Mediyna
693 subscribers
134 photos
14 videos
1 file
11 links
●Ayol-qizlar har tomonlama rivoji uchun...


https://taplink.cc/mediyna
Download Telegram
Ixlos bilan va o'z vaqtida o'qilgan namoz Allohga qarab tashlagan eng katta qadamingiz bo'ladi. Va Alloh siz tomonga qarab qadam tashlaydi.
45
Inson nafsiga xush kelmasada , dushmani uchun ham yaxshi duoda bo’lishi kerak
@mediynaa
29
Alloh taolo rizqni o’z zimmasiga olgani holda sening rizqqa e’tibor berishing sababi nima? Kelajaging Allohning taminoti ostida ekan, baxil bo’lishing sababi nima? Bizni jahannam kutib turgani holda gunoh ish qilishing sababi nima? Munkar va Nakirning savoli haq ekan, ayollar bilan yotib turishlikning ma’nosi nima? Dunyo foniy ekan, tuganmas orzular nega? Xisob kitob bor ekan, tinmay mol-dunyo to’plashning boisi nima? Hamma narsa Allohning qazo va qadari bilan bo’lsa, nega bunchalik qo’rqasan?

@mediynaa
34
•Har bir insonga Allohning suyukli bandasi deb qarang (kim va qanday bo’lishidan qat’iy nazar hatto sizga yoqmasa ham)

•Har bir vaziyatga Allohning hukmi, har qanday vaziyat to’g’ri va adolatli deb qarang (qanday bo’lishidan, sizga yoqish yoqmasligidan qat’iy nazar)

@mediynaa
30
O’qiyapsizmi ?

- На.
Oliygoh uchunmi?
Ummat uchun,
Farzandlarim uchun,
O'zim uchun,
Oilam uchun,
Ruhiyatim tirik qolishi uchun,
Ajr uchun eng asosiysi,
Iqro deya buyurilgani uchun…

@mediynaa
41
Agar biror ilmni o‘rgansangiz-u, u sizning qalbingizga xotirjamlik bermasa, u shunchaki "axborot"dir. Haqiqiy ilm esa sizni o‘zgartiradi, xulqingizni go‘zallashtiradi va atrofingizdagi muammolarning sababini anglashga yordam beradi.

@mediynaa
29
Do‘st yuziga loy chaplash emas, uning yuzidagi g‘uborni artish bizning vazifamiz emasmi?

Bizni haq yo‘ldan chalg‘itib, yomonlikka boshlaydigan do‘stni har doim, hatto lo’lilar orasidan ham topa olishimiz mumkin.

©️O’gay ona asaridan
@mediynaa
22
«Jannat onalar oyog‘i ostidadir» degani — jannatga onalarning oyog‘i ostiga poyandoz bo‘ladigan darajada hurmat va xizmat qilish orqali kiriladi, degan ma’noni anglatadi.

Ya’ni, ularga hurmat ko‘rsatish bilan inson hech narsani yo‘qotmaydi, aksincha, Alloh huzurida uning martabasi yanada ortadi. Bandaning jannatga yaqinlashuvi ham ota-onaga qilgan xizmati va ehtiromiga qarab bo‘ladi.

Bu ibora aslida majoziy misol bo‘lib, ma’nosi shuki: ona rozi qilinmaguncha, jannatga kirishga yo‘l yo‘q.

©️O’gay ona asaridan
@mediynaa
26
Nima uchun taqdir insonning peshonasiga yoziladi...?!
Bilasizmi...?


Chunki, Robbim har sajdaga egilganingizda amallaringizga qarab uni yangilaydi.
Robbisini unutmagan qalblar aslo mahzun bo'lmaydilar.
35
Insonlar sizning orzularingizni, maqsadlaringizni va kelajagingizni boshqarishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Siz bu hayotga faqat bir marta kelasiz. Robbingiz sizga aynan o‘zingizga in’om qilgan bu umrni hech kim uchun emas, o‘zingizni kamolga yetkazish, baxtli bo‘lish va halol niyatlaringizni amalga oshirish uchun bergan.

Atrofdagilarning fikri — yo‘l ko‘rsatishi mumkin, lekin yo‘lingizni belgilamasligi kerak. Qo‘rquv bilan emas, iymon bilan yashang. Shubha bilan emas, tavakkal bilan oldinga yuring. Chunki oxir-oqibat bu hayotni siz yashaysiz, siz javob berasiz.

@mediynaa
20
Bizning eng katta xatoyimiz boshqalarning xatosiga bo'lgan qiziqishimizdir.

Ali roziyallohu anhu
@mediynaa
25
Hayot qonuniyati man uchun- muvozanat.

Har narsada. Ishqda, ishda, rejim, taom, mubosabatlarda va rejalarda. Aslida eng qiyini ham shu. Inson doim qaysidir ishda muvozanat ushlay olmasa, o'sha ishda boshiga sinovlar kelaveradi. Hatto oxiratda ham amal tarozusi bo'lishi bejizga emas. Aynan shu tarozi bizni bu dunyoda ham u dunyoda ham manzilimizni belgilab beruvchi o'Ichovdir. Bu haqda juda uzoq gapirish mumkin...

©️Feruza
@mediynaa
24
Yolg’iz qolsam qolaman, ammo meni haq yo’ldan adashtiradigan bilan do’st bo’lmayman.
29
Bir yaxshilik qilganingda nega ko’proq qilmadim, nega kech qildim, deya Allohdan kechirim so’ra..
26
Boylarning molida faqirlarning haqqi bor, yosh va sog’lomlarning kuch-quvvatida keksa, ojiz, zaifalarning ham haqqi bor.
28
To'g'ri, hamma muammolarga yechim Qur'onda va sunnatda bor. Allohning o'zi yetarli.Lekin, Alloh yer yuzidagi odamlarni bir biriga sababchi qilib bergan, hamma bir biriga sababchi. Kimdir sizni dilingizni og'ritib, qalbingizni asrashni o'rganishingizga sababchi bo'ladi, kimdir sizga go'zal xulqini va ilmini ko'rsatib, sizni o'zingizni tartiblashingizga sababchi bo'ladi.

Kurslarda o'qish, konsultatsiyalar olish yoki podcastlar eshitish va ustoz tutish bular hammasi sizni o'zingizni anglashingizga va Allohni xabarini insonlar orqali olishingizga sababchilaringizdir.

©️gassadi
@mediynaa
18
Qaniydi buni hamma bilganida…


Ilm 2 hil yo'l bilan olinadi yoki o'zingiz o'qib o'rganasiz yoki hayot dars beradi. Lekin, hayot dars bersa uni haqgi pulda emas, vagtda, asablarda va qalb og'irlarida o'lchanadi va juda qimmatga tushadi. O'zingiz ustozlardan borib ilm olsangiz, ishonavering, bu juda ham arzonga tushadi ham vaqtingizni ham qalbingiz bilan tovon to'lashdan o'zingizni asraysiz.

©️gassadi
@mediynaa
27
Ayol kishi johil kishining uyidagina pastga uriladi, kamsitiladi. Solihlarning uyida esa ayol, malikadir.

©️Husayn Buxoriy
@mediynaa
34
Aslida ayollar hech bir tortishuvda g’alaba qozonishni, haq bo’lishni istashmaydi, ular shunchaki sevilishni, tushinishlarini va qachon charchasa, suyanadigan bir yelkasi borligini bilishni istaydi xolos…🫂
39
Insoniyat uchun har qanday javob faqat Quronda bor.
17
Ayol hayoti davomida hech qachon unutmaydigan 3 davr bor…


1. Yangi kelinlik
2. Homiladorlik
3. Tug‘ruqdan keyingi davr


Nega aynan shu 3 davr?

Chunki bu davrlarda ayol shunchaki yashamaydi, u o‘zgaradi.



1. Yangi kelinlik davri

Yangi kelin bo‘lganida u yillar davomida yashab kelgan uyidan, muhitidan chiqib, umuman unga notanish bo’lgan bir boshqa hayotga, oilaga, muhitga kiradi.
U faqat familiyasini emas, ichki dunyosini ham o‘zgartiradi.
Sevishni, sabrni, moslashishni o‘rganadi.Uning miyasi bu davrni “hayotiy burilish” deb belgilaydi. U boshida buni yashirsada baribir ilk yillarda u o’zini bu yangi oilada yolg’iz, hech kimi yo’q begonadek his qiladi.
Shuning uchun bu davrda unga aytilgan har bir so‘z, unga qilishayotgan har bir munosabat, erining har bir e’tibori yoki e’tiborsizligi uning miyasida juda chuqur muhrlanadi, hatto u juda oddiy vaziyatlarda bo’lsa ham.


2. Homiladorlik davri

Bu davrda gormonlar o‘zgaradi.
Ayol sezgir bo‘ladi.
Yig‘isi tez keladi.
Mehrga ehtiyoji oshadi.
Psixologik jihatdan esa u “men”dan “biz”ga o‘tadi. Endi u o‘zi uchun emas, farzandi uchun yashaydi.



3. Tug’ruqdan keyingi davr

Bu davrda ayol og’riq va baxtni bir paytning o’zida his qiladi, bu davr ayolning eng zaif va eng kuchli payti. Og‘riq, charchoq, uyqusizlik… Lekin shu bilan birga — cheksiz rahmat.
Islomda onaning maqomi nega baland? Chunki u hayotni og‘riq orqali olib keladi. Psixologiyada esa tug‘ruqdan keyingi davr “emotsional imprint” deyiladi.
Ya’ni eng kuchli hislar umr bo‘yi iz qoldiradi.



Agar bu 3 davrda ayol mehr ko‘rsa u gullaydi. Agar e’tiborsizlik ko‘rsa ich-ichidan sinadi. Bu davrlarda har bir holat juda chuqur xotirada qoladi.
Chunki bu davrlarda qalb ham, tana ham bir vaqtning o‘zida ishlaydi.

@mediynaa
38