MediaDataLab
160 subscribers
219 photos
38 videos
1 file
141 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
Suv orzusi: 45 kun

Xalqning asosiy daromadi yerdan bo'lgan bir davrda ularning yagona orzusi tuganmas-bitmas suv manbasiga ega bo'lish edi. Aynan shu orzuni amalga oshirish maqsadida 1939-yilning 27-iyul kuni erta tongdan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab karnay sadolari ostida Katta Farg'ona kanalini qurishga bel bog'lashdi.

90% qo'l mehnati asosida bunyod qilingan ushbu inshoat hasharida 300 mingdan ziyod ko'ngilli hasharchilar ishtirok etishadi. Qurilish ayolni ayol, erkakni erkak yoki qariya, deya ajratmaydi. Odamlar yagona maqsad yo'lida tun-u, kun 45 kun ichida suv yo'lini barpo qilish uchun tekinga ishlashadi. "Qorning to'yishini xohlasang Katta Farg'ona kanali qurilishiga bor!" degan gaplar tarqaladi. Xalqning haqiqiy qahramonligi, deya e'tirof etiluvchi inshoat haqida bilishingiz kerak bo'lgan to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu multimediyaviy maqolani ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram