Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
230K subscribers
9.9K photos
2.16K videos
6 files
8.41K links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali

Murojaat uchun:
71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282
Download Telegram
Forwarded from Bandlik Vazirligi
🇰🇷 Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning navbatdagi uchrashuvi Seulda Koreya Mehnat va bandlik vaziri bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dastlab, ikki davlat o‘rtasida mehnat sohasidagi aloqalar tobora rivojlanib borayotgani qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, 2024-yildan boshlab Koreyada o‘zbekistonliklar vaqtincha ishlashi uchun xizmat ko‘rsatish, kemasozlik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon, o‘rmon xo‘jaligi kabi yangi yo‘nalishlar ochildi.

Bu o‘z navbatida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni yanada oshirib, O‘zbekiston uchun ajratilayotgan kvotalarni qamrab olish - saralash jarayonlarini tezlashtirishni talab etadi.

Ushbu masalaning yechimi sifatida koreys tilidan imtihon topshirish jarayonlarini yengillashtirish, hududlarda imtihon olish markazlari sonini ko‘paytirish taklif qilindi.

Bundan tashqari muloqotda E9 vizasi (noprofessional ishchi viza turi) asosida o‘tadigan EPS testlarida “Qirol Sejong” o‘quv markazi sertifikatiga ega nomzodlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, qurilish sohasiga ishchilarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligi sohasi uchun mavsumiy vizani joriy qilish bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli takliflar o‘rtaga tashlandi.

Shuningdek, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlariga investitsiyalar kiritish, hamkorlikda yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇬🇧Kecha, 7-may kuni Buyuk Britaniyada mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun bir guruh yurtdoshimizning jo‘nab ketgani xabar qilingan edi.

Yurtdoshlarimiz Buyuk Britaniyaga tashkillashtirilgan holda yetib bordi.

Maʼlumot uchun, vatandoshlarimiz ushbu davlat fermer xo‘jaliklarida 6 oy davomida mavsumiy ishlarda mehnat faoliyatini amalga oshiradi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

❗️Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

📞 Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili:
anticorruption@migration.uz

Telegram bot: https://t.me/anticor_migrationbot

☑️ Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari: 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
KOICA prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Seulda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Janob Chang Won Sam bilan uchrashdi.

Unda agentlik tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilgan loyihalar holati muhokama qilindi. Jumladan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘ona shaharlarida qulay sharoitlarga ega 4 ta kasb-hunarga o‘qitish markazi (KOICA)da 13 mingga yaqin ishsiz fuqaroga zamonaviy kasblar o‘rgatilib bandligi ta'minlangani, Urganchda esa 9 mln dollar grant mablag‘lari hisobidan shu kabi yangi markaz barpo etilayotgani ta'kidlab o‘tildi.

KOICA prezidenti joriy yilda Toshkent shahrida loyiha qiymati 5,5 mln dollarga teng bo‘lgan Milliy texnik malakani baholash va malaka oshirish markazi qurilishi boshlanishini katta mamnuniyat bilan qayd etib, ushbu markaz faoliyatini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 267-sonli Qarori qabul qilingani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuvda bu kabi loyihalar sonini yanada oshirib, hududlarda yangi kasb-hunarga o‘qitish markazlarini barpo qilish, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi boshqa o‘quv markazlarida ham Koreya texnologiyasi asosida qo‘shma markazlar tashkil etish, ularni zamonaviy va innovatsion o‘quv jihozlar bilan yangilash kabi masalalarda kelishib olindi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-may – Xotira va qadrlash kuni!

Vatanimiz ozodligi va xalqimizning baxtu saodati uchun hayotini qurbon qilgan insonlarni doimo xotirlaymiz va qadrlaymiz!

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook |Youtube| Instagram | X |Veb-sayt| Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorijda ishlashni xohlovchilarga qanday talablar qo‘yiladi?

🎥 Ushbu masalada O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan hamkorlikdagi “Migrantlar” loyihasida so‘z yuritiladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
Endilikda Koreyaga mavsumiy ishlarga hamyurtlarimiz jalb qilinadi

Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Koreya Adliya vaziri Pak Son Je bilan uchrashuvda kelishuvga erishdi.

Seulda boʻlib oʻtgan uchrashuvda, dastlab ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari xususida so‘z bordi. Mehnat munosabatlariga oid mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Olib borilgan muzokaralar natijasida endilikda yurtdoshlarimiz Koreyada qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavsumiy ishlarda mehnat qilishi mumkin bo‘ladi.

Xususan, qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar bo‘yicha ishlab, malakasini oshiradi, bu orqali ayni yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini boyitib, yurtimizga katta tajriba bilan qaytishi mumkin.

Bundan tashqari professional kasb-hunarga ega boʻlgan oʻgʻil-qizlarning ham Koreyada ishlash imkoniyatlari paydo boʻlmoqda.

Aytish kerakki, ushbu yoʻnalishda yaʼni, maʼlum bir kasb-hunarga ega boʻlgan, qoʻlida diplomi bor mutaxassislar koʻp. Endilikda ular ham oʻz sohasidan kelib chiqib Koreyada faoliyat olib borishi yoʻlga qoʻyiladi.

Ayni yoʻnalishda Adliya vazirligi bilan kelishuvga erishildi. Uchrashuvda yurtdoshlarimizning namunali faoliyat olib borishi, Koreya davlati qonunlarini hurmat qilishi ikki davlat hamkorlik munosabatlarining yanada taraqqiy etishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Koreyaga vaqtincha ishlash uchun boradigan har bir nomzod bilan mutaxassislar alohida shugʻullanishi, ushbu davlatning mehnat va migratsiya qonunchiligi, madaniyati, urf-odat va anʼanalari xususida axborotlar berib borilishi maʼlum qilindi.

Koreya Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan alohida qayd etildiki, agarda o‘zbekistonlik ishchilar Koreya Respublikasining mehnat qonunchiligini buzmasa, nolegal faoliyatga o‘tmasa, o‘z ish joylarini asossiz tashlab ketmasa Koreya tomoni hamyurtlarimiz uchun har qanday ishchi viza turini eng yuqori darajada ochib berishga tayyorligini bildirdi.


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Президентимиз бандлик ва аҳоли даромади масаласи биринчи даражали аҳамиятга эга эканини яна бир бор таъкидлаб, бу борада оқсоқликка йўл қўйиб бўлмаслиги ҳақида барча даражадаги раҳбарларни огоҳлантирди.

Яна бир муҳим масала – тартибли ва хавфсиз меҳнат миграцияси.

Жорий йилнинг январь-март ойларида меҳнат миграциясидан 58 минг нафар, апрелда 57 минг нафар фуқаромиз қайтиб келган. Йил охиригача яна 250-300 минг нафари қайтиши прогноз қилинмоқда.

Уларни ишга жойлаштириш, ижтимоий масалаларига кўмаклашиш муҳимлиги таъкидланди.

Мутасаддиларга миграция бўйича ягона ахборот платформасини яратиб, “маҳалла еттилиги” тизими билан интеграция қилиш, хорижда меҳнат қилаётган ва қийин вазиятга тушиб қолган юртдошларимизга кўмаклашиш, қайтган фуқароларни ишга жойлаштириш юзасидан топшириқлар берилди.

Муҳокама қилинган вазифалар юзасидан тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди.

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇩🇪#Live

Ayni vaqtda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Saksoniya federal yerining qator tashkilotlari vakillari o‘rtasida uchrashuv o'tkazilmoqda.

Tadbirda mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Germaniya delegatsiyasi tashrifi 17-mayga qadar davom etadi.

🔹 🔹 🔹

В настоящее время проводится встреча между Агентством по внешней трудовой миграции при Министерстве занятости и сокращения бедности Республики Узбекистан и представителями компании федеративной земли Саксония.

На мероприятии обсуждаются вопросы двустороннего сотрудничества в сфере трудовой миграции.

Для информации, визит немецких делегатов продлится до 17 мая.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sōragan_edingiz

🇰🇷 Koreya Respublikasiga ishga ketayotgan fuqarolar qaysi turdagi mahsulotlarni o‘zlari bilan aeroport hududidan olib o‘tishlari mumkin?

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni kunlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Shveytsariyaning "Globogate Concept AG." tashkiloti va Germaniyaning "Axen" universiteti klinikasi vakillari tomonidan o’rta bo’g’in tibbiyot hamshiralari uchun tanlovlar o’tkazilmoqda.

Mazkur klinikada ishlash uchun tanlab olinadigan hamshiralar Germaniyaga ketish oldidan Toshkent, Angren va Andijon shaharlarida tashkil etilgan nemis tilini o’qitish kurslariga jalb etiladi.

Shuningdek, ushbu loyihada ishtirok etish istagidagi nomzodlar uchun 14-may kuni Toshkent shahrida va 15-16-may kunlari Andijon viloyatida tanlovlar davom etadi.

☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqami

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇰🇷Koreya Respublikasida qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 1-4 may kunlari malaka imtihonida (skill) ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, qishloq xo’jaligi sohasida 1713 nafar, xizmat ko’rsatish-2 sohasida 1237 nafar fuqaro malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan.

👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qishloq xo’jaligi)
👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (xizmat ko’rsatish-2)

Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz.

👉 Anketani yuklab olish

👉 Hududiy filiallar manzillari

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekistonning aksilkorrupsiya islohotlari fakt va raqamlarda

Videorolik “Yuksalish” harakati tomonidan tayyorlangan.

* * * * *

Agarda siz korrupsiyaga oid huquqbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “Call-markazi” – 1253 yoki
eanticor.uz elektron platformasi orqali murojaat qilishingiz so‘raladi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Bandlik Vazirligi
#live

Ayni daqiqalarda Toshkent xalqaro aeroportida Buyuk Britaniyaga mavsumiy qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash uchun ketayotgan yurtdoshlarimizni kuzatmoqdamiz.

Bu gal 104 nafar hamyurtimiz ushbu davlatga jo‘nab ketmoqda.

💬Jarayonlarni bu yerda https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/ jonli efirda kuzating!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM