XORIJDA ISH
239K subscribers
10.3K photos
2.34K videos
6 files
8.82K links
Migratsiya agentligining eʼlonlar kanali

☎️ 71 200 00 61, 71 202 33 55, 1282

📍Toshkent shahri Olmazor tumani Qamarniso ko'chasi 1-uy

Website: www.migration.uz
Download Telegram
🇩🇪 Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash istagida bo'lgan fuqarolar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning "ConsultingUz" tashkiloti bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik doirasida tibbiyot xodimlari ishga taklif etiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

40 yoshgacha;
sudlanmagan;
tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX-hamshiralik, davolash ishi);
Farg'ona va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida B1 sertifikati uchun o'qitiladi (dasturda suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ishtirok etadi);
Ish tajribasi muhim emas.
Nemis tilidan B1 sertifikati yetarli (ECL; Goethe; ÖSD; TELC).

(stomatologiya, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi).

Afzalliklar:
📚 Farg'ona va Toshkent shahrida intensiv kurslar va yuqori malakali nemis tili oʻqituvchisi;
oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan 3000€ gacha, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.
🏥 Haftasiga 40 soat ish.

Ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan hujjatlar:

📍Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda);
📍Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (agar mavjud bo'lsa, pdf shaklda);
📍Tarjimai hol (nemis, rus, ingliz yoki o'zbek tilida);
📍Tibbiyot kolleji yoki tibbiyot texnikumini tamomlaganlik haqida diplom (faqat 3 yillik diplom yoki OMX), (pdf shaklda).

Eslatma: Nemis tili faqat belgilangan markazlarda pullik o'qitiladi. B1 sertifikatini muvaffaqiyatli olib, vizasini qo'lga kiritgan dastur ishtirokchilariga til o'rganishga sarflagan xarajatlari 100 % qoplab beriladi.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Sankt-Peterburgdagi “СК Галс” kompaniyasida ishlayotgan 75 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot o‘tkazildi

Suhbat davomida yurtdoshlarimizga migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish tartiblari to‘g‘risida maʼlumot berildi.

Shuningdek, fuqarolarga ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik, turli diniy, ekstrimistik va terroristik oqimlarga qo‘shilmaslik yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dayjest

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi faoliyati hamda sohaga oid eng so‘nggi va muhim xabarlar

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Rossiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun tanlovlar bo‘lib o‘tdi

Tashqi
mehnat migratsiyasi agentligining Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari filiallarida Rossiyaning “Eriell Neftegazservis”, "Meros", "Vologodskiy podshipnikoviy zavod" korxonalari vakillari tomonidan xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun tanlov o‘tkazildi.

Rossiya Federatsiyasiga ishga jalb qilish bo‘yicha nomzodlar kasbiy malaka va til bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchilar vakillari tomonidan tanlab olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇰🇷 Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar diqqatiga!

2023-yil 13-apreldan 5-iyungacha Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan tashkil etilgan UBT-EPS-Topik test imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar uchun 2023-yil avgust oyining ikkinchi o'n kunligida malaka imtihoni (Skill test) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Malaka imtihoni aniq vaqti va manzili haqida qo‘shimcha ravishda maʼlum qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: +998 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

E-9 vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir guruh yurtdoshimiz Koreya Respublikasiga jo'nab ketmoqda.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
O‘zbekiston - Buyuk Britaniya: xalqaro hamkorlik

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ishchi guruhi Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Xalqaro migratsiya tashkiloti vakillar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, Buyuk Britaniya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizni huquqiy himoya qilish va yangi ish beruvchilar bilan shartnomalar imzolash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev hamda yurtimizda bo'lib turgan Janubiy Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vaziri Li Jung Sik o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Unda Koreyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlari ish sharoitlarini yaxshilash, huquqiy savodxonligini oshirish, kvotalarni ko‘paytirish, Koreyadagi yirik texnologiya kompaniyalarida ishga joylashish uchun Koreya tajribasi asosida IT-mutaxassislarini tayyorlash hamda O‘zbekiston va Koreya mehnat bozorini sifatli kadrlar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Samsung, SK, LG va boshqa kompaniyalardan malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali IT sohasida qo‘shma o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Uchrashuvda ikki davlat bandlik vazirliklari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyada avtomobil mexatronikasi (texnik) sohasida 2023-yil sentyabrdan boshlanadigan ausbildung, ya'ni, o‘qish va ishlash tizimi asosida fuqarolar taklif etiladi!

📍oylik stipendiya 930 yevrodan boshlanadi;
📍ausbildung davomiyligi 3 yil;
📍viza, aviachipta va transfer hamda sug'urta xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
📍arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko'mak.

Nomzodlar uchun talablar:
• 20-35 yoshgacha bo‘lishi;
• nemis tili bo'yicha Gyote, ECL yoki TELCdan olingan B1 sertifikati;
• o‘rta maxsus taʼlim olgani haqida hujjat.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

📌 Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
📌 Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
📌 Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha maʼlumot uchun: +998 71-202-33-55 (ichki raqam 66).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlikka chaqiradi

So‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlar hamda ushbu davlatlar hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga ishlash maqsadida bormaslikni, harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida bir guruh yurtdoshimiz jo'nab ketgani haqida xabar berilgan edi.

Yurtdoshlarimizni Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari kutib oldi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaponiya ish beruvchilari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari uchun tashkil etilgan tanlovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir guruh yurtdoshimiz qurilish sohasida ishlash uchun ushbu davlatga jo'nab ketdi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#O'z_kelajagimga_o'zim_investor

Qoraqalpog’istonlik Azamat Ongarbayev bir necha yillar davomida chet davlatda ishlab kelib, Nukus shahridagi “Bayterek” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z tadbirkorligini yo'lga qo'ydi.

👉 Tafsilotlar “Qoraqalpog'iston” telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt