FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20K subscribers
25.7K photos
4.29K videos
10 files
10.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Uch yoshli bola hayoti asrab qolindi

Bugun, 26-aprel kuni soat 16:15 da 112  qisqa raqami orqali Namangan viloyati, Uychi tumani "Xo‘jaobod" MFY da yashovchi fuqaro 2022-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini nazoratsiz qoldirilishi natijasida yashash uyidagi hojatxonaga tushib ketganligi yuzasidan FVB ga xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan tezkor harakatlari natijasida bola hojatxonadan sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan hafta davomida fuqarolarga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar

Qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar – 71 ta;
Amaliy yordam ko‘rsatilgan fuqarolar soni – 130 nafar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Mirobod tumani "Abdurauf Fitrat" MFY G.Aliyev ko‘chasida joylashgan  qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, ayni vaqtda yong‘in bartaraf etilmoqda. Vaziyat to‘liq nazoratda.

Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Mirobod tumani "Abdurauf Fitrat" MFY G.Aliyev ko‘chasida joylashgan  qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in…
Mirobod tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot

Bugun, 28-aprel kuni soat 07:00 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, “Abdurauf Fitrat” MFY, G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan edi.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 07:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:33 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘inni bartaraf etishga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
Voqea joyiga Toshkent shahar va tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#ONLINE

"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

Joriy yilning 28-aprel soat 09:00 holatiga "Qamchiq" dovonida holat yaxshi. Havo ochiq. Ko‘rinish 4 km. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV qutqaruvchilari tomonidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kuni kecha, Buxoro viloyati FVBga Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida uyning kirish eshigi qulflanib qolganligi, ichkarida uy egasining farzandi borligi va amaliy yordam kerakligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida eshikni ochib berishgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatishgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Hurmatli yurtdoshlar!

⌛️Joriy yilning 28-aprel kuni soat 11:30 dan 14:00 ga qadar, Toshkent shahrida joylashgan “Xalqlar doʻstligi“ saroyida yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻuloti oʻtkaziladi.

O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolar, bloger va ijtimoiy tarmoq administratorlaridan aholi orasida sarosima ko‘tarmaslik maqsadida, mazkur o‘quv mashqlarini o‘tkazish davridagi amaliy jarayonlarga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma'lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanishni so‘rab qoladi.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Nurota tumanida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot

Joriy yilning 27-aprel kuni soat 14:45 da Navoiy viloyati, Nurota tumani, “Shahriston” MFYda joylashgan “Nurota” mexmonxonasining old ochiq maydonida o‘rnatilgan batut shamol tufayli uchib, avtomobil yo‘lining qatnov qismiga chiqqan va elektr yoritish ustiniga zarar yetkazgan. Vaziyat sodir bo‘lgan vaqtda batutda hech kim bo‘lmagan. Hodisa oqibatlari zudlik bilan tegishli xizmatlar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan-jarohati olganlar yo‘q.

Vaziyat yuzasidan FVBga xabar kelib tushmagan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Xorazm viloyati va Toshkent shahar FVB, "Qamchiq" maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari hamda Surxondaryo viloyati FVB tomonidan o‘tkazilgan "Yosh qutqaruvchi" musobaqalari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari inson hayotini saqlab qoldi

Kuni kecha, Navoiy viloyati FVBga, Navoiy shahar "O‘zbekiston" MFY "Gagarin" ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yashovchi fuqaro qo‘shnisining 2 kundan buyon eshigini ochmayotganligidan havotirlanib, amaliy yordam so‘rab murojaat qilishgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan eshik ochib berilganida, fuqaroning ahvoli og‘ir holdaligi ma'lum bo‘lgan. Dastlab, fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatishgan, shundan so‘ng, tez tibbiy xodimlariga topshirilgan. Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi holatda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida inson hayoti saqlab qolindi

Bugun, 28-aprel kuni soat 11:22 da “Qamchiq” dovonidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 157,1 k.m “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “ISUZU” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l o‘rtasidagi to‘siqqa borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etganligi to‘g‘risida 112 yagona dispetcherlik tizimi orqali FVBga xabar qilingan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuk mashinasi haydovchisi mashina kabinasi ichida qisilib qolgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari, YPX va Tez tibbiy yordam xodimlari yetib borgan. FVV qutqaruvchilari tomonidan yuk mashinasi kabina qismida qisilib qolgan haydovchisi chiqarib olinib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va Pop tumani tibbiyot birlashmasiga jo‘natilgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Odamlar ko‘p yig‘iladigan yirik savdo maskanlarida yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda harakatlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#ONLINE

"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

Joriy yilning 29-aprel soat 09:00 holatiga "Qamchiq" dovonida holat yaxshi. Havo kam bulutli. Ko‘rinish 10 km. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X