FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.29K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Muborak tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida "Boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari" mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Unda, hamkor xizmatlar tomonidan shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Bekobod tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Toshkent viloyati FVB boshlig‘i, Guliston Harbiy prokurori ishtirokida  ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati FVB tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Kuni kecha, FVV Akademiyasida “Qutqaruvchilar - bizning qahramonlarimiz” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Unda, Toshkent shahrida joylashgan “YODJU” universiteti, “Amaliy fanlar” universiteti va Yangihayot va Sirg‘ali tumanidagi umumta’lim maktabi o‘qituvchi-murabbiylari va o‘quvchilari, Akademiya harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, kursantlar keng jamoatchilik hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/49137

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari tomonidan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi

Kuni kecha, Toshkent shahar FVBga Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida uyning kirish eshigi qulflanib qolganligi, ichkarida uy egasining 1 nafar farzandi borligi va amaliy yordam kerakligi yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida eshikni ochib berishgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatishgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X