Bugun tushlik uchun Skip the Dishes xizmati orqali ovqat aytgandim. «Ob - havo, yo’llarni noqulayligi tufayli buyurtmang odatdagidan sekinroq boradi», degan ogohlantirish bor edi vebsaytida. Shunga qaramay buyurtma berdim, 35-45 daqiqalarda boradi degan qayd chiqdi.
Lekin bir soat deganda ham kelavermadi. To’g’rirog’i, buyurtma tayyor, ammo hali Skip the dishes’ning haydovchisi borib uni olgani yo’q. (Yo’llar darhaqiqat o’ta yomon, sirpanchiq edi bugun).
Ishtaha bilan buyurtma qilganim, ruhan uzog’i bilan 50 daqiqalarda ovqatni yeya boshlashga o’zimni tayyorlab qo’yganimga, kelavermagach hafsalam pir bo’lib turgandi. Telefon qilib ming bor uzr so’rab qolishdi. Va tez orada yetkazib berishlarini aytishdi.
Shundan keyin, ovqat ham kelib qoldi, dastlabki aytilgan vaqtdan bir soat kech.
So’ngra: « seni vaqtingni qadrlaymiz, bugun kuttirganimiz hisobidan $7 kredit berdik », deb email yuborishdi ⬇️.
Guvohi bo’lganingizdek, ogohlantirishlariga qaramasdan, avval boshda aytilgan vaqtdan sekin xizmat ko’rsatishgani uchun shaxsan qo’ng’iroq qilishdi, kredit berishdi. Nega:
- Qonuniy jihatdan, menga aytilgan xizmatni aytilgan vaqtda bajarisha olmadi. Shunaqa vaziyatda, deylik, mijozning oshqozoni kasal bo’lsayu, ovqat kech kelgani sog’lig’iga jiddiy ta’sir qilsa yoki boshqa turdagi jabr ko’rsa, Skip the dishes’ni sudga berib, keltirilgan zararni talab qilishga haqqi bor;
- Raqobat kuchli, mijozlarni esa iloji boricha saqlab qolish kerak. Pul ketsa ham, obro’ ketmasin deyishadi-da;
Shunaqa gaplar...
P.S. Ob - havo noqulayligi bois savol va takliflarga sekinroq javob berayotganim uchun mazur tutasizlar... Lekin, bitta qo’ymay o’qib boryapman.
@MenSenvaUlar2

Kanalni yuritayotganimdan beri Kanadaga qanday kelganligim haqida ko’p savollar bo’ldi. Bugungi postlar shu haqida.
(1/2)
Kanadaga doimiy yashash uchun Malakali xodimlar dasturi (Federal Skilled Worker) orqali kelganman. Bu dasturga boshqa bir qator immigratsiya dasturlari kabi Express Entry onlayn platformasi orqali hujjat topshiriladi.
Quyida dasturning umumiy shartlari, muddatlari va umumiy xarajatlari haqida aytib o’taman.
Umumiy shartlar:
- Oliy ma’lumotli bo’lish;
- Kamida bir yillik malakali ish tajribasi;
- IELTS (General) 6+
Mazkur shartlar umumiy bo’lib, bu talablarga javob bersangiz, Express Entry orqali profil ochib Kanadaga immigratsiya qilishga qiziqish bildirsangiz bo’ladi. Yuqoridagi shart va yana boshqa kriteriyalar bo’yicha sizga 600 ballik sistemada ball beriladi. Ballingiz qancha yuqori bo’lsa, sizda immigratisiyaga ariza topshirish uchun taklifnoma olish imkoniyatingiz shuncha yuqori bo’ladi. Qiziqish bildiruvchilar ko’p, o’rinlar esa cheklangan – raqobat kuchli. Gapni qisqasi, yuqoridagi uch shartga javob berishning o’zi yetmaydi.
Realistik o’tish shartlari:
- Magistrlik darajasi;
- Kamida uch yillik malakali ish tajribasi;
- IELTS (General) 7-7.5+
- Yoshi iloji boricha yosh. Maksimal ball 21-29 yosh oralig’idalarga beriladi. Yosh katta bo’lgani sari, ball kam berila boradi;
- Agar turmush qurgan bo’lsa, turmush o’rtog’ining til bilish va ta’lim darajasi ham hisobga olinadi;
Bosqichlari:
A. Dastlabki bosqich
Deylik, yuqoridagi realistik o’tish shartlarini qondira olasiz. Ishni dastlab mana bu ikki hujjatni tayyorlashdan boshlaysiz:
1. IELTS (General) natijasi;
2. Oliy ma’lumotingiz to’g’risidagi hujjat Kanadadagi ta’lim darajasiga qiyoslanganligi to’g’risida hujjat. (Masalan, iemagistrlik diplom + ilovani DTMdan Apostildan o’tkazib, notarial tasdiqlatib, ingliz tiliga tarjima qildirib Kanadaga, maxsus muassasaga yuborasiz;
Ular hujjatlaringizni ko’rib chiqib, sizning magistrlik darajangiz Kanadadagi magistrlik darajasiga tengligini tasdiqlovchi xat berishadi.
Mazkur ikki hujjatni olgandan so’ng, siz Express Entry’da profil ochib, o’zingiz haqingizda to’liq ma’lumot kiritasiz.
B. Ikkinchi bosqich
Har ikki haftada eng yuqori ballga ega profil egalari immigratsiyaga hujjat topshirish uchun taklifnoma olishadi. Deylik, siz ham oldingiz. Shundan so’ng, siz 2-3 oy ichida quyidagi qo’shimcha hujjatlarni to’plashingiz lozim:
1. Pasport nusxasi;
2. 18 yoshingizdan beri yoki oxirgi 10 yil ichida 6 oydan ko’p yashagan davlatlaringizdan sudlanmaganligingiz to’g’risida ma’lumotnoma (lar);
3. Maxsus tibbiy ko’rikdan o’tish (Aynan Kanada Immigratsiya vazirligi tavsiya etgan shifokordan; Men Bishkekga uchib kelishimga to’g’ri kelgandi);
4. Ish joylaringizdan ma’lumotnoma;
5. Ta’lim hujjatlaringiz;
6. Bank hisobingizdan ma’lumotnoma (oxirgi 6 oylik balansini ko’rsatgan holda) – 1 kishiga minimum 12,699 CAD;
7. Har bir ariza topshiruvchi uchun 1,040 CAD to’lov;
8. 2 X rasm;
9. Nikoh guvohnomasi (turmush qurganlar uchun);
10. Va yana profilingizdagi ko’rsatilgan ma’lumotlardan kelib chiqib boshqa hujjatlar;
Yuqoridagi hamma hujjatlar notarial tasdiqlangan va ingliz tiliga o’girilgan bo’lishi lozim.
Ushbu hujjatlarni topshirib, maximum 6 oy kutasiz. Hamma hujjatlaringiz ko’rilib, siz haqqingizda kerakli tekshiruvlar qilishganidan so’ng, pasportingizni Viza Ofisiga yuborishingizni so’rashadi.
C. Oxirgi boshqich
Men Moskvadagiga yuborgandim. Adashmasam, hozir o’zingiz ham borib kelishingizga to’g’ri keladi. Chunki endilikda biometrik ma’lumotlar ham topshirilishi talab etilmoqda.
Vizangizni olgach, bilet olib kelaverasiz - “Qaydasan ey qorli o’lka?”- deb 😊.
Foydali manbalar:
- Immigratsiya vazirligi vebsayti
- Kanadaga immigratsiya bo’yicha forum
- Express Entry ishtirokchilari FB guruhi
- Kanadadan turib immigratsiya ishlari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi yuridik firma
- Qolganiga Google va Youtube
Davomi keying postda ⬇️
https://t.me/MenSenvaUlar2

(2/2)
Yuqorida men faqat federal miqyosidagi bitta dastur haqida aytib o’tdim. Bundan tashqari ko’plab provinsial dasturlar mavjud; ularning o’z - o’zidan shart va talablari turlicha. Ular haqida deyarli ma’lumotga ega emasman, lekin bilganimcha vebsaytlariga havola qoldiraman:
- Ontario provinsiyasi
- Manitoba provinsiyasi
- Saskatchevan provinsiyasi
- Atlantika bo’yi provinsiyalari
- Qvebek provinisiyasi
- Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasi
Bulardan tashqari Kanadaga:
- Sayyoh
- Oila a’zolaringizni ziyorat etuvchi
- Turmush o’rtoq
- Talaba
- Ishchi viza (Kanadada oldindan o’ta malakali/ noyob kadr sifatida ish topgan taqdiringizda)
- Qochqin
- Sarmoyador va boshqalar sifatida tegishli viza olib kelishingiz mumkin. Va bunda yuqoridagi Immigratsiya vazirligi vebsayti sizga yordamchi bo’ladi.
Omad!
Kanalimizni kuzating @MenSenvaUlar2

Salom azizlar, oxirgi postimdan keyin Muloqot boti orqali ko’p savollar kelayapti. Bu o’qib, kuzatib borayotganingizni bildiradi va bundan juda xursandman.
Quyida eng ko’p berilayotgan savollarga to’xtalib o’tsam, boshqalarga ham qiziqdir balki.
Nega Buyuk Britaniyada qolmay Kanadaga ketgansiz? Britaniya yaxshi emasmidi?
Britaniyada qolmaslik va Kanadaga kelishlik hayotimda bir – biriga bog’liq bo’lmagan alohida qarorlar bo’lgan. Biror kun batafsil yozaman.
Kanadada ta’lim olish, talaba vizasi haqida ma’lumot bersangiz….
Buni ham yozmoqchi mavzularim ro’yxatiga kiritdim. Shu desanglar, o’zim bir izlanib ko’rishim kerak bo’ladi. Chunki bu borada Kanadada hech ishim tushmagan.
Men XYZ sohada ishlayman/ o’qiyman – Kanadada ish topish ehtimolim qanday.
Hozircha qisqa qilib to’xtalsam, agar siz tibbiyot yoki huquqiy sohadan boshqa sohada o’qisangiz yoki ishlasangiz, sizning ma’lumot va ish tajribangiz albatta inobatga olinadi. Ammo, sohangiz bo’yicha bilimlaringiz, malaka va tajribangizdan (technical skills) tashqari, sizdan boshqa professional sifatlar ham (soft skills) talab etiladi. Masalan, samarali muloqot qila olish, vaqtni to’gri boshqarish, jamoada ishlay olish va hzo. Ish izlash va o’zimning ish topish jarayonim haqida ham biror kun batafsil yozaman.
ILETS’dan 6-7 olish qiyin masalaligi qabilidagi izohlar…
Azizlar, Kanadada rasmiy tildan biri ingliz tili. Boshqasi fransuz tili. Mundoq do’ppini boshdan olib qo’yib o’ylab ko’rilsa, tilni yaxshi bilmay turib doimiy yashashga kelish to’g’ri bo’larmikin? Yaxshi muloqot qila olmasak, o’zimiz istagan sohada ishlay olmasak, jamiyatga aralashib keta olmasak…O’zi hayot sifati yaxshi va imkoniyatlar ko’pligi uchun kelishni istashadiku ko’pchilik.
Immigratsiya bu jasorat talab qiladigan ish. Jamiyatda, professional hayotda shuncha yillik erishganlaringizga, mehnatlaringizga ko’z yumib, do’st- yaqinlaringizni ortda qoldirib hammasini “0”dan boshlashga kelasiz. Bazi narsalarni “-1” dan ham boshlash kerak. Tilni yaxshi bilishiningiz esa bu jarayonni ancha yengillashtiradi.
Shunaqa gaplar…
Mundoq olib qarasa, savollarni ko’piga yana batafsil yozaman deb javob beribmanmi? 🤦🏻♀️

Kecha o’rtog’im bilan taniqli stand up’chi va The Daily Show’ning boshlovchisi Trevor Noahning “Loud and Clear” deb nomlanuvchi konsertiga tushdik.
Bu so’z ustasini ham tili o’tkirligi, ham yumorga ijtimoiy yondashib, biror dolzarb masalalarni ham hazil tariqasida olib chiqa olishini yoqtiraman. Shu paytgacha Netflix yoki Youtube orqali chiqishlarini ko’rib kelardim. Ottavaga kelayotganini eshitib, qanchalik quvonganim esimda. Talab ko’pligidan bir kechaning o’zida ikki bor chiqish qildi.
Mavzu ochilganida, Shimoliy Amerika stand up’chilari orasida menga yoqadigan 3 tasi haqida aytib o’tsam. Qiziq jihati shundaki, uchchalasi ham yoki immigrant yoki immigrant oilada voyaga yetgan. O’zim ham immigrant bo’lganimga, ularning hazillari odatda men kundalik vaziyatda duch keladigan mavzularga yaqindir (ya’ni “в тему”). Boshqa stand up’chilarning chiqishlarini ham ko’rib ko’rganman. Ochig’ini aytaman, hazillarini lug’aviy jihatdan tushunsam ham, kontekst jihatdan doim ham yetib kelavermaydi.
1. Trevor Noah. O’zi Janubiy Afrikada tug’ilib o’sgan. Hozir AQShda yashab, faoliyat ko’rsatadi. Bu bolani intelektual salohiyati eng ko’p hurmatimni qozongan. Masalan, siyosiy mavzularda ham hazil qilishga bemalol salohiyati yetadi. Lekin, Donald Trampni ustidan hazil qilish uchun ortiqcha salohiyat ham shart emas aslida. Uning har ishi, gapi shundoq ham kulguga sabab bo’laveradi.
2. Maz Jobrani. Asli kelib chiqishi eronlik bu stand up’chining hazillari Trevornikidan ham ko’proq yaqindek bizga. Chunki din va mintaqa birligi tufayli, forslar bilan kundalik hayotdagi odat va qadriyatlarda o’xshash jihatlarimiz ko’p.
3. Russell Peters. Hindistonlik immigrant oilada o’sgan bu stand up’chi ham butun dunyoda taniqli stand up’chilardan hisoblanadi.
Quyida ularning ayrim chiqishlarini nomini qoldiryapman, ko’rib ko’rishinglarni tavsiya qilaman.
❕Ayrim hazillari 18+/ ma’naviyatchilar + bo’lishi mumkin.

Bu qahramonimiz “Shimoliy Qutb” degan bayroq o’rnatayotsa, o’tkinchi bir odam:
- Uzr, og’ayni. Sen e-endi Ottavaga yetding!
(c) FB’dagi CanadaUz guruhi

Bugun lirik, yo’g’ey nasriy chekinish qilishga nima deysiz?
Qor mavzusidagi postlarimiz ruknini davom ettiramiz, faqat bu safar diqqatimiz markazida Kanada emas Turkiya bo’ladi. Dam olish kunlari bir kitobni tugatdim. Shu haqida sizlar bilan ham bo’lishay dedim.
Ka, Kar, Kars. Adabiyot bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori Orhan Pamukning 2002 yilda nashrdan chiqgan Qor nomli romani shu uchchalasi atrofida qurilgan. Asarda kumush qorga burkangan Turkiyaning Kars shaharchasida Ka ismli qahramonimizning 90- yillar oxiridagi qishning qariyb uch kunida boshidan kechirgan voqealari yoritilgan.
Kars Turkiyaning shimoliy – sharqiy nuqtasidagi chegara hudud bo’lib, bir vaqtlar ruslar, keyinchalik armanlar qo’l ostida ham bo’lgan. Kani esa bu yerga yoppasiga o’z joniga qasd qilayotgan yosh qizlar ishi bo’yicha ma’lumot to’plashga yuborishgandi.
Suiqasdlar, ishsizlik, qashshoqlik o’chog’i bo’lgan bu shaharcha Turkiyadagi g’arb va sharqcha qarash va qadriyatlar to’qnashuvi, dindorlar va sekulyar davlat tarafdorlari, turklar va kurdlar, turklar va armanlar o’rtasidagi nizolarni mikro darajada, asar qahramonlari ruhiyatida neytral yorita olgan. Hamma taraflarning o’z haqiqati bor.
Asar bo’ylab tinmay yog’ayotgan qor Karsdagi nizo-yu ziddiyatlarni ko’mib ketolmagandek. Asar yozilganidan 16-18 yil o’tganiga qaramay, bu nizolar, ayniqsa din va sekulyarizm mavzusi hali ham eskirmagandek. Ayniqsa, Turkiyaning o’tgan yilgi saylovlaridan keyin…
Bir so’z bilan aytganda asar juda yoqdi, garchi uni o’qish og’ir kechgan bo’lsa ham. Orqasidan mashxur Beatles guruhi a’zosi John Lennonning “Tasavvur qil” (Imagine) ashulasini eshitib yuborilsa, biroz yengillik beradi menimcha…
Tasavvur qilki, mamlakatlar bo’lmasa
Buni qilish mushkul ish emas aslida
Shunda nechun kerak jon olmoq yo jon bermoq
Yana dinlar ham bo’lmasa
Tasavvur qil butun insoniyat
Tinch – totuvlikda ahil yashasa….
Meni xayolparast deya tushunarsiz
Ammo faqatgina men bunday o’ylamam
Kuni kelib siz ham qo’shilarsiz
Va dunyo bir butun bo’lgay
Doimgidek, tarjima uchun rozi bo’lasizlar…

⬆️ Yuqoridagi asar haqida nima deb o’ylaysiz? (Oldingi so’rovnoma public ketib qolibdi 🤦🏻♀️)
anonymous poll
🤔 qiziq shekilli – 165
👍👍👍👍👍👍👍 66%
😏 bo’ladigan mavzulardan yozingey – 77
👍👍👍 31%
❄️ qor haqida bo’lsa bo’ldi – 9
▫️ 4%
👥 251 people voted so far.
anonymous poll
🤔 qiziq shekilli – 165
👍👍👍👍👍👍👍 66%
😏 bo’ladigan mavzulardan yozingey – 77
👍👍👍 31%
❄️ qor haqida bo’lsa bo’ldi – 9
▫️ 4%
👥 251 people voted so far.
Kanadaga tashrifchi vizasi (visitor visa)ni olish borasida Sobirovs yuridik firmasi vebinar o’tkazayotgan ekan (qatnashish bepul). Ro’yxatdan o’tish va batafsil ma’lumot uchun quyidagi havolaga o’ting ⬇️
Va’da qilganimdek, ko’p berilayotgan savollardan biri “XYZ sohada ishlayman/ o’qiyman, Kanadada ish topish imkoniyatim qanday?” savoliga bugun iloji boricha javob berishga harakat qilaman.
Biror sohada ish topa olish ikkita asosiy omilga bog’liq:
1. Talab - yani sizning mutaxassisligingizga mehnat bozorida talab qanday
2. Taklif – Siz o’zingizni mehnat bozorida samarali taklif eta olishingiz
Shu ikkalasi bir-biri bilan tutashgan nuqtada ish taklifi olasiz.
1. Talab masalasi: Sizning mutaxassisligingizga Kanadada talab qay darajadaligi nisbatan kengroq savol. Agar mutaxassisligingiz moliya, IT va boshqa xizmat ko’rsatish sohalari bo’ladigan bo’lsa, deyarli barcha shahar/ provinsiyalarda ozmi-ko’pmi talab bo’lishi aniq. Biroq, o’ziga xos soha (konchilik, o’rmon xo’jaligi, mashinasozlik va hzo) vakili bo’lsangiz, aynan qaysi hudud bu sohaga ixtisoslashganligini oldindan o’rgangan ma’qul.
Masalan, men garchand moliyachi bo’lishimga qaramay, aynan xalqaro taraqqiyot loyihalarini moliyalashtirish sektorida ishlashni maqsad qilgandim. Shu bois Ottava, poytaxtga kelganman. Xususiy sektor moliyasi, yoki yirik auditor firmalarida ishlamoqchilar uchun Toronto yaxshiroq tanlov bo’lishi mumkin.
Qisqasi, qayerda sizni sohangizga talab borligini oldin yaxshilab o’rganib, keyin manzil tanlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Yechim: Ushbu sayt (JobBank) orqali, siz ma’lum provinsiya/ shaharda ma’lum sohada bandlik/ ishsizlik darajasi, ish haqi, mehnat bozorining umumiy holati bo’yicha batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
2. Taklif masalasi: Deylik, Sizni sohangiz bo’yicha ish takliflari yetarlicha bor shahar/ hududdasiz. Sohangizda Kanadada oliygohni bitirgan, ish tajribasiga ega, ingliz/ fransuz tilini sizdan bir muncha yaxshiroq biladigan boshqa mahalliy ish izlayotganlar bilan raqobatga kirishishga qanchalik tayyorsiz?
Texnik bilim, ko’nikmalar (hard skills) bilan bir qatorda samarali professional muloqot qilish va hzo (soft skills), Kanada ish joylarining yozilgan va yozilmagan o’ziga xosliklaridan (Canadian workplace culture) qanchalik xabardorsiz?
Mehnat bozorida aynan Kanadacha rezyume tayyorlashdan tortib, bir necha bosqichli suhbat va kasbiy test/ sinovlardan o’tishga qanchalik tayyorsiz?
Sizni tavsiya etuvchilar bilan muloqotda (referene check) avvalgi ish beruvchilaringiz siz uchun ijobiy hamda ingliz tilida xarakteristika bera olishadimi?
Menimcha o’z imkoniyatlaringiz (aynan qaysi taraflarda o’z ustingizda ishlashingiz, qaysi qirralarda esa boshqalardan ustun ekanligingiz) ni o’zingiz eng yaxshi baholay olasiz.
Balki dastlab o’zingiz istagan maoshli va darajadagi lavozimdan boshlamassiz, tajriba to’plash uchun volontyorlik qilarsiz…Lekin hammasi maqsadli va astoydil harakatga bog’liq.
Qisman yechim: Immigratsiyaga topshirgan arizangiz ma’qullangandan so’ng, yangi keluvchilarni Kanada mehnat bozori va jamiyatga kirishib ketishga tayyorlash bo’yicha bir qator resurslar mavjud. Ular Immigratsiya vazirligi tomonidan moliyalashtirilib, yangi keluvchilarga bepul taklif etiladi. Immigrantlar yangi kelayotgan joyiga qanchalik tayyorlanib kelib, tezda ish topib, integratsiya qilib ketsa, mamlakat iqtisodiyoti uchun ham shunchalik foyda….
Shu kabi resurslardan foydalanganim va kelganim bilan tez orada o’zim istagan sohada ish topganim haqida mana bu yerda o’qishingiz mumkin.
Qiziqayotganlar uchun, Xalqaro taraqqiyot va insonparvarlik yordami ko’rsatuvchi tashkilot Shartnomalarni boshqarish bo’limida Moliyaviy tahlilchi bo’lib ishlayman.
Mayli buguncha shu. Keyingi postgacha, azizlar…

Telegramda o’zim kuzatishni yoqtiradigan kanallarni sizlar bilan ham o’rtoqlashgim keldi:
Menejer – boshqaruv va ish jarayoniga bog’liq qisqa va foydali postlar;
Zambarakning o’qi – Kanada va Kalgarida hayot tarzi haqida bir –biridan qiziq postlar;
Floridiston – AQSh xususan Florida shtatida hayot tarzini yorituvchi kanal. Hozir jimib ketgan-u, eski postlarini o’qib chiqish uchun ham bir mo’ralashga arziydi;
Saidaziz A’zamov kanali – har sohadan bir shingil; Muallif o’z ko’rgan kechirganlari bo’yicha mulohazalarini berib boradi;
Home Liber – Polsha/ Fransiyada tahsil oluvchi talaba qizning xorijda o’qish imkoniyatlari va boshqa shu kabi mavzulardagi postlari;
Xorijdagi talabadan maktublar – Turkiyada tahsil oluvchi talaba yigit o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib boradi;
Psixoterapevt Gavhar Teshaboyeva – nomi o’zi so’zlab turibdi;
Siz qanday qiziq va foydali kanallarni bilasiz? Izohlarda qisqa aytib o’tsangiz, boshqalarga ham qiziq bo’lishi mumkin.
P.S MenSenvaUlar 2.0 haqida ham qiziqishi mumkinlarga yetkazsangiz xursand bo’lardim. Eng yaxshi reklama mish -mish deyishadi-ku ☺️.

Montreal yaqinida tirbandlikda turib qolgan haydovchilar bekor o’tirmay, vaqtni hokkey 🏒 o’ynab o’tkazishdi... ☺️
(c) CBC news
(c) CBC news
2019 yilda AQShda yillik daromadi va kelgusi 10 yillikda ish o’rinlari ko’payishi bo’yicha top 50 ga kiruvchi kasblar ro’yxati. Aks sadosi Kanadaga ham ta’sir etadi deb ulashayapman.
Qisqacha: borgan sari aholi o’rtacha umr ko’rish davomiyligi oshib borayotganligi bois aholi, ayniqsa, keksalar orasida tibbiy xizmatga talabni oshirsa; Axborot texnologiyalaridagi har soniyalik taraqqiyot bu sohadagilarga talabni kuchaytirmoqda.
Manba: Simon Kuestenmacher Twitter sahifasi.

AQSh va Kanada o’rtasidagi chegarani qora chiziq belgilab turibdi.
Kanadaning yarmidan ko’p aholisi esa, tortilgan qizil chiziqdan janubda yasharkan... Shu iloji boricha issiqroqda, zich-zich bo’lib yashaylik deganmizda ☺️.
Manba yana o’sha: Simon Kuestenmacher Twitter sahifasi. Zo’r tahliliy xarita va infografikalarni berib borarkan o’zi.

1 fevraldan shahrimizda Winterlude qishki festivali boshlandi. Bugungi rasm va videolarni Sizlarga ham ulashdim.
Qor va muz dehqonchilik bo’lgandan keyin shunaqa haykallar yasab isrof qilib yotibmiz 😉...

Ertalab isib uyg’onib ketdim. Qarasam tashqarida naq +5!
Qishda -10 dan baland haroratda, bugun havo yaxshi deymiz odatda.
Bahor bo’lib ketibdi buyog’i. Youtube’dan qushchalarni sayrashini qo’yib qo’ysammi?

Kredit haqida
Tunov kuni Nyu-York insonlari (Humans of New York) FB sahifasida bitta qizning intervyusini o’qib qoldim. Turmush o’rtog’i va o’zi yuridik oliygohda, ta’lim krediti hisobiga tahsil olishgan ekan. «Mana bir necha yildan beri ish haqimiz ta’lim kreditini qoplash va kundalik harajatlarga ketadi. Na uy olish, na farzandli bo’lish va shu kabi kattaroq mablag’ talab qiladigan qaror qabul qila olamiz», - deydi.
O’zim kredit masalasiga kelganda biroz konservatorroqman. Kapitalistik jamiyatda esa, tizimlar bank, kredit muassasalari yoki shunchaki savdo tarmoqlari manfaatiga monand qilib qurilganki; Iloji boricha iste’molchilarni kredit olishga undashsa. Ipoteka, avtomobil, ta’lim kreditlari tugul iste’mol tovarlarigacha kreditga taklif etiladi.
Masalan, iste’molchilarning kredit olishga undashning oddiy ikki omili:
Marketing
E’lonlarga e’tibor berilsa: Dastlabki oyda $0 to’lov, keyin oyiga $50. Ko’rgan odam, “dastlab hech qancha pul bermay yangi telefonli bo’lib olishi, keyin oyiga arzmigan $50 xarajat” degan fikrga borishga moyil. E’lonni tagida juda kichik shriftlarda esa foiz stavkasi hamda kredit muddati bo’ladi va bu odatda ilk/ umumiy tahlildan chetda qoladi. Balki shu telefon naqdga olinsa, kreditga olgandagi jami summadan sezilarli ravishda arzonroqqa tushar.
Kredit tarixi va ochkosi
Bu tizim kredit muassasalarini sizning qarzlarni qaytara olish qobilyatingizni baholab borish uchun yaratilgan. Lekin kredit tarixiga ega bo’lish uchun ham doimiy qarz olishingizga, hech bo’lmasa kredit kartasi ishlatishingizga to’g’ri keladi. Oqibatda, tizim kredit olishni targ’ib qiluvchi vosita bo’lib ham xizmat qilayapti.
Kreditning foydali jihatlari ham talaygina:
- Doim ham avval jamg’arib keyin xarid qilish imkoni yo’q (katta xaridlar uchun);
- Bazan kreditlar savdoni rag’batlantishirish uchun 0% yoki 1-2 % stavka bilan moliyalashtiriladi. Bir muddat pul yig’ib, kutib yurgandan ko’ra qarzga olish yaxshiroq tanlov bo’lishi mumkin;
- Inflyatsiya. Jamg’armangiz inflyatsiya hisobiga qadrini yo’qotib boradi. Yuqoridagidek past foiz stavkalari taqdim etilsa, aslida kredit bilan moliyashtirish arzonroq tushishi mumkin;
Yuqoridagi nyu- yorklik qiz holiga tushmaslik, yoki shunchaki qurbi yetadigan vaziyatlarda ham qarzga olib foiz to’lab yurmaslik uchun ham obdon o’ylab, tahlil qilib, keyin qaror qabul qilinsa yaxshiroq.
Kredit kartasi haqida keyingi postda⬇️

Kredit kartalari
Avvalgi postda aytib o’tganim kredit ochkoingizga qarab, banklar kredit kartalari limitini belgilaydi. Masalan, oyiga bankning mablag’lari hisobiga $5,000 - 7,000 sarflash limitingiz bo’ladi. Ikkita karta bo’lsa - $10,000. Oy davomida ishlatasiz, keyin ishlatganlaringizni qaytib to’lash uchun 21 kun imtiyozli davr beriladi (bu vaqtda hali % yozilmaydi).
Kredit turlari orasida kredit kartalarining yillik foiz to’lovi (27-29%), eng baland hisoblanadi va bunday qarzni vaqtida to’lanmasa, yaxshigina qarzga botib borilishi aniq.
Yuqoridagilarga qaramasdan, kredit kartasi ishlataman. Quyida sabablari:
1. Ayrim joylarda debet kartasi o’tmasligi mumkin. Alternativ to’lov vositam bo’lgani yaxshi.
2. Kattaroq xaridlar uchun qachondir kredit olishga murojaat qilinadi (masalan ipoteka) va bu o’z – o’zidan kredit tarixi, ochkosiga ega bo’lishni talab etadi; (aylanib –o’rgilsa ham, kapitalistlarning bu nag’masiga o’ynamay iloj yo’q).
3. Bank tarifflarining eng arzoni (oylik $4 ga) o’tib olganman. Shu bois oylik debet tranzaktsiyalarim 12 taga cheklangan. Bu hisobimdan naqd pul yechib olish, chek yozish yoki kredit karta qarzini yopish kabi tranzaktsiyalar bilan tugab ham qoladi. Kundalik xarajatlarni kredit kartasi orqali amalga oshiraman. Qarzlarimni esa, hali foiz hisoblanmasdan imtiyozli davrida to’lab boraman.
4. Kredit kartada har safar xarj qilganimda meni hisobimda rag’bat ochkosi yig’iladi (Royal Bank of Canada kredit kartamda). Bu ochkolarni voucherga almashtirsam bo’ladi. Yoki boshqa kredit kartam (Bank of Montreal) har sarflaganim summani 1% ini hisobimga qaytaradi. Shu voucher va qaytarib olgan summam oyiga ikki bank xizmati uchun to’laydiganim $8 dan 2-3 barobar ko’p bo’ladi.
Limon berishsa, limonad qilamiz 😉