πŒπˆπ‹π‹πˆπ˜ π’π„π‘π“πˆπ…πˆπŠπ€π“||𝐁𝐄𝐏𝐔𝐋 𝐃𝐀𝐑𝐒𝐋𝐀𝐑
3.02K subscribers
3.2K photos
100 videos
771 files
1.53K links
Milliy sertifikat olib, Γ²z faningizning mutaxassisi bΓ²lishni xohlasangiz, biz bilan qoling!
Download Telegram
✨Bizda milliy sertifikatga tayyorlaydigan yangi 3 ta guruh ochilmoqda(15- maygacha chegirma narxda)!✨

πŸ’₯Ğazal alohida (85.000)
πŸ’₯Esse  alohida (100.000)


Gβ€˜azal, esse, grammatika+matn Γ²rgatiladigan umumiy guruhimizda  Γ²qisangiz  (200.000)⚑️

Natijalarimiz bilan qiziqsangiz
https://t.me/+mAh_K5F6D9w2ZDBi

πŸ’₯TΓ²lov qilganlargagina joy band qilinadi.

πŸ“Œ
@repetitor_MS
πŸ“Œ
@Nihola07
πŸ“ŒCHEGIRMAπŸ“Œ

⚑️Agar siz bitta maktabdan 2 ta bòlib òqisangiz, tòlov 180.000

⚑️Bitta maktabdan 3 ta bòlib òqisangiz, tòlov 160.000

Hamkasblariz bilan birgalikda Γ²qing va chegirmadan foydalaning!
Men uchun xilxona boβ€˜lganda olam
Gumbazlar ostidan chiqdi bir alam:
β€œHayotsan, bunchalar faryod aylama,
Men oβ€˜zim madadga zorman-ku bolam”.
Ushbu she’riy parchada qaysi tinish belgisi
tushirib qoldirilgan?
A) ikki nuqta
B) nuqtali vergul
C) vergul
D) tire
Quyidagilardan nuqtalar oβ€˜rniga y harfi yozilmaydigan soβ€˜zlarni aniqlang.
1) do...ira; 2) lo...iq; 3) milli...on; 4) mone...lik; 5) jo...iz;
6) muha...yo
A) 1, 3, 4, 5
B) 1, 2, 4, 6
C) 2, 4, 5
D) 3, 4, 6
Koβ€˜pdin berikim yor-u diyorim yoβ€˜qtur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim yoβ€˜qtur.
Keldim bu sori oβ€˜z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yoβ€˜qtur.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot XATO?
A)Qofiyadosh soβ€˜zlarda "r" tovushi raviy boβ€˜lib kelgan.
B)Ushbu misralarda talmeh san’atidan foydalanilgan.
C)Radifi bir soβ€˜zdan iborat.
D)Ushbu misralarda tazod san’atidan foydalanilgan.
#MS Imlo

Qaysi qatordagi soβ€˜zlar qo’shib yoziladi.

A) subhi//dam, nuqtayi//nazar, olam//shumul
B) jahd//jadal, xarsang//tosh, qoβ€˜llab//quvvatlamoq
C) goβ€˜r//soβ€˜xta, xayrli//kun, yov//voyi
D) alal//xusus, bir//pas, xona//vayron
#test

Berilgan gapda qoβ€˜llanilishi lozim boβ€˜lgan tinish belgilarining toβ€˜gβ€˜ri ketma-ketligini yozing.

Hech esimdan chiqmaydi shoβ€˜xligimdan sergapligimdan bezor boβ€˜lgan murabbiylarim meni oβ€˜rtoqlarimdan ayirib sinf burchagiga bir kishilik kichkina partaga oβ€˜tqazib qoβ€˜yishgandi
Asarda badavlat xonadonning loβ€˜mbillagan oβ€˜gβ€˜li safar davomida
chidamsizligi, injiqligi, badfe’lligi bilan hamrohlariga ozor yetkazadi. Safar
nihoyasida esa hammaga yordam beradi va unda yaxshi sifatlar shakllanadi.
Ushbu parchada fikr yuritilgan obraz qaysi asarda uchraydi?
A) "Yulduzli tunlar" B) "Zulmat ichra nur"
C) "Me’mor" D) "Ulugβ€˜bek xazinasi"
Grammatika
Tinchlik deya yurak-bagβ€˜ri kuyuk eldir bu,
Yaratganning qoshida eng suyuk eldir bu,
0’tmishi ham, ertasi ham buyuk eldir bu,
Menga qanday yashamoqni oβ€˜rgatmagil sen!

Ushbu parchada qanday birlik ishtirok ermagan?

A) Vazifadosh ko’makchi   
B) Buyruq-istak maylidagi fe’l    
C) Sifatdan yasalgan ot      
D) Gumon yuklamasi

https://t.me/milliy_sertifikat_esse
Grammatika
Qaysi javobdagi gapning egasi yasama harakat nomi bilan ifodalangan?

A) Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham
bilmaydiganlar koβ€˜p.
B) Biz voqea sodir boβ€˜lgan joyga borishimiz va hammasini oβ€˜z koβ€˜zimiz bilan koβ€˜rishimiz lozim.
C) Shunchaki sevilmoq - baxtiqarolik. Toβ€˜la tole uchun bu kemtik, bu kam.
D) Inson boshiga tushishi mumkin boβ€˜lgan eng ogβ€˜ir yoβ€˜qotish vaqtni boy berishdir.

https://t.me/milliy_sertifikat_esse
Grammatika
Qaysi gapda belgilash olmoshini tobelantirgan yasama shaxs oti qatnashgan?

A) Katta mutafakkir san’atkorning har bir asari chuqur oβ€˜yga toldiradi...

B) Bu xabar unda hech qanday norozilik tugβ€˜dirmadi, chunki ertaroq qaytishga juda ham orzumand emas edi.

C) Barcha maqtanchoqlarning birdan bir qismati shuki, ular ertami-kechmi pand yeyishadi.

D) Oβ€˜z muallimi va ustozini e ’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o'quvchining
burchidir.

https://t.me/milliy_sertifikat_esse