Migration.uz | Хабарлар
298 subscribers
139 photos
62 videos
1 file
256 links
Ташқи меҳнат миграцияси масалалари бўйича ахборот ва тавсиявий канал

Савол ва қўшимча фикрлар учун:
📨: @info_2332400
Download Telegram
🇰🇷Қишлоқ хўжалиги ва хизмат кўрсатиш-2 соҳаси номзодлари учун малака имтиҳони кунлари маълум бўлди

Корея Республикасида ишлаш мақсадида ЭПС-Топик имтиҳонидан муваффақиятли ўтган қишлоқ хўжалиги соҳаси номзодлари учун 1-2 май кунлари, хизмат кўрсатиш-2 соҳаси номзодлари учун 3-4 май кунлари малака имтиҳони (skill test) бўлиб ўтиши режалаштирилган.

👉 Номзодлар рўйхати (қишлоқ хўжалиги)

👉 Номзодлар рўйхати (хизмат кўрсатиш-2)

Шу муносабат билан, номзодлардан малака имтиҳонига пухта тайёргарлик кўриш сўралади.

Имтиҳон манзили: Тошкент шаҳар Яшнобод тумани Паркент кўчаси 331-уй (Тошкент шаҳридаги «Ишга марҳамат» мономаркази биноси).

👉 Локация

☎️ Мурожаат учун: 71 202-33-55, 71 200-00-61 ёки 1282 қисқа рақами
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Германия'да ишламоқчи бўлган ҳамюртларимизни «DaF-Sprachzentrum» немис тили марказига таклиф этади!

Мазкур марказда ўқиб, B1 ёки B2 даражадаги тил сертификатларини қўлга киритганингиздан сўнг #Германия'га тўғридан-тўғри иш ёки #Ausbildung (дуал таълим) орқали ишга бориш имкониятини қўлга киритасиз.

Ҳозирда «DaF-Sprachzentrum» немис тили маркази Тошкент шаҳри, Бухоро, Фарғона, Наманган, Навоий, Самарқанд ва Хоразм вилоятларида фаолият олиб бормоқда.

Тошкент шаҳри
Тел.: +998900027766, +998959891609;
Бухоро
Тел.: +998904129795;
Фарғона
Тел.: +998905351099;
Наманган
Тел.: +998972581226;
Навоий
Тел.: +998906652525;
Самарқанд
Тел.: +998901599888;
Хоразм
Тел.: +998918623693.

@migration_TMMA
Эртага Тошкент вақти билан 21:00да dvprogram.state.gov сайтида грин-карта натижалари эълон қилинади.
👍3
Қозоғистонга боришни режалаштираётган Ўзбекистон фуқаролари диққатига

Қозоғистон Республикасига кириш қоидаларига ўзгартиришлар киритилгани муносабати билан Ташқи ишлар вазирлиги Қозоғистонга кириш ва чиқишда фуқароларимизга барча зарур ҳужжатларни ўзлари билан олиб юришни тавсия қилади.

Шу билан бирга, Ўзбекистон-Қозоғистон ёки Россия-Қозоғистон чегарасини кесиб ўтишда нафақат Қозоғистонга, балки Россия Федерациясига ҳам киришда ҳеч қандай тўсиқлар йўқлигига олдиндан ишонч ҳосил қилиш лозим, чунки Россия ва Қозоғистон ўртасидаги маъмурий ва жиноий ишлар бўйича қарорларни ўзаро тан олиш ва ижро этиш тўғрисидаги келишувларга мувофиқ Қозоғистоннинг ваколатли органлари Россия Федерациясининг миграция ва бошқа қонун ҳужжатларининг бузилиши ёки тўланмаган жарималар мавжудлиги бўйича текширув ўтказадилар.

Агар Россия Федерациясида бўлиш даврида қайд этилган қоидабузарлик ёки тўланмаган жарима аниқланса, Қозоғистон томони Ўзбекистон фуқаросининг Қозоғистонга кириши ёки чиқишини тақиқлаш тўғрисида қарор қабул қилиши мумкин.

Манба: https://mfa.uz/35836
Германияда ҳамширалик ва парвариш соҳалари Ausbildung!

Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги ҳамда #Германия ФРнинг «Amudarja GmbH|Fluss in Sprachen und Karrieren» ташкилоти томонидан мазкур давлатнинг йирик шифохоналарида #Ausbildung тизими орқали ишга таклиф этилади.

Номзодлар учун талаблар:

Немис тилини камида B1 даражада билиш ва тасдиқловчи сертификат;
18-35 ёш;

Имкониятлар:

Ойлик стипендия:
1-ўқиш йилида 1.340 евро;
2-ўқиш йилида 1.402 евро;
3-ўқиш йилида 1.503 евро.

#Германия аэропортидан иш жойигача трансфер;
арзонлаштирилган турар-жой билан таъминлаш;
Ausbildung жараёнидан сўнг узоқ муддатли меҳнат шартномаси имконияти.

👉 Рўйхатдан ўтиш

@migration_TMMA
🇰🇷Koreya Respublikasida qishloq xo’jaligi va xizmat ko’rsatish-2 (mehmonxona va oshxona ishlari) sohalarida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida joriy yil 1-4 may kunlari malaka imtihonida (skill) ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!

Inson resurslarini rivojlantirish xizmati ma'lumotlariga ko'ra, qishloq xo’jaligi sohasida 1713 nafar, xizmat ko’rsatish-2 sohasida 1237 nafar fuqaro malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan.

👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (qishloq xo’jaligi)
👉 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar (xizmat ko’rsatish-2)

Nomzodlardan anketa maʼlumotlarini yashash hududidagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining hududiy filiallariga taqdim etishlarini so‘raymiz.

👉 Anketani yuklab olish

👉 Hududiy filiallar manzillari

@migration_TMMA
Rus tilini yaxshi biladigan 1200 nafar yurtdoshimizni Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda

▪️Oylik maosh
qo‘lga tegadigani 900 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;

▪️haftasiga 5 kun ish;

▪️xodim tibbiy sugʻurta qilinadi.

❗️E'tibor bering, ishga 18 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, rus tilini yaxshi biladigan erkaklar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar rus tilidan onlayn test orqali saralab olinadi
.

Tanlovdan o‘tgan, ish beruvchining talabiga mos keluvchi nomzodlar 4 kundan 7 kungacha amaliy mashgʻulotlarni oʻtaydi.

Mashg‘ulot to‘lovlari, ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Avtomobil zavodida vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz 2024-yil 16-maydan, 20-may soat 18:00 ga qadar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim.

👉 Roʻyxatdan oʻtish
👍1
Migration.uz | Хабарлар
Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga
☎️ Қўшимча маълумотлар учун:

71 202-33-55
71 200-00-61
1282 (қисқа рақам)
"ConsultingUz"dan Germaniyaga yangi ish vakansiyasi!

Ausbildung Fachmann/-frau Systemgastronomie

- 2024 yil Iyul oyidan boshlanadi
- 3 yil
- 1-yil 760€; 2-yil 850€; 3-yil 975€
- Yashah joyi ijarasi oyiga 75€
- NEMIS TILIDAN B1 Sertifikat shart

Lebenslauf va Sertifikatingizni quyidagi elektron pochtaga jo'nating:

consultinguz@hotmail.com
Билиб қўйган яхши.

🇰🇷 Кореяда юрганизда маъмурий жазо олишингиз мумкин бўлган ҳаракатлар.
Кичик ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги қонун жиддий ёки оғир жиноят ҳисобланмасада, лекин бошқаларга зарар етказадиган ёки жамоат тартибига зид бўлган қилмишларни назарда тутади.
Кичик ҳуқуқбузарликлар учун жарималар қўлланилади ёки умумий ҳукм орқали жазоланади (расмий суд тартибида эмас)

Жаримага тортиладиган шахслар

Сигарет қолдиғи, сақич, қоғоз, ахлат ва бошқаларни қасддан ташлайдиган ҳаракатлар.
Йўлда ёки паркда ва бошқа жойларда қасддан тупуриш ёки ҳожат ишини қиладиган ҳаракатлар.
Парк ёки истироҳат боғларда гуллар ёки дарахтларни узиш ҳаракатлари.
Узрли сабабларсиз йўлни тўсиш ёки баҳслашиш ҳаракатлари.
Мусиқа асбоби, радио, телевизор ва бошқаларнинг товушни ҳаддан ташқари баланд қилиш ҳаракатлари.
Баланд овозда гапириб ёки қўшиқ айтиб шовқин қилиш ҳаракатлари.
Станция ва автобус бекатларида навбатда турганда навбатни бузиб ўтиш ҳаракатлари.

@migration_TMMA
Migration.uz | Хабарлар
Slovakiyadagi avtomobil zavodi ishga taklif qilmoqda
Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

2024-yilning 30-may kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar rus tilida onlayn test o‘tkaziladi.

Nomzodlar:

🔹16-may kuni berilgan eʼlon bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

🔹onlayn testda faqatgina bir marta qatnashish mumkin.

🔹20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi (testni 55 foiz ishlagan yoki 11 ta yechgan nomzod keyingi bosqichga o‘tadi).

🔹testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.

❗️Unutmang testdan o‘tish sizga ishga qabul qilinish statusini bermaydi.
Migration.uz | Хабарлар
Bugun, 30-may kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar rus tilida onlayn test o‘tkaziladi.
Hurmatli fuqarolar!

Bugun Slovakiya Respublikasida avtomobilsozlik sohasida ishlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar uchun rus tili bo‘yicha onlayn test o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi.

Xorijda.ish platformasi belgilangan yuklamani ko‘tara olmaganligi sababli test ishlash imkoniyati texnik muammolar bartaraf etilgunga qadar bir muddat to‘xtatib turiladi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rasmiy telegram kanalida qo‘shimcha maʼlumot beriladi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolardan keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
Slovakiyadagi avtomobil zavodida ishlash uchun 16-20-may kunlari ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar diqqatiga!

Bugun – 30-may kuni soat 16:10 dan 21:10 ga qadar rus tilidan onlayn test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun nomzodlarning anketada ko‘rsatilgan telefon raqamiga hamda platformadagi shaxsiy kabinetiga havola yuboriladi.

❗️20 ta test uchun 10 daqiqa vaqt ajratiladi. Testning kamida 11 tasini to‘g‘ri yechgan nomzodlar keyingi bosqichda ish beruvchi bilan suhbatga jalb qilinadi.
Eʼlon!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Germaniya ish beruvchi tashkilotlari ishtirokida ilk bor "Mehnat yarmarkasi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Qayerda?
Toshkent shahridagi
„Ishga marhamat“ monomarkazida.

Qachon?
📍
2024-yil 19-iyun soat 9:00 dan 17:00 gacha;
📍2024-yil 20-iyun soat 9:00 dan 12:00 gacha.

Kimlar uchun?
📍18 yoshdan 40 yoshgacha;
📍nemis tilidan kamida B1 xalqaro til sertifikatiga ega;
📍kasbiy malaka diplomiga ega (texnikum, kollej yoki oliy ta’lim bakalavr diplomi);
📍1 yillik kasbiy tajriba.

Qaysi kasb turlari?
- elektrik;
- payvandchi;
- duradgor;
- avtochilangar;

- mehmonxona;
- restoran
;
- IT;
- qishloq xo‘jaligi;
- hamshira;
- parvarishlash.

Qatnashuvchilar ro‘yxatdan o‘tishi uchun tez orada alohida link beriladi.

Eslatma!
Tarjimai holni nemis tilida yozishingiz, barcha ma'lumotlarni to'liq kiritish, ayniqsa, egallagan kasb bo'yicha tajriba haqida batafsil yozish va qo'shimcha hujjatlar bilan ro'yxatdan o'tish uchun tayyor turish tavsiya etiladi.

@migration_TMMA
👍1
🇸🇰 Haydovchimisiz? Slovakiyada ish bor

Rus tilini yaxshi biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftasiga 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 6-iyun soat 18:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

@migration_TMMA