Migration.uz | Хабарлар
298 subscribers
139 photos
62 videos
1 file
256 links
Ташқи меҳнат миграцияси масалалари бўйича ахборот ва тавсиявий канал

Савол ва қўшимча фикрлар учун:
📨: @info_2332400
Download Telegram
Migration.uz | Хабарлар
Bugun, 30-may kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar rus tilida onlayn test o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar!

Bugun Slovakiya Respublikasida avtomobilsozlik sohasida ishlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun rus tili bo‘yicha onlayn test o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xorijda.ish platformasi belgilangan yuklamani ko‘tara olmaganligi sababli test ishlash imkoniyati texnik muammolar bartaraf etilgunga qadar bir muddat to‘xtatib turiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy telegram kanalida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun – 30-may kuni soat 16:10 dan 21:10 ga qadar rus tilidan onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

❗️20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.
Eʼlon!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayerda?
Toshkent shahridagi
„Ishga marhamat“ monomarkazida.

Qachon?
📍
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha.

Kimlar uchun?
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 xalqaro til sertifikatiga ega;
📍kasbiy malaka diplomiga ega (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.

Qaysi kasb turlari?
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgor;
- avtochilangar;

- mehmonxona;
- restoran
;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshira;
- parvarishlash.

Qatnashuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi uchun tez orada alohida link beriladi.

Eslatma!
Tarjimai holni nemis tilida yozishingiz, barcha ma'lumotlarni to'liq kiritish, ayniqsa, egallagan kasb bo'yicha tajriba haqida batafsil yozish va qo'shimcha hujjatlar bilan ro'yxatdan o'tish uchun tayyor turish tavsiya etiladi.

@migration_TMMA
👍1
🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor

Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftasiga 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

@migration_TMMA
Кореяда ишлаётганлар билиб қўйганинигиз яхши.

Меҳнатни муҳофаза қилиш корпорацияси

Вазифаси:
Иш билан боғлиқ жароҳатлар, касаллик, ногиронлик ёки ўлим ҳолатларида даволаниш ва компенсация олиш учун ариза бериш орқали даволаниш ва суғурта тўловларини тўлаш.
телефон: 📞1577-0071

Чет эллик ишчи кучи маслаҳат маркази
Вазифаси:
Иш билан боғлиқ шикоятлар бўйича маслаҳат (маҳаллий тил бўйича маслаҳатчилар орқали 16 тилда маслаҳат олишингиз мумкин) телефон: 📞 1577-0071

@migration_TMMA
Migration.uz | Хабарлар
Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.
Бунга фақат кара ҳайдовчилик гувоҳномаси борлар қатнаша олади. Фуқаролар олдин рус тили имтиҳонидан тест қилинади, кейин иш берувчи теоретик ва амалий синовидан ўтади.

Рўйҳатдан ўтишда алоҳида кара ҳайдовчи гувоҳномасини юклаш деган ячейкаси бор.
🇧🇬 Ingliz tilini biladigan loyihalovchi muhandislar Bolgariyaga ishga taklif etiladi

Ish haqi:

💢muhandis - 1100$;
💢oyna ishlab chiqarish ishchisi - 1110$;
💢elektrik - 832$.

Muhandislar uchun talablar:
🔹qismlar va chizmalarni tayyorlash, ishlab chiqarish;
🔹ishlab chiqarish chizmalari va sohaga oid dizayn ishlaridagi tajriba 4-5 yil;
🔹oliy maʼlumotli qurilish muhandisi;
🔹ingliz tilini kamida B1 darajada bilish.

Oyna ishlab chiqarish ishchisi:
🔹duradgorlik sohasida ish tajribasi (alyuminiy bilan ishlay olish);
🔹ish tajriba;
🔹rus tilini mukammal bilish.

Elektrik:

🔹qo'lda ishlaydigan elektr asboblar bilan ishlash;
🔹loyihani o'qish qobiliyati;
🔹soha bo'yicha erkin fikrlash;
🔹rus tilini mukammal bilish.

Umumiy talablar:

🔹25-35 yosh (erkak);
🔹 sudlanmagan:
🔹kamida 5 yillik tajriba.

Yotoqxona, aviachipta, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish ish beruvchi tomonidan.

Agentlik xizmati, viza, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi to'lov fuqaro hisobidan.

👉
Ro‘yxatdan o‘tish (muhandis)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (oyna ishlab chiqarish ishchisi)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (elektrik)

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar quyidagi havola orqali 7-iyun soat 9:00 dan 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

@migration_TMMA
🇸🇰 Slovakiyada ishlash uchun 4-6-iyun kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun soat 15:00 dan 18:00 ga qadar rus tilida onlayn test o‘tkaziladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

🔹20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.
🇷🇸Serbiyada mavsumiy qishloq xo'jaligi sohasida ishlashni xohlaysizmi?

▪️ish haqi 688 yevrodan boshlanadi (soliqlar ushlangandan keyin);
▪️yosh chegarasi - 20-50 yosh;
▪️kafolatlangan oylik ish soati - 200 soat;
▪️bepul yashash joyi;
▪️bepul 3 mahal ovqat;
▪️tibbiy sug‘urta;
▪️shartnoma yakunlangandan so'ng 150 yevro bonus.

Talablar:
▪️rus tilini bilish;
▪️jismonan sog‘lom bo‘lish;
▪️Serbiyaga ketish xarajatlarini qoplash.

Shartnoma muddati 10.08.2024 dan 10.12.2024 gacha!

Nomzodlar soni 500 nafarga yetganda ro'yxatdan o'tish yakunlanadi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish
#АҚШ элчихонаси бугундан ноиммиграцион визалар бўйича янги веб-сайтни ишга туширди.

Янги хизматга кўра, #виза бўйича маълумот олиш, виза тўловини амалга ошириш, суҳбат санасини белгилаш ҳамда паспортни етказиб бериш хизматидан фойдаланиш имкониятлари мавжуд бўлади.

Айтилишича, Тошкент марказида паспортларни тақдим этиш учун янги жой ташкил этилади, қўшимча тўлов эвазига республика бўйлаб паспортни етказиб бериш йўлга қўйилади.

Виза тўлови суҳбат санасини белгилашдан аввал амалга оширилади. Виза тўлови “Tenge Bank”нинг барча филиалларида нақд пул ёки веб-сайтда пластик карта орқали тўлаш мумкин.

Тўловлар #АҚШ элчихонасида қабул қилинмайди.

@migration_TMMA
🇧🇬 Ingliz yoki rus tilini biladigan oshpaz va xona tozalovchilar uchun Bolgariyada ish bor!

Ish haqi:
💢xona tozalovchi – 680 dollar (soliqlar ushlangandan keyin);
💢oshpaz – 970 dollar (soliqlar ushlangandan keyin).

Oshpaz uchun talablar:
🔹Milliy va yevropa taomlarini tayyorlash;
🔹mangalda va tandirda ishlashni bilish;
🔹oshpazlik bo‘yicha sertifikat, diplom, guvohnoma;
🔹ish tajribasi kamida 3 yil.

Xona tozalovchi:
🔹mehmonxona xonalarini tozalash;
🔹choyshablarni yangilash;
🔹tozalikka rioya qilish.

Umumiy talablar:
🔹22-45 yosh (ayol/erkak);
🔹sudlanmagan:
🔹kamida 3 yillik tajriba.

Yotoqxona, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi hisobidan.

Agentlik xizmati, viza va aviachipta, o'qitish va ko'niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi to'lov fuqaro hisobidan.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish (oshpaz)
👉 Ro‘yxatdan o‘tish (xona tozalovchi)

Ushbu talablarga mos keluvchi fuqarolar quyidagi havola orqali 10-iyun soat 14:30 dan 23:59 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

@migration_TMMA
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor

Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni #Slovakiyada omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab bonuslar beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) ва 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 10-iyun soat 15:00 dan 12-iyun 09:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉Ro'yxatdan o'tish

❗️MUHIM:
👉 Ro'yxatdan o'tishda rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart
.

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

@migration_TMMA
Ўзбекистоннинг Корея Республикасидаги элчиси Фен жаноблари вафот этибди. Оиласига сабр тилаймиз.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кara xaydovchilari uchun amaliy tanlov boshlandi)
#Live

Nemis ishberuvchilari Jobmessesi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

🇩🇪 Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Germaniyaning 10 dan ortiq salohiyatli ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida "Mehnat yarmarkasi" davom etmoqda.

👉 lokatsiya