Migration.uz | Хабарлар
289 subscribers
139 photos
62 videos
1 file
256 links
Ташқи меҳнат миграцияси масалалари бўйича ахборот ва тавсиявий канал

Савол ва қўшимча фикрлар учун:
📨: @info_2332400
Download Telegram
🇩🇪 Яна 20 нафар ўзбекистонлик Германия клиникаларида ишлашга кетди!

✔️ “Globogate Concept AG” лойиҳаси доирасида навбатдаги 20 нафар ўрта бўғин тиббиёт ходимлари визаларини олишди ва Германия клиникаларида фаолият юритиш учун жўнаб кетишди. Шу кунгача “Globogate" орқали 250 га яқин юртдошимиз Германиянинг “Aachen" клиникаларида фаолият олиб бормоқда, яна 1000 га яқин тингловчи кетиш учун тил ўрганаяпти.

🗣Германия клиникаларида ишлаётган юртдошларимиз юқори ойлик маош ҳамда тиббиёт соҳасида орттираётган тажрибаларидан жудаям мамнун бўлган ҳолда яхши изоҳлар беришяпти. Бундай имконият сизда ҳам бор, Миграция агентлиги янада яхши таклифлар беришда давом этади!

Интилинг, билим олишдан тўхтаманг, тил ва касб ўрганиш учун ҳеч қачон кеч эмаслигини англанг!

@migration_TMMA
👍1
🇬🇧Кўплаб кузатувчиларимиз Миграция агентлиги томонидан Англияга мавсумий иш ўринлари учун эълон қачон берилишини сўрашмоқда.

Яқин кунларда Буюк Британиянинг “HOPS” рекрутинг компанияси томонидан таклиф этилаётган бўш иш ўринлари, ойлик маошлари, яшаш шароитлари ҳақидаги эълон Агентликнинг ижтимоий тармоқларидаги саҳифалари, хусусан, “XORIJDA ISH” телеграм канали ва платформаси, бошқа ОАВ орқали тарқатилишини маълум қиламиз.

⚠️ Эслатиб ўтамиз, “HOPS” рекрутинг компанияси Ўзбекистон ҳудудида фақатгина Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги билан икки томонлама тузилган Битим асосида фаолият олиб боради.

⚠️ Миграция агентлиги мамлакатимиздаги бирорта хусусий компанияга “HOPS” орқали Англияга ишчи ёллаш ҳуқуқини бермаган!

Кўча-куйдаги турли фирмалар ушбу компания орқали Англияга мавсумий ишларга юбораман, деса ишонманг! Алданиб уларга пул тўламанг!

@migration_TMMA
❤️Hush xabar!

🆘E-7-4 vizasi uchun endi koreys tilini bilish talab qilinmaydi.


Adliya vazirligi malakali ishchi kuchi (K-Point E74) vizasiga murojaat qiluvchilar uchun koreys tili bo‘yicha imtihon natijasi talab qilinmasligini e’lon qildi.
🆘Endi ular avval K-Point E74 vizasiga o‘tib, keyin 2 yil ichida koreys tili talablarini bajarishlari mumkin.

Mazkur siyosat 2026-yilning 31-dekabriga qadar vaqtinchalik amal qiladi.

👉Ammo, oila a’zolarini (F-3-17) chaqirish uchun koreys tili (2-darajadan yuqori) talablarini bajarish shart bo‘lib qolmoqda.

Agar K-Point E74 vizasiga o‘tgandan keyin 2 yil ichida koreys tili bo‘yicha talab bajarilmasa, faqat 6 oy muddatga uzaytirib beriladi.

Diqqat!
Viloyat meri yoki hokimiyat tavsiyasi bilan, hozirgacha E-9 vizasi bilan 4 yil yashagan bo‘lish talabi bekor qilinib, endi 3 yil E-9 vizasi bilan yashagan bo‘lsangiz, K-Point E74 vizasini olishingiz mumkin. (Seul, Incheon va Gyeonggi viloyatlari bundan mustasno) boshqa hududlarda amal qiladi.
Чатда кўп келган саволлардан бири "Англияга ХБАлар юбориши мумкинми?"

Йўқ ва яъна бир бор Йўқ!

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 725 сон қарорига кўра, Юборувчи (ХБА ёки Миграция Агентлиги) хориждаги қабул қилувчи (иш берувчи) билан шартномага эга бўлиши керак.

Буюук Британия ҳолатида биронта ХБА расмий операторлардан бири билан шартномага эга эмас! Демак уларда бундай ҳуқуқ ҳам имконият ҳам мавжуд эмас!

Огоҳ бўлинглар!
Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kun vizasiz sayohat qilishi mumkin

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I fuqarolarga ikki mamlakatga ham 30 kun davomida vizasiz sayohat qilish imkonini beruvchi bitimni imzoladi.
👍6
🇬🇧 Buyuk Britaniyada 2025 yil uchun minimal ish haqi miqdori o'zgardi

Buyuk Britaniya Hukumati 2025 yil 1-apreldan amal qiladigan yangi Milliy Minimal Maosh (NMW) stavkalarini tasdiqladi. Quyidagi asosiy o'zgarishlarni ko'rib chiqing:

🔹 National Living Wage (21 va undan katta yoshdagilar): soatiga £11.44 → £12.21 (+6.7%)
🔹 18-20 yoshdagi ishchilarning stavkasi: soatiga £8.60 → £10.00 (+16.3%)

Eslatib o'tamiz, soatiga £12.21 bugungi kurs bo'yicha 15.41 $ ni tashkil etadi.

Bu o'zgarishlar Buyuk Britaniyaning eng past maoshli ishchilarining daromadlari va hayot darajasini yaxshilashga qaratilgan. Ayniqsa, yosh ishchilar uchun maoshlarni oshirishga e'tibor qaratilgan.

📊 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun O'zbekiston Xususiy Bandlik Agentliklari Uyushmasiga murojaat qiling!

@migration_TMMA
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
18-декабрь Халқаро мигрантлар куни!

Барча мусофирдаги ҳамюртларимизни табриклаймиз, қаерда бўлсангиз ҳам Аллоҳ панохида асрасин.

Мусофирлик оғир экан нетай энди,
Оз қолди деб соғинчимни ичга ютай энди.
Рисқ насибам топиб кейин кетай энди,
Кўзларингни соғиндим ку жоним болам.


@migration_TMMA
👍3
BOLGARIYA🇧🇬

YOSHLAR VA TALABALAR UCHUN MAXSUS YANGILIK
BIZDA 2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣ MAVSUM UCHUN VAKANSIYALARIMIZ TAYYOR

💰 MAOSH: 550💶dan boshlanadi
Bolgariya mehmonxonalarida mavsumiy (3-6 oy) ishlash imkoniyati

🔠 Vakansiya soni: 80 ta

⭐️ Vakansiyalar xizmat ko'rsatish sohasida:

⚡️ Xona tozalovchi (ayollarga ustunlik beriladi)
⚡️ Oshxona ishchisi

Ish jarayoning xususiyatlari:

Ish 2025-yil APREL-MAY oylaridan boshlanadi

Ish 3-6 oy, mutaxassisning mahoratiga qarab davom etadi

‼️
Talablar:

✳️ Soha bo'yicha ish tajribasi va ma'lumot;
✳️ Muqaddam sudlanmaganlik;
✳️ 20-35 yosh oralig'i;

⚡️ Ish beruvchi tomonidan qoplanadi:

Turar joy
3 mahal ovqat
Sug‘urta
ishchi viza

Siz tomoningizdan:

viza va uni tayyorlash uchun xujjatlar;
yo‘l haqining bir qismi uchun pul to‘lanadi

Obdon o‘ylab bo‘lgan bo‘lsangiz,

👉🏻 ANKETANI TO'LDIRING 👈🏻

Qo'shimcha savollaringizga:
MANA MEN JAVOB BERAMAN 📱

📞 91 084 30 09 (DUSHANBA-JUMA 09:00-17:00)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diqqat!!!
🇬🇧Angliyaga mavsumiy ish o‘rinlari uchun ro‘yxatdan o‘tish kunlari ma’lum bo‘ldi


Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijdaish.uz portali orqali 2025-yil 10-yanvar soat 15:00 dan 19:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish ochilishini ma’lum qilamiz.

Tanlov qanday bosqichlardan iborat?

1. xorijdaish.uz sahifasida onlayn ro‘yxatdan o‘tasiz.

Muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish pasporti,
Gmail elektron pochtangiz, (ism-familiyangiz chet elga chiqish pasportingizdagidak bo‘lishi shart), yorqin fonda pasport o‘lchamidagi elektron fotosurat kerak bo‘ladi.

❗️E’tibor bering: onlayn ro‘yxatdan o‘tish tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok etishni kafolatlamaydi. Bu “HOPS”ning avtomatik tanlov tizimiga bog‘liq.

2. Onlayn test sinovi “HOPS” operatori tomonidan 2025 yil 14-15-yanvar kunlari o‘tkaziladi.
Test ma’lumotlari faqat ro‘yxatdan o‘tgan va ish beruvchi tomonidan tanlangan fuqarolarga elektron pochta orqali yuboriladi. Elektron pochtangizni diqqat bilan tekshirishingiz kerak.

3. “HOPS” vakillari onlayn test orqali tanlangan nomzodlar bilan bog‘lanib, oflayn suhbat o‘tkazadi va qo‘shimcha ko‘rsatmalar beradi.

Ariza beruvchilar uchun mezonlar:
▪️18-50 yosh;
▪️ rus tilini bilishi;
▪️ yaxshi jismoniy va psixologik holat.

Mehnat sharoitlari:
▪️ish haqi soatiga 11,44£ (15$ atrofida);
▪️ish beruvchi haftasiga kamida 32 soat ishlashni kafolatlaydi;
▪️viza va aviachipta xarajatlari ketuvchi hisobidan.

⚠️ Ro‘yxatdan o‘tish linkini 2025-yil 10-yanvar kuni joylashtiramiz.

⚠️Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan amalga oshiriladi.

🌐 Migratsiya agentligining "xorijda ish" e’lonlar kanali
👍2
⚡️Россияда вақтинча меҳнат фаолиятини олиб бораётган ҳамюртларимиз учун муҳим хабар

Россия Федерацияси Президентининг бугун имзолаган "Россия Федерациясида чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг айрим тоифаларининг ҳуқуқий ҳолатини тартибга солиш бўйича вақтинчалик чора-тадбирлар тўғрисида"ги 1126-сон Фармонига кўра Россияда ноқонуний бўлиб турган чет эл фуқаролари 2025 йилнинг 30 апрель санасигача мамлакатни тарк этиши ёки ҳуқуқий ҳолатини тартибга солиши керак.

Талаб қонуний равишда қолишни истаган хорижликларга нисбатан қўлланилмайди.

❗️Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги 2025 йилнинг январь ойидан бошлаб Россияда ишлаб юрган, аммо, ҳужжатларида камчилиги мавжуд бўлган барча юртдошларимизга ҳуқуқий, амалий ёрдам кўрсатишга тайёр. Бу масала бўйича алоҳида гуруҳ фаолият олиб боради.

Ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнлари ҳақида қўшимча хабар берамиз.
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистонликлар учун Германия визасини онлайн олиш имконияти пайдо бўлди

Германия бу имкониятни кўплаб давлатлар фуқаролари учун жорий қилган. Улар орасида Ўзбекистон ҳам бор.

👉 https://kun.uz/kr/26794076

Kun.uz расмий канали
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Россия ҳудудида ноқонуний фаолият юритаётган бўлсангиз - ҳужжатларингизни тўғрилашга шошилинг!

Ишни нимадан бошлаш керак?

Россия Федерацияси Президенти имзолаган фармон қандай енгилликлар беради?

@migration_TMMA
🇰🇷 Koreya Respublikasidan CCVI vizasi berilgan, ammo hujjatlarini Migratsiya agentligiga topshirmagan fuqarolar diqqatiga!

08.01.2025 holatiga

Ro‘yxatda nomi keltirilgan fuqarolar zudlik bilan Migratsiya agentligiga uchrashishlaringizni so‘raymiz.

Koreya Respublikasiga birinchi marta hamda qayta shartnoma bilan borayotgan fuqarolar:
👉 Ro'yxat (VIP viza)

Talab etilgan hujjatlar:
👉Ro'yxat


CCVI (Confirmation of Certificate for Visa Issuance) — bu Koreya immigratsiya xizmati tomonidan tasdiqlangan ruxsatnoma asosida beriladigan viza turi


⚠️CCVI vizasi chiqqan, ammo o'z vaqtida hujjatlarini taqdim etmagan fuqarolarning ishchi shartnomalari ish beruvchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shu sababdan hujjatlarni o'z vaqtida topshiring!

📱Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qamarinso ko'chasi 1-uy
Googleda
Yandexda

Migratsiya agentligi telefon raqamlari - 1282 qisqa raqam yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.
👍42
🇬🇧 Diqqat!!!

Hurmatli kuzatuvchilar, Migratsiya agentliging xorijda ish veb sahifasida 2025-yil 10-yanvar soat 21:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) Buyuk Britaniyaning “HOPS” rekruting kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan mavsumiy qishloq ho‘jaligi ishlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘t.


👉Ro‘yxatdan o‘tish linki

⚠️ Eslab qoling! Tanlov to‘liq “HOPS" operatori tomonidan bepul amalga oshiriladi.
2
🇬🇧Буюк Британияда тўлаган солиқларингизни қайтариб олинг!

❗️Биласизми, эндиликда Ўзбекистон фуқаролари Буюк Британияда ишлаган вақтида тўлаган солиқларини қайтариш имкониятига эга.

💷Солиқларни қайтаришда 60 £ (фунт стерлинг) хизмат ҳақи қайтариладиган солиқ суммасидан ушлаб қолинади.

🙅‍♂️Олдиндан ҳеч қандай тўловлар йўқ.

👉Анкетани тўлдиринг

ℹ️Маълумот учун: @tax_return_legal

Бизни кузатиб боринг👇👇👇
🇬🇧Буюк Британияда тўлаган солиқларингизни қайтариб олинг!

❗️Биласизми, эндиликда Ўзбекистон фуқаролари Буюк Британияда ишлаган вақтида тўлаган солиқларини қайтариш имкониятига эга.

💷Солиқларни қайтаришда 60 £ (фунт стерлинг) хизмат ҳақи қайтариладиган солиқ суммасидан ушлаб қолинади.

🙅‍♂️Олдиндан ҳеч қандай тўловлар йўқ.

👉Анкетани тўлдиринг

ℹ️Маълумот учун: @tax_return_legal
Рамазон ҳайити муборак бўлсин!

Аллоҳ барчамизнинг ибодатларимизни қабул қилсин, файзу барака насиб этсин.
👍7
⚠️Turkiya Respublikasida ishlashni rejalashtirayotgan yoki noqonuniy maqomda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarini huquqiy maqomlarini qonuniylashtirishga chaqiramiz!

Turkiya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda va ayrim sohalarda (uy xizmatlari, bola va qariya parvarishi, chorvachilik) legallashtirish uchun maxsus imtiyozlar taqdim etilmoqda.

❗️Lekin, bunday imtiyozlar hukumatning rasmiy hujjatlari bilan tasdiqlanmagan va faqat yuqoridagi infografikadagi shartlarga mos kelgan shaxslarga beriladi:

Agar siz ushbu talablarga javob bersangiz, legallashtirish uchun migratsiya boshqarmasiga murojaat qiling, va vaqtinchalik yashash guvohnomasi olish imkoniyatiga ega bo‘ling.


📌 Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi: Anqara shahri, Yıldız-Chankaya tumani, Sanjak mahallasi, 549-ko‘cha, 3-uy.
+903124411746 (Telegram, WhatsApp)
+905356353277
📍Локация

@migration_TMMA
4