MIGRATIONuzkr
2.05K subscribers
676 photos
137 videos
2 files
519 links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
02-2285-1341
Download Telegram
Bugun, E-9 vizasi asosida navbatdagi 99 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi

Yurtdoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rik o'tash manzillariga kuzatib qo'yildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamyurtlarimizga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Эълон!

Корея Республикасида узоқ муддат мобайнида меҳнат фаолиятини олиб бораётган, Ўзбекистонда ўз бизнесини бошлаш истагида бўлган фуқароларимиз учун Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги томонидан онлайн семинар ташкил этилмоқда.

Учрашувда Ўзбекистонда тадбиркорлик субъектлари фаолиятини йўлга қўйишга кўмаклашувчи органларнинг (банк, солиқ, божхона, тадбиркорлик жамғармалари, савдо-саноат палатаси, давлат активларини бошқариш агентлиги) мутасадди вакиллари иштирок этиши кўзда тутилган.

Агар сизда ўз бизнесингизни очиш ёки ривожлантириш истаги бўлса, 2022 йил 9 декабр (Жума) куни Корея вақти билан соат 15:00 да (Тошкент вақти билан 11:00 да) ZOOM платформаси орқали мазкур онлайн семинарда қатнашишинг!

Семинар давомида ўзингизни қизиқтирган саволларга соха мутахассисларидан тегишли жавобларни олишингиз мумкин.

Қуйидаги ҳавола орқали онлайн учрашувда иштирок этиш имкониятига эгасиз:

ZOOM LINK

Идентификатор конференции: 837 5687 7871
Код доступа: 1111
DIQQAT E'LON!

O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligi vakillari, O'zbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi mas'ullari ishtirokida Koreya Respublikasining Kimxe shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvga barchangizni taklif qilamiz.

Uchrashuv davomida siz vatanimizda ro'y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Bundan tashqari Sizni qiziqtirgan savollar yuzasidan mas'ullar tomonidan javob beriladi.

Mazkur uchrashuvda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.

Uchrashuv vaqti: 13 dekabr (seshanba) 18.00dan - 20.00gacha
Manzil:경상남도 김해시 분성로330
한패스 김해2호점

Ma'lumot uchun: 01048371988 Vakolatxona xodimi
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 94 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Hamyurtlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from XORIJDA ISH
Корея Республикасида E-7 виза (малакали ишчи) асосида ишлаш истагидаги фуқаролар диққатига!

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ҳамда Корея Республикасининг “Samsung Heavy Industries” кемасозлик ташкилоти ўртасида имзоланган келишувга асосан, ушбу корхонада бўёқчи ва электрик мутахассисликлари бўйича танлов ўтказилмоқда.

Танловда иштирок этиш учун 2022 йил 26 декабрь куни соат 09:00 дан 18:00 гача фақат қуйидаги талабларга жавоб берадиган соҳа мутахассислари labormigration.uz дастурий мажмуаси орқали онлайн рўйхатдан ўтиши мумкин:

1. 40 ёшгача бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқароси;
2. Бўёқчи (архитектура муҳандислиги, кимё ва кимёвий материаллар муҳандислиги, машинасозлик муҳандислиги, қурилиш материаллари ишлаб чиқариш муҳандислиги), электрик (электр машиналари ва электр технологиялари муҳандислиги, энергетика машиносозлик ва кон электромеханик муҳандислиги) бўйича олий маълумотга ва камида 1 йиллик меҳнат стажига эга бўлиши;
3. Хорижга чиқиш учун тақиқ бўлмаслик;
4. Соғлом, юқумли касалликка чалинмаган бўлиш;
5. Дальтоник (ранг ажратолмаслик) бўлмаслик;
6. Корея Республикаси ҳудудига киришга тақиқи бўлмаслик;
7. Судланмаган бўлиш.

👉 Онлайн рўйхатдан ўтиш

Рўйхатдан ўтиш учун керакли маълумотлар:
1. Телефон рақами;
2. Амалдаги фуқаролик ва хорижга чиқиш паспорт серия ва рақами;
3. Яшаш манзили (вилоят, шаҳар, туман, МФЙ, кўча ва хонадон);
4. Диплом ва диплом иловаси;
5. Иш стажини тасдиқловчи ҳужжат (меҳнат дафтарчаси).

Эслатма: Маълумотларни лотин алифбосида киритиш зарур.

Рўйхатдан ўтиш учун юкланиши лозим бўлган ҳужжатлар:
1. Хорижга чиқиш паспорти (ламинат қилинган томони сифатли, рангли, PDF форматида);
👉 Паспортни юклаш намунаси
2. Диплом (PDF форматида);
3. Иш стажини тасдиқловчи ҳужжат (меҳнат дафтарчаси, PDF форматида).

Эслатма
Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги номзодларни Корея Республикасида меҳнат фаолиятини амалга оширишини кафолатламайди.
Техник носозлик юзага келиш эҳтимоли борлигини инобатга олган ҳолда, рўйхатдан ўтиш куни ёки вақтига ўзгартириш киритилиши мумкин.

Қўшимча маълумот учун: 71 202-33-55

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt
Koreya Respublikasiga O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga yuborish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTobe |Telegram (на русском)
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida navbatdagi guruhdan iborat vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Yurtdoshlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi

Vakillar tomonidan Puchon shahrida joylashgan "Korea Electro Polishing" tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda vatandoshlarimizning ish va yashash joyi sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi.

Monitoring natijalariga ko'ra tashkilot barcha mehnat xavfsizligi talablariga javob beradi. Oylik ish haqi o'z vaqtida to'liq to'lab berilmoqda.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Mokpo shahrida vatandoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi

Hamyurtlarimizga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birga, mazkur davlatda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirib borayotgan vatandoshlarimizga mehnat shartnomalarga muvofiq ish olib borishning afzalliklari haqida ma‘lumotlar berilib, ular tomonidan yo'llangan savollarga mas'ullar tomonidan javob berildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Hurmatli vatandoshlar!

Oʼzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi
ushbu davlatda boʼlib turgan fuqarolarimizga Islom dinining asl mohiyati toʼgʼrisida maʼlumot berish va ularning diniy-maʼrifiy savodini oshirish maqsadida Oʼzbekiston Musulmonlari idorasi masʼul vakili Shukurulloh domla Egamberdiev bilan ilmiy-maʼrifiy maʼruzalar tashkil qiladi.
Uchrashuvlar quyidagi manzillarda boʼlib oʼtadi:
18 yanvar soat 19:00 da Xvason shahridagi “Imom al-Buxoriy” masjidida.
19 yanvar soat 19:00 da Chongju shahridagi Chongju Islom markazida.
20 yanvar soat 13:00 da Kimxe shahridagi “Imom al-Buxoriy” masjidida.
21 yanvar soat 13:00 da Kyonsan shahridagi “Al-Quba” masjidida.
22 yanvar soat 13:00 da Seul shahridagi “Seul markaziy masjidida”.
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 50 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mas'ul vakillari hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rikdan o'tash manzillariga kuzatib yuborildi.

Vakolatxona vakillari hamyurtlarimizning kelgusi ish faoliyatiga omad tilaydi hamda qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from XORIJDA ISH
Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги вакиллари Корея Республикасида семинарда иштирок этмоқда

Корея Республикасининг Сокчо шаҳрида Инсон ресурсларини ривожлантириш хизмати (HRD) томонидан мазкур давлатга Е-9 визаси асосида ишчи кучи юборувчи 16 давлатдан ташкилотлар раҳбарияти ва масъул ходимлари иштирокида семинар бўлиб ўтмоқда.

Мазкур тадбирда Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги бошлиғи ўринбосари А.Юнусов ва масъул ходимлар иштирок этмоқда.

Бандликка рухсат бериш (EPS) тизимининг 2022 йилдаги фаолияти натижалари ва 2023 йилда амалга оширилиши режалаштирилган тадбирлар ҳақида Корея Республикаси вакиллари томонидан маълумот берилмоқда.

Мазкур тизим тарихида илк бор Корея Республикасига Е-9 визаси асосида ишчи кучи юборувчи 16 та давлатлар учун умумий квота сони жорий йилда 110 минг деб белгилангани алоҳида таъкидланди.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Тelegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi delegatsiyasi Koreya Respublikasida vatandoshlar bilan uchrashdi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTube |Telegram (на русском)
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig'i o'rinbosari A.Yunusov hamda mas'ul xodimlar Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimiz holidan xabar olmoqda.

Xususan, Inchon shahrida joylashgan "Ockdong" alyumin materiallar ishlab chiqaruvchi tashkiloti boshqaruv direktori hamda ushbu korxonada ish olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ish beruvchi vatandoshlarimiz haqida iliq fikrlar bildirib, 10 yildan ortiq muddat davomida o’zbekistonliklar bilan ish olib borayotganini ma’lum qildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig'i o'rinbosari tomonidan mehnat sohasida faol hamkorligi uchun ish beruvchiga tashakkurnoma hamda esdalik sovg'asi topshirildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazilib, ish joyining ozodaligi hamda barcha mehnat talablariga javob berishi ma'lum bo'ldi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasi Kvanju shahrida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimizning ish va yashash joylari yuzasidan monitoring o'tkazildi

Xususan "Beugoeul Heavy Industries" Co., Ltd. tashkilotida ish faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizning ish joyi mehnat xafvsizligining barcha talablariga javob berishi hamda yashash sharoitlari qoniqarli darajada ekanligi ma'lum bo'ldi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan uzoq muddat namunali tarzda mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, ushbu korxona rahbari tomonidan vatandoshlarimizning mehnatlari e'tirof etilib, ular bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Muloqot davomida vatandoshlarimizga mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq tartibli faoliyat olib borish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 148 nafar yurtdoshlarimiz Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kirib keldi

Hamyurtlarimiz Inchon xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Yurtdoshlarimizga mazkur davlatning qonunchiligiga muvofiq faoliyat olib borish hamda sababsiz ish joyini o’zgartirmaslik bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram