Dr.Dovudbek Lectures
2.17K subscribers
79 photos
15 videos
114 files
390 links
ADTI tamomlandi
Tillar o’rganildi
▪️Rus tili ▪️Ingliz tili ▪️Nemis tili
Sayohatlar - 3 ta mamlakat.
Tajriba:
▪️7-OP Mingbuloq/Namangan
▪️Impuls Tibbiyot Instituti lector/teacher
▪️Charite Universiteti Berlin. Qabul/Registratura
Download Telegram
#motivatsiya

❗️Yuqoridagi postni qayta qo'yishimning sababi bor. Bir ukamiz bor. Reader-->Leaderda Kazuxironi yengaman deb harakat qiladigan. Menimcha, deyarli maqsadiga erishdi.

⚡️Assalomu alekum
1 soat oltin silsila
9 soat pathology
4 soat clinical anatomy
Overall result : 40


Bu ukamizni harakatini ko'rib, xuddi men bekor o'tirgandek bo'lib qolyapman. Bolalar kasal bo'lib qolishidan havotirdaman.

Suhbatdan parcha:

- Assalomu alaykum, Dovudbekaka. Yaxshimisiz?

-Vaalaykum assalom, Alhamdulillah. O'zingiz yaxshimisiz. Ancha ozib ketibsiz.

-Ha, aka. Keyin tiklavolamiz. Aka 3 soat uxlab dars qilsa bo'laveradimi?

-Nima!!!😳.

- 23:00 da uxlab, 2:00 da turib dars qilayapman. Sog'lig'imga ziyoni yo'qmi?

- Hozirgi holatingiz yaxshiku. Uyqusirash, xorg'inlik yo'q. Menimcha, a'lo darajadasiz.

- Shu zaylda davom etaveraymi?

-Menimcha, Allohni bergan marhamati. Vaqtingiz, sog'lingiz va tanangiz quvvatiga baraka beribdi. Foydalanib qoling.

- Raxmat, aka.


🔺 Aynan shunday bolalar kerak bizga.
Ukamizni maqsadi: Aka bu yil 18 yanvarda maqsad qo'yib, o'qishni boshlaganman. Keyingi yil 18-yanvarda asosiy fanlarni yopaman.

⚡️Men o'zim uchun ham turtki bo'layotgan insonlardan bittasi.

🔺Ibn Sino rohmatullohi a'layh: " Tib ilmi oson ekan. Ikki yilda o'rganib oldim " ,- degan jumlalari mohiyatini endi angladim. Shunaqa katta shijoat va maqsad bilan harakat qilinsa, tib ilmi 1 yilligini bizga isbotlamoqchi bo'layotgan oliyhimmat inson.

Sizda ham xuddi shunday imkoniyat bor. Bir urunib ko'ring. Alloh ishimizga, vaqtimizga, ilmimizga va shu ilmdan keladigan natijaga baraka bersin.
🔥44👍15👏4😢3🤯1
Dr.Dovudbek Lectures pinned «#motivatsiya ❗️Yuqoridagi postni qayta qo'yishimning sababi bor. Bir ukamiz bor. Reader-->Leaderda Kazuxironi yengaman deb harakat qiladigan. Menimcha, deyarli maqsadiga erishdi. ⚡️Assalomu alekum 1 soat oltin silsila 9 soat pathology 4 soat clinical…»
#PathoUz_effekti

Assalamu alaykum

Vaqt-misli oqar daryo kabi,juda tez shiddat bilan oqar,ortga qaytmas lahzadir. Pathology kursimiz boshlanganiga ham 2 oy òtib ketibdi, biz bòlsa shu orada darslarga òrganib qoldik, caselarga ham ancha yondashib qoldik...
Miyamga Pathologyni yaxshi òqish kerakligi singdirilgan, ammo òqishdagi darslardan kònglim tòlmas, gòyo òqib uqmayotgan edim. Shunda bir ustozim Pathology dan kurs ochilganligi haqida aytib qoldilar. Bu men uchun ayni muddao bòldi. 1-darslarimizdan klinikaga kirdik. Deyarli, caselar tahlilini kòrmagan edim. Shu sabab,1-2 darsda past natijalar bòldi. Shunda ustozimiz, kòproq harakat qilishimiz kerakligini, hammasiga erishish mumkinligini aytdilar.Shu jumladan "Biz bu yòlni òzimiz tanladik! Demak, yaxshi òqishga va harakatdan tòxtamaslikka majburmiz!"degan sòzlar...
Case tahlilini qilarkanmiz, bevosita bemorlar oldida bòlgandek, shikoyatlarini eshitgandek, boshqa hamkasblar bilan fikr almashgandek bòlardik. Boshqa darslardan kechib kòproq Pathology bilan shuğullanishga harkat qilardim. Endi quloğim ostida "Hammasi bemor oldida bilinadi" degan sòzlar jaranglardi. Darhaqiqat, kurs davomida bemorga eng yaxshi yondashish tomonlari, kasalliklarni yangicha davolash gòyalari kela boshladi. Eng muhimi, fikrlashimiz ancha òsdi.
Òqishdagi yangi taktikalar bilan tanishdik. Tòğri vaqt taqsimoti ilm òrganishning eng maqbul yòlini ochib berdi. Eng qiziği, biz barcha ilmlarni rejali, maqsadli òrgana boshladik. Ustozimiz ilm olish ishtiyoqida bòlgan, ammo moddiy jihatdan imkoniyati bòlmagan barchaga yordam berdilar. Chunki maqsadlari ilmli doktorlarni kòpaytirish edi. Xolis niyatlar esa albatta amalga oshgay! Buni, erishilgan natijalar kòrsatib turibdi. Men shuni aniq ayta olmanki, biz olgan ilmlar klinikada ayni asqotadigan ilmlar bòldi.
Allohga hamdlar bòlsinki, shunday atmosfera, ustozlar bilan tanishtirdi. Alloh ustozlarimizni ilmlarini ziyoda qilsin!
Rahmat kattakon hammasi uchun!
Ilm olishdan va ulashishdan aslo charchamangizlar!

Sizlar ham klinikani asl mohiyatini his qilmoqchi bòlsalaringiz Pathology kurslariga qatnashingizlar!
Bu yòlda barchamizga Alloh madadkor bòlsin!
👍19🔥7
#PathoUz_effekti

Ilm yo‘lin manzili - Jannat,
Pok dillarda iymon mustahkam,
Avval hizmat, keyin karomat,
Ustozimsiz Dovudbek akam.

Kurs haqida mendan oldin juda yaxshi fikrlar bildirishdi. Bizga tibbiyotning mohiyatini oson yo‘l bilan o‘rgatayotganliklari eng katta yutug‘imiz bo‘ldi.

Men bitta narsani ayta olaman: men Dovudbek ustozning shogirdi ekanligimdan faxrlanaman!


© Muslimbek Esonaliyev
🔥30👍11
#Pathouz_effekti

Assalomu alaykum
Maqsadsiz inson ochiq dengizda har tomonga qalqib borayotgan xasga o'xshaydi. Hayot qaysi tomonga boshlasa bosh egib ketaveradi. Men ham shunday edim. Talabalikka erishgandan so'ng xuddiki kelajagimni hal qilib qo'ygan kabi bamaylixotir yuraverdim. Qilgan ishim fanlardan faqat baho olish uchun konstpektlar va zerikkan paytim badiiyot edi. 1 yil o'tdi, lekin hamon o'sha-o'sha holat. Barini tushunsam ham o'zimda o'qish uchun motivatsiya topa olmasdim. Yo'lboshchi kerak edi nazarimda. Shu yil aprel oyi boshlarida 2 ta jamoada patologiya fanidan kursga qabul jarayonlari boshlanganiga ko'zim tushdi. Nimadir o'ta boshladi ichimdan. Yana shunday yuraveraymi yoki hech bo'lmasa patologiya kursiga kirib, ozgina tushunchaga ega bo'laymi?
Aksiga olib normal anatomiya va fiziologiyani ham faqat dars payti baho olish uchun o'qiganmiz. Robbimga tavakkal deya kursga yozilmoqchi bo'ldim. Yaqin do'stimning tavsiyasi bilan Dovudbek aka Tursunovning
Patho darslarini tanladim. O'sha vaqtgacha ustozim haqida menda umuman ma'lumot yo'q edi. Xullas, darslar boshlandi. Birinchi darsning o'zidayoq menda nima uchun tibbiyotni tanlaganim, bu yo'lda nima qilayotganim, nima qilishim kerakligi haqida fikrlar paydo bo'la boshladi. Bularga, avvalo, Alloh Taolo va vositachi sifatida ustozim mayoq bo'ldilar men uchun.
Darslarga kelsak, shunchaki bomba, darsdan oldingi kungi video+konstpekt+ankilar, dars paytida bir-biridan qiziq keyslar nafaqat mavzuni o'zlashtirishga, balki klinik mushohadani ham o'stirishga sabab bo'layotgandi. Klinik enzimologiya bo'limini o'qib bo'lgach, klinikaga bog'liq fanlarga borib, bemorlarning qon tahlillariga ko'rib, to'g'ri baho bera olgan paytimdagi quvonchni talaba bo'lgan paytim ham xis etmagandim, rosti. Darslarga tayyorgarlik ko'rib, keyslarni qayta tahlil qilarkanmiz hayolan bemor bilan muloqot qilayotgandek bo'lardik. Just super!
Ustozning gaplari bor:
-Bu yo'lni siz ham men ham bilib tanlaganmiz, harakat qilmasligimiz vijdonsizlik xolos.
Har gal darsga kirgan paytimiz, nimanidir bilmasak, erinmasdan, yo'q demasdan qayta tushuntirishlari u kishiga va kurslariga bo'lgan ixlosimizni yanada orttirgan. Darsdan tashqari bergan motivatsiyalari bilan qanday qilib harakatga tushub qolganimizni o'zimiz ham bilmay qolardik. Reader--->leader challenge esa kun tartibimizni butunlay o'zgartirib yubordi. Dastlabki kunlar faqat zerikkan paytim dars qilgan bo'lsam, bora-bora bu kundalik ehtiyojimga aylanib qoldi. Kuniga kamida 8 soat dars qilmasam, kunimdan qoniqmaydigan holatga keldim oxiri...
Ilm yo'lida tolibi ilm o'ziga bir ustoz tutishi shart. Men ham Dovudbek akani o'zimga tibbiyotda ustoz sifatida tanladim. Pathodan boshqa kurslarni ochishlarini intiqlik bilan kutayotganlardan biriman. 2 oy qanday o'tganini bilmay qoldik. Lekin vijdodan aytishim mumkinki, bu 2 oy men tibbiyot institutida o'tkazgan 2 yilimdan ko'ra mazmunliroq bo'ldi.
Yangi qo'shilmoqchi bo'lganlarga aytamiz:-"Kutmang, hoziroq kurslariga yoziling, agar o'zizda zarra misqol harakat bo'lsa qolgani Qodir Alloh va ustozimiz sa'i-harakat va tavsiyalari bilan tibbiyotning go'zal olamiga qanday sho'ng'iganizi bilmay qolasiz. Ummatni biz uyg'otamiz, 3-renessans bizniki, erta bizniki, kelajak bizniki!!!


Ustoz, bu xayrli va savobli, ummat uchun nafli bo'lgan amallarda Robbim o'zi toliqtirmasin, davomli qilsin
👍18🔥8🥰1
📣Umumiy patologiya kursi uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi

📡Online
📍Telegram

👥Guruhda talaba soni: ±30

📈Davomiyligi: ≈24 ta dars

💰Narxi: 199k so'm (12 ta dars uchun)*

📖Qamrab olinadigan mavzular:

Umumiy patologik jarayonlar

Dars vaqti: Dushanba ,Chorshanba , Juma kunlari tonggi 05:30 da

👨🏻‍🎓Keyslar muhokamasini Dovudbek Tursunovning ishonchli shogirdlari olib boradi

📝Ro'yhatdan o'tish uchun: LINK

Kurs haqida batafsil ma'lumotni ro'yhatdan o'tish jarayonida bilib olasiz!

❗️Qabul: 11.06.2022 23:00 gacha davom etadi


Ko'p beriladigan savollarga javoblar:

-Kursga qatnashmoqchi edim guruhga qo'shib qo'ying?

-Kursga qatnashish uchun
LINK orqali ro'yhatdan o'tish lozim,bundan boshqa usuli mavjud emas.


-Kurs haqida batafsil ma'lumot berolasizmi?

-Kurs haqida
Umumiy patologiya guruhida "pin" qilingan xabarlarda va ro'yhatdan o'tish jarayonida batafsil bilib olasiz


-Kursga yozilmoqchi edim, lekin chegirma qilib berolasizlarmi,sizga murojaat qilishimiz aytilgan ekan?

-Ha biz yetarlicha asos bo'lsa chegirma qilib beramiz, ro'yhatdan o'tishingiz mumkin, buni to'lov vaqtida muhokama qilamiz
👍14
Dr.Dovudbek Lectures pinned «📣Umumiy patologiya kursi uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi 📡Online 📍Telegram 👥Guruhda talaba soni: ±30 📈Davomiyligi: ≈24 ta dars 💰Narxi: 199k so'm (12 ta dars uchun)* 📖Qamrab olinadigan mavzular: Umumiy patologik jarayonlar Dars…»
"Dr.Dovudbek Lectures" YouTube kanalidagi pleylistlar:

📂EKG
📂Patologiya
📂Immunologiya
📂 Farmakologiya
📂Nevrologiya
📂Laborator tahlillar
📂Ta'lim

Bizga obuna bo'ling:
YouTube | Telegram

❗️Loyiha rivojlanishiga hissa qo'shish uchun bu postni do'stlaringiz bilan ulashing!
🔥20👍1
Kɪsʟᴏᴛᴀ Isʜǫᴏʀ Mᴜᴠᴏᴢᴀɴᴀᴛɪ Bᴜᴢɪʟɪsʜɪ.
▫️Uᴍᴜᴍɪʏ Tᴀᴋʀᴏʀʟᴀsʜ Uᴄʜᴜɴ Mᴀxsᴜs Vɪᴅᴇᴏ.

👉 Kislota-Ishqor Muvozanati Buzilishi [Takrorlash]
⚡️ Sᴜᴘᴇʀ Hɪɢʜ Yɪᴇʟᴅ Yᴀɴɢɪ Vɪᴅᴇᴏʟᴀʀɢᴀ Tᴀʏʏᴏʀᴍɪsɪᴢ?

𝙱𝚒𝚣𝚗𝚒 𝚔𝚞𝚣𝚊𝚝𝚒𝚜𝚑𝚍𝚊 𝚍𝚊𝚟𝚘𝚖 𝚎𝚝𝚒𝚗𝚐. 𝚅𝚒𝚍𝚎𝚘𝚕𝚊𝚛𝚗𝚒 𝚍𝚘'𝚜𝚝𝚕𝚊𝚛𝚒𝚗𝚐𝚒𝚣 𝚋𝚒𝚕𝚊𝚗 𝚖𝚊𝚔𝚜𝚒𝚖𝚊𝚕 𝚞𝚕𝚊𝚜𝚑𝚒𝚗𝚐. 𝙺𝚘'𝚙𝚌𝚑𝚒𝚕𝚒𝚔 𝚖𝚊𝚗𝚏𝚊𝚊𝚝 𝚝𝚘𝚙𝚒𝚜𝚑𝚒𝚍𝚊 𝚋𝚒𝚣𝚐𝚊 𝚑𝚊𝚖𝚛𝚘𝚑 𝚋𝚘'𝚕𝚒𝚜𝚑 𝚒𝚖𝚔𝚘𝚗𝚒𝚢𝚊𝚝𝚒𝚍𝚊𝚗 𝚏𝚘𝚢𝚍𝚊𝚕𝚊𝚗𝚒𝚋 𝚚𝚘𝚕𝚒𝚗𝚐.


👉 Kanalimizga a'zo bo'ling:
𝚃𝚎𝚕𝚎𝚐𝚛𝚊𝚖𝚖 | 𝚈𝚘𝚞𝚝𝚞𝚋𝚎
🔥18👍7👏2
Dr.Dovudbek Lectures pinned «📣Umumiy patologiya kursi uchun yangi guruhlarga qabul boshlandi 📡Online 📍Telegram 👥Guruhda talaba soni: ±30 📈Davomiyligi: ≈24 ta dars 💰Narxi: 199k so'm (12 ta dars uchun)* 📖Qamrab olinadigan mavzular: Umumiy patologik jarayonlar Dars…»
#PathoUz_lesson2

⚡️PathoUz 2-darsdagi ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun yo'riqnoma:

1-qadam: Videodarsni diqqat bilan ko'ring. Konspekt qilish orqali yuqori konsentratsiyali diqqat hosil qilish mumkin.

2-qadam: Konspekt orqali ma'lumotlarnk takrorlang.

3-qadam: Anki-flashkardlar orqali ma'lumotlarni tez qayta o'zlashtiring.

4-qadam: Online quizni ishlang.

5-qadam: Keyslar tahlini diqqat bilan ko'rib chiqing. Keyslarning docx varianti.
👍9
#Alhamdulillah


Assalomu alaykum va rohmatulloh. Bugungi hayr-u barokatli, muborak Juma Ayyomi qutlug' bo'lsin.

⚡️Mana Umumiy Patalogiya videodarslarini ham yakunlab oldik. InshaaAlloh, yangi bo'lim videolarini boshlaymiz. Duo qilib turasizlar. Kanalimizni kuzatishda davom eting.

🔺Ummat uchun mehnat qilishdan O'zi charchatmasin va shu dunyoviy ilmlarga [biz shu ilmlarni o'rganishimiz hozir juda ham zarur] sarflagan vaqtimiz, ko'zimiz nuri va jismoniy quvvatimizni mukammal ibodat maqomidagi ajr-u a'zim, ajr-u hasana maqomida qabul aylasin. Barchamiz birgalikda hamjihat bo'lib, ummatga xizmat qilaylik.
Zero,

▫️ 2² + 2² = 8
▫️ (2+2)² = 16

❗️Haq Taoloning qoidalari matematikadan ham aniqroq ishlaydi, ishoning.
👍25🔥1413
#iqtibos

❗️Qo'shningiz g'ayri din(yahudiy, nasroniy, ateist va boshqa) bo'lsa, unutmang qo'shnilik haqqi bor. Bundan so'ralasiz.

❗️Qo'shningiz musulmon bo'lsa, uning bizda 2 ta haqqi bor: musulmonchilik, qo'shnilik.

Ikki do'st orasiga, ikki qo'shni orasiga yoki oiladagi yaqinlar orasiga fitna solmoqchi bo'lganlar hozir judayam ko'paygan.

Provakatsiya, propaganda, manipulatsiya va fitna nazariyasi tushunchalari aynan shu nuqtalarni parchalashga, susaytirishga harakat qilishadi. Ularni maqsadi bizni mamlakatni rivojlantirish emas. Siyosiy boshqaruvni izdan chiqarib,
▫️o'zining hukmronligini o'rnatish.
▫️Siyosiy beqarorlikdan foydalanib, tabiiy boyliklar, muhim iqtisodiy nuqtalarni egallash. Bu orqali mamlakatni ilmiy, iqtisodiy va siyosiy sog'lom atmosferasini izdan chiqarish.
▫️Mamlakat rivojini 2022 yildan 1900 yildagi holatga qaytarish va qaram qilish.

Yuqoridagi fitnalarga aldanmaslikni eng qulay vositasi foydalik ilmdir. Siz va bizning vazifamiz bu fitnalarga aldanmaslik, biz uchun farz-u a'yn ilmlar, so'ng farz-u kifoya ilmlar va boshqa manfaatli ilmlarni o'zlashtirishdir.

❗️Chunki, atrofimizdagi shuncha ummat ichidan biz tibbiyot talabasi bo'ldik va uni ertaga uyalib qolmaydigan maqomda o'zlashtirishimiz lozim.

Hayotiy voqea:
Avtobusdaman. Ikkita muslima singlimizga joy bo'shatishga to'g'ri keldi va tik turib kelayapman. Ikkita amaki, yoshi 45-50 chamasi, ko'rinishidan biroz alkogol ichgan va achinarli holatda. Birdan qattiq ovozda baqira ketishdi:
" Tarbiyang bormi, kattaga joy berishni bilmaysanmi? Hozirgi yoshlar tarbiya nimaligini bilishmaydi ".
Hijolat tortgan ayollar joy bo'shatishdi.
Va gapirishda davom etishdi.
" O'qituvchilar umuman oylikka yarasha ish qilgani yo'q. Ularga umuman oylik bermaslik kerak. Bolalarni tarbiya qilishni bilishmaydi ".

Shunaqa vaziyat fitnani boshlanishi deyiladi va bu vaziyatga noto'g'ri baho berish orqali butun boshli avtobusdagi insonlarda salbiy fikrlar sekin nish ura boshlaydi. Men biroz asabiylashdim va amakilarga qarab:
" - Kechirasiz, bir qavatli uyga mo'ljallangan fundamentga 9 qavatli uy qurish mumkinmi?

- Yo'q, u bino qulaydi.

-Nimaga unda fundamenti yo'q farzandingizni maktabga yuborib, o'qituvchidan 9 etajli ko'rkam bino kutyapsiz. Men o'qituvchini farzandiman. Har qanaqa mavzuda siz bilan gaplasha olaman. Mendan so'rang, o'qituvchilarni ayblashdan oldin, bo'lmasa jim keting. Siz o'qituvchini asl maqomini bilmaysiz". Shu bilan qayta gapirishmadi.

❗️Fitnalardan ogoh bo'ling. Ma'lumotni ishonchli manbadan oling. Duch kelgan inson gapirishi mumkin. Lekin haqiqatni gapiradiganlar juda ozchilik.
👍46🔥4👏3