Milliy sertifikat | INFO
112K subscribers
586 photos
75 videos
76 files
784 links
Abituriyentlar va pedagoglar uchun maxsus!

🇺🇿 Bilimni baholash agentligining milliy sertifikatiga oid barcha rasmiy ma'lumotlarni shu kanaldan topasiz!

📞 1195

Reklama uchun: t.me/click_edu/6
Tijoriy hamkorlik: @talim_reklamalari
Download Telegram
⚡️ Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 3-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va tarix fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan apellatsiya natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi

📣 2023-yil 19-noyabr kuni biologiya hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 11-dekabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi.

📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi.

📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori 22-dekabr kuni talabgorning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗳"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2023" tanlovi davom etmoqda!

📈 Boshlanganiga, atigi 3 kun bo'lgan ushbu ommaviy so'rovnomaga hozirgacha 46.500 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi va daqiqa sayin bu raqamlar tobora ortib bormoqda.

So'rovnoma 20-yanvarga qadar @EDUStatbot orqali davom etadi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati @TALIMUZ telegram sahifasida kunlik ko'rsatilib boriladi.

Eslatib o'tamiz, mutlaq g'oliblarga tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) hamda muassasa rahbariyatiga tashakkurnoma taqdim etiladi.

@talimuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbek_tili_va_adabiyot_fanidan_adabiyotlar_ro‘yxati_2024.pdf
148.6 KB
⚡️ O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

📱 O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.

📚 Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

✍️ Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi

🇺🇿 2023-yil 24-dekabr kuni barcha hududlarda matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi.

📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 3 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 4 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024-yilning ilk CEFR imtihoni 20-yanvardan boshlanadi!

2024-yilning 1-yarmida chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida tashkil etiladi.

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

📆 Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 14-yanvar kuniga qadar davom etadi. (Toʻlov qilish: 15-yanvarga qadar)

❗️Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 28-yanvar kuni hududlarda boʻlib oʻtadi

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 16-dekabrdan 29-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (11-13-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
VM qarori 17-son 10.01.2024.pdf
1.2 MB
⚡️Endi milliy sertifikat imtihonida 70 balldan o'tgan abituriyent o'qishga kirishda maksimal ballga ega bo'ladi

Vazirlar Mahkasining tegishli (2024-yil 10-yanvardagi 17-son) qaroriga muvofiq, Milliy sertifikat imtihonida 70 balldan o'tgan abituriyent "A +" darajaga ega bo'ladi va OTMga kirishda maksimal ballga ega bo'ladi.

📚 Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo'lgan abituriyentlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi.

Sertifikat uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Seritifikatning amal qilish muddati 3 yilni tashkil qiladi.

Milliy sertifikat | INFO👇
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Matematika hamda rus tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2023-yil 24-dekabr kuni o‘tkazilgan matematika hamda rus tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 21-yanvar kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 23-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🗓 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat #Chet_tili

2024-yil 17-yanvar kuni o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chatning to‘liq videosi

👨🏻‍🏫 Video chatda Bilimni baholash agentligi xodimlari bilan birga turk tilidan mustaqil ekspertlar ham ishtirok etdi.

Unda turk tilidan imtihonda ishtirok etgan talabgorlarning ishlaridan namunalar ko‘rsatilib, tahlil qilib berildi va mavzuga oid savollarga javob berildi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2024-yil 21-yanvar kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

👨🏻‍🎓 Unda jami 7 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi va 7 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 23-yanvardan 1-fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.

Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi.

Milliy sertifikat | INFO👇
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
https://t.me/+_15AFgc5YlQ4OTFi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM