MediaDataLab
167 subscribers
219 photos
38 videos
1 file
141 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
🌍 Jahon oziq-ovqat kuni: oziq-ovqat xavfsizligi va suv inqirozi o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish

Jahon oziq-ovqat kuni biz iste'mol qiladigan mahsulotlar va suv o'rtasidagi murakkab bog'liqlik haqida fikr yuritish imkoniyatidir. Global oziq-ovqat inqirozi davom etayotgan suv inqirozi bilan chambarchas bog'liq va bu o'zaro aloqador muammolarnj hal qilish barqaror kelajak uchun juda muhimdir.

🥗 Suv = Oziq-ovqat

Suv tanqisligi oziq-ovqat ta'minotining mavjudligi, sifati va barqarorligiga bevosita ta'sir qiladi. Xavfsiz ichimlik suvidan yetarlicha foydalanish imkoniyatining yo'qligi qishloq xo‘jaligi amaliyotiga to‘sqinlik qiladi, ekinlar hosildorligini pasaytiradi va oziq-ovqat ishlab chiqarishni qiyinlashtiradi. Bu, o'z navbatida, oziq-ovqat taqchilligiga olib keladi va narxlariga ta'sir qiladi. Natijada to'yib ovqatlanmaslik muammosi yuzaga chiqadi.

💧 Suv boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish

Global oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash uchun suvni boshqarish amaliyotimizni qayta ko'rib chiqish kerak. Suvdan mas'uliyatli foydalanish, sug'orish texnikasini takomillashtirish va suv resurslarini muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega. Bugun suv masalasida qilgan tanlovimiz soni o'sib borayotgan aholini oziqlantirish qobiliyatimizni belgilaydi.

🤝 Harakatga chaqiriq

Jahon oziq-ovqat kunida biz barchani ushbu muammolarni hal qilishda o'z rolini o'ylashga chorlaymiz. Bu suv manbalarini himoya qiluvchi siyosatni qo'llab-quvvatlashni yoki oddiygina uyda suv isrofgarligini kamaytirishni o'z ichiga olishi mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MediaDataLab jamoasi “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so’rovnoma o'tkazgan edi.

🧮 Natijalarga ko’ra, qatnashchilarning ichimlik suvi sifatiga qo’yiladigan gigienik talablardan xabardorligi quyidagicha:

📎 41,6% — to'la xabardor;
📎 40,2% — qisman xabardor;
📎 14.3% — kam darajada xabardor;
📎 4% — xabardor emas.

Ma'lumot uchun, ichimlik suvi sifati qat'iy gigienik talablarga javob berishi kerak, xususan, u epidemiologik va radiatsiyaviy jihatdan xavfsiz bo'lishi, zararsiz kimyoviy tarkibga va mos organoleptik xususiyatlarga ega bo'lishi kerak.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤖 Sun'iy intellektdan shaxsiy gigienaga amal qilish jarayonida suvni tejash borasida tavsiyalar:

Suvni tejash va samarali shaxsiy gigienani targ'ib qilish uchun kundalik tartiblaringizni optimallashtirishni o'ylab ko'ring. Ishni yuz yuvish va dush qabul qilish kabi jarayonlar paytida suvdan foydalanishga e'tibor berishdan boshlang. Misol uchun, suv sarfini kamaytirish maqsadida past oqimli dushdan foydalaning.

🫧 Shuningdek, yuzingizni yuvayotganda
uni tezda namlab oling ➡️
jo'mrakni o'chiring ➡️
tozalovchi vositani suring ➡️
keyin suvni ochib, yuzingizni yuving.

Xuddi shunday, dushda tanangizni ho'llang, sovunlayotganda suvni o'chiring va keyin chayish uchun uni qayta yoqing. Bu oddiy jarayon, odat suvni sezilarli darajada tejashga yordam beradi.

🧼 Bundan tashqari, dush qabul qilish vaqtini qisqartirishga harakat qiling. Issiq suvdan oldin dushdan chiqadigan dastlabki sovuq suvni chelakda to'plashingiz va uni o'simliklarni sug'orish yoki hojatxonani yuvish uchun ishlatishingiz mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

MediaDataLab va Yoshlar ishlari agentligi sizni USAID ko‘magida amalga oshirilayotgan "Suv bormi?" loyihasi doirasida yangi tanlovga chorlaydi!

🏆 20—30-oktyabr kunlari oralig'idagi muddatda “Suv haqidagi eng yaxshi post” tanlovini o'tkazish ko'zda tutilmoqda.

Unga ko'ra, tanlovda qatnashish istagini bildirganlar o‘z telegram va/yoki instagram sahifalarida “Suvsiz hayot qanday bo'ladi?” mavzusidagi postlarini e’lon qilishlari kerak (ularda MediaDataLabning rasmiy sahifalari teg qilinishi lozim)

Eslatma: Postlarda multimediaviy elementlarda foydalanilgan taqdirda muallifning o'zi tomonidan chizilgan suratlar, tayyorlangan memlar yoki mualliflik fotosuratlari ishlatilishi lozim.

1-noyabr kuni eng ko'p ko'rishlar soniga ega bo'lgan postlar aniqlab olinadi va g'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇 o‘rin — smart soat (1 ta g'olib aniqlanadi)
🥈 o‘rin — ryukzak (2 ta g'olib aniqlanadi)
🥉 o‘rin — naushnik (3 ta g'olib aniqlanadi)

Postlar mazmuni mavzu va janr jihatidan chegaralanmagan.

Maqsad: ekologik muammolar, jumladan, suv muammosini hal etishda yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini o‘stirish.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

🎉 MediaDataLab jamoasi barcha o'zbek tilida so'zlashuvchilarni, o'zbek tili fidoyilari, ilm ahli, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilarni bugungi O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlaydi!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GreenAralSea #SaveAralSea #AralSeaCrisis

🌊 Orol dengizi inqirozi halokatli ekologik fojiadir. Bir paytlar dunyoda kattaligi bo'yicha to'rtinchi o'rinda turadigan ko'l bugunga kelib o'zining 90% qismini yo'qotdi. Orolqum cho'liga aylangan hudud tirikchilik, salomatlik muammolari, ekologik barqarorlikning buzilishiga sabab bo'lmoqda.

MediaDataLab jamoasi UNDP tomonidan amalga oshirilayotgan Orol dengizini "yashil" o'rmonga aylantirishga qaratilgan #GreenAralSea tashabbusini qo'llab quvvatlaydi!

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Fermer 13 yil davomida dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan

Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘m deya baholandi. 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan ayblanuvchi, shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.

Ma'lum bo'lishicha, Balxiyak qishlog‘ida yashovchi fuqaro 2010-yilda fermer xo‘jaligi tashkil qilib, Tolimarjon-Muborak magistral quvuriga noqonuniy ulangan va o'shandan buyon ekinlarini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan.

⚠️ MediaDataLab aniqlanmagan shu kabi holatlar ham mavjud bo'lishi mumkinligidan tashvishda ekanligini bildiradi va iste'molchilarni ichimlik suvidan oqilona foydalanishga chaqiradi!

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Daftar_FAO_UZ-2.pdf
2.3 MB
💧 BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti "Barqaror rivojlanish maqsadlari" doirasida "Zamin" fondi bilan hamkorlikda "Suv hayot uchun, Suv oziq-ovqat uchun" o'quv daftarini tayyorladi.

Daftarda suv, undan foydalanish, suvni tejash va suv masalasi bilan bog'liq muammolar, FAOning (Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti) faoliyati va boshqa bir qancha foydali ma'lumotlar keltirilgan bo'lib, u bolalarga ushbu aktual masalaning ahamiyatini kreativ yo'lda yetkazib berish yo'lida ajoyib qadam ekanligi bilan e'tiborga sazovordir.

MediaDataLab suv muammosining hal qilinishiga qaratilgan bu kabi chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlaydi va ularning targ'ibotiga hissa qo'shishdan mamnunligini bildiradi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MediaDataLab jamoasi “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so’rovnoma o'tkazgan edi.

🧮 Natijalarga ko’ra, so'rovnoma ishtirokchilarining qariyb 14 foizi o'z kundalik ehtiyojlari uchun qancha suv sarf qilishini bilmaydi. 2 foiz respondentlar esa bir kunda 100 litr va undan ko'proq suv sarflaydi.

🎞️
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi o'z sahifalarida ulashgan (yuqoridagi) videoda kishi kundalik ehtiyojlari uchun saflaydigan suv miqdori, suvdan oqilona foydalanish kabilar haqida so'z boradi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

“Suv haqidagi eng yaxshi post” tanlovi uchun ishlarni qabul qilish muddati uzaytirilganligini ma'lum qilamiz.

Tanlov shartlariga ko'ra, unda qatnashish istagini bildirganlar o‘z telegram va/yoki instagram sahifalarida “Suvsiz hayot qanday bo'ladi?” mavzusidagi postlarini e’lon qilishlari kerak (ularda MediaDataLabning rasmiy sahifalari teg qilinishi lozim).

Eslatma: Postlarda multimediaviy elementlarda foydalanilgan taqdirda muallifning o'zi tomonidan chizilgan suratlar, tayyorlangan memlar yoki mualliflik fotosuratlari ishlatilishi lozim.

10-noyabr kuni eng ko'p yoqtirishlar/ko'rishlar soniga ega bo'lgan postlar aniqlab olinadi va g'oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇 o‘rin — smart soat (1 ta g'olib aniqlanadi)
🥈 o‘rin — ryukzak (2 ta g'olib aniqlanadi)
🥉 o‘rin — naushnik (3 ta g'olib aniqlanadi)

Postlar mazmuni mavzu va janr jihatidan chegaralanmagan.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Yerda suv juda ko'p. Sayyoraning qariyb 71 foiz qismi suv bilan qoplangan, okeanlar Yerdagi barcha suvning taxminan 96,5 foizini tashkil qiladi. Suv, shuningdek, havoda suv bug'i sifatida, daryo va ko'llarda, muzliklarda, yerda tuproq namligi sifatida va suvli qatlamlarda, shuningdek, jami tirik mavjudotlar tanasida mavjud.

🌊 Yerdagi suvning katta qismi sho'r suv hisoblanadi. Sayyoradagi suvning atigi 2,5 foizini chuchuk suv tashkil qiladi va uning deyarli barchasi muz shaklida va yer ostida "qamalgan".

⚠️ Barcha chuchuk suvlarning atigi 1,2%dan biroz ko'prog'i yer usti suvlari bo'lib, u kishilik jamiyati hayotining aksariyat ehtiyojlarini qondiradi.

📌 Yer sayyorasiga globus orqali nazar solish unda suv juda ko'p va tuganmas degan taassurot uyg'otsada, yuqoridagi raqamlar biz suv muammosi oldida qanchalik chorasiz ekanligimizni va suvni tejash uchun bugun har qachongidan ko'proq harakat qilishimiz zarurligini ko'rsatadi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 Tishlaringizni yuvayotganda suvni tejang!

Tishlarni tozalash paytida jo'mrakni ochiq holatda qoldirish har safar o'rtacha 20 litrgacha suvning behuda sarflashiga sabab bo'lishini bilasizmi? Keling, suv, pul va sayyorani asrash bo'yicha yengil, ekologik foydali maslahatlarga ko'z tashlaymiz.

1️⃣ Kranni o‘chiring: Qimmatbaho litrlarni tejash uchun tishni tozalash paytida uni o'chiring;
2️⃣ Kosadan foydalaning: Tishlarni chayish uchun krandan oqib turgan suvni ishlatish qulayligi rost. Biroq biror idishni kerakli suv bilan to‘ldirish va undan foydalanish anchagina tejamkorlikka sabab bo'ladi va bu ajoyib;
3️⃣ Vaqtga amal qiling: Ko‘p odamlar tish yuvishga tavsiya etilgan 2 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflaydilar. Suvdan samarali foydalanayotganingizga ishonch hosil qilish uchun taymerni sozlang.

💡 Kundalik hayotingizda ushbu kichik o'zgarishlarni amalga oshirish orqali siz Yerning eng qimmatli manbasini tejashga yordam berasiz. Ushbu maslahatlarni boshqalar bilan ham baham ko'ring va suvni tejaydigan qahramon bo'ling! 💪🌏

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 MediaDataLab jamoasi “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi.

🧮 Natijalarga ko‘ra, respondentlarning deyarli uchdan bir qismi 1 litrdan ko‘proq suv iste’mol qiladi. 43,7 foiz ishtirokchi 1,5 litrdan 2,5 litrgacha bo‘lgan variantni tanlagan.

Turli manbalarga ko'ra, kundalik suv iste’moli me’yori erkaklar uchun taxminan 2,5 litr, ayollar uchun 2 litrni tashkil etadi. Suvni yetarlicha iste’mol qilmaslik turli xil nojo‘ya ta’sirlar, xususan, suvsizlanish, charchoq, terining qurishi, ich qotishi, siydik chiqarishning kamayishi, buyraklarda tosh paydo bo‘lishi xavfining oshishi va kognitiv funksiyaning buzilishi kabilarga olib kelishi mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💧 MediaDataLab jamoasi “Zamonaviy media makonda suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarda suv resurslariga oqilona munosabatni shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi.

So‘rov doirasida respondentlar suvning ifloslanishi bilan bog‘liq asosiy muammolar haqida fikrlarini bildirdilar. Ishtirokchilarning 50,5 % qismi suv ifloslanishining yo'llari sifatida maishiy chiqindilar, kanalizatsiya va plastiklarni ko'radi.

Respondentlarning to'rtdan bir qismi chirigan suv o'tlari va botqoqlanish bilan bog'liq muammolarni sanaydi (25,6%). Shuningdek, korxonalardan tozalanmagan chiqindilarni chiqarish (15,5%), qishloq xo'jaligi faoliyatida o'g'itlar, pestitsidlarni oqizish (14,3%) va turli kimyoviy moddalarning sizib chiqishi (11,2%) kabi muammolarni ham qayd etishgan.

Bu raqamlar aholining suv havzalarini ifloslantiruvchi asosiy manba sifatida yuridik xizmatdan ko'ra ko'proq inson aralashuvini ko'rishini bildiradi. Binobarin, mazkur tajriba suv resurslarining maishiy chiqindilar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish muhimligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, yuridik shaxslar tomonidan tozalanmagan oqova suvlar va chiqindilarni oqizish ustidan jamoatchilik nazoratini rag‘batlantirish bo‘yicha alohida milliy dasturni ishga tushirish zarur ko‘rinadi.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣

Yodingizda bo'lsa, “Suv haqidagi eng yaxshi post” tanlovini e'lon qilgan edik.

To'plagan yoqtirishlar soni kesimida ishtirokchilarimiz quyidagicha g'olib deb topildilar:

🥇 o‘rin — @husnoraa_oo6 yuzerneymli ishtirokchi 964 ta yoqtirishlar bilan (smart soat g'olibi)
🥈 o‘rin — @akmal.2312 yuzerneymli ishtirokchi 58 ta yoqtirishlar bilan (ryukzak g'olibi)
🥈o‘rin — @murodyusupov_official yuzerneymli ishtirokchi 24 ta yoqtirishlar bilan (ryukzak g'olibi)
🥉 o‘rin — @chorshanbiyevajavhar yuzerneymli ishtirokchi 5 ta yoqtirishlar soni bilan (naushnik g'olibi)

🎁 G'olib bo'lganlarni tabriklaymiz va tez orada esdalik sovg'alarni ularga yetkazamiz.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha MediaDataLab jamoasi "Suv bormi?" loyihasi doirasida o'zining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi. Unda yakunlanib borayotgan loyiha natijalari, kutilmalari, suvmap.uz veb-sayti kontenti kabi masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyihada bevosita ishtirok etgan faol yoshlardan Yusufjon Yunusov (Buxoro viloyati), Mirzabek Muxtorov (Samarqand viloyati) va Kibriyo Sayriddinova (Toshkent shahri)lar ham ishtirok etdilar va o'z fikr-mulohaza va takliflari bilan o'rtoqlashdilar.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAVda_biz

💧 MediaDataLab jamoasi USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshirmoqda.

Qariyb bir yil davomida amalga oshirilgan loyihaning komponentlaridan biri sifatida yoshlar orasida tadqiqot amalga oshirildi va u orqali yoshlarning suv resurslari, suvdan oqilona foydalanish va suv inqirozi kabi muhim mavzulardagi qarashlari tahlil qilindi.

Loyihaning ushbu bosqichida aholi, asosan, 1️⃣4️⃣ yoshdan 2️⃣5️⃣ yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida, ularning kundalik hayotida va qaror qabul qilishda suv mavzusining dolzarbligi yuzasidan sotsiologik so‘rov o‘tkazildi. Unda jami 1583 respondent ishtirok etdi. So‘rov uch tilda (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) maxsus ishlab chiqilgan Telegram bot yordamida amalga oshirildi.

💧 Suv xaritasini yaratish uchun botga 150 dan ziyod ko‘ngillilar ma’lumotlarni yubordilar va bu O‘zbekiston suv resurslarining ko‘rinishi va holatini baholashga imkon beruvchi unikal xaritaning yaratilishi uchun asos bo‘ldi. Xaritani yaratishda bevosita ishtirok etgan yoshlar turli suv obyektlaridan foto-hikoyalar tayyorlash jarayonida ham qatnashdilar. Loyiha davomida har bir bosqichda faol ishtirok etgan yoshlar va ko‘ngillilar muntazam taqdirlanib borildi.

📝Biz haqimizda OAVda e'lon qilingan materiallar bilan tanishing:

1. https://ishonch.uz/news/zbekiston-slari-mamlakatning-interakti
2. https://oyina.uz/uz/article/2240
3. https://darakchi.uz/uz/176143

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM