FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20K subscribers
25.7K photos
4.29K videos
10 files
10.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
DIQQAT E’LON

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 2025-yil 26-aprel kunidan 26-may kuniga qadar quyidagi pedagog lavozimlarga tanlov e’lon qiladi:

“Tillar” kafedrasi” bo‘yicha:

1 nafar – kafedra dotsenti (Ingliz tili fani bo‘yicha) lavozimi;

“Umumkasbiy va umumilmiy fanlar” kafedrasi bo‘yicha:

1 nafar - kafedra professori (Issiqlik texnikasi, Amaliy mexanika fanlari bo‘yicha) lavozimi.

Manzil: Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Do‘stlik ko‘chasi 5-uy.
Telefon: (71) 258-56-57, (97) 764-34-87.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/49113

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Korrupsiya – jamiyat tanasidagi saraton”. Hududlarda ayni shu mavzuda korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar tashkil etildi

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati FVB hamda FVV Akademiyasi, Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazida mas’ul xodimlar ishtirokida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Unda, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va boshqa turdagi jinoyatchilikni oldini olish, xodimlar orasida tartib-intizomni mustahkamlash bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilib, bunday illatlarning ayanchli oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaning og‘ir oqibatlarini o‘zida aks ettirgan videorolik namoyish etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Озарбайжон Республикаси Президенти Илҳом Алиев телефон орқали мулоқотда Ўзбекистон билан Озарбайжон ўртасидаги дўстлик, стратегик шериклик ва иттифоқчилик муносабатларини янада мустаҳкамлаш масалаларини муҳокама қилдилар.

В ходе состоявшегося телефонного разговора Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Азербайджанской Республики Ильхам Алиев обсудили вопросы дальнейшего укрепления узбекско-азербайджанских отношений дружбы, стратегического партнерства и союзничества.

#Mirziyoyev #muloqot #Ozarbayjon #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Muborak tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida "Boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari" mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Unda, hamkor xizmatlar tomonidan shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Bekobod tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Toshkent viloyati FVB boshlig‘i, Guliston Harbiy prokurori ishtirokida  ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati FVB tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X