Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
235K subscribers
10.2K photos
2.25K videos
6 files
8.67K links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali

☎️ 71 202 33 55, 71 200 00 61, 1282

📍Toshkent shahar Mirobod tumani Nukus ko'chasi 8-uy

Website: www.migration.uz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇷🇴 Ruminiyaga qurilish sohasida ishlash uchun tashkiliy tarzda borgan yurtdoshimizning yashash va ish sharoitlari qanday?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket 5 kun dam olish kuni bo‘ladi

Prezident farmoniga binoan 29-iyun (payshanba) kuni ham ish haftasidan qatʼi nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni sifatida eʼlon qilindi.

Demak, quyidagi kunlar dam olish kuni bo‘ladi:

28-iyun, chorshanba (Qurbon hayiti);

29-iyun, payshanba (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

30-iyun, juma (barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

1-iyul, shanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);

2-iyul, yakshanba.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Islom olamining eng ulug' ayyomi "Iyd-al Adha" - Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Ushbu muborak kunda ezgu niyatlar ijobat bo‘lsin. Barcha vatandoshlarimizga tan-sihatlik, xotirjamlik, osuda hayot va ikki dunyo saodatini tilab qolamiz!

Hurmat ila Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi jamoasi!

🔻 Kanalga obuna bo'lish
https://t.me/migratsiyaagentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish tadbirlari o'tkazilmoqda

🎥 Rossiya Federatsiyasidagi jarayonlar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijdagi vakolatxonalari:

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi

Moskva:
📍Manzil: Moskva shahri 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (Metro Polyanka).
☎️ +7 (925) 045-47-44.

Sankt-Peterburg:
📍Manzil: Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy. O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi binosi.
☎️ +7 (951) 680-95-97.

Yekaterinburg:
📍Manzil: Yekaterinburg shahri, Karl Libknext ko‘chasi 22-uy.
☎️ +7 (925) 950-89-77, +7 (922) 186-35-66.

Novosibirsk:
📍Manzil: Novosibirsk shahri, Semi Shamshinix ko‘chasi, 30-uy.
☎️ +7 (953) 862-00-07.

Samara:
📍Manzil: Samara shahri, Novo-Sadovaya ko‘chasi, 3-uy.
☎️ +7 (925) 750-87-57, +7 (927) 011-89-59

Ufa:
📍Manzil: Ufa shahri, Verxnetorgovaya maydoni ko‘chasi, 4-uy, 516-ofis.
☎️ +7 (925) 373-97-65, +7 (347) 216-33-43.

Voronej:
📍Manzil: Voronej shahri, Krasnoznamyonnaya ko‘chasi, 15-uy.
☎️ +7 (906) 030-16-89.

Tula:
📍Manzil: Tula shahri, Mixeeva ko‘chasi 17-uy, 14-xona.
☎️ +7 (936) 251-76-21.

Krasnodar:
📍Manzil: Krasnodar shahri, Sezar Kunikov ko‘chasi, 18-6-4
☎️ +7 (999) 553-88-19.

Volgograd:
📍Manzil: Volgograd shahri, Kalinin ko‘chasi, 2a-uy.
☎️ +7 (999) 553-44-03.

Nijniy Novgorod:
📍Manzil: Nijniy Novgorod shahri, Maksim Gorkiy ko‘chasi, 260-uy, 16-xona.
☎️ +7 (996) 567-56-98

Xanti-Mansiysk:
📍Manzil: Nijnevartovsk shahri, Mira ko‘chasi 14P-uy.
☎️ +7 (964) 631-03-00, +7 (346) 631-00-15

Irkutsk:
📍Manzil: Irkutsk shahri, Sovetskaya ko‘chasi, 124 V-uy
☎️ +7 (964) 755-02-02, +7 (915) 332-33-05.

Amur:
📍Manzil: Blagoveshensk shahri, Gorkiy ko‘chasi 87-uy
☎️ +7 (925) 657-67-18

Krasnoyarsk:
📍Manzil: Krasnoyarsk shahri, Baturina ko‘chasi, 7-uy.
☎️ +7 (926) 379-44-22

Perm:
📍Manzil: Perm shahri, Revolyutsiya ko‘chasi, 5/1-uy, 106-ofis.
☎️ +7 (925) 884-01-01, +7 (982) 231-69-49

🇰🇷 Koreya Respublikasi

Kvangju:
📍Manzil: 광주광역시 광산구 사암로 359 (월곡동) (3 층)
359, Saam-roo, Kvansan-gu, Kvangju (Volgok-dong) (3-qavat)
☎️ 070-4252-2772, 062-962-0201, 062-962-0205 (faks).
E-mail: migrationuzkr@gmail.com

🇹🇷 Turkiya Respublikasi

Istanbul:
📍Manzil: Levent Mah. Levent Cad. Lale Sk. No8 Beşiktaş, İstanbul, Türkiye.
☎️ (+90212) 229-00-75, 323-20-37, (+90507) 477-53-17, (+90212) 323-20-40 (faks), +998 90 019-00-77 (telegram).
E-mail: abd68_68@mail.ru

🇰🇿 Qozog‘iston Respublikasi

📍Manzil: Chimkent shahri, Beybitshilik ko‘chasi 64-uy,
☎️ +77053123670, +77172954587.

☎️ Agentlik ishonch telefonlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami.

Maslahat olish uchun: consalting.labormigration.uz

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Hyundai Heavy Industries" kemasozlik kompleksida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot bo'lib o‘tdi

O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvangju shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida mazkur kompaniyada mehnat qilayotgan 250 nafar fuqarolarimiz uchun seminar tashkil etildi.

Unda fuqarolarga migratsiya sohasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, Koreya Respublikasida qonuniy ishlash tartiblari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Germaniyadagi bir guruh O‘zbekiston fuqarolari murojaati yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining Germaniyaga borib, qiyin ahvolda qolgani aks etgan video yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Dastlabki o‘rganishlar natijasida maʼlum bo‘lishicha, "Turon World Cooperation Xususiy Bandlik Agentligi" MCHJ vakillari o‘zlariga tanish bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023-yilning may-iyun oylarida "Work and travel" dasturi orqali Germaniyaga 102 nafar talabani jo‘natgan. Ammo Germaniyaga yetib borgan talabalarni ish bilan taʼminlashda muammolar yuzaga kelgan.

Hozirgi vaqtda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari boshlangan, vaziyatga huquqiy baho berish uchun huquq-tartibot idoralariga murojaat qilinadi va natijasi haqida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

Shu o‘rinda fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish bilan shug‘ullanish litsenziya talab etadigan faoliyat turi hisoblanishini eslatib o‘tamiz. Bugungi kunda 9 ta xususiy bandlik agentligi litsenziyaga ega.

👉 Litsenziyaga ega XBA

Maʼlumot uchun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti hamkorligida "Work and travel" dasturi doirasida joriy yilda 310 nafar talaba Germaniyaga yetib borib, ishga joylashgan va yana 39 nafarining viza olishi kutilmoqda. Ushbu talabalar tomonidan bugungi kunga qadar murojaat kelib tushmagan.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fuqarolar Toshkent shahridagi “Yangi zamon bino” kompaniyasining qurilish ob’ektlariga ishga taklif etiladi!

Takliflar:

☑️ Bepul turar joy
☑️ Kuniga uch mahal ovqat
☑️ Maxsus kiyim
☑️ Kechiktirilmagan ish haqi.


📞 Murojaat uchun:

+998 78 122 10 01;
+998 99 207 74 44.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish tadbirlari davom etmoqda

🎥 Rossiya Federatsiyasidagi jarayonlar haqida "O‘zbekiston 24" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniya tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

RKH Gesundheit Enzkreis-Kliniken - Baden-Vyurtembergdagi eng yirik shahar shifoxonasi umumiy hamshira yo'nalishi bo'yicha va  Salus gGmbH va Altmark-Klinikum gGmbH Sachsen-Anhaltdagi shifoxonasi psixiatriya yo'nalishiga hamshiralarni ishga qabul qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:

Umumiy hamshiralik uchun – shifoxonaning turli boʻlimlarida kamida 2 yillik tajribaga ega boʻlishi;
39 yoshdan oshmagan boʻlishi;
shifoxonada ish tajribasiga ega boʻlishi (stomatolog, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida ishlagan nomzodlar qabul qilinmaydi);
sudlanmagan boʻlishi;
jismonan sogʻlom boʻlishi;
tibbiyot kolleji (faqat 3 yillik diplom yoki OMX) tamomlagan boʻlishi;
bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyatiga ega boʻlishi;
Angren va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (2 bosqichli tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlargina dasturda ishtirok etadi);
nomzodlar nemis tili kurslarida qatnashayotgan vaqtda mehnat faoliyati bilan shugʻullanmasligi va boshqa davlat  muassasalarida o'qimasligi kerak;
Toshkent shahridagi Gyote instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtishi;

Loyihada ishtirok etish istagida boʻlgan fuqarolarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📌  Suhbatdan o'tgan nomzodlarga darhol ish beriladi va ish beruvchilar bilan shartnoma tuziladi;
📌 Angren va Toshkent shaharlarida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:

📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari; 

📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish (B2 darajasini olish) hamda ECL, TECL sertifikatlari qabul qilinadi;

📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;

📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;

🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;

💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun 2

👉 Batafsil ma’lumot olish 1
👉 Batafsil ma'lumot olish 2

☎️ Murojaat uchun: (95) 844-00-50; (77) 073-80-88.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sōragan_edingiz

Qonuniy va noqonuniy migratsiya o'rtasida qanday farq bor, fuqarolar uchun ijobiy va salbiy jihatlari nimada?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Buxoroda fuqaroni 25 ming dollar evaziga AQSHga jo'natishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar “Navro‘z” mahallasida yashovchi 43 yoshli G‘.D ismli ayol boshqa bir fuqaroni aldab, ishonchini suiisteʼmol qilib, uni AQSHga ishga jo‘natish uchun vakolatli tanishlari orqali viza olib berish hamda AQSHda yashovchi tanishlari orqali ishga joylashtirib qo‘yishni vaʼda qilgani aniqlangan.

Ayol “o‘z xizmati” evaziga 25 ming AQSH dollari miqdorida pul talab qilgan. U o‘zi yashab kelayotgan xonadonida kelishilgan pulning 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘.Dga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
#Live 🇰🇷 Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 2-3-may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun imtihonlar boshlandi. 🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring Telegram…
🔔 Koreya Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 2-3-may kunlari onlayn ro‘yxatdan o‘tib, 7-19-iyun kunlari imtihonlarda ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!

🗓 Imtihon natijalari 2023-yil 12-iyul kuni e'lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 9-iyul – O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovi kuni!

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nemis tili kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan navbatdagi tibbiyot xodimlari Germaniyaga jo’nab ketish arafasida

➡️ Germaniyaning "Axen Universitet klinikasi" rahbariyati umumiy hamshiralik yo'nalishi bo'yicha Toshkent shahrida 23-27-iyul kunlari navbatdagi yuzma-yuz tanlovlar o'tkazishni rejalashtirgan. Ushbu tanlovlardan muvafaqqiyatli o'tgan hamshiralar Germaniyaga ketish oldidan tashkil etiladigan 10 oylik nemis tilini o'rganish dasturiga jalb etiladi va nemis tilidan B2 daraja sertifikatiga ega mutaxassislar Germaniyada mehnat faoliyatini boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniyaning tibbiyot muassasalariga ishga jalb qilish dasturi bo'yicha qabullar davom etmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar bilan shartnoma tuzmang!

Xorijda ishlash istagidagi fuqarolar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida mamlakatimizda 2018-yildan xususiy bandlik agentliklari (XBA) faoliyatiga ruxsat berilgan edi.

Biroq, o‘tgan davr mobaynida ayrim XBA tomonidan fuqarolarni aldash va ishonchini suisteʼmol qilish holatlari sodir etilgan.

Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, 2020-yilning 14-noyabridan ular faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar joriy etilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra:

fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega XBA axborot va maslahat xizmatlari uchun BHMning bir baravaridan, yaʼni 330 ming so‘mdan ko‘p pul olishi mumkin emas.

shuningdek, chet ellik ish beruvchi va hamkori bilan shartnomalar tuzmasdan, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi hamda ushbu shartnomalar XBAning rasmiy veb-saytida joylashtirilishi lozim.

❗️ O‘tgan davr mobaynida XBA reyestridan 118 ta yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, hozirgi kunda ulardan 9 tasi fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega.

Hurmatli fuqarolar!

Shu munosabat bilan, xorijda ishga joylashtirish vakolatiga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoki shaxslarga ishonmaslikka, turli ko‘rinishdagi shartnomalarni tuzmaslikka va to‘lovlarni amalga oshirmaslikka chaqiramiz.

Xorijda ish taklif qilayotgan tashkilotlarning litsenziyasi borligiga ishonch hosil qiling. Shartnoma tuzayotganda, uning shartlarini o‘qib, to‘liq tushunib imzo qo‘ying.

Agar XBA bilan nizoli vaziyatlarga duch kelsangiz, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga murojaat qilishingiz mumkin.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

☎️ 71 239-41-21 (ichki raqam 236) va 71 200-06-00

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi

Nomzodlar uchun
talablar:

📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
📍18-45 yosh;
📍Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)

Ro'yxatdan o'tish

☎️ 1282 (qisqa raqam), +998 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_Konstitutsiya

23-modda

O'zbekiston Respublikasi o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlaydi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan hamshiralar diqqatiga!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Shveytsariyaning “GLOBOGATE Concept AG.” tashkiloti oʻrtasidagi hamkorlik kelishuviga asosan tajribali tibbiyot xodimlarini Germaniyaga ishga jalb qilish dasturi ishlab chiqilgan.

Ushbu dastur doirasida "Uniklinik RWTH Aachen" shifoxonasi umumiy hamshiralik yo'nalishiga qabul e'lon qiladi.

Nomzodlar uchun talablar:
Umumiy hamshiralik uchun
– shifoxonada (stomatologiya, oʻqituvchilik, dorishunoslik, administrator va lor sohasida shugʻullangan nomzodlar qabul qilinmaydi) kamida 2 yillik tajriba;
39 yoshgacha;
sudlanmagan;
jismonan sogʻlom;
tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX);
bemorlarga gʻamxoʻrlik qilish qobiliyati;
Angren va Toshkent shaharlarida tashkil etiladigan nemis tili kurslarida 10 oy davomida oʻqish (dasturda 2 bosqichli tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar ishtirok etadi);
nemis tili kursi davomida ish yoki o'qish faoliyati bilan shugʻullanmaslik;
Toshkent shahridagi Gyote Instituti imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtish;

Nomzodlarga quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:
📌 Suhbatdan o'tgan nomzodlar uchun ish joylari darhol beriladi va ish beruvchilar bilan ishlash uchun shartnoma tuziladi;
📌 Angren va Toshkent shaharlarida bepul turar joy;
📌 oʻquv xonasi;
📌 oylik stipendiya (6 oy).

Shuningdek, “GLOBOGATE Concept AG.” quyidagi xarajatlarni qoplab beradi va xizmatlarni kafolatlaydi:
📚 nemis tili oʻqituvchisi va oʻquv materiallari;
📌 til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote Institutida imtihon topshirish (B2 darajasini olish) hamda ECL, TECL sertifikatlari qabul qilinadi;
📌 hujjatlarni tarjima qilish va tasdiqlash;
📌 oʻquv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
🛫 Toshkent xalqaro aeroportidan Germaniyaga aviachipta va Germaniyadagi aeroportdan ish joyigacha transfer;
💶 mehnat sharoitlari nemis hamshiralari bilan bir xil (oylik 2 450 € dan boshlanadi, nafaqa, sugʻurta, taʼtil) va butun jarayon davomida doimiy qoʻllab-quvvatlash.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun 1
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun 2

👉 Batafsil ma’lumot olish 1
👉 Batafsil ma'lumot olish 2

☎️ Murojaat uchun: +998 90 998-18-60

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Federatsiyasining Tula shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida sog'lig'i yomonlashgani sababli ikki nafar yurtdoshimiz Vatanga qaytarildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt