MIGRATIONuzkr
2.05K subscribers
676 photos
137 videos
2 files
519 links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
02-2285-1341
Download Telegram
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi vakillari E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi

Vakillar tomonidan Puchon shahrida joylashgan "KOREA STONE CO., LTD." tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda vatandoshlarimizning ish va yashash joyi sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi.

Monitoring natijalariga ko'ra tashkilot barcha mehnat xavfsizligi talablariga javob beradi. Oylik ish haqi o'z vaqtida to'liq to'lab berilmoqda.

Monitoring davomida vatandoshlarimizga ayni paytda yurtimizda “O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davom etayotgani va taklif etilayotgan o'zgartirishlarning mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.

Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, yana bir guruh vatandoshlarimiz mehnat shartnomasi asosida Koreya Respublikasiga kirib keldi

E-9 vizasi orqali kirib kelgan hamyurtlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi yurtdoshlarimizning kelgusi mehnat faoliyatiga omad tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali mehnat shartnomasi asosida bir guruh fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi

Vatandoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan tashkiliy tarzda kutib olindi.

Agentlikning Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi jamoasi hamyurtlarimizning kelgusi mehnat faoliyatiga zafar tilaydi va bir ish beruvchida uzoq muddatli ish joyini o'zgartirmasdan mehnat faoliyatini olib borishga chaqiradi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram  |  FacebookInstagram
Forwarded from XORIJDA ISH
Ўзбекистон – Корея: меҳнат миграцияси соҳасида ҳамкорлик

Ўзбекистон ва Корея Республикалари ўртасида меҳнат миграцияси соҳасидаги ҳамкорликни янада кенгайтириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси делегацияси аъзолари ушбу давлатда бўлиб турибди.

Ташриф доирасида Корея Республикаси Адлия вазири Хан Донг Хун ва Иммиграция хизмати комиссари Лее Жае Ю билан учрашув ташкил этилди.

Учрашувда фуқароларни Е-8 визаси асосида ишга ёллаш, Ўзбекистон фуқароларини Жанубий Кореяга кириб бориш тизими, меҳнат визалари асосида турли соҳаларга ишга жалб қилиш масалалари муҳокама қилинди.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Телеграм | Facebook | Youtube | Веб-сайт
Forwarded from XORIJDA ISH
"KOICA" раҳбарияти билан учрашув ташкил этилди

Ўзбекистон ва Корея Республикалари ўртасида меҳнат миграцияси соҳасидаги ҳамкорликни янада кенгайтириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси делегацияси аъзоларининг ушбу давлатда бўлиб тургани хабар қилинган эди.

Ташриф доирасида бугун, 29 ноябрь куни Бандлик ва меҳнат муносабатлари вазири Н.Хусанов ва "KOICA" вице-президенти Лее Юн Ёнг ўртасида учрашув ташкил этилди.

Учрашувда Фарғона ва бошқа ҳудудлардаги "KOICA" лойиҳаларини ривожлантириш, жумладан ҳамкорлик соҳаларини кенгайтириш, Корея Республикасидан кўнгилли ўқитувчиларни жалб қилиш, билимни баҳолаш марказларини очиш каби масалалар муҳокама қилиниб, ижобий келишувга эришилди.

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Телеграм | Facebook | Youtube | Веб-сайт
Forwarded from Bandlik vazirligi
Xalqaro_hamkorlik
🗓ikkinchi kun

🟢LIVE

🇰🇷🇺🇿O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi doirasida "Seoul Ambassador Pulman" mehmonxonasida "O‘zbek-Koreys mehnat forumi" bo‘lib o‘tmoqda, unda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ma'ruzasi tinglandi.

Tashrif tafsilotlarini navbatdagi xabarlarimizda kuzatib boring

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.me/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Bugun, E-9 vizasi asosida navbatdagi 99 nafar fuqarolarimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi

Yurtdoshlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko'rik o'tash manzillariga kuzatib qo'yildi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamyurtlarimizga kelgusi faoliyatlarida zafarlar tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Эълон!

Корея Республикасида узоқ муддат мобайнида меҳнат фаолиятини олиб бораётган, Ўзбекистонда ўз бизнесини бошлаш истагида бўлган фуқароларимиз учун Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги томонидан онлайн семинар ташкил этилмоқда.

Учрашувда Ўзбекистонда тадбиркорлик субъектлари фаолиятини йўлга қўйишга кўмаклашувчи органларнинг (банк, солиқ, божхона, тадбиркорлик жамғармалари, савдо-саноат палатаси, давлат активларини бошқариш агентлиги) мутасадди вакиллари иштирок этиши кўзда тутилган.

Агар сизда ўз бизнесингизни очиш ёки ривожлантириш истаги бўлса, 2022 йил 9 декабр (Жума) куни Корея вақти билан соат 15:00 да (Тошкент вақти билан 11:00 да) ZOOM платформаси орқали мазкур онлайн семинарда қатнашишинг!

Семинар давомида ўзингизни қизиқтирган саволларга соха мутахассисларидан тегишли жавобларни олишингиз мумкин.

Қуйидаги ҳавола орқали онлайн учрашувда иштирок этиш имкониятига эгасиз:

ZOOM LINK

Идентификатор конференции: 837 5687 7871
Код доступа: 1111
DIQQAT E'LON!

O'zbekiston Respublikasi Namangan viloyati hokimligi vakillari, O'zbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi mas'ullari ishtirokida Koreya Respublikasining Kimxe shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvga barchangizni taklif qilamiz.

Uchrashuv davomida siz vatanimizda ro'y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy hamda madaniy sohalarda olib borilayotgan islohotlar haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Bundan tashqari Sizni qiziqtirgan savollar yuzasidan mas'ullar tomonidan javob beriladi.

Mazkur uchrashuvda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.

Uchrashuv vaqti: 13 dekabr (seshanba) 18.00dan - 20.00gacha
Manzil:경상남도 김해시 분성로330
한패스 김해2호점

Ma'lumot uchun: 01048371988 Vakolatxona xodimi
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 94 nafar vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Hamyurtlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from XORIJDA ISH
Корея Республикасида E-7 виза (малакали ишчи) асосида ишлаш истагидаги фуқаролар диққатига!

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ҳамда Корея Республикасининг “Samsung Heavy Industries” кемасозлик ташкилоти ўртасида имзоланган келишувга асосан, ушбу корхонада бўёқчи ва электрик мутахассисликлари бўйича танлов ўтказилмоқда.

Танловда иштирок этиш учун 2022 йил 26 декабрь куни соат 09:00 дан 18:00 гача фақат қуйидаги талабларга жавоб берадиган соҳа мутахассислари labormigration.uz дастурий мажмуаси орқали онлайн рўйхатдан ўтиши мумкин:

1. 40 ёшгача бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқароси;
2. Бўёқчи (архитектура муҳандислиги, кимё ва кимёвий материаллар муҳандислиги, машинасозлик муҳандислиги, қурилиш материаллари ишлаб чиқариш муҳандислиги), электрик (электр машиналари ва электр технологиялари муҳандислиги, энергетика машиносозлик ва кон электромеханик муҳандислиги) бўйича олий маълумотга ва камида 1 йиллик меҳнат стажига эга бўлиши;
3. Хорижга чиқиш учун тақиқ бўлмаслик;
4. Соғлом, юқумли касалликка чалинмаган бўлиш;
5. Дальтоник (ранг ажратолмаслик) бўлмаслик;
6. Корея Республикаси ҳудудига киришга тақиқи бўлмаслик;
7. Судланмаган бўлиш.

👉 Онлайн рўйхатдан ўтиш

Рўйхатдан ўтиш учун керакли маълумотлар:
1. Телефон рақами;
2. Амалдаги фуқаролик ва хорижга чиқиш паспорт серия ва рақами;
3. Яшаш манзили (вилоят, шаҳар, туман, МФЙ, кўча ва хонадон);
4. Диплом ва диплом иловаси;
5. Иш стажини тасдиқловчи ҳужжат (меҳнат дафтарчаси).

Эслатма: Маълумотларни лотин алифбосида киритиш зарур.

Рўйхатдан ўтиш учун юкланиши лозим бўлган ҳужжатлар:
1. Хорижга чиқиш паспорти (ламинат қилинган томони сифатли, рангли, PDF форматида);
👉 Паспортни юклаш намунаси
2. Диплом (PDF форматида);
3. Иш стажини тасдиқловчи ҳужжат (меҳнат дафтарчаси, PDF форматида).

Эслатма
Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги номзодларни Корея Республикасида меҳнат фаолиятини амалга оширишини кафолатламайди.
Техник носозлик юзага келиш эҳтимоли борлигини инобатга олган ҳолда, рўйхатдан ўтиш куни ёки вақтига ўзгартириш киритилиши мумкин.

Қўшимча маълумот учун: 71 202-33-55

🔻 Ахборот каналларимизни кузатиб боринг

Telegram | Facebook | Youtube | Veb-sayt
Koreya Respublikasiga O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga yuborish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter| YouTobe |Telegram (на русском)
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida navbatdagi guruhdan iborat vatandoshlarimiz Koreya Respublikasiga yetib keldi

Yurtdoshlarimiz, Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning kelgusi faoliyatida omad tilaydi va qonuniy tartibli mehnat olib borishga chaqiradi!

Kanalga obuna bo'lish:
Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz holidan xabar oldi

Vakillar tomonidan Puchon shahrida joylashgan "Korea Electro Polishing" tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda vatandoshlarimizning ish va yashash joyi sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi.

Monitoring natijalariga ko'ra tashkilot barcha mehnat xavfsizligi talablariga javob beradi. Oylik ish haqi o'z vaqtida to'liq to'lab berilmoqda.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram