FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.26K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: info@fvv.uz
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Qamchiq" dovonida yuk avtomobillarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olindi

Kecha, "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 129 kilometrida "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan "VOLVO" va 129,1 kilometrida “DAF” rusumli yuk avtomashinalarining yukxonasida yong‘in boshlanganligi va tutash holati sodir bo‘lganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, 4-mexanizatsiyalashgan nazorat kuzatuv posti hamda "Beshqo‘l" navbatchilik maskanidan FVV qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borgan va birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari orqali yong‘in bartaraf etilgan. Qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida yuklarning asosiy qismi asrab qolinib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldini olingan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Zomin tumanida olib borilayotgan muhofaza tadbirlari

Jizzax viloyati FVB xodimlari tomonidan Zomin tumani "Turkman" mahallasidan oqib o‘tuvchi daryolarda o‘zan tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mazkur hududda yog‘ingarchilik mavsumda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish maqsadida mas’ul mutaxassislar va maxsus texnikalar jalb etilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрига келди.

Давлатимиз раҳбари Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири Сергей Лавров ҳамда бугун мамлакатимизга ташриф билан келадиган Туркман халқининг миллий етакчиси, Туркманистон Халқ Маслаҳати Раиси Гурбангули Бердимуҳамедов билан учрашувлар ўтказади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в город Самарканд.

Глава государства проведет встречу с министром иностранных дел Российской Федерации Сергеем Лавровым, а также с Национальным лидером туркменского народа, Председателем Халк Маслахаты Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедовым, который сегодня прибудет в нашу страну с визитом.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi va Toshkent viloyati FVB xodimlari tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Самарқанд шаҳрида амалий ташриф билан мамлакатимизда бўлиб турган Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири Сергей Лавров бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял в городе Самарканде делегацию Российской Федерации во главе с министром иностранных дел Сергеем Лавровым, пребывающим в нашей стране с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #qabul #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
DIQQAT, E’LON

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda mehmonlari!

⌛️ Joriy yilning 24-aprel kuni soat 00:00dan 02:00ga qadar, Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan “Pushkin” metro bekatida “Yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻuloti” oʻtkaziladi.

💥 Mazkur jarayonlarda Toshkent shahar va Mirzo Ulugʻbek tumani FVB, Toshkent shahar “Metropoliteni” va tibbiyot birlashmasi hamda hamkor tashkilotlar maxsus texnikalari va xodimlar harakatlanadi.

❗️Hurmatli fuqarolar

📣Amaliy mashgʻulotlar jarayoni sizda havotir uygʻotishi yoki vahimali holatlarga tushish kerak emasligini eslatib oʻtamiz!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan va Jizzax viloyatlarida FVV Markaziy apparati xodimlari ishtirokida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining suvda-qutqaruv guruhlari shaxsiy tarkibi bilan g‘avvoslik tayyorgarligi bo‘yicha navbatdagi nazariy va amaliy sinovlar o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Guliston shahrida FVB qutqaruvchilari fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kuni kecha, Sirdaryo viloyati FVBga 112 tizimi orqali, Guliston shahar "Buyuk kelajak" MFYda joylashgan xonadonlarning birida yashovchi fuqaro uyining kirish eshigi qulflanib qolganligi, ichkarida 2 nafar yosh farzandlari borligi hamda zudlik bilan amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaat qilgan.

Mazkur xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus anjomlar yordamida eshik ochib berilgan va fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha Respublika qutqaruv markazi qutqaruvchilari, Toshkent viloyati FVB xodimlari bilan hamkorlikda muhim ahamiyatga ega obyektlarning birida o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
#ONLINE

"Qamchiq" dovonidagi vaziyat

Joriy yilning 24-aprel soat 09:00 holatiga "Qamchiq" dovonida holat yaxshi. Havo ochiq, yog‘ingarchilik yo‘q. Ko‘rinish 10 km. Dovonda ikki tomonlama avtomobillarning harakati davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X