𝐼𝑑 𝑖𝑠 π‘€π‘’π‘˜π‘œ
52 subscribers
273 photos
4 videos
11 links
It is Meko, babe
Download Telegram
Maqsadli kishi qachon nimadan kechish kerakligini bilishi va kechishga tayyor turishi kerak. Shu orqaligina nima qiymatliroq ekanligini farqlay oladi.

P.S Maqsadli bo'ling
❀‍πŸ”₯3πŸ”₯11
Π§ΠΎΠΉ ΡˆΠΎΠΈΡ€Π»Π°Ρ€Π½ΠΈΠ½Π³, Ρ‘Π»Π³ΠΈΠ·Π»Π°Ρ€Π½ΠΈΠ½Π³, ΠΎΡˆΠΈΠΊΠ»Π°Ρ€Π½ΠΈΠ½Π³ Π²Π° ΠΊΠ°Π½ΠΎΠ°Ρ‚ килишни Π±ΠΈΠ»Π°Π΄ΠΈΠ³Π°Π½Π»Π°Ρ€Π½ΠΈΠ½Π³ расмий ΠΈΡ‡ΠΈΠΌΠ»ΠΈΠ³ΠΈΠ΄ΠΈΡ€.


Arxivdan
❀‍πŸ”₯5πŸ€”22
Oxirgi olgan eng katta darslarimdan biri quyidagicha bo'ldi:

Qo'rqoq odamga ishonmang.

Agar yaqin kishingiz qo'rqoq bo'lsa sizga faqat sizdan himoya bo'lgandagina sodiq bo'ladi.

Aksida esa qayerdan himoya bo'lsa o'sha taraf bo'lish ehtimoli bor.

Eng tog'ri yo'l shunchaki xolisona yordam bering, hech narsa kutmang na ishonch va na evaz.
πŸ€”3❀‍πŸ”₯22
Sevgi bo'lishi kerak...

Oshiq inson sevgi deb tom ma'noda aqldan ozadi. Oshiqning o'yu-xayoli, ish-u tashvishi ma'shuqasi haqida kechadi.

Muaffaqtiyatga erishish ham shunday. Muvaffaqiyatga erishish yo'lida bir ishni kasb qildingizmi, tamom, shu ishga muhabbatli bo'ling.

Oshiqlikda erinchoqlik bo'lmgani kabi muaffaqiyat yo'lida ham tanaffuslar bo'lmaydi.

Muvaffaqiyat yo'lidagi tanaffus tanbal uchun chiqarilgan.

Tanbal bo'lmang, tanbal kishi jangda orqa safda bo'ladi yoki jangdan qochadi, kasbda erinchoqlik qiladi, sevgida esa muvaffaqtiyatsiz bo'ladi.

P.S More heart, more head
❀‍πŸ”₯41
...ul yo'q edi - tinch edi, ul keldi - tinchimadi, ul yana yo'q bo'lsa, ehtimol yana tinchir edi. Mana shuning uchun ham ul bezraygan edi. Faqat... faqat shu turmishdagi biravgina uning ko'nglidan tezroq yuvilmas va yuvilishi ham qiyindek...

...sungi nafasida uning bilan vidolashsa, bo'g'ziga xanjar botar ekan, uning yuziga qarabgina ko'zi nursizlansa... Uning hamma orzusi shu edi hozir.

O'tgan kunlar, Abdulla Qodiriy

P.S men yozadigan o'sha "qiz"ga o'shatib yozipti
πŸ€”4❀‍πŸ”₯21
Onam: - Qiz qanday bo'lsin?

Me: - "O'tkan kunlar"ni kamida bir marta o'qig'on

πŸ«€
3❀‍πŸ”₯3πŸ€”3πŸ”₯1
Uyat bo'lsa ham aytaman.

"O'tkan kunlar"ni shunaqangi bazo'r o'qiyabman-ki, asarda sodir bo'layotgan jarayon, Otabekdan ko'ra meni ko'proq xavotirga solayotgandek.

Hozirgacha hech bir asarda bunchalik kuchli hayajon va asabiylikda bo'lmagan edim.

Asar, ta'riflanganidek tik turib o'qilishlik darajasida.

P.S hozircha taassurotlar shunday, qolganini batafsil gaplashamiz
❀‍πŸ”₯3πŸ€”3πŸ”₯2
Na haqni va na nohaqni tanig'an uquv ko'rmag'an er kishi fitnag'a tez aldang'uchi bo'ladi.

Shul sababkim, muhabbatli bo'lg'andan uquvli bo'lishlikni afzal ko'rdum.

P.S Ilmga muhabbatli bo'lung
❀‍πŸ”₯3πŸ”₯22
Qizlani kitob oqishi yoki konspekt tutishini korib rosa hayron qolardim.
"-Qanaqa hafsala bilan kitoblarga chizib 3-4 xil rangda highlight qilib o'qishadi?"

Rostini aytsam, bu usulda oβ€˜rganish qanchalik foydali ekanini yaqinda tushundim. Oldin umuman shu usulni o'rganishga vaqt sarflamaganman β€” nimani belgilash kerak, nimaga izoh yoziladi yaxshi tushunmas edim.

Maqtanish bo'lsa ham aytaman. Hozir "The Copywriter's Handbook" kitobini shu usuldan foydalanib o'qiyabman.

Foydali joyi shu-ki: kitobga qayta o'qiganda yoki amaliyotda ishlatmoqchi boβ€˜lganda, kerakli joyni izlab oβ€˜tirish shart emas. Hammasi tayyor turadi.
πŸ”₯4❀‍πŸ”₯31
Xotimaga ham yetib keldik

"O'tkan kunlar" asari yil uchun jiddiy kirish, shu bilan birga birinchi tugatilgan kitob bo'ldi.

Rosa 20 kun deganda o'qib tugatildi.

Kitob haqida hali batafsil gaplashamiz.

πŸ«€
πŸ”₯4❀‍πŸ”₯31
Xunuk ishlarning eng avvalida vaqtni zoye ketkazish turadi.

P.S Vaqtingizga ehtiyotkor bo'ling
❀‍πŸ”₯3
Nahotki endi uni boshqa ko'rmayman deb o'ylayotgan edim.

Umidimni uzishga tayyor turganimda hammasi xal bo'ldi.

Gap o'tgan yili Amerikadan sotib olgan "Pocket Full of Do" kitobi haqida.

Kitob amerikalik media-marketing mutaxassisi Chris Do tomonidan qo'llanma sifatida yozilgan.

O'zbekistonga yetib kelishigacha menga $45 ga tushgan.

Men uchun eng qadrli kitoblardan biri.

Ma'lumot o'rnida:
Kitoblarimni berib turishda ziqnaroqman, undan ko'ra yangi kitob sovg'a qilish menga qulayroq.
5❀‍πŸ”₯1
Najot ta'lim bitiruvchi guruhlaridan biriga bugun masterclass o'tib berdim

Shu odam menman xullasπŸ˜‚
5❀‍πŸ”₯3
Bugun daxshatli darajada og'ir kun bo'ldi

Hafta oxirida kim bilandir Bon'da choy ichib siqilishlik plan bor

P.S rasm ishxona davomat kamerasidan olingan😳
5πŸ€”3❀‍πŸ”₯1πŸ”₯1
2026 - yil men uchun eng befoyda deb bilgan va o'zimni cheklagan mashg'ulotlar ro'yxati:

1. Podkastlar (foydaliligi kam)
2. Ko'ngilochar, qiziqchilik darsturlari (foydaliligi yo'q)
3. Maqsadsiz kishilar davrasi, suhbatlar (foydaliligi yo'q)
4. Komputer o'yinlari (o'rtacha zararli)
6. Instagram (yuqori zararli)
7. Musiqa (yuqori zararli)

P.S Vaqtingiz qiymatli o'tishi uchun har bir qadamingni qadrlang
❀‍πŸ”₯4πŸ”₯21
Bugungi yangiliklardanπŸ«€
πŸ”₯3
Muvaffaqiyatli odamlarda yo'q bo'lib qolish qobiliyati bo'lishi haqida eshitgan edim.

Oxirigi vaqtlar ishim rosa ko'payib ketganidan bu qanchalik muhimligini tushundim.

Kamnamo bo'lishingiz va vaqtingizni muhimroq ishlar bilan band qilishingiz kishilar orasida ko'proq hurmatli bo'lishingizga yordam beradi.

P.S more head, less heart
❀‍πŸ”₯3
Ozroq qo'rquv bor.

-barchasiga erishmoq uchun hammasidan kechishga to'g'ri kerakmi?

Qaltis o'rinlarda jimgina xavfsiz yo'ldan borgandan ko'ra obdan o'ylab ko'rib ish tutgan to'g'ri bo'ladi.

Qiyinroq yo'lda ish va tashvishga sho'ng'ib ketasiz, asosiy muammo siz uchun vaqt bo'ladi.

Barchasiga ulgurish uchun hammasidan kechishga to'g'ri keladi.

P.S more heart, more fear
πŸ€”3❀‍πŸ”₯2
Bul g'arib ko'ngil aning birla qahva ichmak va oshnolinki istaydur.

πŸ«€
❀‍πŸ”₯8