolarim oʻtdi. Xudoga nola qildim. Ey Xudo, ozgina bandam degan joying boʻlsa, oʻzing qoʻlla. Bu yogʻi "chimchuq childiriq"...
"Chin" soʻzining kabutar ekanini shu yerda bildim. Kitobning qaysiki burchagida maʼlumot bor, shu yerda bor. Bu kalla oʻlgur qaysini eslab qolsin.
Eganing kesimi, kesimning egasi. E savil bir gapda 9 ta sintaktik shakl yasovchi. Odil Yoqubovning otasi olib bera olmagan muzqaymogʻi, Anbar otinning zamondan kuygani-yu, "Choliqushi"ning maktabi ham qolmagan. Eng hayron qoldirgani Navoiy tirilib kelsa, oʻzi ham eslolmaydigan "Farhod va Shirin"mi, "Saddi Iskandariy" mi farqlab boʻlmaydigan ming misrali dostonning ikki misrasini olib, qaysi dostondan degani yetmaganday, testologning oʻzi ham maʼnosini lugʻatdan zoʻrgʻa topgan soʻzining maʼnosini topish azob boʻldi.
Pastga oʻtsangiz pedagogika. Shu joyiga kelganida ekranda qoʻlini bir xeyli shaklga keltirib "mana olasan 70 foiz ustama" deb turgan vaziramiz Hilola opamgilarning jamolini koʻrganday boʻldim.
Ikki koʻzimni chirt yumib testni yakunlashni bosdim.
"Mana sanga 70 foizli ustama".
Lekin yelkamdan togʻ agʻdarilganday boʻldi. Attestatsiyaga qarz olib toʻlagan pulim, kurslarga toʻlagan pullarim, asablarim, tushlarimda yiqilib tushganlarimni oʻylab qiynalganlarim hammasi tugadi.
Xayolimda uyga borib qotib uxlasam...
Lekin uyga kelib erimning nima boʻldi degan gapidan keyin oʻkirib yigʻlab xumorimdan chiqdim.

Xullas, endi jaydari qilib aytganda "toʻlagan pulim teshib chiqsin" deb oʻtiribman.

P/s: Ushbu matndagi sintaktik shakl yasovchi qoʻshimchaning sinonimining antonimi ishtirok etgan Chin soʻzining paronimi ega boʻlib kelgan va kesimga bevosita bogʻlangan bogʻlovchisiz qoʻshma gap tarkibidagi sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qoʻyiladi?
Mana senga savolning jinnisi...
Forwarded from RESPUBLIKA FILOLOGLARI
Assalomu alaykum hurmatli vazirimiz HILOLA UMAROVA! 2025-yil 22-aprelda o'tkazilgan attestatsiya sinovini qaytadan o'tkazishingizni iltimos va talab qilamiz. Bunga bir qancha asoslarimiz bor:
1. Testlar qiyin darajadan tashkil topgan. Shunga qaramay yaxshi bajardik. Lekin natijalarimiz qoniqarsiz. Biz bilishni istaymiz: nimani bilmas ekanmiz?
2. Murakkab testlar juda ko'p Vaqt inobatga olinmagan.
3. 15 talik ped mahorat, kasb standartidan tushgan testlardan umuman norozimiz. O'qituvchilarning dars sifatini oshirishga yordam bermaydi. Shaxsan o'zimga tushgan kasb standarti faqat tamoyillardan tashkil topgan murakkab testlar edi. Umuman ishlolmadim.
3. Texnik nosozliklar( internet "qotishi") kuzatildi. Tizimga kirar ekanmiz testlar o'zgarib ketyapti. Balki,natijalarimizda ham angloshilmovchiliklar bordir.

Hurmatli Vazirimiz, men avvalgi attestatsiyalarda 95,95,94 ballik natijalarni qayd etganman. Milliy sertifikatga ham egaman. Bu oson bo'lmagan. Lekin testni qiynalib bo'lsa-da, tahlil qilib javobini chiqarganman. Bu yilgi natijam - 74. Xullas, bu yerda bir gap bor. Bu 90 % ustozning fikri. O'qituvchi shunday insonki, arzimagan gapga ham quvonib yuradi.
Biz Vazir ustamasi, 70% lik ustama haqida xayolgina sura oldik, xolos. Kasbimiz bilan faxrlanib yashaymizmi yoki afsuslanib?

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 6-maktab ona tili va adabiyoti o'qituvchisi Tursuqulova Yulduz

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@RESPUBLIKA_FILOLOGLARI