DNK
69 subscribers
36 photos
18 videos
307 files
90 links
DNK tibbiy blogi

Tibbiyot talabalari va shifokorlarga mo'ljallangan o'zbekcha tibbiy kontent
Download Telegram
Assalomu alaykum!
Teri raki qayerdan rivojlanadi?

Manba: Mayo Clinic
Taloq anatomiyasi

#anatomiya
Me'daosti bezi va o't pufagi

#anatomiya
"9 lik qoidasi" — terining kuyish ko'lamini aniqlashda qo'llaniluvchi usul.

Kuyishning 9 lik qoidasi:

Bosh va bo'yin - 9%
Butun chap qo'l - 9%
Butun o'ng qo'l - 9%
Butun ko'krak - 9%
Butun qorin - 9%
Perineum - 1%
Butun orqa - 18%
Butun chap oyoq - 18%
Butun o'ng oyoq - 18%

Kuyishning jiddiyligi uning ko'lami va chuqurligi orqali baholanadi. Kuyish sathi 70% dan oshganlarning yarmidan ko'pi halok bo'ladi.

#dermatologiya #teri #kuyish

Manba:
1. Anatomy & Physiology 2017 — Gerard Tortora 15th edition
2. Wikipedia


@medDNK
Suyak hujayralari

Osteoprogenitor hujayra - suyakni ixtisoslashmagan o'zak hujayrasi. Ular suyakdagi yagona bo'lina oladigan hujayralar bo'lib, periost, endost va qon tomirlar o'tgan suyak kanallarining ichki qismi bo'ylab joylashgan. Ulardan osteoblastlar hosil bo'ladi.

Osteoblast - suyak to'qimasini quruvchi hujayra. Ular suyak to'qimasini hujayralararo matriksini hosil etuvchi kollagen tolalar va boshqa organik moddalarni sintezlaydi. Ishlab chiqarilgan sekretsiya mahsulotlari ularning o'zlarini o'rab olib, tuzoqqa tushiradi va ular osteotsitlarga aylanishadi.

Osteotsit - suyakni asosiy, yetilgan hujayrasi. Ular suyakda metabolizmni amalga oshiradi va osteoblastlar singari bo'linish xususiyatiga ega emas.

Osteoklast - monotsitdan hosil bo'lgan yirik hujayra. Ular burmali yuzasidagi kuchli lizosomal fermentlar va kislotalar orqali hujayralararo suyak matriksdagi oqsillar va mineral moddalarni yemiradi.

#gistologiya #suyak

Manba:
Anatomy & Physiology 2017 — Gerard Tortora 15th edition


@medDNK
Suyak plastinkasidagi osteonlar
(Gavers sistemasi)
#gistologiya #suyak

Manba:
Anatomy & Physiology 2017 — Gerard Tortora 15th edition


@medDNK
Rentgen — Normal o'pka

#radiologiya

Manba:
radiopaedia.org


@medDNK