Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi / The Agency for External Labour Migration
231K subscribers
10.1K photos
2.23K videos
6 files
8.6K links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy Telegram-kanali

☎️ 71 202 33 55, 71 200 00 61, 1282

Website: www.migration.uz
Download Telegram
#Xalqaro_mehnat_yarmarkasi

Bugun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari “Umumrossiya mehnat yarmarkasi-2023” tadbirida ishtirok etdi.

Yarmarka davomida agentlik vakillari 30 dan ziyod ish beruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazib, ular tomonidan taqdim qilingan 1000 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdi.

Tadbir yakunida salohiyatli ish beruvchilar va Agentlik o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy tartibda ishga joylashtirish masalasida hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlarga guvoh bo‘ldingizmi?

Unda zudlik bilan bizga xabar bering!

Ishonch telefoni: 71 202 44 11

Pochta manzili: anticorruption@migration.uz

➡️Korrupsiyaga oid xabarni yetkazgan fuqarolarning shaxsi sir tutilishi kafolatlanadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining telefon raqamlari : 71 202-33-55, 71 200-00-61, 1282 (qisqa raqami).

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Qozog‘iston Respublikasining Chimkent va Turkiston shaharlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolarga migratsiya sohasidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, qonuniy ishlash tartiblari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

🔻 Kanalga obuna bo'lish
https://t.me/migratsiyaagentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sōragan_edingiz

Xorijda ishlab qaytgan fuqarolarga ham pensiya tayinlanadimi?

🔹🔹🔹🔹🔹🔹

Будет ли назначена пенсия гражданам, работавшим зарубежом?

🔻
Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi axboroti

Elchixona O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolarini Rossiya Federatsiyasi hududida amalda bo'lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqiradi.

Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma'lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko'rsatmalariga amal qilishni so'raymiz.

Sizga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari toʻliq ish rejimida ishlaydi.

Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so‘raymiz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20.

O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Первая группа из 15 граждан, успешно прошедших отбор организованный японскими работодателями на вакантные должности, отправилась в эту страну для работы в сфере строительства.

👉 Подробности на телеканале "Узбекистан 24"

🔻 Следите за нашими новостными каналами

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Rossiya va Qozog'istondagi talabalar va mehnat migrantlari bilan muloqot o‘tkazildi

Xorazm viloyati hokimligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Agentlikning Rossiyada Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari ishtirokida Rossiya va Qozog'istondagi yurtdoshlarimiz bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Unda mehnat migrantlari uchun mavjud imkoniyatlar, xususan, ularni huquqiy, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, sohadagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlar, shuningdek, qonuniy ishlash tartiblari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning imtiyozli uy-joy sotib olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, O'zbekistonda bandligiga ko'maklashish, IT sohasini rivojlantirish kabi murojaatlari hamda boshqa taklif va savollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, ular nazoratga olinishi va masʼullarga ijro uchun yo‘naltirilishi maʼlum qilindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Ishlash maqsadida Koreya Respublikasiga ketayotgan fuqarolar nimalarga eʼtibor berishi kerak?

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
🇩🇪 Germaniyaga yuk avtomobili haydovchilari ishga taklif etiladi

Nomzodlar uchun
talablar:

📍CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
📍nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti yoki ECL sertifikati);
📍18-45 yosh;
📍Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgarlik (davomiyligi 6-8 oy);
📍Germaniyada qayta tayyorlash kurslaridan so‘ng kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr GmbH” shirkatida ishlash.

Quyidagi sharoitlar yaratib beriladi:

📍O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak;
📍Germaniyaga borish xarajatlari;
📍doimiy mehnat shartnomasi;
📍qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi (3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 1060 yevro (Brutto);
📍qayta tayyorlashdan so‘ng 2580 yevro (Brutto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq;
📍har yili 27 kunlik taʼtil.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja, pdf shaklda);
Nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).
Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda)

Ro'yxatdan o'tish

☎️ 1282 (qisqa raqam), +998 71 202-33-55

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati hokimi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati hamda Agentlikning Rossiyada Federatsiyasidagi vakolatxonasi xodimlari ishtirokida Rossiya va Qozog'istondagi yurtdoshlarimiz bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib o‘tdi.

Batafsil "Xorazm" telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
E-9 vizasi asosida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida 100 nafar yurtdoshimiz Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili hamrohligida Koreya Respublikasiga yetib bordi.

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rossiya Federatsiyasining Perm shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida murakkab vaziyatda qolgan yurtdoshimizning Vatanga qaytarilishida amaliy yordam berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Toshkent shahrida fuqaroni AQShga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar O.I. va X.N. o‘zaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga jo‘natish evaziga 17 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26-iyun — Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni

🔹🔹🔹🔹🔹

26 июня — Международный день борьбы с наркозависимостью

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi mehnat migrantlari murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qo‘llab-quvvatlash markazi xodimlari aralashuvi bilan bir guruh yurtdoshimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib berildi.

Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasining mehnat migratsiyasiga oid qonunchiligi bo’yicha batafsil maʼlumot berildi.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram | Facebook | Youtube | Instagram | Veb-sayt