Mediyna
693 subscribers
134 photos
14 videos
1 file
11 links
●Ayol-qizlar har tomonlama rivoji uchun...


https://taplink.cc/mediyna
Download Telegram
Aslida orzu-maqsadlaringizning katta-kichikligi mutlaqo ahamiyatsiz. Alloh barcha narsalarni kuch ishlatmasdan shunchaki bo’l degan so’zi bilan istasa amalga oshira oladi. Bizning o’zimiz bu katta maqsad, bunga yetishish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi, mana bu maqsad esa unchalik katta emas, shuning uchun, unga bir soat etarli deb shart qo’yamiz.

Biz qoidalarni uzimiz belgilab olamiz. Allohning ixtiyorida esa bunday qoidalar yo‘q. Uning qudrati cheksiz. U uchun hamma narsa oson. Alloh uchun vaqtning ham, istaklar katta-kichikligining ham zarracha farqi yo‘q. Alloh uchun bir dollarni bor qilish ham, million dollarni bor qilish ham bir xil-da oson. Ikkalasi ham bir xil jarayon natijasida sodir bo‘ladi. Nega biri tezroq va ikkinchisi sekinroq paydo bo‘lishining sababi bu sizning o‘zingiz «Birinchisi kam miqdordagi pul bu oson va ikkinchisi juda ko‘p - bu qiyin» deb o‘ylashingizdadir. Agar biror narsa sizga kelishi kechikayotgan bo‘lsa, sizning ishonchingiz, hislaringiz kechikayotganidan yoki yetishmayotganidan dalolatdir.

Sizning vazifangiz o‘zingizni xuddi istakka yetgandek his etish, chin qalbdan ishonish, so’rash, duo qilish va shu bilan birga sababiyatini qilib harakat qilish.
43
Vaziyatlardan yaxshilik yoki yomonlikni ko’rish, xursand bo’lish yoki afsuslanish bu o’zimizning tanlovimiz.
55
Alloh bandasi “olishiga ishongan” ne’matini beradi.
55
Blogimni yuritishga motivim so’nib ketgan deyolmayman, ishlarim ko’payib ulgurmayapman deya olaman, lekin tez kunda hammasi o’z joyiga tushadi amiyn haqqimga duo qilib qo’ying🥹

Reaksiyalaringiz bilan motiv bering😍🩷
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
117
Ko‘zingizni yuming va bir lahzaga tasavvur qiling: nafas olish qiyin bo‘lsa, yoki ko‘zlaringiz dunyoni ko‘rmasa… O‘sha payt anglaymizki, biz hozirgi oddiy deb o‘ylagan narsalar aslida ulkan mo‘’jiza.


Alloh Qur’onda aytadi:
“Agar siz Allohning ne’matlarini sanamoqchi bo‘lsangiz, ularni sanab tugata olmaysiz.” (Ibrohim, 34)


Shukr — bu faqat til bilan “Alhamdulillah” deyish emas. Shukr — qalbda tan olish, til bilan aytish va amalda ko‘rsatishdir


Shukr qilsak, Alloh va’da qiladi:
“Agar shukr qilsangiz, Men sizlarga yanada ziyoda qilaman.” (Ibrohim, 7)

Bugun bir lahza to‘xtab, yuragingizdan chiqqan holda ayting: Alhamdulillah men sog‘man. Alhamdulillah oilam yonimda. Alhamdulillah men musulmonman. Alhamdulillah Alloh meni ko‘rib turibdi.


Qalbda shukr ko‘payganda hayotimizning eng oddiy lahzalari ham go‘zallashadi. 💖
48
Hayot seni oqizayapti, sen esa qayerga ketayotganini ham bilmaysan…


Har kun umringa umr qo’shilyapti lekin uni qanday o’tqazayotganingni tafakkur ham qilmaysan…



Bugun odamlar oqim bo‘lib bir-biriga ergashadi — nima kiyish, nima yeyish, qanday gapirish… hatto qanday o‘ylashgacha.
Shaxsiy fikr? Shaxsiy qadriyat? Yo‘q. Ko‘pchilikka qo‘shilsa, o‘zini ‘to‘g‘ri yo‘ldaman’ deb o‘ylaydi. Aslida esa oqim uni o‘zi ham tushunmagan manzilga olib ketmoqda.

Sen kim bo‘lyapsan — hayot oqimida yo‘qolib ketgan oddiy bir tomchimi, yoki o‘z yo‘lini topgan daryomi?
https://t.me/mediynaa
52
Ixlos bilan va o'z vaqtida o'qilgan namoz Allohga qarab tashlagan eng katta qadamingiz bo'ladi. Va Alloh siz tomonga qarab qadam tashlaydi.
45
Inson nafsiga xush kelmasada , dushmani uchun ham yaxshi duoda bo’lishi kerak
@mediynaa
29
Alloh taolo rizqni o’z zimmasiga olgani holda sening rizqqa e’tibor berishing sababi nima? Kelajaging Allohning taminoti ostida ekan, baxil bo’lishing sababi nima? Bizni jahannam kutib turgani holda gunoh ish qilishing sababi nima? Munkar va Nakirning savoli haq ekan, ayollar bilan yotib turishlikning ma’nosi nima? Dunyo foniy ekan, tuganmas orzular nega? Xisob kitob bor ekan, tinmay mol-dunyo to’plashning boisi nima? Hamma narsa Allohning qazo va qadari bilan bo’lsa, nega bunchalik qo’rqasan?

@mediynaa
34
•Har bir insonga Allohning suyukli bandasi deb qarang (kim va qanday bo’lishidan qat’iy nazar hatto sizga yoqmasa ham)

•Har bir vaziyatga Allohning hukmi, har qanday vaziyat to’g’ri va adolatli deb qarang (qanday bo’lishidan, sizga yoqish yoqmasligidan qat’iy nazar)

@mediynaa
30
O’qiyapsizmi ?

- На.
Oliygoh uchunmi?
Ummat uchun,
Farzandlarim uchun,
O'zim uchun,
Oilam uchun,
Ruhiyatim tirik qolishi uchun,
Ajr uchun eng asosiysi,
Iqro deya buyurilgani uchun…

@mediynaa
41
Agar biror ilmni o‘rgansangiz-u, u sizning qalbingizga xotirjamlik bermasa, u shunchaki "axborot"dir. Haqiqiy ilm esa sizni o‘zgartiradi, xulqingizni go‘zallashtiradi va atrofingizdagi muammolarning sababini anglashga yordam beradi.

@mediynaa
29
Do‘st yuziga loy chaplash emas, uning yuzidagi g‘uborni artish bizning vazifamiz emasmi?

Bizni haq yo‘ldan chalg‘itib, yomonlikka boshlaydigan do‘stni har doim, hatto lo’lilar orasidan ham topa olishimiz mumkin.

©️O’gay ona asaridan
@mediynaa
22
«Jannat onalar oyog‘i ostidadir» degani — jannatga onalarning oyog‘i ostiga poyandoz bo‘ladigan darajada hurmat va xizmat qilish orqali kiriladi, degan ma’noni anglatadi.

Ya’ni, ularga hurmat ko‘rsatish bilan inson hech narsani yo‘qotmaydi, aksincha, Alloh huzurida uning martabasi yanada ortadi. Bandaning jannatga yaqinlashuvi ham ota-onaga qilgan xizmati va ehtiromiga qarab bo‘ladi.

Bu ibora aslida majoziy misol bo‘lib, ma’nosi shuki: ona rozi qilinmaguncha, jannatga kirishga yo‘l yo‘q.

©️O’gay ona asaridan
@mediynaa
26
Nima uchun taqdir insonning peshonasiga yoziladi...?!
Bilasizmi...?


Chunki, Robbim har sajdaga egilganingizda amallaringizga qarab uni yangilaydi.
Robbisini unutmagan qalblar aslo mahzun bo'lmaydilar.
35
Insonlar sizning orzularingizni, maqsadlaringizni va kelajagingizni boshqarishlariga aslo yo‘l qo‘ymang. Siz bu hayotga faqat bir marta kelasiz. Robbingiz sizga aynan o‘zingizga in’om qilgan bu umrni hech kim uchun emas, o‘zingizni kamolga yetkazish, baxtli bo‘lish va halol niyatlaringizni amalga oshirish uchun bergan.

Atrofdagilarning fikri — yo‘l ko‘rsatishi mumkin, lekin yo‘lingizni belgilamasligi kerak. Qo‘rquv bilan emas, iymon bilan yashang. Shubha bilan emas, tavakkal bilan oldinga yuring. Chunki oxir-oqibat bu hayotni siz yashaysiz, siz javob berasiz.

@mediynaa
20
Bizning eng katta xatoyimiz boshqalarning xatosiga bo'lgan qiziqishimizdir.

Ali roziyallohu anhu
@mediynaa
25
Hayot qonuniyati man uchun- muvozanat.

Har narsada. Ishqda, ishda, rejim, taom, mubosabatlarda va rejalarda. Aslida eng qiyini ham shu. Inson doim qaysidir ishda muvozanat ushlay olmasa, o'sha ishda boshiga sinovlar kelaveradi. Hatto oxiratda ham amal tarozusi bo'lishi bejizga emas. Aynan shu tarozi bizni bu dunyoda ham u dunyoda ham manzilimizni belgilab beruvchi o'Ichovdir. Bu haqda juda uzoq gapirish mumkin...

©️Feruza
@mediynaa
24
Yolg’iz qolsam qolaman, ammo meni haq yo’ldan adashtiradigan bilan do’st bo’lmayman.
29
Bir yaxshilik qilganingda nega ko’proq qilmadim, nega kech qildim, deya Allohdan kechirim so’ra..
26
Boylarning molida faqirlarning haqqi bor, yosh va sog’lomlarning kuch-quvvatida keksa, ojiz, zaifalarning ham haqqi bor.
28