Med Base Therapy👨‍⚕🩺
2.3K subscribers
247 photos
18 videos
7 files
148 links
Kasalliklar, ularning simptomlari va davo choralari haqida maʼlumotlar❗

Tibbiyotga oid barcha maʼlumotlarni topasiz
@MedBaseTherapy_bot



Creator @Yunusoffff
Download Telegram
Forwarded from Ulugʻbek Yunusov
🕊Bismillohir Rohmanir Rohiym🕊
💊📚FARMAKOLOGIYA📚💊

⏳ Davomiyligi:
#Umumiy qism - 1 oy
#Xususiy qism - 2 oy
Darslar 25-sentabrdan boshlanadi⏳


📅 Haftasiga: 3 kun (online)
🎙 Jonli dars + voice chatda har bir talaba bilan alohida shug'ullaniladi


📦 Sizga taqdim qilinadigan materiallar:
— Video darslar 🎥
— PDF konspektlar 📑
— Testlar + tahlil 📊
— Klinik case lar 📃

Kurs narxi — 119 000 so‘m✅
(3 oylik to'lovni birdan qilsangiz 17% chegirma)

💯Tavakkal yo'q: Agar darslar sizga yoqmasa — to‘lovingiz to‘liq qaytariladi.
📊 Real feedbacklar mavjud (talabalar natijalari):
👉 @placenta_feedback

📩 Ro‘yxatdan o‘tish va qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
👉@Edb_admin
👉@MedBaseTherapy_admin
💊Antiaritmik dorilar sinflari💊
👍1
💧Infuzion terapiyada qo'llaniladigan preparatlar
(Barchasini Uzb🇺🇿 dorixonalaridan topsa bo'ladi)
https://t.me/MedBaseTherapy
🔥1
💊Glukokortikoidlar💊
🔥1
Forwarded from Dr.abidovna. tibbiy blog
ANAFILAKTIK SHOKDA: “OLTIN STANDART”

💊Adrenalin 1%- 1.0 ml

Yuborilish joyi - sonning oldingi tashqi qismiga ( m. Vastus lateralis ) , chunki bu sohada so’rilish tez

-Nega I/V emas ? - chunki intravenoz berilsa ritmga tasir qilib , yurakni behalovat qilishi mumkin

-Nega T/o ga emas ? - chunki bu yerda so’rilish sekin

Dozalash

12 yoshdan kattalarga - 0.5 ml
6-12 yosh - 0.3 ml
6 oy - 6 yosh - 0.15 ml
6 oylikkacha - 0.1 ml

Keyingi guruh dorilar :

- Kortikosteroidlar
- Antigistaminlar
- Infuziyalar
❤1
Med Base Therapy👨‍⚕🩺 pinned «Qabul davom etmoqda❗️❗️❗️»
➕Nomi: Trimol

Tarkibi va dozasi:
Paracetamol – 500 mg
Kofein – 30 mg
Propifenazon – 150 mg
💊1 tabletka tarkibida

🧪Klinik-farmakologik guruhi:
Kombinatsiyalashgan analgetik-antipiretik vosita

⚙️Ta'sir mexanizmi:
Paracetamol – og‘riqni kamaytiradi va isitmani tushiradi
Kofein – qon aylanishini yaxshilaydi, bosh og‘rig‘ini kamaytiradi, paracetamol ta’sirini kuchaytiradi
Propifenazon – yallig‘lanishga qarshi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sirga ega
🧠Uchtalasi birgalikda markaziy nerv tizimiga ta’sir qilib, bosh og‘rig‘i va isitmani tezda yo‘qotadi

📌Qo‘llanishi:
Bosh og‘rig‘i (shu jumladan migren)
Nevralgiya
Tish og‘rig‘i
Mushak og‘rig‘i
Isitma bilan kechuvchi holatlar
❤3
🔹 Nomi:
Akvadetrim
(AquaD₃ – vitamin D3 eritmasi)

🧪 Tarkibi va miqdori:
Har 1 ml eritmada:
Cholecalciferol (Vitamin D₃) – 15 000 IU
💧 Suv asosidagi eritma (spirt va stabilizatorlar bilan)

🏷 Klinik-farmakologik guruhi:
📚 Vitaminlar guruhi, xususan antiraxitik vosita (D vitamini preparati)

🧬 Ta'sir mexanizmi:
☀️ Cholecalciferol (D₃) organizmda kalsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi.
🦴 Suvda eruvchan D vitamini sifatida suyaklar va tishlar mustahkamlanishini ta'minlaydi.
⬆️ Ichaklardan kalsiy yutilishini kuchaytiradi,
⬇️ Paratireoid gormon sekretsiyasini pasaytiradi.

💊 Qo‘llanishi:
👶 Raxit profilaktikasi va davosi (1 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar)
👵 Osteoporoz, suyak yumshashi (osteomalatsiya)
🤰 Homiladorlik davrida D vitamini yetishmovchiligida
🧓 Keksalarda D3 yetishmovchiligini bartaraf etish uchun
❤2
Med Base Therapy👨‍⚕🩺
Photo
💊Dori nomi

Loratal- allergiyaga qarshi qoʻllaniladigan dori vositasi hisoblanadi.

Taʼsir qiluvchi moddasi: Loratadin (10 mg)

⭕️Ta’sir qilish mexanizmi
Loratal organizmdagi H1-gistamin retseptorlarini bloklaydi. Gistamin  bu allergiya paytida ajralib chiqadigan modda bo‘lib, u burun oqishi, qichishish, shish va toshmalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Loratal ushbu moddaning ta’sirini to‘xtatuvchi vosita hisoblanadi.❕

Qanday holatlarda qoʻllaniladi ❓
🛑Mavsumiy va doimiy allergik kasalliklarda
🛑Rinit (burun oqishi)
🛑 Allergik dermatit (terining qichishish Allergiyalarida)
🛑 Hashoratlar chaqqanidagi Allergiyalarda
🛑 Bronxial astmada

🔰Qo‘llash usuli va dozalari
Dori ovqatlanishdan qat’i nazar, kuniga bir marta qabul qilinadi.

🛑Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun: Kuniga 1 marta 10 mg (1 tabletka).

❌Nojoʻya taʼsirlari
🚫Ogʻiz qurishi
🚫Bosh ogʻrigi
🚫Me'da ichak tizimidagi buzilishlar
🚫(Gastrit, koʻngil aynishi)

⚠️Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
✅ 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar
✅Emizikli ayollar
✅Homiladorlik

Muhim📌
Bu postlar tibbiy Malumotlar berish uchun. Dori istemol qilishdan oldin shifokor bn maslahat qiling.
Admin Dorilarni notogri ishlatish oqibatlari uchun javobgar emas ❗️❗️❗️


Bundanda qiziqarli ma'lumotlarga ega bõlishni xohlaysizmi Unda bizga obuna bõling 🩺
❤2🔥1
🙂
❤1😁1
Med Base Therapy👨‍⚕🩺
🙂
Septolete Total — bu tomoq og‘rig‘i uchun qo‘llanadigan kombinatsiyalangan dori (pastilka yoki sprey shaklida).

🧪 Tarkibi

Asosiy faol moddalar:
Benzidamin – og‘riqni kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi

Setilpiridiniy xlorid – antiseptik (mikroblarga qarshi)

💊 Ta’siri (nima qiladi)
🤕 Tomoq og‘rig‘ini tez kamaytiradi (taxminan 15 daqiqada)
🔥 Yallig‘lanishni kamaytiradi
🦠 Virus, bakteriya va zamburug‘larga qarshi ta’sir qiladi

👉 Ya’ni, simptomni ham, sababni ham davolaydi.

📌 Qachon ishlatiladi
Angina
Faringit
Laringit
Tomoq qichishishi, achishishi
O‘RVI (shamollash) paytida tomoq og‘rig‘i

Qanday qabul qilinadi

Pastilka:
Kattalar va 12+ yosh:
→ 1 dona har 3–6 soatda (kuniga max 4 dona)
6–12 yosh:
→ 1 dona har 3–6 soatda (max 3 dona)

Sprey:
Kuniga bir necha marta tomoqga purkaladi (yo‘riqnoma bo‘yicha)

⚠️ Ehtiyot choralar
-6 yoshgacha tavsiya etilmaydi
-allergiya bo‘lsa ishlatmaslik
-homiladorlikda faqat shifokor tavsiyasi bilan
https://t.me/MedBaseTherapy/861
❤1⚡1🌚1
Forwarded from Ulugʻbek Yunusov
🕊Bismillohir Rohmanir Rohiym🕊
💊📚FARMAKOLOGIYA📚💊

⏳ Davomiyligi:
#Umumiy qism - 1 oy
#Xususiy qism - 2 oy
Darslar 25-sentabrdan boshlanadi⏳


📅 Haftasiga: 3 kun (online)
🎙 Jonli dars + voice chatda har bir talaba bilan alohida shug'ullaniladi


📦 Sizga taqdim qilinadigan materiallar:
— Video darslar 🎥
— PDF konspektlar 📑
— Testlar + tahlil 📊
— Klinik case lar 📃

Kurs narxi — 119 000 so‘m✅
(3 oylik to'lovni birdan qilsangiz 17% chegirma)

💯Tavakkal yo'q: Agar darslar sizga yoqmasa — to‘lovingiz to‘liq qaytariladi.
📊 Real feedbacklar mavjud (talabalar natijalari):
👉 @placenta_feedback

📩 Ro‘yxatdan o‘tish va qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
👉@Edb_admin
👉@MedBaseTherapy_admin
Quruq yo'talga qarshi ishlatiladigan dorilar💊
@MedBaseTherapy
❤1
🦠 PROBIOTIKLAR
Probiotiklar — bu tirik mikroorganizmlar bo‘lib, ichak mikroflorasini tiklaydi va sog‘liq uchun foydali ta’sir ko‘rsatadi. Asosan “yaxshi bakteriyalar” deb ataladi.
Eng ko‘p uchraydigan probiotiklar:
Lactobacillus
Bifidobacterium
Saccharomyces boulardii

Ta’sir mexanizmi
Probiotiklar quyidagi yo‘llar bilan ishlaydi:
Ichak mikroflorasini tiklaydi
Patogen bakteriyalarni bostiradi
Immunitetni oshiradi
Hazm jarayonini yaxshilaydi
Vitaminlar (B, K) sintezida qatnashadi

💊 Qo‘llanilishi
Probiotiklar quyidagi holatlarda tavsiya etiladi:
1. Ichak kasalliklari
Diareya (ayniqsa antibiotikdan keyin)
Disbakterioz
Ich qotishi
2. Antibiotik terapiya vaqtida
Ichak florasini himoya qilish uchun
3. Gastroenterologik kasalliklar
Kolit
IBS (irritable bowel syndrome)
4. Immunitet pasayganda
Tez-tez shamollashda
5. Ginekologik kasalliklar
Vaginal mikroflorani tiklash
💉 Dozalanishi
Doza preparatga bog‘liq, individual

📌 Kurs davomiyligi:
5–14 kun (o‘tkir holatda)
1–2 oy (surunkali holatda)
💊 Chiqarilish shakllari
Kapsula
Tabletka
Kukun (sashe)
Suyuqlik (drop, eritma)
Yogurt va bio mahsulotlar
● Eng ko‘p ishlatiladigan probiotik preparatlar
~Linex
~Bifiform
~Hilak Forte
~Enterol
~Lactobacterin
Nojo‘ya ta’sirlari
Kam uchraydi, lekin:
Qorin dam bo‘lishi
Gaz yig‘ilishi
Allergik reaksiyalar
Homiladorlik va emizishda
Ko‘pchilik probiotiklar xavfsiz, lekin:  Shifokor nazorati tavsiya etiladi

https://t.me/MedBaseTherapy
❤2💊1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1