MediaDataLab
148 subscribers
220 photos
38 videos
1 file
142 links
Media research & educational development center
Empowering media and data communities in Uzbekistan
Download Telegram
💧 Suv muammosi bugun butun dunyo, xususan, O'zbekiston siyosatida ham kun tartibidagi masala sifatida ko'rilmoqda. Mamlakat qonunchiligida o'zida suv masalalarini aks ettiruvchi o'ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud.

⚖️ O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi veb-saytida ayni masalaga urg'u berilgan qonunchilik hujjatlari bir nuqtaga jamlangan.

Ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin.

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar!

"MediaDataLab" jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎄 Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin!

Bayram muborak bo’lsin!

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ekolog” jamoat birlashmasi virtual suv isrofiga qaratilgan videorolikni ulashmoqda

Video messejiga ko'ra, oziq-ovqat isrofi bevosita virtual suv isrofi sanaladi. 🧮 Misol uchun, 1 kg osh tayyorlash uchun 20 ming litr suv ishlatiladi.

Yodingizda bo'lsa, “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovnomamiz natijalarini ulashgan edik.

☹️ "Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda mahsulot birligiga qancha suv sarflanishi siz uchun qiziqmi?" mazmunidagi savolga respondentlarning 61% i yo’q deya javob bergandi.

💧 Bir mahsulot yaratilishdan boshlab to tayyor holatga kelgunicha uni ishlab chiqarish uchun juda ko'p suv sarf qilinadi. Bu suv ko'zga ko'rinmaganligi bois virtual suv deb ataladi.

Xulosa: Sizning virtual suv sarfiga befarqligingiz va xabarsizligingiz ham sayyoraga jiddiy xavf soladi. Suvni asrang!

💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Tomphson" brendi asoschisi Shahzod Bahodirov o'z instagram sahifasiga joylagan ushbu video 112 ming ko'rishlar soniga ega.

⚠️ Video messejiga ko'ra, siz ibodat qilishni boshlaganingizda, poklanishni boshlaysiz.

Tasvirda notoza suyuqlik solingan stakanga toza ichimlik suvi quyilishi bilan u poklanib borishi aks etgan. Kommentlardan anglashilishicha, tarmoqlarda hozir shunday trend mavjud va tadbirkor ham trendga qo'shilgan.

☝🏻 Shuni unutmaslik kerakki, muqaddas dinimizda isrof qoralanadi: ”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof, 31).

Ma'lumot uchun, har yili besh yoshgacha bo'lgan 297 000 nafar bola yomon sanitariya sharoitlari, qoniqarsiz tashkillashtirilgan gigiyena yoki xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligi tufayli diareyadan vafot etadi (2019).

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 Hurmatli ekofaollar, jurnalist va blogerlar!

🔔 “Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi” NNT Sizni 2024-yilning 28-fevral kuni “Zamonaviy media makonda suv mavzusi” loyihasi yakunlari bo‘yicha Toshkent fotosuratlar uyida bo'lib o'tadigan davra suhbati va “Suv bormi?” fotoko‘rgazmasiga taklif etadi.

🌐 Taqdimotda O‘zbekiston yoshlari ishtirokida yaratilgan noyob suv xaritasi va foto hikoyalar taqdim etiladi. Online xarita orqali respublikaning turli hududlarida joylashgan 200 dan ortiq suv resurslari bilan tanishasiz. Shuningdek, ko‘rgazmada tajribali fotograflar tomonidan suratga olingan suv muammosi bilan bog`liq fotolavhalar o‘rin olgan.

📍 Taqdimot manzili: Toshkent Fotosuratlar uyi, Istiqbol ko‘chasi 4

🟢 Boshlanish vaqti: 28-fevral, soat 16:00

P.S. Ko'rgazma 28, 29-fevral va 1-mart kunlari bo'lib o'tadi.

_____

Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida USAIDning “Markaziy Osiyodagi suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi hamda Media tadqiqotlar va ta’lim ishlanmalari markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Zamonaviy media makonida suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” ijtimoiy loyihasi yakunlari bo'yicha “Suv bormi?" fotoko'rgazmasi va davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda loyiha doirasida suv resurslaridan unumli foydalanish, iste’molchilarning atrof-muhitga bo‘lgan madaniy qarashlarini aniqlash va ekologik muammolarning oldini olish maqsadida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalari ham taqdim etildi. Xususan, unda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 1,5 mingdan ziyod yoshlar faol ishtirok etgan.

Loyiha doirasida yaratilgan Oʻzbekistondagi suv resurslarini aks ettiruvchi interaktiv xarita va Suvmap.uz veb-saytining taqdimoti tadbirning eng muhim qismi bo‘ldi.

Xaritada mamlakatning suv resurslari haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, barcha hududlarda suv muammosini yoritib berish va suvdan samarali foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan. Ushbu xaritaning o‘ziga xosligi shundaki, uni yaratishda yoshlar faol ishtirok etib, ma’lumotlarni to‘plashda o‘zlarining hissalarini qo‘shganlar.
Tadbir so‘ngida loyihani amalga oshirishda faol ishtirok etgan ekofaol – yoshlar vakillariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
 
Loyiha USAIDning “Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit” loyihasi ko‘magida amalga oshirildi.
 
⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
Suv orzusi: 45 kun

Xalqning asosiy daromadi yerdan bo'lgan bir davrda ularning yagona orzusi tuganmas-bitmas suv manbasiga ega bo'lish edi. Aynan shu orzuni amalga oshirish maqsadida 1939-yilning 27-iyul kuni erta tongdan Farg‘ona vodiysi bo‘ylab karnay sadolari ostida Katta Farg'ona kanalini qurishga bel bog'lashdi.

90% qo'l mehnati asosida bunyod qilingan ushbu inshoat hasharida 300 mingdan ziyod ko'ngilli hasharchilar ishtirok etishadi. Qurilish ayolni ayol, erkakni erkak yoki qariya, deya ajratmaydi. Odamlar yagona maqsad yo'lida tun-u, kun 45 kun ichida suv yo'lini barpo qilish uchun tekinga ishlashadi. "Qorning to'yishini xohlasang Katta Farg'ona kanali qurilishiga bor!" degan gaplar tarqaladi. Xalqning haqiqiy qahramonligi, deya e'tirof etiluvchi inshoat haqida bilishingiz kerak bo'lgan to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu multimediyaviy maqolani ushbu havola orqali o'qishingiz mumkin.

⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Facebook | Telegram | Instagram
👑 Mass-media fondi BMTning OIV/OITS bo'yicha Qo'shma dasturining (UNAIDS) O‘zbekistondagi ofisi hamda Respublika OITSga qarshi kurashish markazi bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlarni 2024-yil 13-noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Stereotipsiz OIV: jamiyatda OIVga nisbatan stigmani kamaytirishda OAVning roli" mavzusidagi treningga taklif etadi.

🌟 Tadbirning ishchi tili- o‘zbek tili.

✈️ Ishtirok etish uchun ko‘rsatilgan havola orqali so‘rovnomani to‘ldirishingizni so‘raymiz. (https://forms.gle/e7Dg9gPsMzPneKEM8)

🧳 Ishtirokchilar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun ariza topshirishning eng so‘nggi muddati - 8-noyabr. Ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari asosida tanlanadi va muvaffaqiyatli ariza egalariga tadbir uchun taklifnoma yuboriladi.

---

👑 13 ноября 2024 года Фонд масс-медиа совместно со страновым офисом Объединённой программы ООН по ВИЧ/СПИДу (UNAIDS) в Узбекистане и Республиканским центром по борьбе со СПИДом организуют для журналистов и блогеров совместный тренинг на тему «ВИЧ без стереотипов: роль СМИ в снижении стигмы в обществе».

🌟 Рабочий язык тренинга: узбекский.

✈️ Для участия необходимо заполнить форму по указанной ссылке (https://forms.gle/e7Dg9gPsMzPneKEM8).

🧳 Места ограничены. Зарегистрироваться на тренинг можно до 8 ноября включительно. Участники будут выбраны на основе регистрационных данных. Им будет отправлено подтверждение об участии.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM