MIGRATIONuzkr
2.05K subscribers
676 photos
137 videos
2 files
519 links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
02-2285-1341
Download Telegram
Koreya Respublikasi Paju shahrida joylashgan “GNT Co. LTD.” tashkilotida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari o’rganildi

Mazkur tashkilotda ish faoliyatini olib borayotgan vatandoshimiz sog’lig’i tufayli faoliyat olib borishga qiynalayotgani va yengilroq ish turiga o’tkazish bo’yicha ariza bilan murojaat qilganligi sababli Vakolatxona xodimi joyiga chiqqan holda mazkur holatni o’rgandi.

Tashkilotda ish olib borish uchun sharoitlar yaratilganligi, oylik ish haqlari o’z vaqtida to’lab berilayotganligi aniqlandi.

Ish beruvchi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaro boshqa ish turida faoliyatini davom ettirishga kelishildi va sog’lig’ini tiklash maqsadida shifoxonaga murojaat qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
❗️Hurmatli vatandoshlar!

2023 yilning 4 fevral kuni Koreya Respublikasining Pochon shahrida Oʼzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi hamda “Koreyadagi oʼzbekistonliklar uyushmasi” bilan hamkorlikda vatandoshlar bilan uchrashuv va sayyor konsullik xizmatlari tashkil etiladi.

Uchrashuvda vatandoshlar oʼzlarini qiziqtirgan masalalar va mavjud muammolar boʼyicha savollariga javob olishlari mumkin.

Uchrashuv va konsullik qabullari vaqti: 2023 yil 4 fevral soat 11:00 dan 13:00 gacha.

Uchrashuv manzili: 경기도 포천시 소흘읍 송우리 110-13.

Maʼlumot uchun telefonlar:
010-6802-1969 (konsul X.Fayziev), 010-2007-4171 (vakolatxona rahbari F.Gʼoyibnazarov)
010-8239-1141 (uyushma rahbari Ye.Аn)
Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasida mehnat qilayotgan vatandoshlar holidan xabar olindi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)
Forwarded from XORIJDA ISH
Корея Республикасида вақтинчалик меҳнат фаолиятини амалга ошириш истагида бўлган фуқаролар диққатига

Корея Республикасида вақтинчалик меҳнат фаолиятини амалга ошириш истагида бўлган фуқаролар учун Инсон ресурсларини ривожлантириш хизмати томонидан EPS-Topik тест имтиҳони 2023 йил март ойида ўтказилиши режалаштирилган.

Жорий йилдаги тест имтиҳонида 26 910 нафар (2023 йилнинг 1-ярим йиллигида 9 000 нафар, 2-ярим йиллигида 17 910 нафар) номзод иштирок этиши кўзда тутилган.

Шуни инобатга олиб, номзодлардан тест имтиҳонига кириш учун 2023 йил 6-7 февраль кунлари (соат 09:00 дан 18:00 гача) Миллий банкнинг мобил иловаси орқали тўловни амалга оширган ҳолда онлайн рўйхатдан ўтиш мумкин (рўйхатдан ўтиш ҳаволаси қўшимча маълум қилинади).

Рўйхатдан ўтиш учун хорижга чиқиш паспорти бўлиши шарт.

Eps-topik
тест имтиҳонида қатнашиш учун:

1.
Ўзбекистон Республикаси фуқароси;
2. 18 ёшга тўлган (2005 йил 6 февраль санасидан олдин туғилган) ҳамда 40 ёшга тўлмаган (1983 йил 7 февраль санасидан кейин туғилган);
3. Корейс тилини биладиган;
4. Хорижга чиқиш учун тақиқи бўлмаган;
5. Соғлом, юқумли касалликка чалинмаган;
6. Корея Республикаси ҳудудига киришга тақиқи йўқ;
7. Корея Республикасида 5 йилдан ортиқ муддатда ишламаган;
8.
Ўзбекистон Республикасида жиноий жавобгарликка тортилмаган, судланмаган бўлиши лозим.

Онлайн рўйхатдан ўтиш учун керакли маълумотлар:

1. Телефон рақами;
2. Хорижга чиқиш паспорт серияси ва рақами;
3. Яшаш манзили (вилоят, туман, МФЙ, кўча ва хонадон)

Маълумотлар лотин алифбосида киритилиши зарур.

Онлайн рўйхат учун юкланиши лозим бўлган ҳужжатлар:

1. Хорижга чиқиш паспортининг сифатли рангли электрон шаклдаги нусхаси (ламинат қилинган томони, файл ҳажми 55кб дан 60кб (600х400 пиксел) гача JPG форматида бўлиши лозим);
2. 3,5х4,5 ҳажмдаги оқ фонли сифатли рангли расм (фон билан устки кийимнинг ранги бир хил бўлмаслиги керак, файл ҳажми 13кб дан 15кб (150х190 пиксел) гача JPG форматида бўлиши лозим).

👉 Паспорт ва расмни юклаш тартиби

❗️Маълумотлар хато юкланган ёки киртилган тақдирда тест имтиҳонларида қатнаша олмаслигингиз ёки тестдан мувафаққиятли ўтган тақдирингизда ҳам виза рад этилиши мумкин. Шуни инобатга олиб, номзодлардан маълумотларни тўлиқ ва аниқ киритилиши сўралади.

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги тест имтиҳонларидан муваффақиятли ўтган фуқароларни Корея Республикасида меҳнат фаолиятини амалга оширишини кафолатламайди.

Техник носозлик юзага келиш эҳтимоли борлигини инобатга олган ҳолда, рўйхатга олиш куни ёки вақтига ўзгартириш киритилиши мумкин.

☎️Мурожаат учун: 71 202-33-55

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Телеграм | Facebook | Youtube | Веб-сайт
Joriy yilning 4 fevral kuni mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi konsullik xizmati, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi va Koreyadagi o’zbekistonliklar uyushmasi vakillari tashabbusi bilan Pochon va unga yaqin hududlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan sayyor qabul va uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida vatandoshlarimizga mazkur davlat qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib boorish yuzasidan ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishida yaratilayotgan sharoitlar va islohotlar bo’yicha ma’lumotlar yetkazildi.

Mazkur davlatda bo’lib turgan davrda turli hil yot g’oyalarga berilmaslik, yaqin oila a’zolar bilan muntazam aloqa qilish, farzandlarning tarbiyasi va ta’limini nazorat qilib turish bo’yicha maslahatlar berildi.

Shuningdek, tadbir Koreya Respublikasida bo’lib turgan faol vatandoshlarimizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida onlayn tarzda yoritib borildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida yurtdoshlarimizdan iborat navbatdagi guruh Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kirib keldi

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Yurtdoshlarimizga mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish hamda sababsiz ish joyini o’zgartirmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida yurtdoshlarimiz muntazam ravishda kirib kelmoqda

Bugun, 13 fevral kuni E-9 vizasi asosida yurtdoshlarimizdan iborat navbatdagi guruh Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kirib keldi.

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Yurtdoshlarimizga mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish hamda sababsiz ish joyini o’zgartirmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
VATANDOSHLAR BILAN UCHRASHUV!

Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi va "Koreyadagi o'zbekistonliklar" uyushmasi Yoju Chet elliklar markazi bilan hamkorlikda Yoju shahrida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etmoqda!

Barchangizni ushbu tadbirga taklif etamiz!

Tadbir vaqti: 2023 yil 18 fevral 11:00 dan 13:00ga qadar

Manzil: 경기도 여주시 여흥로 109번길 15 동방빌딩 6층

Ma’lumot uchun:
070-8873-6250
010-6780-5101
Yoju Chet elliklar markazi

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
MIGRATIONuzkr
Photo
📢 DIQQAT E‘LON!

🏢Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvanju shahridagi vakolatxonasi bo‘sh ish o‘rni uchun tanlov o‘tkazmoqda!

🔹Bo‘sh ish o‘rni: Malakali tarjimon

🔹Ish joyi: Kvanju shahri

🔹Ish grafigi: Haftada 5 kun, 9:00dan 18:00ga qadar

🔹Oylik maoshi: Suhbat davomida kelishiladi

🔹Tibbiy sug‘urta: mavjud

Talablar:

🔸Koreys tilini bilish darajasi 5 dan yuqori

🔸Tarjimonlik tajribasiga ega bo’lish

🔸Yosh chegarasi: 20-35

🔸Koreya Respublikasida doimiy yashash yoki uzoq muddatli vizaga ega bo’lgan O’zbekiston fuqarosi bo’lishi;

🔸O’zbek tilidan koreys tiliga va koreys tilidan o’zbek tiliga sifatli tarjima qilishi;

🔸Kvanju shahrida yashash joyiga ega bo’lishi;

🔸Koreya hududi bo’yicha xizmat safarlariga borish noqulaylik tug’dirmaslik

🔸Kompyuterda ishlash malakasiga ega bo’lishi.

Nomzodlar bevosita suhbat asosida tanlab olinadi.

Agar siz Vakolatxonada tarjimon bo’lib ishlashni istasangiz va o’zingizni yuqoridagi talablarga to’liq javob bera olaman, deb hisoblasangiz joriy yil 24 fevralga qadar quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin:

070-4252-2772

Hurmat bilan, Vakolatxona jamoasi

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
📢ОБЪЯВЛЕНИЕ!

🏢Представительство Агентства по внешней трудовой миграции в городе Кванджу Республики Корея объявляет вакансию!

🔹Вакантная позиция: Квалифицированный переводчик

🔹Место работы: город Кванджу

🔹График работы: с 9:00 до 18:00, 5 дней в неделю

🔹З.п.: обговаривается во время собеседования

🔹Мед. страховка: предоставляется

Требования для кандидатов:

🔸Сертификат владения корейским языком от 5

🔸Опыт работы переводчиком

🔸Возраст от 20 до 35 лет

🔸Гражданин Республики Узбекистан с постоянной или долгосрочной визой, позволяющей работать на территории Республики Корея

🔸Умение грамотного перевода с русского на корейский и с корейского на русский

🔸Иметь место жительства в городе Кванджу

🔸Готовность к командировкам по территории Республики Корея

🔸Владение навыками работы на компьютере

Кандидаты будут отбираться посредством проведения собеседования.

Если у Вас есть желание работать в нашей организации и соответствуете поставленным требованиям, обращайтесь по следующему телефону до 24 февраля:

070-4252-2772
С уважением, команда Представительства

Для подписки:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish va yashash sharoitlari o'rganilmoqda

Jumladan, O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan Kyongido provinsiyasida joylashgan "SAM MI" plastik mahsulotlarni qayta ishlash korxonasida fuqarolarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mazkur kompaniya vakillari bilan muzokaralar olib borilib, kelgusida ushbu masalalar bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, tashkilotdagi sharoitlar mehnat xavfsizligining barcha talablariga javob beradi. Oylik ish haqi o‘z vaqtida to‘liq to‘lanmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 110 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi.

Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasining Pyontek shahrida yashayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ish va yashash sharoitlarini muntazam monitoring qilib borish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, Koreya Respublikasining Ansan shahridagi "UNI CHEM" avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish korxonasida mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mamlakatimizning Seul shahridagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari hamyurtlarimizning ish joyi va mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Fuqarolarimiz bilan muloqot davomida ularning yashash sharoitlari va tashkilot vakillari bilan mehnat munosabatlaridan mamnun ekanliklari ma'lum bo'ldi.

Shuningdek, kelgusida mehnat jarayonida savol, taklif va mulohazalar yuzaga kelganda mas'ullarga murojaat qilishlari yuzasidan tavsiyalar berilib, aloqa raqamlari taqdim qilindi.


Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 121 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi.

Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasida Е-9 vizasi asosida ish faoliyatini boshlayotgan fuqarolarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari ish beruvchi tashkilot mas'ullari hamda fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ikki davlat o'rtasidagi mehnat migratsiyasi jarayonlari, Vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Shu bilan birga, fuqarolarga qonuniy tarzda bir ish beruvchi bilan ish joyini o'zgartirmasdan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo'lishning afzalliklari tushuntirildi.

Bundan tashqari, fuqarolarimiz tomonidan kelgusida ish jarayoni bilan bog'liq masalalar hamda Agentlikning Koreyadagi Vakolatxonasi faoliyatiga doir berilgan savollarga javob berildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz hamda ish beruvchi tashkilot vakillari bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Xususan, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari "Hansung Shiropl" korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Monitoring davomida tashkilot mehnat hafvsizligi talablariga javob berishi, qulay yashash va taomlanish sharoitlari bilan ta'minlanganligi ma'lum bo'ldi.

Ish beruvchi tashkilot rahbarlari yurtdoshlarimizning mehnatlarini e'tirof etib, ular bilan mehnat faoliyatini olib borishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, o'zbekistonlik yana besh nafar fuqarolar bilan mehnat shartnomasi imzolangani va yaqin kunlarda ularning ish faoliyatini boshlashi kutilayotgani ish beruvchilar tomonidan mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Хорижда иш
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Эртага, 14 мартдан Корея Республикасида ишлаш истагидаги фуқаролар ўртасида EPS-Topik UBT тест имтиҳони бошланади.

Батафсил “UzReport TV” телеканалида.

Каналга обуна бўлиш 👇🏼👇🏼👇🏼
https://t.me/migratsiyamatbuotkotibi
Koreya Respublikasining turli hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan o'zbekistonlik fuqarolarning ish va yashash joylari yuzasidan doimiy ravishda monitoring o'tkazilmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi Vakolatxonasi vakillari tomonidan E-9 vizasi asosida "Sangil Hitech" korxonasida mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.

Fuqarolarimizning mehnat jarayoni davomida yuzaga kelgan savollariga mas'ullar tomonidan javob berilib, qonuniy tartibda bir ish beruvchi bilan uzoq muddat mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari tushuntirildi.

Ayni paytda ish beruvchi tomonidan mazkur korxonaga o'zbekistonlik fuqarolarni yanada ko'proq jalb qilish rejasi borligi ma'lum qilinib, mehnat sohasida doimiy hamkorlikka tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari tomonidan "Damool Plastic Ind. Co., Ltd " tashkilotida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarimizning ish sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram