MIGRATIONuzkr
2.05K subscribers
676 photos
137 videos
2 files
519 links
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi
facebook.com/migrationuzkr1
https://www.instagram.com/migration.uz.kr/

Murojaat uchun telefon:
02-2285-1341
Download Telegram
Koreya Respublikasiga joriy yilning oktyabr oyida E-9 vizasi asosida kirib kelib, mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari o’rganildi

O'zbekiston Respublikasining mazkur davlatdagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonasi vakillari tomonidan Kyongi-do provinsiyasida joylashgan "WooRi Door" tashkilotida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Monitoring natijalariga ko'ra ushbu tashkilotda ish va yashash uchun qulayliklar yaratilganligi va fuqarolarimiz tartibli ravishda mehnat faoliyatini olib borayotgani ma’lum bo’ldi.

Tashkilot ish boshqaruvchisi o’zbekistonlik ishchilar haqida ijobiy fikrda ekanligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, fuqarolarimizga mazkur davlat qonunchiligiga qat’iy rioya qilgan holda, ish joyini o’zgartirmasdan faoliyat yuritishning afzalliklari tushuntirildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Bugun, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi orqali E-9 vizasi asosida 96 nafar yurtdoshlarimiz Koreya Respublikasiga kirib keldi

Hamyurtlarimiz Inchon aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi hamda Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi.

Vakolatxona jamoasi vatandoshlarimizning Koreya davlatidagi kelgusi faoliyatida omad tilaydi!

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xodimlari tomonidan Koreya Respublikasidagi fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari yuzasidan monitoring o'tkazildi

Kyongi-do provinsiyasining Paju shahrida joylashgan "G-pro GNT Co., Ltd" elektr quvvatlagichlar ishlab chiqaruvchi tashkilotida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz va ish beruvchi bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Monitoring davomida fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari bo’yicha e’tirozlari yo’qligi, ish beruvchi tomonidan oylik maoshlari o’z vaqtida berib kelinayotganligi ma’lum bo’ldi.

Ish beruvchi tomonidan, yaratilgan sharoitlarga qaramay, ayrim mehnat migrantlari asossiz ravishda, mehnat shartnomalarini bekor qilishni talab qilayotganligi qayd etildi.

Monitoring yakunida fuqarolarimiz bilan profilaktik suhbat o’tkazilib, bir ish beruvchi bilan tartibli mehnat munosabatlarida bo’lishning afzalliklari tushuntirildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoshlarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda

Xususan, Kyongi-do provinsiyasida joylashgan "Taewon Concrete" hamda Chollanam-do provinsiyasidagi "Beugoeul Heavy Industries Co., Ltd." tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimizning ish va yashash sharoitlari yuzasidan monitoring tadbirlari o’tkazildi.

Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni tashkilot mas'ullari bilan o'zaro muzokaralar orqali bartaraf etishga kelishib olindi.

Shuningdek, ish beruvchi tashkilot mutasaddilari o'zbekistonlik fuqarolarning mehnatlarini qadrlab, ular bilan ish faoliyatini davom ettirishdan mamnun ekanliklarini bildirdi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Koreya Respublikasi Chollanam viloyatida joylashgan "Bitgoeul Heavy Industries Co., Ltd." hamda "Hanvit Hi-Tech" tashkilotlarida E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarimiz bilan sayyor uchrashuvlar tashkil etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari yurtdoshlarimizning ish va yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Monitoring davomida tashkilot mehnat hafvsizligi talablariga javob berishi, qulay yashash va taomlanish sharoitlari bilan ta'minlanganligi ma'lum bo'ldi.

Ish beruvchi tashkilot rahbarlari yurtdoshlarimizning mehnatlarini e'tirof etib, ular bilan mehnat faoliyatini olib borishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Shuningdek, vatandoshlarimizga bir ish beruvchi bilan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo’lishning afzalliklari tushuntirildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
DIQQAT E'LON!

O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi tomonidan sayyor uchrashuv tashkil etilmoqda
!

Barcha yurtdoshlarimizni Koreya Respublikasining Tejon shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvga taklif qilamiz.

Uchrashuv davomida o'zingizni qiziqtirgan savollarga mas'ul vakillar tomonidan javob olishingiz mumkin.

Tadbir vaqti: 5 Noyabr (shanba), 13:00dan - 15:00gacha
Manzil: “Chayhana” oshxonasi
대전 광역시 동구 성동로7번길 12-11

Uchrashuvda ishtirok etgan yurtdoshlarimizga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshiriladi.

Mazkur uchrashuvda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Joriy yilning 1 noyabr kuni Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida kirib kelgan fuqarolarimizning bir guruhi hamda ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari ish beruvchi tashkilot mas'ullari hamda fuqarolar bilan uchrashib, ikki davlat o'rtasidagi mehnat migratsiyasi jarayonlari, ishchilarning qisqa muddatlarda kirib kelishi va Vakolatxona tomonidan mehnat migrantlarini qo'llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdi.

Shu bilan birga, yurtdoshlarimizga qonuniy tarzda bir ish beruvchi bilan ish joyini o'zgartirmasdan uzoq muddatli mehnat munosabatlarida bo'lish kelajakda vatandoshlarimiz uchun ajratiladigan kvotaning oshishida muhim o'rin egallashi tushuntirildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
O'zbekiston Respublikasining Koreyadagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur davlatdagi vakolatxonasi vakillari tomonidan Tejon shahrida vatandoshlar bilan sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy hamda ijtimoiy sohada ro'y berayotgan jarayonlar haqida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rnini mustahkamlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligi ta'kidlandi.

E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarimizga qonuniy tartibda mehnat faoliyatini olib borishning afzalliklari haqida ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birga, hamyurtlarimiz tomonidan mehnat, ta'lim hamda bir qator masalalar yuzasidan berilgan savollarga mas'ullar tomonidan javob berildi.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
DIQQAT E'LON!

O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi tomonidan sayyor uchrashuv tashkil etilmoqda
!

Barcha yurtdoshlarimizni Koreya Respublikasining Anson shahrida bo'lib o'tadigan uchrashuvga taklif qilamiz.

Uchrashuv davomida o'zingizni qiziqtirgan savollarga mas'ul vakillar tomonidan javob olishingiz mumkin.

Tadbir vaqti: 12 Noyabr (shanba), 11:00dan - 14:00gacha
Manzil: “BISTRO” kafesi

경기 안성시 중앙로 367번길 12

Mazkur uchrashuvda barcha o'zbekistonliklar (legal yoki nolegal bo'lishidan qat'iy nazar) ishtirok etishi mumkin.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
Yurtimizdagi "Ishga marhamat" monomarkazlarida faoliyat yuritib kelayotgan va hozirda Koreya Respublikasida malaka oshirish kurslarida bo’lib turgan o’qituvchilar uchun avtomobil ishlab chiqaruvchi "Gwangju Global Motors" zavodida o'quv seminar tashkil etildi

Ushbu tadbir “Honam” kasb-hunar kolleji hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasi Kvanju shahridagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

O’qituvchilar mazkur zavodning ochilish tarixi, ishlab chiqarish jarayonlari to'g'risida axborot beruvсhi video taqdimotdan so'ng ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur zavodda “Hyundai Casper” avtomobilini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lib, har bir soatda 28 ta avtomobil boshlang’ich holidan mijozga yetkazib berish uchun tayyor holatga keltirilishi ma’lum bo’ldi.

Zavod vakillari tomonidan avtomobil ishlab chiqarishning payvandlash, elektronika, avtomobil qismlarini yig'ish kabi barcha bosqichlari haqida ma'lumotlar berildi.

Shu bilan birga, malaka amaliyotini o'tayotgan o'qituvchilarimiz sohaga oid o'zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javob oldilar.

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
‼️‼️KOREYA RESPUBLIKASIDA NOQONUNIY HOLATDA (NELEGAL) BO’LIB TURGAN YURTDOSHLARIMIZ DIQQATIGA!

Koreya Respublikasining Adliya vazirligi noqonuniy holatda bo’lib turgan xorijliklar uchun ixtiyoriy ravishda chiqib ketishning maxsus qoidasi kuchga kirganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ushbu davlatdan 2023-yil 28-fevralgacha ixtiyoriy ravishda chiqib ketgan noqonuniy (nelegal) xorijliklar jarima va qayta kirish taqiqlaridan ozod qilinadi.

Agar siz mazkur davlatda noqonuniy holatda istiqomat qilayotgan bo'lsangiz ushbu imkoniyatdan foydalanib, Koreya Respublikasiga rasmiy ravishda turli vizalar orqali kirib kelish imkoniyatiga ega bo’lishingiz mumkin.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Migratsiya xizmatining qisqa 1345 raqami yoki quyidagi raqamlariga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin:

02-574-6554 (Elchixona)
070-4252-2772, 010-4837-1988
(Vakolatxona)

Kanalga obuna bo'lish uchun:
Telegram | Facebook | Instagram
“Vatandoshlar” jamoat fondi “O‘zbekiston – yosh rassomlar nigohida” nomli ijodiy-ishlar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlov Nizomi bilan tanishish hamda arizani to‘ldirish uchun quyidagi havolaga o‘ting.

https://vatandoshlarfondi.uz/images/content/Rassom%20Nizom%20lotin_1667833031.pdf

https://vatandoshlarfondi.uz/images/content/Anketa-ariza_1667833046.pdf