Dr.Dovudbek Lectures
2.17K subscribers
79 photos
15 videos
114 files
390 links
ADTI tamomlandi
Tillar o’rganildi
▪️Rus tili ▪️Ingliz tili ▪️Nemis tili
Sayohatlar - 3 ta mamlakat.
Tajriba:
▪️7-OP Mingbuloq/Namangan
▪️Impuls Tibbiyot Instituti lector/teacher
▪️Charite Universiteti Berlin. Qabul/Registratura
Download Telegram
𝙺𝙸𝚂𝙻𝙾𝚃𝙰 - 𝙸𝚂𝙷𝚀𝙾𝚁 𝙼𝚄𝚅𝙾𝚉𝙰𝙽𝙰𝚃𝙸 | 𝚁𝙴𝚂𝙿𝙸𝚁𝙰𝚃𝙾𝚁 𝙰𝙻𝙺𝙰𝙻𝙾𝚉 𝚅𝙰 𝙰𝚃𝚂𝙸𝙳𝙾𝚉


https://youtu.be/VEMINAVhuQQ
👍11🔥2🎉2
🤩Yangi High Yield videolar tayyor.

📤 Shishlarning barcha turlari va klinikasi haqida videolarni hozirgina joylab bo'ldim.

⚡️Youtube kanalimizga a'zo bo'ling. Bizni kuzatishda davom eting.

👉 Link: https://youtube.com/channel/UCZJcy81GwJTFW0QoXM-HDaQ
👍17🤩3🔥1
#iqtibos

⚡️Do'stlar sustkashlik qilmaymiz. Qirg'oqqacha 20 m qolgan cho'kayotgan insondek harakat qilishimiz kerak. To'xtasangiz, ANIQ cho'kib ketasiz.
Undan ko'ra ozgina mashaqqat bilan suzishni o'rganib olsak, qirg'oq haqida o'ylamasak ham bo'ladi. Endi olis dengiz ortidagi go'zalliklarga qiziqa boshlaymiz. Suzishni deyarli o'rganib oldik.

Ko'pchilik qirg'oqqa borsam bo'ldi. Omon qolsam bo'ldi deb harakat qiladi. U insonlar pul topsam, non topsam, normal yashab, vafot etib ketsam bo'ldi degandek bir xil.

Suzishni o'rgangandan so'ng dengiz tubi va dengiz ortida nima borligiga qiziqa boshlashimiz va yangiliklarga intilishimiz kerak. Agar dengiz tubi yoki ortida xazina bo'lsa, butun millatga foyda keltirasiz va to qiyomatgacha nomingiz ortidan duolar ketadi.

🏃🧗Qani olg'a!!!
👍69🔥15👏114😁2
⚡️ 𝙼𝙴𝚃𝙰𝙱𝙾𝙻𝙸𝙺 𝙰𝙻𝙺𝙰𝙻𝙾𝚉 | 𝙼𝙴𝚃𝙰𝙱𝙾𝙻𝙸𝙺 𝙰𝚃𝚂𝙸𝙳𝙾𝚉


https://youtu.be/QaMJYk8Z2fs
👍8🔥2
Assalomu alaykum va rohmatulloh.

⚡️Umidjon do'stimizdan yangi videolarni yuklayapman. Do'stim ham Nevrologiya bo'yicha o'zbek tibbiyotiga qanchadir miqdorda hissa qo'shayotganidan xursandman.

Bu chumoli va Ibrohim alayhisalom qissasiga o'xshaydi. Siz qilayotgan ish arzimas bo'lishi mumkin, ahamiyati juda kam bo'lishi mumkin, muhimi qaysi tarafdaligingiz(yaxshilik va ilm) va shu tarafning rivoji uchun qanchadir miqdorda xissa qo'shayotganingiz.

Inson doim qiymati baland narsaga talpingan. Pul, uy-joy, mashina va hatto ilmda ham. Nima uchun ajr-u savobda ham qiymati ulkani uchun harakat qilmasligimiz kerak?!
❗️Davomli, to qiyomatlik ajr manbai[ILM biz uchun eng keraklisi va muqobili] uchun to'xtovsiz harakat qiling.
👍22🔥61👏1
Gipertonik Izotonik Gipotonik.pdf
2.7 MB
Gipertonik Izotonik Gipotonik.pdf

Rahmonov Imomali.

👉 Link: Dr.Dovudbek lectures
👍7🔥2
Assalomu alaykum. Do'stimiz Elyorbek To'raboyevning hayrli niyat ila boshlagan " Tibosfera " o'quv platformasi 1 yoshda. " Tibosfera " jamoasiga omad va ilm yo'ldagi mashaqqatlarga sabr-toqat, matonat tilaymiz.

👉 Link: https://t.me/tibosfera
👍33👏12🔥3
#pathouz_effekti

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

2 oy juda tez oʻtib ketgandek goʻyo, Pathology course oʻrgangan maʼlumotlarim tibbiyotga boʻlgan qarashlarimga yangicha gʻoyalar kiritdi. Hali yechilmagan muammo koʻp, biz oʻqishdan toʻxtamasligimiz kerakligini tushundim. Ilmni yana yurtimizga qaytarishimiz kerak, Ibn Sino, Beruniy, Imom Buxoriy kabi buyuk zotlarni avlodlarimiz. Muhammadali Eshonqulov AQShga borganda Yurtimizga tegishli kitoblarni koʻrib koʻziga yosh olgandi, shunda aytgan gaplari: - Rostan bu kitoblarga biz hali munosib emasmiz, Qachon ilmni qadriga yetsak shunda bu kitoblar bizga qaytadi.... Patalogiya kursida oʻrganganlarim kelajakda foydali boʻladi Insha Alloh, Ayniqsa Immunologiyadan monoklanal antitanalar va oʻsmadagi paraneoplastik sindrom... Ajoyib🔥 bu Patalogiya olamida juda koʻp narsalardan bexabar ekanmiz. Ilm olish yoʻlidagi tenqurlarim toʻxtab qolmang, iltimos, marra yaqin, kelajak bizniki Inshaalloh.
Ustoz sizga alohida rahmat, Oʻz maslahatlaringiz, bergan bilimlaringiz, tavsiyalaringiz, qanday qilib ilmni oʻrganish kerakligini oʻrgatganingiz(hatto ilmiy asosi bilan👍), menga ancha manfaatli boʻldi. Alloh sizdan rozi boʻlsin🤲. Ilmingiz bundanda ziyoda boʻlsin.
👍19🔥10👏2🤩1
#PathoUz_effekti

Assalomu alaykum, ustoz. Manga bergan bilimingiz uchun, óquv kónikmalar uchun kotta rahmat😊.Yengicha yoʻnalishda va keng qamrovli darslar uchun kotta rahmat.😄Sizlar órgatgan bilimingiz tufayli patologiyaning asl ma'no-mazmunini tushundim☺️. Dars jarayonidan olgan tasurotlarim judayam ijobiy.😃😃
Birinchidan ma'lumotlarni ingliz tilida innovatsionniy olib borilishi,😄👍
Ikkinchidan har bir mavzuni klinikal xolatlarga tadbiq qilib tushuntirilishi😄👍.
Uchinchidan yuqori darajadagi tartib bilan dars jarayonining mexanizatsiyalashtirilganligi☺️👍Ya'ni har bir dars videorolik orqali, keyin konspekt, anki yordamida mustahkamlab,test yordamida olgan bilimimizni sinalishi,qoʻshimcha óqituvchi tomonidan tushuntirib berilishi.
Iltimosim bor boshqa fanlardan ham huddi shunday atmosferada kurs ochsela. Astoydil yana qatnashardim. Yana bir bor rahmat.
(Qadrli patologiya treynerimga😊)
👍13🔥4👏1
#PathoUz_effekti

Assalomu alaykum
Men TTAUF da 2-kursda o'qiyman. Men bu potologiya kursiga a'zo bo'lganimdan xursandman😊. Sababi bu kursda eng kerakli ma'lumotlarnini olyapman. Bu kursni dars o'tish jarayoni, undagi ma'lumotlar men o'ylagandan juda zo'r ekan.
Darsni eng effektli joyi bu keys tahlil qilishdir.
Ayniqsa, Reader -Leader guruhida o'qish jarayonimiz rejimi tuzildi va raqobat ham kuchli.
Bu kurs menga juda yoqdi. Buning uchun ustozlarimga rahmat aytaman.😊
InshaaAlloh, boshqa fanlardan ham kurs ochilsa, ishtiyoq bilan qatnashamiz.
Ustozlar berib turgan bilim bilan isntitutdagi domlalarni ham maqtoviga erishdim😊.
Insitutdagi bilimlar, kitoblar, dars jarayonlaridan qoniqmasdim. Mavzularga ham unchalik tushinmasdim, tog'risi. Lekin bu kursdagi bilimlar, keyslar, anki flesh kardlar juda zo'r, doktor bo'lish uchun eng kerakli, eng so'nngi ma'lumotlar beriladi. Hali ancha gaplarni ayta olmadim. Chunki, bunday postni 1-marta yozishim😅. 2-kurs bo'lsam ham darslar shunaqa qulay tashkillanganki, ma'lumotlar ixtiyorsiz xotirada qolib ketarkan. Ularni klinikaga bog'lab o'rgatilganligi uchun bemorlardan belgilarini bemalol topa olyapman. Lekin, to'g'risi dars judda zo'r, effekti kuchli👍👍.
👍17🔥4
#PathoUz_effekti.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!!!
Men Dovudbek Tursunov aka aprelda tashkillashtirilgan patalogiya offline kursga qatnashishga qaror qildim . Boshida rosa ikkilandim chunki menda tibbiy bilimlarim unchalik emasligini , fundamental fanlarimda anchagina bo‘shliq borligini bilardim, lekin baribir men Dovudbek aka ixlosim kuchliligi uchun ( sizga kattakon rahmat ustoz ), patalogiyani o'rganish asosida fundamental fanlardan ham ma'lumot berib ketishlarini bilardim , shuning uchun patalogiya kursga qo‘shildim🙂
Ochig'ini aytsam guruh a'zolari bilan iliqlik bilan chiqishib kettik va ko'plab do‘stlar ortirdim, ustozdan ( Dovudbek akadan ) ko'plab narsalar o'rgandim ( bunday ko‘nikmalar va og‘itlar kitoblarda yozilmaydi😁) , O‘zimimizni institutimiz darslarda qiyin kasalliklarni patogenezi qiyin bo‘lmay qoldi 🤓🤓 , berilayotgan caselar juda ham qiziqarli va hayotimizda ko‘p uchratgan bemorlar bilan bog'liq....
So‘ng o'zlari tashkil etilgan Reader --> Leader guruhlari orqali tartibli o'qish bilan birga kunim qanday tartibli o‘tayotganini bilib olyapman ( u yerdagi raqobatni aytmasam ham bo‘ladi 😃)
Xullas ko‘p yozmoqchimasdim ( lekin ichimdagi ko‘p narsalar qolib ketyapti ) , so'ngi so‘z o'rnida agar yana offline ( agar vaqtingiz bo'lmasa online ) guruh tashkillashtirilsa o‘qimoqchi bo‘lib qiziqayotgan do‘stlarga tavsiyam ‘‘hech ikkilanmay qatnashing , afsuslanmaysiz ‘‘ 😉.

Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Davolash fakulteti 3 kurs talabasi
👍14🔥2
#PathoUz_effekti

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Patologiya kursiga qo'shilishim juda ajoyib bo'lgan.
Bir tanishim Ustozni EKG kurslarida o'qigani haqida taassurotlar va o'rganganlari haqida gapirib berganda meni ham roaa qatnashgim kelgandi. ( Ustozni Rosa maqtagan edi 😅😅😅 )
Yangi semesterda yangi boshlangan Patanatomiya va Patfizdan o'zimni qoniqtiradigan darajada o'qiy olmayotgan edim. Darslarda kasalliklar , ulardagi boradigan jarayonlar haiqda gapirishsa, menda tushuncha yo'qligi uchun Jim o'tiraverardim. Patfiz Ustoz "Sizlarda klinik mushohada qilish yo'q" deb tanbeh berardilar. O'sha paytlarda rosa kayfiyatim tushib, nima qilishga hayron bo'layotgan edim va hali nazariy bilim olmay turib ko'proq amaliyot qilsammikin degan hayolga ham bordim.


Ammo Allohning o'zi mushkulimni oson qildi, Juma kuni yangi Patologiya kurslariga start berilyotgani haqida o'qib qoldim. Butun hayolim shunda bo'ldi. Dadamlardan ruxsat so'rashim kerak edi, ishqilib to'lib qolmasinda deb rosa xavotir oldim. Uyga borib dadamlarga Ustozni rosaa maqtab, bu kursga qatnashganlar bilan gaplashganimni, ular effektiv zo'r bo'lganini aytishgani ayitib ulani ko'ndirdim.

Ro'yxatga o'tish jarayonida so'rovnomadagi so'rovlarni hammasiga ijobiy "HA" javobini belgilagandim o'ziyam 😅.
Lekin 1-dars vaqti biroz kechikishini aytganlarida o'sha kunlar o'tishi rosa qiyin bo'lgan .

1-dars nihoyatda adrenalinga boy va esda qolarli bo'lgandi.
Lekin shuni ham aytib o'tishim kerakki orada 2-3 darslarni o'zlashtirishim yaxshi bo'lmay, Case larni tahliliga qiynaldim. Shunda Patologiyani hozir o'rganmasligim kerakmikin 🤔🤔🤔 deb ham o'ylab qoldim. Lekin agar hozir o'rganmasam keyin bunaqa imkoniyat bo'lmasligini bilardim. Shuning uchun ham to'xtamadim . Faqat ko'proq konsentratsiya bilan dam olish kunlarimni Patho ga bag'ishladim. Ozgina nafsimni qiynab qilgan mehnatim va Ustozni erinmay qayta-qayta tushuntirishlari motivatsion daldalari bilan bu stressdan o'tib ketdim va menimcha ancha o'sish bo'ldi.

To'g'risi darsdagi Case tahlillari juda ajoyib bo'ladi. Kurs vaqti tugagach keyingi darsni kutadigan bo'lib qoldim 😅😅😅😅.

Reader — >Leader guruhida tashkillangan musobaqa , menga juda katta dars bo'ldi. Oldin 24 soatimni ko'p qismini bekor o'tkazib yuboryotganim uchun o'zimni ko'p koyirdim, lekin hech ham vaqtga qo'yib dars qilmasdim. Shu musobaqa sabab bo'ldiyu vaqtimga baraka kirdi, ba'zi kunlarda 12-13 soat dars qilgan vaqtlarim ham bo'ldi( Ustoz birinchi darsda aytgan haqiqiy dofaminni his qildim), hamma darslarimga ulgurib, endi Nima o'qisam bo'larkin deb ham o'ylab qolardim😉😉😉.

Men kursdan nimalarni oldim?
—Umumiy Patologiya haqida High yield bilimlarni
—eng ko'p uchraydigan patologik jarayonlarni tahlil qila olish
—ko'p holatlarda bemorlarga tashxis qo'ya olish
—hali hech narsa bilmasligimni bilib oldim
—juda ko'p o'qishim kerakligini
—Vaqtni qanday taqsimlash kerakligini va bunda davomiylik odat bo'lib qoladi, In shaa Allah
Olgan foydalarim sanasam juda ko'p ekan .
Yaqinda Patologiya kursini tugatamiz, lekin men kurs tugamasligini va Ustozdan bundanda ko'p bilimlarni o'rganishni xohlardim.

Ustoz Kattakon Rahmat!!! Ilm berishda va bemorlarga shifo ulashishda charchamang.


Menimcha juda ko'p yozib yubordim, erinmay o'qib chiqqan bo'lsangiz tashakkur😊.

ADTI 2-kurs talabasi.
👍20🥰3🔥1
#PathoUz_Effecti

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh!!!
Pathology kursiga qatnashganimdan judayam hursandman. Sababi bu kursda men o'zim uchun judayam kerakli bo'lgan malumotlarni olyabman. Bu kursni tashkil qilgan barchaga kattakon rahmat aytaman Ustozimiz Dovudbek akaga alohida rahmat aytaman. Kurs davomida yangi yangi malumotlar, qiziqarli masalalarning ajoyib tahlillarini olib bordik.Eng asosiysi ustozimiz aytganlaridek bemorning oldida o'zimizning bilimimizni ko'rsata olish.Ustozning dars o'tish texnikasi menga judayam yoqdi, har bir caselarni juda aniqlik va zukkolik bilan tahlil qilib beradilar.Xudo xoxlasa bergan bilimlarini yaxshilikka savobli amallarga sarflash nasib qilsin. Ustozimiz bilan hali qiladigan ishlarimiz ko'p ularning yonida ularga munosib shogird bo'lib bergan bilimlarini oqlashlik nasib qilsin. Kurs davomida ko'plab do'stlar orttirdim , ular bilan sog'lom raqobat olib bordik(albatta raqobat bor joyda o'sish bo'ladi) Ustozimiz tashkil qilgan "Reader to Leader" guruhida ajoyib muhit shakllangan, u yerdagi do'tlarimning barchasi ilmga chanqoq yoshlar(vaqtini to'g'ri taqsimlab ajoyib natijaga erishayotganlarni ko'rib beixtiyor quvonasiz)
Xullas kurs haqida bir gap aytay: ilmga chanqoq yoshlar uchun haqiqiy bilim maskani bo'ladi desam mubolag'a bo'lmaydi. Qo'shilmoqchi bo'lganlarni hech ikkilanmay qo'shilishini aytib qolaman hech ham afsuslanmaysizlar.
👍11🔥4🥰2
#PathoUz_effekti

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh.
Pathologiya kursiga kirib men o'zim uchun judayam kerakli, hayotimizda ko'p uchratadigan ma'lumotlarni oldim. Avvallari o'zimcha tushunib yurgan kasalliklarim patogenezini to'liq tushunib oldim, mohiyatini angladim. Ba'zi oddiygina dorilar misol uchun hayotimizda ko'p uchratadigan parasetamol yoki aspirin dorilari mexanizmini tushunib, ularning ta'sir qilish doirasi, zararli taraflari, foydali taraflari haqida tushunchaga ega bo'ldim. Eng asosiysi qayerdan ma'lumot izlasang ko'p ma'lumotlar topa olmaydigan Immunologiya darslarini mohiyatini tushunib yetdim.
Darslarimiz eng asosiysi judayam qiziqarli case materiallari bilan, video darslar, konspekt, Anki mustahkamlovchi testlar bilan, yana eng muhimi o'qituvchini o'quvchilarni nazorat qila olishi, har bir o'quvchiga qaratadigan e'tibori, bizni har bir savolimizga erinmasdan to'liq va qo'lidan kelgancha javob berishlari, guruhda jamoaviy muhit yarata olishlari ham yoqdi.
Men Pathologiya darslarida o'rgangan bilimlarimdan, ustozlarimdan roziman. Sizlar ham bizga bergan bilimlaringizga, ajratgan vaqtlaringizga rozi bo'linglar.
Pathologiya darsini tashkillashtirgan jamoaga kattakon rahmat Alloh rozi bo'lsin, ilmingiz, zehningiz ziyoda bo'lsin, bundanda yuksak yutuqlarga, natijalarga erishib yuringlar. Allohim istagan orzu-maqsadlaringizga siz istagandanda a'lo qilib yetishtirsin. Rahmat kattakon!!!
👍13
#motivatsiya

❗️Yuqoridagi postni qayta qo'yishimning sababi bor. Bir ukamiz bor. Reader-->Leaderda Kazuxironi yengaman deb harakat qiladigan. Menimcha, deyarli maqsadiga erishdi.

⚡️Assalomu alekum
1 soat oltin silsila
9 soat pathology
4 soat clinical anatomy
Overall result : 40


Bu ukamizni harakatini ko'rib, xuddi men bekor o'tirgandek bo'lib qolyapman. Bolalar kasal bo'lib qolishidan havotirdaman.

Suhbatdan parcha:

- Assalomu alaykum, Dovudbekaka. Yaxshimisiz?

-Vaalaykum assalom, Alhamdulillah. O'zingiz yaxshimisiz. Ancha ozib ketibsiz.

-Ha, aka. Keyin tiklavolamiz. Aka 3 soat uxlab dars qilsa bo'laveradimi?

-Nima!!!😳.

- 23:00 da uxlab, 2:00 da turib dars qilayapman. Sog'lig'imga ziyoni yo'qmi?

- Hozirgi holatingiz yaxshiku. Uyqusirash, xorg'inlik yo'q. Menimcha, a'lo darajadasiz.

- Shu zaylda davom etaveraymi?

-Menimcha, Allohni bergan marhamati. Vaqtingiz, sog'lingiz va tanangiz quvvatiga baraka beribdi. Foydalanib qoling.

- Raxmat, aka.


🔺 Aynan shunday bolalar kerak bizga.
Ukamizni maqsadi: Aka bu yil 18 yanvarda maqsad qo'yib, o'qishni boshlaganman. Keyingi yil 18-yanvarda asosiy fanlarni yopaman.

⚡️Men o'zim uchun ham turtki bo'layotgan insonlardan bittasi.

🔺Ibn Sino rohmatullohi a'layh: " Tib ilmi oson ekan. Ikki yilda o'rganib oldim " ,- degan jumlalari mohiyatini endi angladim. Shunaqa katta shijoat va maqsad bilan harakat qilinsa, tib ilmi 1 yilligini bizga isbotlamoqchi bo'layotgan oliyhimmat inson.

Sizda ham xuddi shunday imkoniyat bor. Bir urunib ko'ring. Alloh ishimizga, vaqtimizga, ilmimizga va shu ilmdan keladigan natijaga baraka bersin.
🔥44👍15👏4😢3🤯1
Dr.Dovudbek Lectures pinned «#motivatsiya ❗️Yuqoridagi postni qayta qo'yishimning sababi bor. Bir ukamiz bor. Reader-->Leaderda Kazuxironi yengaman deb harakat qiladigan. Menimcha, deyarli maqsadiga erishdi. ⚡️Assalomu alekum 1 soat oltin silsila 9 soat pathology 4 soat clinical…»
#PathoUz_effekti

Assalamu alaykum

Vaqt-misli oqar daryo kabi,juda tez shiddat bilan oqar,ortga qaytmas lahzadir. Pathology kursimiz boshlanganiga ham 2 oy òtib ketibdi, biz bòlsa shu orada darslarga òrganib qoldik, caselarga ham ancha yondashib qoldik...
Miyamga Pathologyni yaxshi òqish kerakligi singdirilgan, ammo òqishdagi darslardan kònglim tòlmas, gòyo òqib uqmayotgan edim. Shunda bir ustozim Pathology dan kurs ochilganligi haqida aytib qoldilar. Bu men uchun ayni muddao bòldi. 1-darslarimizdan klinikaga kirdik. Deyarli, caselar tahlilini kòrmagan edim. Shu sabab,1-2 darsda past natijalar bòldi. Shunda ustozimiz, kòproq harakat qilishimiz kerakligini, hammasiga erishish mumkinligini aytdilar.Shu jumladan "Biz bu yòlni òzimiz tanladik! Demak, yaxshi òqishga va harakatdan tòxtamaslikka majburmiz!"degan sòzlar...
Case tahlilini qilarkanmiz, bevosita bemorlar oldida bòlgandek, shikoyatlarini eshitgandek, boshqa hamkasblar bilan fikr almashgandek bòlardik. Boshqa darslardan kechib kòproq Pathology bilan shuğullanishga harkat qilardim. Endi quloğim ostida "Hammasi bemor oldida bilinadi" degan sòzlar jaranglardi. Darhaqiqat, kurs davomida bemorga eng yaxshi yondashish tomonlari, kasalliklarni yangicha davolash gòyalari kela boshladi. Eng muhimi, fikrlashimiz ancha òsdi.
Òqishdagi yangi taktikalar bilan tanishdik. Tòğri vaqt taqsimoti ilm òrganishning eng maqbul yòlini ochib berdi. Eng qiziği, biz barcha ilmlarni rejali, maqsadli òrgana boshladik. Ustozimiz ilm olish ishtiyoqida bòlgan, ammo moddiy jihatdan imkoniyati bòlmagan barchaga yordam berdilar. Chunki maqsadlari ilmli doktorlarni kòpaytirish edi. Xolis niyatlar esa albatta amalga oshgay! Buni, erishilgan natijalar kòrsatib turibdi. Men shuni aniq ayta olmanki, biz olgan ilmlar klinikada ayni asqotadigan ilmlar bòldi.
Allohga hamdlar bòlsinki, shunday atmosfera, ustozlar bilan tanishtirdi. Alloh ustozlarimizni ilmlarini ziyoda qilsin!
Rahmat kattakon hammasi uchun!
Ilm olishdan va ulashishdan aslo charchamangizlar!

Sizlar ham klinikani asl mohiyatini his qilmoqchi bòlsalaringiz Pathology kurslariga qatnashingizlar!
Bu yòlda barchamizga Alloh madadkor bòlsin!
👍19🔥7